Parallel Dunyo 2016 15 – qism. (Rocket)
Parallel Dunyo 2016 15 – qism. (Rocket)
Mana yana bitta uzoq pauzadan keyin hikoyani davomini chiqarishga qaror qildim. Hafa emassiz degan umiddaman!
Agar nima bo’layotganini tushunmagan bo’lsangiz eski qisimlarni o’qib chiqishni tavsiya qilaman! Agar shunda ham tushunmasangiz, unda uzur
Ha aytganday. Hurmatli foydalano’vchilar, iltimos kaminani Skrillex bilan adashtirmang. Skrillex va Rocket bu boshqa boshqa insonlar.
G’oya muallifi: Skrillex (Abduqodir)
Hikoya muallifi: Rocket (Jahongir)
Ro’llarda:
Qayumov
Akcent
Ruslan
Kataleya
Nightboy
Rocket
Omadbek
Incubus
Caraleva
Weka7777
Simptom
Cassiopeia
Epizodlarda:
Rapmaster
Bahh-Tee
Skrillex
Hikoyadagi qolgan personajlar o’ylab topilgan yoki NPC (Non-Player Character)
Parallel Dunyo 2016 15 – qism: Qulagan Imperiya. (+ qo’shimcha kichkina hikoya)
***
Butun Metropolis qonga belangan, ko’chalarni jonsiz jasadlar qamrab olgan. Bir bolakay qo’rquvda ota-onasini izlab yurganida qandaydir shovqin qulog’iga chalindi, sho’vqin keyingi ko’cha tomondan kelardi, bolakay u yerga yugurib bordiganida qutqaruv vertalyoti parvozga ko’tarilib bo’lgan edi. Vertalyotni ichida ota-onasini ko’rganday bo’ldi, lekin ular yerda qolib ketgan bolakayni ko’rishmadi. Vertalyot binolardan balandroqga ko’tarilishi bilan unga RPG dan otilgan granata dun qismiga uchib kelib tegdi, bo’shqaruvni yo’qotgan vertalyot qulashni boshladi, moxir uchuvchi bo’shqaruvni tiklab baland binoni tomiga yo’lovchilarini tushurishi bilan dum qismidagi parraklari butunlay sinib ishdan chiqdi, havoda bir aylanib qo’shni balandroq bo’lgan bino bilan to’qnashdi va zarbdan uchuvchi hushini yo’qotib shturvalni to’liq orqaga tordi bundan vertalyot 50 gradusga qiyalanib orqaga, yani tom tomonga qarab uchgani tomdagi bechoralarni oxirgi ko’rgan narsasi bo’ldi. Bolakayga faqat qiyqiriqlar eshitilib har qayerga sachrayotgan qon ko’rindi. Soniya o’tmasdan oyog’i ostiga to’psimon birnarsa tushdi bu kimnidir boshi edi. Vertalyot esa binodan binoga to’qnashib oxiri yerga qulaganidan aylanyotgan parraklarini biri sinib bolakayni bo’yni tomon tezlik bilan uchib keldi… Qo’rquvdan baqirib yuborgan Rocket o’z kayutasida uyg’onib ketti. Soat ertalabki 03:24. Rocket sekin o’rnidam turdi va yuzini yuvib, kofe damlagani dam olish honasiga bordi. U yerda hamma Cassiopeia ni tinglab o’tirganidan Rocketni kelganini payqashmadi.
Cassiopeia: …shundan so’ng Marsga tadqiqodchilar jamoasi yuborildi, bu jamoada harbiy va olim Leytenant Rapmaster va oddiy askar Bahh-Tee lar ham bor edi.
391 – parallel, 1986 – yil sovuq yanvar o’rtalari.
