"Ikki ulfat" Rea1ist ijodidan...
-Ufff. Qachongacha chidash mumkin bu shaldiroq aravaning qiliqlariga. Bo`ldi, yetar bas, sotaman. Sotmasam sen bir uyum temir-tersak meni adoyi tamom qilasan.
Mashinasining ro`lini zarb bilan urgancha haydovchi.
Jamshid tun yarmidan oqqanda uyning bog`ida pishgan mevalarni sotgani shahar dehqon bozoriga olib ketmoqda edi. Bu yilning bahori juda sovuq kelib, kuchli izg`irin shamol ancha joylarda, meva daraxtlari gullagan pallada sovuq urib ketdi.
Jamshid yashaydigan qishloq tog` etagida joylashgan bo`lib, shamoldan ancha panada, shuning uchun ham meva-cheva bu yerda yaxshi bo`lgan edi. "Shaharda bir kilosi palon pul" - degan o`rtog`ining gapiga kirib yo`lga chiqqandi. Kun yorishmasdan optom bozor boshlansa tezda mevalarni sotamanu, so`ngra shahardagi jononlarimni eslayman - degan ideani diliga pishitib qo`ygandi. Aksiga olib mana bugun ham otasidan qolgan jiguli mashinasi yana bir bora pand berdi unga. Mashinaning u yoq bu yog`ini chuqalab, foydasi bo`lmagach, jahli chiqqanidan yana bo`ralab-bo`ralab so`kina boshladi:
-Xa buzilmaygina ketgur... Otam sendan o`libgina qutildilar, sen yaramas meni ham boshimni yemasang go`rga edi.
Dadasidan meros bo`lib qolgan mashinasini qarg`ay-qarg`ay yon atrofga nazar soldi. Atrofda hech zot ko`rinmasdi. Katta yo`lga chiqishiga ham chamasi o`n chaqirimdan ziyodroq masofa bor edi. Jamshid soatiga sekin bir nazar tashlab, chuqur xo`rsingancha o`zi o`tirgan mashina o`rindig`ini yotish uchun birmuncha qulay qilib olib pinakka ketdi.
Oradan qancha vaqt o`tdi bilmaydi. Qulog`i ostida yangragan mashina signali Jamshidning uyqusini tamomila allaqayerlargadir uchirib yubordi. U ko`zini ochar ekan mashinasi qarshisida bir mashina turar edi. Ko`zlarini ishqalab mashinaga qaytadan razm soldi. Oq rangli allaqanday chet el mashinasi. Hali yangiday. Qarshisidagi mashinaning haydovchi o`tirgan eshigi ochilib, haydovchi mashinadan tushgancha u tomon kela boshladi. Ko`rinishidan bashang kiyingan, boyvochchaligi shundoqqina ko`rinib turardi. Jamshid ham o`z mashinasidan tushib haligi haydovchiga peshvoz chiqdi. Jamshidga qaraganda birmuncha gavdaliroq bo`lgan yigit unga yaqinlashmay turib so`z qotdi:
-Salom aleykum, aka siz shu yerlikmisiz?
-Valeykum, ha shu yerlikman. Xo`sh xizmat. Bemahalda biz tamonlarda...?
Aslida uning nimaga kelgani ma`lum Jamshidga.
Yozda Chorvoq deb atalmish suv omborining atrofi odamlar bilan to`ladi. Dengizday bo`lmasa-da lekin anchagina maydonni egallagan bu suv ombori, uni ilk bora ko`rgan odamlarda huddi dengizday ko`rinish uyg`otar edi. Uning atrofi bo`ylab oldinma-keyin joylashgan dam olish oromgohlari, salomatlik sihatgohlari, hashamat bobida bir-biridan o`tkazib qurilgan dachalar yoz faslida odamlar bilan to`lib toshadi.
-Bilmaysizmi, Burchimullo qishlog`i qaysi tomonda?
-Xa bilaman, u mening qishlog`im bo`ladi. Tinchlikmi?
-Tinchlik, tinchlik. U yerda oshnamning dachasi bor ekan, o`sha yerda dam olgani ketyapmiz. Men va ikki qushcha... (olifta Jamshidga ko`z qisib qo`ydi).
-Akajon bizni o`sha qishloq tomon olib borsangiz, rozi qilaman.
Oliftaning pul, undanda yoqimli eshitilgan jononlar haqida gap ochmaganida Jamshidning uning gaplaridan ensasi qotib, shundog`am yo`q kayfiyati battar tushib ketayotgan edi.
-Maylilikka maylikuya...
Jamshid oliftaning oldiga yaqin borib:
-Mabodo ulfat kerak emasmi sizga...?
Bu ikki xil olamga tegishli bo`lgan ikki insonni taqdir hukmi, yo bo`lmasa iblis bir nuqtada tutashtirgan edi.
Jamshid.
Ismiga monand bo`lmagan bu bola o`zi asli Burchimullolik emas, a balki undan oldin kelguvchi qishloqdan edi. Yolg`iz farzand. Tabiiyki uyning erkatoyi. Yoshligidan qo`lini sovuq suvga ham urmagan bu yigit ulg`aygani sari bu foniy dunyodagi deyarli barcha jirkanch ishlarni qilib ko`rdi. Avvaliga mayda o`g`irliklar qilib qo`lga tushgan bu bolani orqasida ikki tog`day suyanchig`i, ota-onasi bor edi. Bo`lgan voqealarda bolasini ayblamay:
-Bolamni aldashgan. Uning hamma narsasi yetarli, o`g`irlik qilishiga hech bir muhtojligi yo`q- degancha uni oqlashar edi. Bolaga ko`rsatilayotgan bundayin mehr, asrab-avaylashning oqibatida u nihoyatda bebosh bo`lib o`sdi. Bolasining, jigarbandining kelajagini, kelgusida farovon, hech nimaga zoriqmay yashashini istab tinim bilmay mehnat qilgan ota-ona o`g`lini tarbiyasi izdan chiqayotganiga e`tibor berishmagan edi.
"Bola bo`lsang sho`x bo`l, sho`x bo`lmasang yo`q bo`l" shiorini farzandi tarbiyasida dasturi amal qilib olgan ota-ona kelajakda ularni qanday sinovlar kutib turganini bilishmas edi. Bu sinovlarning dastlabkisi boshlaniboq bebosh o`g`il, qaddilarini tik tutib yurgan ota-onaning qaddini bukib qo`ydi. O`g`lining ota-onaning ko`z oldida o`z uyidan kishan taqilgan holatda olib chiqib ketilishi ularni shu ko`yga soldi.
Yigirma yil oldin:
-Men ham o`g`illi bo`ldim. Mening ham orqamda avlodim davomchisi, el-yurt oldidagi hurmatimni yanada balandlarga ko`targuvchim bor -deb kerilgan otaning ekkan daraxti, mana yigirma yil o`tib o`z mevasini, achchiq mevasini bera boshlagan edi. Endi ota-ona istasalar ham, istamasalar ham o`zlari ekkan daraxt mevasini ta`tib ko`rishlari shart edi. Giyohvand moddalar bilan qo`lga tushgan o`g`ilni sud hukmidan obro`li otasining shuncha yugurgani ham olib qola olmadi. O`n yilga ozodlikdan mahrum etish bilan kesilgan Jamshid qilgan aybiga yarasha jazoni, umumiy tartibda o`taydigan koloniyalardan birida ya`ni toshturmada, qattiq rejimda o`tkazadigan bo`ldi. Uning qilgan ishiga amnissiya ham qo`llanilmay, roppa rosa o`n yil umri qamoqda o`tdi. Qamoqdagi o`tkazgan ilk yillidayoq jismoniy jihatdan anchagina baquvvat bo`lgan ota bechora insultni boshidan o`tkazdi. Keyingi yili esa o`g`lini dardida yuraklari pora bo`lgan ota bandalikni bajo keltirdi. Ko`ngli yarim bo`lib qolgan sho`rlik onaizor tanho o`g`li, eridan qolgan yolg`izgina yodgori Jamshid uchun bu hayotda hamon yashamoqda edi.
Uyiga qaytgan Jamshidni xovlining darvozaxonasida ko`rgan onasi Farida opa yuvayotgan kirini tashlangancha o`g`li tomon talpindi. Uni bag`riga bosib, yuz-ko`zlaridan o`pa ketdi. So`nggi yili onasini qattiq dard chalib qolganligi tufayli uning holidan xabar ololmagani, shundoq ham bemexr bo`lib o`sgan bolani undan ham battar bag`ritoshga aylantirgan edi.
Qamoq ham Jamshidni ko`zini ochmadi. U yerdan chiqqan dastlabki kunlaridanoq ichkilikka berildi. Darvozaxonada turgan, otasining o`limidan so`ng biron marta minilmagan mashinaning u yer bu yerini ta`mirlab qishloqdan shaharga qatnab kira qilib yurdi. Yigit, uni boqib katta qilgan onasi oldidagi burchini bajarish yuki, hayolining bir burchiga ham kelmadi. Qaytanga onasi har tergaganida:
-Nimani qoyillatib berdingizki mendan muruvvat kutasiz? Bittayu bitta o`g`lingizni qamoqdan olib qololmadilaring. Eee...
Jamshid qo`l siltagancha xonasiga kirib ketar edi...
