"Ikki ulfat" 2-qism
O`g`lining yelkasini silab o`z xonasiga kuzatib qo`yar ekan. O`zi oshxonasiga qaytib u yerdagi yumushlariga andarmon bo`lib ketdi. Ishiga sho`ng`ib ketgan Farida opa sal qolsa o`g`lini uyg`otish yodidan ko`tarilay degandi. Jamshidni o`rnidan turg`izgan Farida opa uning ketar chog`ida yo`liga deb pishirgan somsalarini tutqazdi. Oq yol tilagancha o`g`lini uydan chiqargan Farida opaning ko`ngliga negadir g`ashlik buluti soya solgan edi...
Baxtiyor.
Jamshidning qarshisidagi olifta yigit, iblisning hamrohligida va ko`rsatmasi bilan shu joylarga kelib qolishi, Jamshid bilan yuzlashishi, u tomonidan reja qilingan edi.
Yoshligi Jamshidnikidan tamomila teskari bo`lib ulg`aygan bu bolaning hayotdan ko`ngli sovib, atrofdagilarga nisbatan mehrsiz , faqatgina o`zini o`ylovchi bo`lib voyaga yetishiga asos bo`ldi. Yo`qsillik bu bolaning qalbida hattoki jigarlariga nisbatan ham zarrachagina bo`lsada mehr tomchisidan qoldirmadi.
Ikki bolani xotinining qo`liga qoldirib, u dunyoga rixlat qilgan ota o`z ajali bilan o`lmagan edi. Jinoyat ustida qo`lga tushgan va bo`ysunmagani uchun otib tashlangan edi. Onasi bo`lmish Gulruhning oyog`i sal suyuqroq chiqib qolib, eri o`lganiga hali hech qancha bo`lmay turib turli xil erkaklar bilan don olishib yurdi. Gulruhning qad-u qomati uncha-muncha ayollarga nasib qilmagan bu yorug` olamda. Ikkita tuqqaniga qaramay haliham go`zal qizlarday ko`rinish, tim qora sochlar, jon olguvchi ko`zlar har qanday erkakni o`ziga tortmasdan qo`ymasdi. Iymon yo`lidan allaqachonlar chiqqan, yosh holiga erdan ajragan tul xotin ko`p o`tmay yana erkak quchog`ini sog`inishi hech kimga sir emas. Ota o`limidan bir yil o`tib ona kichik o`g`li Farruxni uning dod-voylariga qaramasdan bolalar uyiga berib yubordi.
-Qachondir meniham berib yuboradi -degan xadik bilan yashagan Baxtiyor o`n ikki yoshida uyidan bosh olib chiqib ketdi.
Ko`cha hayotini tanlab uyidan chiqqan Baxtiyorning hayolida bir maqsad: qanday qilib bo`lmasin, birovlarning baxtsizligi evaziga bo`lsa ham boy bo`lishni asosiy intilishi qilib oldi. Odam boy bo`lsa, puli ko`p bo`lsa bu hayotda barcha narsaga erisha oladi. Uning dunyoqarashida shunday g`oya allaqachon ildiz otib, xuddi daraxt kabi keng quloch yozib o`smoqda edi. Baxtiyor ulg`aygani sari otasi kabi qizlarning xushini olib qo`yadigan darajada chiroyli, gapga chechan, aql bobida ham noqis bo`lmay, juda ziyrak bo`lib o`sdi. Onasi Gulruh ham dadasi g`irt bekorchi, tekintomoqligiga qaramasdan uning husniga oshiq bo`lib erga tekkan, hatto uni deb uyidan bosh olib chiqib ketgan edi.
Baxtiyor tez boy bo`lishning o`zgacha uslubini ishlab chiqdi yoki bo`lmasa iblis uning ko`ngliga soldi. Ya`nikim, puldor, boy-badavlat odamlarni qidirib topish va qulay fursat tug`ilganida ularning uylarini bosish. O`ljani qo`lga kiritish va nom-nishonsiz g`oyib bo`lish. Reja puxta tuzilib uni bajarish uchun ishonchli, iblisning oldida so`roqda turganda ham sotmaydigan jinoiy sheriklar topish qoldi xalos. Yoshligi ko`chada o`tgan emasmi, pul, boylik desa hatto do`zaxning eshigi oldiga ham borib keluvchi sheriklar topish uning uchun unchalik qiyin bo`lmadi. Boyligi oshib-toshib yotgan kimsalarni topish, ularning boyliklari qayerda saqlanayotganini bilish uchun Baxtiyorning o`zi ishga tushardi. Bu unga otasidan meros bo`lib qolgan edi. Rejani ham o`zi tuzar, har bir ishga jiddiy yondoshardi.