Rapmaster Kundaligidan: “Olimlarimiz yaratgan yangi dvigatellar samarali ish berib mana 20 kun ham o’tmasidan deyarli Marsga yetib kelib qoldik, tez orada Marsda bo’lamiz. Buni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Mars Discovery dasturi bo’yicha ketgan akamni u yerda sog’ omon uchrataman degan umiddaman. Kecha maxsus tadqiqodchilar jamoasi nega tuzilgani sababini endi tushuntirishgan edi. Marsdagi qumlar ostidan ming yillar avval yashab o’tishgan sivilizatsiya qoldiqlarini topishgan ekan. Ha bu ajoyib, bizdan oldin ham aqilli mavjudodlar boshqa planetada bo’lgani ko’p savollarni yechimini topadi! Lekin bu ish bilan arxeologlar jamoasi shug’ullanishi kerak deb fikr bildirganimda adashgan ekanman. Bu ko’xna vayronaga aylangan shaxar markazida qandaydir ulkan qurilma topishgan ekan. Va bu ishdan arxeologlarni chetlatishgan, tepadigilarni fikri bo’yicha bu qurilmani yana ishga tushirsa bo’ladi… Balkin bizga piramidalarni ular qurib berishgandir? Kim biladi?! 1986 – yil 17- yanvar” Rapmaster kundaligiga tasurotlarini yozib bo’lib, ko’zi ilinganidan uxlab qoldi.
E’lon: Diqqat! Diqqat! Bir soatdan so’ng Mars orbitasida bo’lamiz! Qaytaraman! Bir soa…
Rapmaster soatga qaradi, soat 7:35(yer) Darxol o’rnidan turib, yuvinib, maxsus kiymini kiyib oldi va shlemni qo’liga olib kayutasidan chiqdi. Tashqarida BahhTee askarcha salom berdi va ular birgalikda shatlar qo’ndirilgan palubaga yo’l olishdi. Bosh ekranlarda “qizil sayyora”
Rapmaster: Mana biz ham yetib keldik! Qoyil!
Kapitan: Ha, bu juda ajoyib!
Rapmaster va BahhTee darrov tekislanib askarcha salom berishdi
Rapmaster: Assalom o’rtoq Kapitan! Leytenant Rapmaster va oddiy askar Bahtee buyuruqlaringizni bajarishga tayyor!
Kapitan askarcha salom berib: bo’sh! Leytenant sizni tadqiqodchilar jamoasi sardori etib tayinlashim haqida buyuriq kelgan. Shunga sizni jamoa sardori etib tayinlayman va o’z vazifangizni a’lo darajada bajarishingizga ishonaman!
Rapmaster: Buyuk imperiya uchun hizmat qilaman!
Kapitan: Bir yarim soatdan keyin Marsga qo’namiz, yarim soatdan keyin esa jamoani har bir azosi tayyor bo’lgan holda shu palubada safda turgan bo’lshini istayman!
Rapmaster: Ho’p bo’ladi kapitan!
Kapitan o’ng qo’lini tepaga ko’tarib: Gulla Imperiya!
Rapmaster ham o’ng qo’lini tepaga ko’tarib: Yashna Imperiya!
BahTee va qolgan atrofdigilar birgalikda baland ovozda: OLG’A IMPERIYA!
( Vatanparvarlik targ’iboti )
…
Shatllarda Jamoa va boshqa ekipaj azolari Marsga qo’nishdi. Shatl shlyuzi ochilganida yosh leytenantni hayajon egalladi…
Cassiopeia: O’sha davrlarda Marsda nafas olishga hali muhit bo’lmagan ekan…
Weka7777: Bizni marsda hozir ham nafas olib bo’lmidi…
Caraleva: zerikib kettim
Ruslan: Tinchlik saqlansin!
Simptom: keyin nima bo’ldi?
Cassiopeia stakandagi suvdan ozgina ho’plab: Bir oy tadqiqod va eksperimentlardan so’ng, topilgan artefakt nima ekanligini tushuna boshlashdi…
Bir oydan so’ng.