Har kuni shunga o`xshash tarzdagi janjallar bilan o`tayotgan bu xonadonda onaizorning mungli yig`lashi har tun eshitilardi. Ertalab sahar turib ikki tishlam non bilan bir piyola choyni zo`rg`a tomog`idan o`tkazgan Farida opa yuziga fotixa tortib dasturxonni o`rab qo`ydi. Anchagina eskirib ta`mirtalab bo`lib qolgan uyidan chiqdi. Hovliga tutash bo`lgan kattagina bog`iga o`tdi. U yerda erta sahardan to kun botargacha kuymalanar edi. Ichidagi g`am-anduxlarini oz bo`lsada shu bog` yengillatar, ko`ngliga tasalli berardi. Bugun ham har doimgidek bog`ida ertalabdan g`arq pishgan mevalarni terayotgan pallada, onasi oldiga maykachang bo`lib olgan Jamshid keldi. Uning oxirgi marta qachon erta turganini eslay olmagan Farida opa qo`llaridagi mevalarni savatga qo`yib gap boshladi.
-Tinchlikmi bolam erta turib olibsan (havotir aralash)? Mazang bo`lmayaptimi...? Nonushta qilasanmi?
Onada, ona... U nima bo`lsaham farzandim deb kuyadi. U shuncha yomonlik qilsa ham aybni o`zidan yoki atrofdagilardan qidiradi.
-Otdayman mamashka, otdayman. Bog`dagi mevalar ham pishib bekorga tagiga to`kilib yotibdi.
Jamshid yonidagi serhosil olma daraxtining mevasidan birini oldi. Qo`llari bilan bir-bir ishqalab "qars" etib tishlagancha gapida davom etdi.
-Shu desangiz, mevalardan terib bersangiz, men shaharga oborib ularni sotib kelardim. Puliga qishga u-bu narsa olarmidik..?
O`g`lining erta saharlab turib olgani, yana ro`zg`orni o`ylab bunaqa aqlli gaplar aytishi ona ko`nglida g`ashlikning inini qurgan bo`lsada, ichidagini yuzaga chiqarmadi. Ichida o`ziga-o`zi: "shu o`g`limga ham insof berganing rost bo`lsin ey Alloh" -deb qo`ydi.
-Yaxshi o`ylabsan bolam.
-Kechgacha keragicha terib savatlarga joylab qo`ying. Tong otmasdan yo`lga chiqaman. Bozorchilar bilan ham gaplashib qo`ydim.
So`nggi gapini onasiga aytgan Jasur onasining hay-haylashiga qaramasdan dorda turgan futbolkasini olib mashinasiga o`tirgancha zang`illatib uydan chiqib ketdi. Kun botarga yaqin kirib kelgan Jasur kuni bilan ichmay (yo`lda reyt bo`lgani uchun), qo`lida bir aroq shishasi yana u-bu gazakka yaraydigan narsalar solingan paket bilan mashinadan tushdi. Kechgi ovqatni o`g`lining oldiga olib kelgan Farida opa, uning shayton suvidan bir-ikkini otvolganini faxmladi. Saharda o`g`li haqida o`ylagan yaxshi fikrlari hozirga kelib sarob bo`lib chiqdi.
-O`g`lim...
Qo`lidagi ovqatni dasturxon ustiga qo`yar ekan, ortidan o`zi ham ko`rpacha ustiga cho`kib istamaygina gap boshladi.
-O`g`lim, shu desang sening ham boshingni ikkita qilib qo`ysak. Bunga nima deysan...?
-Iye qiziqmisiz onashka. O`zi bitta boshni eplab ko`tarib yurish qiyinchilik tug`dirmoqda. Siz esa yana bittaga ko`paytirmoqchimiz? Menga bosh-moshingizni keragi yo`q. Xoxlasangiz o`zingiznikini ikkita, menga demasa to`rtta qilib oling. Xa aytgancha mevalardan terdingizmi?
Oldidagi ovqatni yeyishni to`xtatmagan holda onasi bilan savol-javob o`yinini boshlagan edi Jamshid.
-Xa bolam, terdim. Huddi sen aytganday qilib savatlarga joshlashtirib ham qo`ydim.
-E malades mamashka. O`zimni onamsizda, o`zimni...
Ovqatning ustida aroq shishasini yarimlatgan Jamshid sochiqchaga yuzining og`iz atroflarini artib omin qilgancha o`rnidan turdi.
-Qani ona bir ko`raylikchi nima ishlar bajaribsiz?
Ona bola tashqariga chiqishdi. Ikkovlashib ona tergan sarxil mevalarni mashina yukxonasiga, undan so`ng orqa va yon o`rindiqlar ustiga joylashdi. Mashina mevalarga to`lgach o`g`il gap boshladi.
-Men biroz dam olay... Shahargacha yo`l uzoq. Soat birlardan o`tib uyg`otarsiz?
-Xo`p bolam, xo`p. Sen yotib uxla, o`zim sani girgittoning bo`lay Jamshidjonim.