tungi.ru

Qozog‘istonda bachabozlarni bichishga ruxsat berildi.

Qozog‘iston senati payshanba kungi majlisida

bachabozlarni kimyoviy bichish haqidagi qonunni

tasdiqlagan.

Qonunchilikdagi o‘zgartishlar "Voyaga yetmaganlarga

nisbatan jinsiy tegajog‘lik jinoyatini sodir etadigan

shaxslarga nisbatan jazoni kuchaytirish"ga taluqli bo‘lib,

jumladan, "bachabozlarni majburiy tarzda tibbiy yo‘l

bilan kimyoviy bichish"ni nazarda tutadi.

Senator Birganim Aytimovaning jurnalistlarga

aytishicha, "kimyoviy bichish-vaqtinchalik chora bo‘lib,

bir martalik ukol qilinadi".

"Bu ukol qilingandan so‘ng u butun umr shunday

qoladi deganini anglatmaydi", deb aniqlik kiritgan

Aytimova.

Shuningdek, in‘ektsiya faqatgina mahkama qaroridan

so‘ng qilinadi.

"Biz shu tariqa bitta bolaning bo‘lsa ham hayotini

himoya qila olsak, o‘ylaymanki, shunday yo‘l tutishga

arziydi", deydi senator.

Kimyoviy bichish garmonal dorilarni qabul qilish bilan

amalga oshiriladi. Testosteron ishlab chiqarilishiga

qarshi garmonal vositalar jinsiy maylni pasaytiradi.

Kimyoviy bichish to‘g‘risida qonun Moldova, Polьsha

kabi davlatlarda qo‘llaniladi. Rossiyada qamoq

muddatini kamaytirish hisobiga mahkum ixtiyoriy

tarzda kimyoviy bichishga rozi bo‘lishiga ruxsat

beriladi.

Fevral oyida G‘arbiy Qozog‘iston viloyat prokuraturasi

bolalar raqs studiyalaridagi o‘qituvchilar bilan

uchrashuv o‘tkazib, bolalarning ba‘zi bir raqs

ko‘rinishlari bachabozlarning e‘tiborini tortishidan

ogohlantirgani aytilgandi.

Prokuraturaga ko‘ra, 2010 yilda bolalarga qarshi jinsiy

mazmundagi 12 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2015

yilda 52 marta bunday jinoyatlar qayd etilgan.

Bu xavotirli holatdir, deb qayd etgan prokuratura.

Boshqa hikoyalar