“Mana Marsga kelganimizga bir oy ham o’tib ketibti. Marsda yashash kutganimdaka zavqli emas ekan, har kuni qumli bo’ron, atrofda qizil qumdan boshqa hech narsa yo’q. Bo’sh vaqtimda bir bir elyuminatorga termulib o’tirib yerni eslayman: qaynoq jenshengli shirin choy, derazamdan ko’chaga qarayman, hamma yoq oppoq qor bilan qoplangan, laylak qor yog’ayapti, bolalar “qiy-chu” qilib qor bo’ron oynashmoqda va shu payt shoshib-pishib kichkina qizim kirib kelib, muzdakkina qo’lchalari bilan ushlab ko’chaga tortadi “Dadajon yuring qor bobo yasaymiz” hursand bo’lganimdan tez o’rnimdan turib eshik oldiga borganimda yana o’sha bir ohangdagi zerikarli ovoz yangraydi “tashqariga maxsus skafandrsiz chiqish mumkin emas” ko’zimni “ochib” atrofga qaraganimda haliyam o’sha dam olish bo’limida ekanligimni tushunaman, tashqarida esa na qor va na bolalar bor, faqat qizil qum va bo’ron “Hammasi joyidami Leytenant?” deb so’rab qo’yadi Bahhtee… Uyimni so’gindim… Tadqiqodlarga kelsak ishlarimiz yurishmoqda, topilgan qurilmani “Mayoq” deb atadik. Lekin bu ulkan qurilma koinotdagilar uchun yo’l ko’rsatadigan mayoq emas. Mayoqni ichida bu qurilmani yaratgan mavjudodlarni sivilizatsiyasi, ularning hayoti haqida ma’lumot va ulkan ilm manbai yashiringan bo’lsa kerak degan taxmin qilmoqdamiz. Bir hafta oldin “Mayoq”ni tagida topilgan bo’limlarni birida ko’p narsalarni topdik va ularni ichida faqat “nima”lar emas edi. Boshida u bo’lim nega boshqa bo’limlarga nisbatan ancha ulkan ekan degan savol bizni qiynayotgan edi. Endi bilsak u 2000 kishiga mo’ljallangan anabioz uyqu bo’limi ekan. Ha biz trik mavjudodlarni topdik, to’g’riroq qilib aytganda ularni qoldiqlarini. Afsusuki bu ikki yarim metrlik kapsulalarga quvvat taminoti bir necha asr oldin to’xtagan. Balkim bu yaxshilikgadir, kim bilsin… Lekin nima bo’lganda ham bu bizga ko’p foydali malumotlarni berdi. Masalan “Marslik”larni qoldiqlarini o’rganganimizda ularni qo’l va kaft tuzilishi boshqacha ekanligini bilib oldik, bundan chiqib Mayoqni biz insonlarga bir narsani yetkazish uchun qurilgan deb aytaolamiz. Chunki Mayoqni bo’shqaruv paneli ustida inson kafti izi bor, biz bundan birinchi “Marslik”lar bizga o’xshasa kerak degan fikrda edik… Bu qurilmani qanday qilib quvvatlantirish yo’lini topsak hammasi oydak ravshan bo’lardi.
1986 – yil 19 – fevral .”
Rapmaster oilasi bilan tushgan sur’atni kundaligining “bugungi” betiga yopishtirib unga termulib o’tirgan edi, kapitanni “leytenant” degan ovozini eshitishi bilan kundaligini portfelga solib o’rnidan turdida kapitangan askarcha salom berdi.
Rapmaster: Assalom o’rtoq kapitan!
Kapitan: bo’sh!
Kapitan Rapmasterni qarshisidagi o’rindiqdan joy olib Rapmasterni ham o’tirishiga ishora qildi…
Kapitan: ho’sh leytenant nima yangiliklar?
Rapmaster: “D” bo’limda topilgan anabioz kapsulalarini to’liq o’rganib chiqib, biz yaratgan prototiplarimizni nuqsonlarini topdik va uni mukammal darajagachan yetishtirdik.
Stol ustidagi nonushtani chetga surib planshetidan stolga chizmalarni proyeksiyasini tushurdi.
Rapmaster: Mana ko’rishingiz mumkin, bu bizni yangi anabioz kapsulamiz chizmasi. Bizni muammo mana bu kriogen uyquga olib kiruvchi va undan olib chiquvchi uskunada edi, endi esa muammo bartaraf etildi va risoladagidek ishlaydi degan umiddaman!
Kapitan: Bu axir juda ajoyib ku!
Rapmaster: Ha faqat ichki quvvat manbaida ozgina muammo bor, agar avariya holatiga o’tsa uzog’I bilan ikki asrga yetadi, bu bilan uzoq gallaktikalarga parvoz uyushtira olmaymiz.
Kapitan: Agar tashqi quvvat manbasiga ulansachi?
Rapmaster: Eng uzog’i 10 asr.
Kapitan: Nima bo’lganda ham bu juda ajoyib, eng asosiysi uyquga kirish va undan chiqishda bo’lgan muammolar bartaraf etildiku?
Rapmaster: Ha, faqat bu hozircha nazariy bartaf etilgan.
Kapitan: Praktikada ham hamma muammolarni bartaraf etasizlar degan umiddaman! Tezroq nonushta qilib bo’lib tadqiqodlarga qaytinglar!
Rapmaster: Ho’p bo’ladi kapitan!
Shu payt Bahhtee ratsiya orqali aloqaga chiqdi: Leytenant! “C” bo’limda qumdan tozalash ishlari hali tugamadi lekin biz qandaydir qurilmani topdik, Stacyni taxminicha bu quvvat generatori… U yaxshi saqlanib qolgan hullas buni o’zingiz ko’rishingiz kerak!
Rapmaster: Yaxshi, tez yetib boraman!
Rapmaster o’rnidan turib: Kapitan ijozatingiz bilan tadqiqodlarga qaytsam!
Kapitan: O’zingizni asrang leytenant!
Rapmaster o’ng qo’lini tepaga ko’tarib: Gulla Imperiya!
Kapitan ham o’ng qo’lini tepaga ko’tarib: Yashna Imperiya!
Dam olish bo’limidagi boshqa ishchilaru askarlar qo’lini tepaga ko’tarib birgalikda: OLG’A IMPERIYA!
( har eslaganimda kulgim keladi )
Rapmaster skfandrga shlemini qotirdi va germetiklashtirib dam olish bo’limidan bosimni stabilizatsiyalashtirish bo’limiga o’tdi, u yerdan tashqariga chiqib transportga o’tirdi va “C” bo’limga yetib bordi.
Bahhtee yo’lda kutib olib qazilma ishlari olib borilayotgan joyga yo’l boshladi. Rapmasterni qo’liga qandaydir planshet uzatdi.
Bahhtee: Bu to’plashga ulgurgan malumotlarimiz.
Rapmaster ko’rib chiqib: Bu juda kuchli generator bo’lsa kerak…
Stacy: Uni kuchi Mayoqni quvvatga to’ldira oladi!
Rapmaster nazarini planshetdan Stacyga ko’chirdi va uni orqasidagi generatorga ko’zi tushdi.
Rapmaster: Ha, bahaybat ekan!
Omonov: Bu juda yaxshi saqlanib qolgan.
Rapmaster: Qiziq bu generator nega to’xtab qolgan ekan?
Stacy generatordagi kichina yoriqga ko’rsatib: Leytenant mana bu yerga ahamiyat bersangiz ichiga ko’p qum kirib qolganini tushunasiz! Bu yerga qum kirishiga kuchli bo’ron sababchi bo’lgan bo’lsa kerak!
Rapmaster: Nahotki bu bo’limda bo’ronga qarshi himoya qo’yilmagan bo’lsa?
Yui: Marsliklar yashab o’tgan davrda Mars gullab yashnagan!
Rapmaster: Lekin ular anabioz uyquga ketishgan bo’lsa , demak shunaqa bo’lishidan habarligisi bo’lgan degani emasmi?
Yui: Aslida muammo shundaki, bu bo’lim germetik yopiq bo’lishi kerak edi, lekin shlyuzlar tashqaridan kuchli zarb berilgani sababli, bu bo’limning eng tubida ancha uzoq vatqdan ber yotibti.
Qo’li bilan buklanib yotgan shlyuzlarga ko’rsatdi.
