tungi.ru

Otello

Shu saytda shuncha yurib endi birichi marta yozdim

.

Qiz - Nega buncha rashkchisiz a?

Yigit - Nima edi?

QIZ- Yonimdan o’tgan

mushukdan ham qizg’aning

unda!

Yigit - Kallasini uzib olaman o’sha

mushukni.

Qiz - Jinnisiz.

Yigit - Xa jinniman.

Qiz - Otellodan ham battarsiz!

Yigit - Yaxshi bo’pti.

Qiz - Rashkchilarningsarkadasi.

Yigit - Hey, hali mendan boshqa

rashkchilar ham bormi? Men

sarkarda bo’lsam hali men

tanimagan butun boshli qo’shin

ham bor ekanda? To’g’risini ayt.

Qiz - Eeee, boringeee.

Qiz arazlab,ortiga burildi-yu katta

qadamlar bilan yurib ketdi .

Biladi, baribir ortidan keladi.

Naqd soyaning o’zi. Bo'masamchi

axir kuzatib kelmasa, qizni yo’lda

birov shart og’irlab ketadi-ku!

Qizning yuzlari qizarib ketdi.

Lablari jahl bilan o'zicha

pichirladi:

OTELLO...

***

Yigitning qo’llari musht bo’lib

tugildi. Hozirgina qizga turtilib

o’tib ketgan yigitning yoqasidan

oldi. Ortidan yugurib kelib,

bilaklariga yopishgan qizga ham

e'tibor qilmasdi. Baquvvat qo’llar

iskanjasida qolgan yigitni ura

ketdi.

Qiz - Nega urasiz? Axir u emas,

men unga turtilib ketdim-ku! Bu

bechorada nima ayb?

Yigit - Rahmlari kelyaptimi?

Qiz- Bas qiling!

Yigit - Uzr-uzr, mana tegmadik,

oshig’ingizga, ming bor uzr.

U yigitni itarib yuborib, qizga

ham qaramay ketib qoldi.

G’azabdan butun vujudi olov

bo’lib yonardi. Uyga borgach

kravatga o’zini otdi. Harchand

urinmasin ich-ichidan toshib

kelayotgan vulqonning tafti

bosilmadi. Rashk o't bo’lib

kuydiradi. Mittigina telefondan

chiqayotgan tanish musiqa uzoq

vaqt jiringladi. Ekrandagi

qadrdon ismni ko’rib tursa ham,

qo’llari yashil tugmani bosishga

botinmadi. Narigi tomonning

sabri tugadi chog’i 5-6 javobsiz

qo’ng’iroqdan so’ng, arazdan

rang olgan sms keldi:

“OTELLO!"

***

Taqdir taqozosi bilan qizni

boshqa yigitga unashtirishdi. Qiz

yig'lab-yig'labbu haqda

unga aytib bergach, u haqiqiy

rashk qanaqa bo'lishini tushundi.

Yuragiga, yo'q butun tanasiga o't

qo'yib yuborishgandi. Ammo bu

safar yigit ilojsiz edi. Hammasi hal

qilib bo'lingandi...

Yigit - U bilan baxtli bo'la

olasanmi?

Qiz - Bilmadim.

Yigit - Bilmading? Demak, xa.

Qiz - Yo'q.

Yigit - Seni o'g'irlab ketaman.

Qiz - Hech qachon, - yig'ladi qiz.

Yigit - Unda baxtli bo'l, - jahl bilan

telefonni o'chirib qo'ydi.

Qiz - Tasalli berishni ham

bilmaysiz, - o'ziga-o'zi gapirib

yig'lardi qiz. Ko'z yoshlariga

lablarining pichirlashi jo'r bo'ldi:

Otello...

***

To'ydan 3-4 kun o'tgan yangi

kelin ming andisha bilan

"yashirincha" onasiga qo'ng'iroq

qildi. Hech kim go'shakni

ko'tarmadi. Yana qo'ng'iroq qildi.

Yana shu holat qaytarildi. Qiz

qaynonasi, yangi uyidagilaridan

qisinib telefon qilsayu hech kim

javob bermasa. Jig'ibiyroni

chiqdi. Ovqatni tayyorlab keyin

yana bir bora qo'ng'iroq qilishga

qaror qildi. Onasi telefonni

ko'tardi:

- Nega birdan ko'tarmaysiz? Bu

yerdagilar ko'rib qolishidan

uyalyapman, - salom-alikdan

keyin arazladi qiz.

- Qo'shni ayollar bilan mahallaga

chiqqandik.

- Nega?

- Janozaga bordik. Ahmad

qassobning o'g'li o'zini o'ldiribdi.

Shu onda qizni tok urganday

bo'ldi. Tanasidan joni chiqib

ketganday "shilq" etib o'tirib

qoldi. Nigohi bir nuqtaga

qadalgan qiz nima bo'layotganini

anglolmasdi. Butun tanasini

titroq bosdi. Lablari holsiz

qimirladi:

OTELLO......

Boshqa hikoyalar