Guruch kurmaksiz bo`lmaganidek, yurtda xalqim,xalqim deb xalqning cho`ntagiga qo`l solib, boyib yurganlar ozmi bu dunyoda. Baxtiyor shunaqalarni izlab topar, ularning borini shilib ketsang ham lom-lim deya olmasligi unga asqotardi. Qonunga shikoyat qilib borsa, shuncha boylikni qayerdan olding deb o`zini xoli-joniga qo`yishmasligi aniq. "O`g`rini qaroqchi urdi" deganlaridek Baxtiyor va uning sheriklari suvdan quruq chiqib ketishar edi. Dardi ichida qolgan davlatning miyasiga tushgan qurtlar ne qilarini bilmay arosatda qolishaverardi. Dastlab o`z viloyatida bu ishlarni amalga oshirib yurishgan bu tutqich bermas o`g`rilar to`dasining nafslari hakalak otib, endilikda butun yurt bo`ylab ovga chiqishar edi. Tashqi dushmanlardan himoyalanish uchun Baxtiyor g`ayri yo`llar bilan ikkita kalashnikov avtomati va bitta makarov pistoleti topishga muvaffaq bo`ldi. Endi bu to`daning oldiga boshqa to`dalar tushish tugul, hatto yaqinlasha olmas edi. Qonun himoyachilari orasida ham ayrim nafsiga qul bo`lgan insonlar uchrab turadi. Baxtiyor o`shanday insonlarni topib ularni yedirib-ichirib ular bilan osh-qatiq bo`lib oldi. Endi uning mushugini birov pisht demaydi. Agar shunday qilsinchi, keyin unga salom beradigan bo`lib qolishi hech gap emasdi. Pulning kuchi bilan poytaxtdan bir emas ikkita dang`illama uy oldi. Qo`sha-qo`sha mashinalar... Xullas Baxtiyorning yegani oldida, yemagani ham oldida bo`lardi.
Navbatdagi o`g`irlik ham hamirdan qil sug`irganday bo`ldi. Har doimgidek o`g`rilar tun yarmidan oqqanda mo`ljali olingan uyga bostirib kirishdi. Uy egasini shirin uyqusidan uyg`otib, boyligini olib chiqishini aytib qurol o`qtalishganda uning o`takasini yorildi. Agar ular aytganidek qilinmasa, xotining jonini iblis oldiga jo`natishini aytishdi. Ziqna er boyligini yashirgan joyni aytavermagach, boshqa, hamma vaqt ish beruvchi uslub, bolalar katta sahnaga chiqishib o`g`rilarni ishini yengillashtirdi. Bolalar peshonasiga tiralgan sovuq qurol o`z kuchini ko`rsatdi. Ne ne yo`llar bilan anchadan buyon yig`ilayotgan boylik, shu mash`um tunning besh-olti daqiqasi ichida Baxtiyorning to`dasi tomonidan o`marib ketildi. Ular o`zlaridan na bir belgi, na bir nishon qoldirishdi.
Ishni qoyilmaqom qilib tugatishgan to`da xursandchilik osmonida edi. Qo`lga kiritilgan o`ljani Baxtiyor sheriklarini rozi qilgan holda taqsimlab, to`da a`zolariga o`n kunga dam berdi. O`zi esa ikki "chyotkiy postayanka" jononni, yaqindagina olgan inomarka mashinasiga solgancha dam olgani Chorvoqqa, aniqrog`i u yerdagi Burchimullo qishlog`iga yo`l soldi.
Chet elga ketayotgan bir oshnasi: "dam olging kelsa men aytgan joylarga borgin, zo`r joylar, mening u yerda dacham bor" - deganicha unga dacha kalitini tashlab ketgan edi. Baxtiyor shu gaplarni eslab:
-Bir baliqday yayrab kelay. Mening ham dam olishga xaqqim borku-degancha tun bo`lishiga qaramay yo`lga chiqqandi.