Rapmaster: Hmmmm… Yui xonim generatorlarni qayta ishga tushirish imkoni bormi?
Yui: Generatorlar korroziyaga uchramagan, harakat qilib ko’rsak o’xshashi kerak!
Rapmaster: Yaxshi unda harakat qilib ko’ramiz!
“…Qiziq, shlyuzlarga nima bunaqa kuchli zarbni bergan ekan?...
Bu generatorlar o’zi ishlab chiqargan quvvatda o’zi ishlar ekan, faqat ishlatib olsa bo’ldi, bunda bizning batareyalardan foydalansak bo’lar ekan. Eng asosiysi generatorni va bo’limni tozalab olish edi, bunga naxt ikki kun sarfladik. Va bugun uni ishga tushuramiz. 1986 – yil 21 – fevral.”
Bahhtee: Batareyalarni quvvatlantirib bo’ldik!
Rapmaster: Kapitan!?
Kapitan: bu generatorlar qanday ishga tushiriladi?
Omonov: Batareyalarga ulab quvvatni uzatsak bo’ldi!
Kapitan: Ho’sh nimani kutmoqdasizlar?
Stacy: Muammo shundaki generator ishga tushganida o’zidan kuchli Elektro Magnit Impuls chiqarishi mumkin…
Kapitan: Bundan bizga qancha zarar yetadi?
Stacy: Uskunalarimiz 5 minut atrofida quvvatsiz qoladi… Shunga sizni ruxsatingizsiz boshlay olmaymiz!
Kapitan: Boshqa ilojimiz yo’q! Ishga tushurilsin!
Generator eski dvigatellarga o’xshab ishlashni boshlaganida bo’lim ozgina qimillashni boshladi. Generator chiqarayotgan qo’pol to’vush foni oldida qandaydir tezlashib va balandlashib borayotgan tovush eshitildi, u tovush o’z choqqisiga yetganida birdan tez pastga quladi. Bu EM Impuls edi. Skafandrdagi va kazarmalardagi uskunalaradan tashqari hamma uskuna va texnikalar ishdan chiqdi. Generator esa tezlashib ortiqcha tovushsiz ishlay boshladi.
Weka7777: Shaytanama Bu generator vuuuuuu-bijjjj qilib ishga tushdi!
NightBoy: Ahamiyat bermang bu bola o’zi shunaqa hazilkash
Akcent: u “Vuuu-bijj” bo’lib eshitilmidi, “g’nnnnnnnnnnn-tyup” bo’ladi!
Qayumov:
Omadbek: “g’nnnnnnnnnnn-tyup” mish
Ruslan: hech qisib o’tiraolmaysizlara
Weka7777:
Cassiopeia: kulgili gap aytmadimku
Kataleya: bularni kulishiga parvo qilmang!
Caraleva: O’ziyam boplisande Weka!
Hamma o’zini bosib olganidan keyin
Simptom: davom ettira qoling!
Tadqiqodchilar asosiy qurilma “Mayoq”ni oldiga yetib borishganida u quvvatga to’lib ulgurib atrofiga qandaydir golografik proeksiyalarni tushurayotgan edi. Rapmaster qattiq yutib chuqur nafas oldida Mayoqni bo’shqaruv panelidagi odam kafti iziga o’z kaftini joyladi. Mayoq atrofidagi golografik proeksiyalar yo’qoldi va bir necha soniya o’tib panel ustida kichkina hajmda proyeksiya paydo bo’ldi. Proeksiyada odam tanasi chizilgan, atrofida to’xto’vsiz o’zgaruvchi tushunarsiz ierogliflar va qandaydir sun’iy idrok tushunarsiz tilda bir narsalarni gapirib bo’lganidan keyin mayoq ochildi va o’z atrofida katta sferasimon ko’rinishda Golografik Proyeksiyani tushurishni boshladi. U yerda xar xil chizmalar, ovozli, shifrlangan va shifrlanmagan malumotlar, sur’atlar va yana boshqa narsalardan ko’p edi…
Oborayotgan tadqiqodlarni xujjatli film uchun sur’atga tushirayotgan video operatorini bosgan hayajondan uni oyoqlari va qo’llari titrab ketti. Lekin eng qattiq hayajonda tadqiqodchilar edi.
Rapmaster: Qoyil 1 necha ming asrlardan beri burnimizni ostida* koinot haqidagi bilim manbai yotgan ekan. ( *taxminan 228mln.km. koinot hajmiga nisbatan bir qadamdek tuyuladi )
Bir necha soatlardan so’ng
Kapitan:… ho’sh qandaydir foydali malumotlarni chiqarishga ulgurdingizmi?
Yuini jaxli chiqib baland ovozda: Bu manbadagi xar bir bayt yerning hamma boyliklaridan qimmat!
Stacy: Yui xonim! Ularga parvo qilmang Kapitan qattiq hayajonda bo’lganlari sababli, va hali dam olishga ulgurmadilar…
Yui xonimni yelkasidan ushlab: Yui xonim sizni kayutangizgachan kuzatib qo’yaman, dam olishingiz lozim!
Yui: Kapitanga ovozimni ko’tarish niyyatim yo’q edi, hammasi o’zidan o’zi sodir bo’ldi…
Stacy: Tushunaman! O’ylaymanki Kapitan sizdan hafa bo’lmadi.
Rapmaster: Kapitan! Kapitan! Va nihoyat sizni topdim!
Qo’lida planshet ko’tarib yugurib keldi.
Kapitan: Leytenant?
Rapmaster: Mayoqdan chiqarib tarjima qilishga ulgurgan malumotlarimizga bir qarang! Ular bu yerlik emas ekan. Bizni tilde aytganda taxminan “Qora Quyun” Gallaktikasidagi K731 yulduz orbitasidagi 2 – sayyoradan kelishgan ekan. Ularni ona sayyorasiga uzoq va qorong’u koinotdan kelgan mavjudodlar hukumronlik o’rnatish uchun hujum qilishgan, K731 liklarning texnologiyasi ham g’alaba qozonishga yetarli bo’lmagani sabab qochishga majbur bo’lishgan. A aynan bu yerni tanlashganini sababi bu – biz. Ular yecha olmagan masalalarni bir kun kelib biz yecha olishimizga ishonishgan, to’g’riroq qilib aytganda ular bunga majbur bo’lganlar. Bir kun kelib aqlu-idrokimiz ilm-fanimiz rivojlanganida biz bu yerga kelishimizni va ular qoldirgan mayoqni topishimizni bilishgan. Lekin, bu bir necha asr oldin sodir bo’ladi deb hiblashgan ekan…
Kapitan: Bir necha asr oldin? U paytlarda biz Marsa chiqish maylin oyga chiqishni ham yeti uxlab tushimizda ko’rmaganmizaku… Bunaqa narsalarga aqli yetganlarni esa jodugar deb olovda yoqib yuborgan edik! (xo’rsinib qo’ydi) Yana ubu malumotlar bormi?
Rapmaster: Ha juda ilg’or texnologiyalar chizmalari. Faqat, ularni yaratishimiza uchun Marsda ilmiy tadqiqod markazi va bir nechta ishlab chiqaruvchi inshoati qurishimiz kerak bo’ladi.
Kapitan: Bundan havotir olmang! Yangi anabioz kapsulangizni chizmasini senatga ko’rsatganimda, Marsda siz etgan o’sha ilmiy tadqiqod markazi va ishlab chiqruvchi inshoatlarni qurish kerak deb lozim topishib, hamma tayyorgarliklarni ko’rib kemalarni yuborishgan, va ulkan flot deb atasa bo’ladigan koloniya Marsdan bir oy uzoqlikga yaqinlashib qolishdi…
Rapmaster: Qoyil! Unda ular kelgunicha ko’proq malumotlarni chiqarib olish lozim! Ijozatingiz bilan ishimga qaytsam!
Kapitan: Ha aytgancha. Mayoqdagi barcha ilm va malumotlarni qanchada chiqarib bo’lamiz?
Rapmaster: Ilm fanimiz va texnologiyalarimiz rivojlanib borishini hisobga olganda taxminan 17 yil ketadi!
Kapitan: shuncha uzoq vaqt talab qilinadimi… Ishingizga qaytavering!
Rapmaster o’ng qo’lini tepaga ko’tarib: Gulla Imperiya!
Kapitan ham o’ng qo’lini tepaga ko’tarib: Yashna Imperiya!
Rapmaster: OLG’A IMPERIYA!
…(Cassiopeia) Qarabsizki 10 yil ichida terra rivojlantirish sirlarini ham o’rganib oldik, va Marsni terra rivojlantirib maxsus kiyimsiz yasha bo’ladigan holatga keltira oldik. Yana uch yildan so’ng insonlarni probirkada yaratishni boshladik, lekin, ular inson emas trik biologik robotlar edi
Rocket: Aniqroq aytganda, ular qul sifatida yaratilgan!
Simptom: San qachon kelishga ulgurding?
Cassiopeia: To’gri, qaysidir ma’noda siz haqsiz… Ular arzon ishchi sifatida yaratilgan…
Rocket: Tortinmasdan tekin ishchi deyavering
Kataleya Rocketga qarab qog’oz otdi: Teskari tomoning bilan turdingmi? Yoki tiling qichivottimi? Jim o’tir gapni bo’lmasdan!
NightBoy: eshitgin kelmasa borib uxlab damingni ol!
Weka7777: Kinoni qiziq joyida reklamaga o’xshab tiqilding san ham
Akcent: Gapirgisi kelgande endi
OMADBEK: Reklamani hozir o’zlarin cho’zvossanla u jim o’tiribti…
Ruslan: Davom ettira qoling tezroq!
Cassiopeia: Ha qayerga kelgan edim?
Rocket: “Oq ayiqlar sovuq tushishi bilan…” deyotgan edingiz.
Cassiopeia: Ha… Oq ayiqlar sovuq tushishi bilan baland tog’larga ko’tarilib qor ostida g’or qazib u yerga berkinib olishadi VA (adashganini tushunib ovozi pasayib ketti) uyquga, ke-ti-sha-di …
Rocket kulgusini ushlab turaolmay kulib yubordi
Boshqalarni esa ham kulgisi kelardi ham jaxli chiqardi…
Kataleya: Sizlarga maynavozchilik bo’lsa bas.
Weka7777: (chuqur chuqur nafas olib) bolla, bolla bo’ldi! Bo’ldi jiddiylashilu…
…
Cassiopeia: Rocket! Boshqa olamda sizni jiddiyroq nusxangiz bor degan umiddaman! (to’pponchasini o’qlab) Peshonangizni qoq o’rtasida to’qqiz millimetrlik teshikcha bo’lishini istaysizmi? (Rocketga o’qtaldi)
Rocket teskari qarab: Qiladigan ishlarim ko’p bo’lgani sababli bunaqa teshiklarga qashiman!
Ruslan: Leytenant!
Cassiopeia: Man esa qarshi emasman!
Rocket Cassiopeiaga qarab: Nima?
Cassiopeia Rocketni peshonasini mo’ljalga olib tepkini bosdi… To’pponchadan chiqqan olov ko’zni qamashtidi, boshi orqaga og’ib yerga yiqildi va ko’zi g’ira-shira bo’lib qorong’ulasha boshladi, hamma Rocketga sovuq yuz bilan qarab turardi, hammayoqni qorong’ulik qamrab oldi…
Rocketga uzoq fonda balandlashib borayotgan Cassiopeia ovozi eshitildi: …uch yildan so’ng insonlarni probirkada yaratishni boshladik, lekin, ular inson emas trik biologik robotlar edi…
Rocket stoldan sekin boshin ko’tardi va hozirgina tushida o’lgani esiga tushganidan qo’rqib ketib sakrab stuldan turdi, qo’li esa stakandagi suvga tegib uni tushurib yubordi, stakan yerga “tars”