Bu ikki qalban majruh, iymon yo`lidan yurishdan qaytib iblisga oshno, nafsiga qul bo`lganlarni manzil yo`llari Chorvoq deb atalmish joyda tutash keldi.
Baxtiyorga qarshisidagi kimsaning ulfat bo`lish taklifi unchalik ham ko`ngliga xush kelmagan bo`lsa-da, qandaydir bir kuch uning taklifini qabul qilishga uni ko`ndirdi.
Olifta yigitning rozi bo`lishiga unchalik ham ishonmagan Jamshid. Taklifiga uning mayl bildirishi, harob axvolga kelgan kayfiyatini birdan ko`tarib yubordi.
Bir-birlari bilan qo`l berib tanishishgan bu ikki ulfat, Jamshidning mashinasi ortda qolib qarama-qarshi tamondagi mashina sari odimlashdi.
Mashinasi, shahar borish va mevalarni sotish, keyin esa jononlar bilan kayf-u safo ummonida miriqib-miriqib suzish niyati bo`lgan Jamshidning, jononlarning o`zi qush kabi qanot qoqib uchib kelgani dilini shodladi.
Manzilga yetgunlariga qadar u yoq bu yoqdan gaplashishgan ikki ulfat va ikki jonon dillarini xushlab Burchimullo qishlog`iga, uning ichiga kirib Baxtiyorning oshnasiga tegishli bo`lgan dachaga yetib kelishdi. To`rt ovlon darvoza eshigini ochishib ichkariga kirishganida ular bilishmagan ediki dachaga ular bilan birga iblisning shaxsan o`zi ham tashrif buyurganini. Dacha anchagina shinam va did bilan qurilgan bo`lib, shu holga keltirish uchun oz muncha mexnat ketmaganini, uning ko`rinishida aks etib turibdi. Jononlar mashinadan tushganlaricha Baxtiyordan dacha binosi kalitlarini olishdi va uning ichini ko`rish ishtiyoqida chopqinlab ketishdi. Ulfatlar esa mashinani dacha ichiga olib kirishib uning yukxona va ichidagi, maishat qilish uchun olib kelingan narsalarni u yoq bu yoqdan gaplashishgan holda tushira boshlashdi. Turli xil spirtli ichimliklar, meva-cheva, gazakbop mahsulotlar, sharbatlar maishat qilish uchun hamma-hamma narsalar bor edi. Jamshid mashina yukxonasidan tushirayotgan narsalarini anchasini umrida birinchi marta ko`rmoqda va ularga bir-bir ajablanib qarab qo`yar edi. Uning nigohi nogahon yukxonaning bir burchida turgan ixchamgina bir keysga tushdi. Dab-durustdan ichida paydo bo`lgan qandaydir bir kuch o`sha keysni ichida nima borligini bilishga uni undadi.
Baxtiyor u keysda bugungi o`g`irlikdan tushgan o`z xaqqini joylagan edi. Baxtiyor qanchalik ziyrak va hushyor bo`lmasin o`sha kuni iblis uni qo`lidagi qog`irchoqlardan biriga aylantirib o`z nag`masiga o`ynatayotgan edi. O`z o`ljasini olib keysga solgan Baxtiyor keysni maxfiy parol bilan qulflamay shundoqqina yopib qo`ya qolgan edi. Bu ham iblis rejasining bir qismiga kirar edi.
Mana keys Jamshidning qo`lida... Keysni bir aylantirib ko`zdan kechirgan Jamshidning qulog`iga iblis "nimaga qarab o`tiribsan, qani ochmaysanmi" -deya shivirladi. Itoatkor qul bir yutinib olib keysni "shriq" etganicha ochdi. Ochdiyu Jamshidning ko`zi keysning ichidagi narsalarga tushib bir muddat toshday qotdi. Besh-olti taxlam dollar puli o`ramlari, zeb-u ziynatlar va yana anchagina beli sinmagan besh ming so`mlik pullar.
Zo`r berib gapirayotgan ulfatining birdan jimib qolgani Baxtiyorning ziyrak zehnida shubha uyg`otdi. Chaqqonlik bilan uning oldiga bordi. Qarasaki Jamshidning ko`zi bir nuqtada, qo`lidagi keysning ichida edi. Baxtiyor uning qo`lidan bir tortishda keysni sug`urib oldi va uni yopgancha: