tungi.ru

" Yurtga qayting " | Asia

Asar nomi: " Yurtga qayting "

Asar muallifi: Asian

Asar haqida: Xorijda o'qiydigan qiz kursdoshim va o'zimning hayotimda yaqinda bo'lib o'tgan.Hikoyaning boshini

uning nomidan hikoya qilaman.Uning boshidan o'tgan ishlar boshqalarning hayotida bo'lib o'tmasligi uchun o'zi

hayotini hikoya qilib yozishimga rozi bo'ldi.Uning xatidan keyin u bilan nimalar sodir bo'lganligi va

uni qanday qilib yurtimizga qaytarib olib kelganligim ham bayon etilgan.

" Yurtga qayting "

Biz u bilan yaqin do'st bo'lmasakda,har holda ikki yil bitta oliygohda o'qib,bir-birimizning yutuq va kam

chiliklarimizdan,tabiatimizdan xabardor edik.U bilan oramizda hech qanaqa sevgi yo'q edi.O'sha paytda ko'ng

limda muhabbat degan narsaga shaxsiy muammolar va o'qish sababli o'rin ham yo'q.O'zi o'rtahol oiladan

bo'lgan bu qiz judayam oqila edi.U maqsadi yo'lida doimiy izlanadigan,qatiyatli,tirishqoq qiz edi.3-bosqich

ga o'tish oldidan o'rganayotgan tili bo'yicha talabalar almashinuvi loyihasida grant yutib,xorijda o'qishni

davom ettirish uchun yo'llanma oldi.Shundan keyin u bilan internetda hol-ahvol so'rashib yurar edik.Keyinchalik

bir-birimizga ishonib sir aytadigan o'rtoqlarga aylandik.Bir necha oylar muqaddam,shu qiz elektron pochtamga "O'ta

maxfiy,shu bilan ichimga sig'maydigan sirim" degan sarlavhalangan maktub jo'natdi.Xatni o'qib unga nima

maslahat berishni,nima deb yupatish-u nima deb urishishni ham bilmay boshim qotdi.Yaqinda online muloqotlarimizda

xat haqida o'zi eslatib o'tdi: "Amir,shu maktubni yozib chiqaring,boshqalarga saboq bo'lsin...". Mana o'sha

maktubni e'tiboringizga qanday bo'lsa shundayligicha,faqat yigitning ismini o'zgartirgan holda havola qilyapman

*****

Amir,bu maktubni avvaldan yozib qo'yganman.Har kuni o'qib chiqaman.Yig'layman,o'zimni mushtlayman,keyin yana

"Shu bilan hayot tugab qoladimi,hech kimdan kaming yo'qku,hamma senga havas qiladi" deb o'zimni ovutib,

quvonib yashayveraman.Biron eng quvongan,sevingan damimda ham yuragimning bir chetida yemirilib,og'rib

turaveradi.Kel hammasini bir boshdan gapirib beray.

*****

Siz u yigitni bilardiz.Bizdan katta guruhda o'qirdi.Ikkalamiz ham bitta tilni o'rganganimiz uchun birga

o'quv kurslariga qatnab,yaqinlashib qolgandik.O'rtada hech qanday muhabbat,hatto do'stlik ham yo'q edi.

Shunchaki u hamroh,xorijiy tilni mukammal egallashim uchun yaxshi suhbatdosh edi.Keyin ikkalamiz ham chet

elga ketish imkonini beradigan loyihada qatnashdik.Esizdami,g'olib bo'lib xorijga ketayotganimni eshitib

astoydil tabrikladiz.Yana aytgandizki: "O'qigan odam yuzaga chiqadi,grantga ,ustiga-ustak,stipendiya beradigan

joyga o'qishga ketyapsan,rosa havasim kelayapti" dediz.Aslida o'shanda men to'plagan ballar hamma o'ylaganidek

grantga emas,shartnoma asosida o'qishga ketish uchun imkon berardi.Ballarimni ko'rib,tarvuzim qo'ltig'imdan

tushib,yig'lashni boshlagandim o'sha sen bilgan Botir aka "Yig'lamang,birgalashib to'lashib yuboraman.Men

uydagilarga faqat shartnoma asosida xorijga jo'natishar ekan" deb aytganman.Menga berishadigan o'sha puldan

sizga yordam beraman.Siz u yerda ishlab qaytararsiz,deb qoldi.Yuqori ball to'plab grantga kirgan Botir aka

bilan shartnoma asosida kirganimni sir saqlashga kelishdik.Sirimizga ko'ra u kishi hammaga pul to'lashi kerakligini,

men esa bepul ta'lim,yotoqxona va yana stipendiyali o'qishga ketayotganimni ayta boshladik.Oddiy qishloq qizi

uchun bu juda zo'r imkoniyat edi.Ketishimni butun qishlog'imiz ota-onam bilan birgalikda bayram qilishdi.

Men ketayotgan mamlakatda savdo-sotiq qilish imkoniyati yaxshi bo'lganligi uchun hamma uzundan-uzoq ro'yxatlar

va bir quchoq pullar bilan uyimizga kela boshladi.Quvonchim tanimga sig'may yangi o'quv yili oldidan xorijga

Botir aka bilan uchib ketdik.Ikkalamiz ham talabalar almashinuviga ko'ra bitta shahardagi bitta oliygohning

bitta yotoqxonasiga joylashdik.Menga to'g'ri ma'noda akalik qilayotgan odam bilan ertalabdan kechgacha birga

edik.Chunki u kishining talaffuzi yaxshi,lug'at boyligi ustun edi.Men do'konga chiqish kerak bo'lsa ham uni

yordamag chaqirardim.Keyinroq o'qishdan bo'sh vaqtlarimizda,yurtimizdan keladigan tadbirkorlarga tarjimonlik

qilish uchun meni ham o'zi bilan birga bozorga olib chiqa boshladi.Tajribam oshgani sari topish-tutishim

yaxshilandi.Hatto uyimga ham kiyim-kechaklar,har xil telefonlar,uy uchun kerak bo'ladigan kerakli texnologik

jihozlarni sovg'a qilib jo'nata boshladim.O'qishim ham izga tushib ketdi.Oradan olti oy o'tgach Botir akadan

olingan qarzni to'lash uchun u kishining oldiga bordim.

- Menga hech kimning qo'lidan kelmaydigan yordamni berdingiz.Sizdek akam bo'lishini chin dildan orzu qilardim.

Mana,to'plagan pullarim,ota-onangizga meni deb yolg'on gapirgan edingiz,qarzimni uzishga endi imkon topdim.

- Men ham sizni singlimdek ko'raman.Bitta viloyatdanmiz.Ikkalamiz ham,bir-birimizni qo'llamasak uyat bo'ladi.

To'g'ri mening ota-onam ham bu pullarni o'sha vaqtda qiynalib topishgan edi.Lekin negadir sizga juda-juda

yordam bergim kelgandi.Bu pullarni o'zingizga olib qo'ying,to'yimda to'yona qilasiz yoki o'zingizni to'yingizga

ishlatasiz

Ko'nglim bo'shab "katta rahmat" deb uni quchoqlab olganimni bilmay qoldim.O'sha pullarni ukamnning shartnoma

pulini to'layolmay qiynalayotgan otamga jo'natdim.Telefonda otamning uzundan-uzoq qilgan duosi meni ruhlantirib

yubordi.Endi tinim bilmay o'qib,ishlayman deb ahd qildim.Esizdami,o'sha vaqtda siz bilan birinchi marta internetda

dildan suhbatlashgan edik,o'shanda Botir aka haqida ko'p yozib yuborganimda "Sevib qolmadingmi mabodo" deb

so'ragandiz.Sizga "Jinnimisiz,uning sevgan qizi bor-ku" deb rad qilgan bo'lsam ham,ich-ichimdan,kun sayin

unga bo'lgan intilish (Kechiring,buni muhabbat deya olmayman,sababini keyinroq aytaman) olovini bosolmay,

dardimga qovurilib yurardim.Ha,Botir akaning sevgan qizi bor edi! Shunisi alam qilardiki,ustimdan kulgandek

men yashaydigan qishloqdagi hech qayerda o'qimagan tikuvchi qizni sevardi.Har safar undan ko'ngli qolsin

deb "Sizga u mos emas,shunday qizlar topayki..." derdim.U kishi bo'lsa gaplarimga e'tibor qilmasdi.Bozorga

meni birga olib tushib kiyintirib ko'rardi-da,menga yarashgan ko'ylakni o'sha qizga sovg'a qilib jo'natardi.

Bularning hammasini menga alam qilardi.Ichimga yutishga qanchalik urinmay sezdirib qo'yardim.O'shanda Botir

aka "Singlim deganman sizni,hamma singillar akasini qizg'onadi-ya" deb o'zini bilmaganlikka olardi.Men es

o'zimni "U ham menga beetibor emas" degan xulosa bilan ovuntirardim.Asoslarim ham bor edi-da.Unga do'st

bo'lmagan taqdirimda ham menga katta pulni ishondi.Har kuni nima yeb,nima ichayotganimni,qayoqqa borishimni

so'raydi,begona yigitlar bilan gaplashsam koyiydi.

*****

Bilasizmi,erkinlik hamma odamga har xil ta'sir qilar ekan.Kimdir aql-farosat bilan birovlarning ta'siriga

berilmay,o'z maqsadi yo'lida adashmay harakat qiladi.Boshqalar berilgan imkoniyat va erkinlikdan hoyu-havas

yasab,orqa-ketini o'ylamasdan ish tutar ekan.Men o'sha ikkinchi toifaga kirib qoldim.Xorijlik dugonalarimning

kiyinish,o'zini tutishiga taqlid qila boshladim.Ularning ba'zilari hamma narsaga bepisandlik bilan qarashlari,

ko'ngillariga kelgan ishni qilishlari,hamma narsaga o'z istaklari bilan hisoblashib yondashishlari menga

yoqib qolgandi.

*****

Yangi yil bayramida butun xorijlik talabalar katta bazm o'tkazdik.O'sha kuni Botir aka biron shirakayfroq edi.

Menga esa biron narsa ichishga ruxsat bermadi.Juda kech bo'lib ketgani uchun kuzatib qo'yishini aytdi.

Yelkamdan qo'lini o'tkazib olgan edi.Men o'z xohishim bilan beliga qo'ydim qo'lini...Yana aytayapman: o'z

xohishim bilan! O'sha kuni o'z xohishim bilan o'zimni topshirdim.Erkak kishi baribir ayolning makriga

uchar ekan...

*****

Bunda o'zimdan boshqani ayblay ham olmayman,shayton vasvasasiga uchdim ham demayman,hammasini aqlan tushunib

turardim.O'sha voqeadan keyin Botir akaning boshi egilib,o'zini aybdor deb bildi.Uydagilariga sevgan qiziga

uylanmasligini yotig'i bilan tushuntirdi.O'sha qizning o'ziga ham "Meni kutma,rejalarim o'zgardi,shu yerda

qolmoqchiman.Hali-beri uylanmayman,sening vaqting va yo'lingni bog'lamoqchi emasman" deb gapni qisqa qildi.

Oradan 3 oy o'tib o'sha qiz turmushga ham chiqdi.Menga qancha yaxshilik qilgan Botir aka o'zini bu holatda

ayblab o'sha kuni to'yib ichib,o'kirib-o'kirib yig'ladi.Ozgina yuragim achishgan bo'ldi.Lekin endi u inson

meniki ekanligiga xotirjam edim.Unga o'zimni har jihatdan munosib deb bilardim

*****

Ishonsangiz,Botir aka,menga o'zini sevgan yigitdek tutardi-yu,lekin "Baribir shu qizga uylanaman-ku,nima

farqi bor" demasdi.Bo'lar ish bo'lgan bo'lsada masofa saqlardi.Men yuzsuz o'zimni qanchalik yaqin tutsam ham

u hammasi o'z vaqtida bo'lishi kerakligiga ishora qilardi.

*****

Oradan 1,5 yil o'tib uyga qaytdik.Ikkalamiz ham o'qishni davom ettirdik.Botir aka bir necha bor: "To'y

qilishimiz kerak,istasangiz shu yili to'yimiz bo'ladi" deb mendan so'rab ko'rdi.Men esa o'qishni tugatib,

magistraturani ham o'qishim kerak,yana xorijga borib,poytaxtdan uy olish uchun harakat qilishim kerak deb

rozi bo'lmasdim.Botir akaga qattiq ishonganimdan men istagan paytda to'yimiz bo'ladi deb o'ylarkanman.U kishi

bitiruvchi kurs bo'lganligi va qishloqda ota-onasi yolg'iz qolgani uchun uyga qaytishga to'g'ri keldi.

Menchalik xorijda o'qishni davom ettirish yoki o'sha yerda yashab qolishni orzu qilmasdi.Hammasi o'zimning

noto'g'ri qarashlarim,bemavrid orzularimni deb bo'ldi.O'qishni tamomlab,uyga qaytdilar,men esa poytaxtda

so'nggi kursni tugatayotgan edim.Har oy meni ko'rgani kelib,juda yaxshi munosabatda bo'lardi.Nazarimda,

bir-birimizni sevib qolgan edik.O'qishni tugatish arafasida yana xorijga qaytish uchun magistraturaga hujjat

topshirdim.Omadim keling o'qishga kirdim.Shundan so'ng,Botir akani ham men bilan birga ketishga unday

boshladim.U kishi ko'nmadi.To'y qilaylik,bormang deb shashtimdan qaytaverardilar...Oxiri bo'lmadi,ikki yo'ldan

birini tanlashim kerak edi va men chet elga uchib ketdim.Chunki,ishonardimki,bu odam mening oldimda qarzdor,

vijdonga qarshi ish qilolmaydi.Oradan uch oy o'tib ortimdan uchib keldi.Ota-onamni qiynashni istamayman,tezroq

uylanishim kerak,uyga qaytaylik,hech narsadan kaming bo'lmaydi,hamma sharoitni yarataman deb rosa yalindi.

Hatto ota-onamning ham oldiga borib,rozilik olganini aytdi.Rosa ikkilandim,lekin uyga qaytsam o'qishim chala

qolishini,orzularimga yetisholmasligimni,qishloqqa borib kelinlik qilishim kerakligini,hamma narsa o'zgarib

ketishin o'yladim.Imtihonlarimni topshirishim bilan boraman deb va'da berdim.Botir aka ketdi,men esa aytgan

muddatimda ham qaytmadim.

*****

Esizdami,ana boraman-mana boraman deb sizga aytgandim.O'sha kezlari hayotimdagi juda muhim damlar edi.Men

bu vaqtni boy berdim.Bir kuni qo'ng'iroq qildi: Chiptangizga ham pul jo'nataman,lekin shu oy ichida kelmasangiz

boshqasiga uylanishga majbur bo'laman dedi.O'shanda juda katta maosh beradigan joyga ishga kirgandim.Yana

ko'zim qiymadi.Meni ko'zlarimni yaxshi yashash,qimmat kiyinish,hech qanday ma'suliyatni his qilmasdan yurish

"zavqi" to'sib qo'ygan edi.Ikki oydan so'ng Botir aka uylanganini eshitdim.Ko'p narsadan xabari yo'q onam

qo'ng'iroq qilib rosa yig'ladi."Shu boladan qolmasligining kerak edi,topgan puling ham kerakmas,tezroq baxtingni

top,qayt" dedi.

Mana yoshim 23 ga kirdi.Lekin endi istagan kishimga turmushga chiqa olmayman.Axmoqona istaklarim meni aldab

qo'ydi.O'ta zamonaviylashib ketgan,xudbin aqlim meni shu holga soldi.Bilasiz hali ham shu yerdaman va yaqin

orada qaytish istagim yo'q.O'qishni ham tugatdim.Ishlayapman,pul jo'natib turibman,poytaxtdan uy ham oldim.

Hozir u yerda ukam yashayapti.Ota-onam har kuni qaytgin deyishadi.Ularga "xo'p" deyman-u lekin fikrimni

o'zgartirmayman.Shu yerda oilasidan ajrashgan bir o'zbek yigit bor.U men bilan do'stlashmoqchi bo'lib yuribdi.

Hammasini unga aytsam,balkim hayotim izga tushib ketar

*****

O'zim juda yaxshi taniydigan bu qizning maktubini o'qib to'g'risi nima qilishni ham bilmay qoldim.

Juda chiroyli va odobli bo'lgan bu qiz o'zining aqli bilan hammani lol qoldirardi.Maktubini o'qiganimda

men ham o'qishim sabab xorijga,aynan shu qiz yashayotgan joyga ketayotgan edim.Uni qanday qilib bo'lsa ham uyga

qaytarishni,ketish chog'imda,ota-onasi mendan,ota-onamdan ko'zlarida iltijo qilib so'rashardi.Uning oldiga bordim.

Haliyam o'sha-o'sha o'zgarmagan.

- Salom Amir

- Salom Nigora

- Hali ham o'sha-o'shasiz!

- Sen esa anchagina semiribsan

- Nimaaa?

- Hazillashdim jinnivoy

Uning ko'zlariga termuldim.Rostdan ham chiroyli edi.U bu narsadan gaplashib turganimizda oldimizga bir erkak keldi.

Xatini o'qiganimga hali 1 hafta bo'lmagandi.O'sha tadbirkor bo'lsa kerak degan taxminim ham to'g'ri chiqdi.

Keyinchalik xorijdagi do'stlarimdan bu yigit haqida surishtirganimda,haliyam oilali ekanligini bilib oldim.

Nigoraga buni yotig'i bilan tushuntirganimda u menga ishonmadi.Quvonarlisi shunda ediki,"tadbirkor" bilan

soxta do'stlik tuzib olgandim.Odamlar bilan tez chiqishib ketaman.2 haftada bu yigit bilan "yaqin" do'stlarga

aylandik.Telefonini maxsus dastur orqali "klonlashtirib oldim".U telefoni bilan amalga oshiradigan har qanday

jarayon,xoh qo'ng'iroq,xoh xabar almashinuvi bo'lsin,barchasi mening qo'limda turgan,uning telefonining o'zginasi

bo'lgan modelning "klonlashtirilgan" nusxasi edi.Hattoki,telefonidagi rasmlar,qo'shiq-u video fayllar ham

mening qo'limda edi.Shu sohada o'qigan hech bo'lmasa shu yerda foyda berdi.Bu iflosning nafaqat Nigora bilan

boshlamoqchi bo'lgan g'araz niyatdagi munosabatidan xabardor bo'ldim,balki xorij yurtda ham o'zbeklarning

obro'yini to'kib yurganini bilib oldim.O'zbekligini tan olmaydigan bu insondan hazar qilardim.Nigorani esa

nima qilib bo'lsa ham O'zbekistonga qaytarib olib kelishim kerak edi.Lekin bu qaysar qiz,hech ham qaytishni istamas edi.

Bir amallab,otangni mazasi yo'qroq edi deb uni aldadim.Foyda berdi chamamda rozilik berdi.Ustiga-ustak anchagina

pul ishlab qo'ygan bu qiz ishidan ham ayrilay deb turgan edi.O'qishim 6 oy davom etdi.Qaytishgacha bo'lgan vaqt davomida

tadbirkor yigit anchagina mashmashani boshlab qo'ygan edi.Telefon apparati har holda menda edi.Ko'nglimda

Nigora bu yigit bilan jinsiy aloqaga kirishgan yoki kirishmaganligi hijil edi.O'zidan so'raganimda: "Yo'q,bu qiz

anchagina o'jar,Botir degan yigit bo'lardi,hech kimni yo'latmasdi bu qizga.O'zim ham mana endi uni boshini aylantirayapman" deb

javob berdi.

*****

- Havosi biram toza ekanki

- Sen qiz xorijda yuraverib o'zingni yurtingni havosiniyam esingdan chiqardingmi deyman

- Yo'q,shunchaki vatanimni sog'indim

- Qara,ota-otang kelishyapti...

Ular biz tomonga qarab qo'l siltashardi.Bechora onaizor,qizini ko'rib quchoqlab oldi.Ota bo'lsa yashirincha

ko'z yoshi qilib ham oldi.Uyga ketdik.Yo'l boshida turgan uy avval Botirga tegishli edi.Lekin u ham

ishi yaxshilanganligi sababli boshqa shaharga ko'chib ketibdi.Uyimiz boshqa-boshqa joyda bo'lsa ham,bir shaharda

edik.Yuborib turgan pullariga otasi anchagina ko'rkam va shinam hovli sotib olib shu yerda yashab kelayotgan ekan.

Uyda kirdik,ziyofat bo'ldi.Bu voqealar bo'lib o'tganiga mana 2 oy bo'ldi.Nigorani shaharning yaxshi korxonalaridan

biri ishga qabul qilishdi.Hali hech kimga ko'ngil bermagan bu qiz ishida ham manimcha uncha-bunchasini o'ziga qaratib

olgandir.Sababi judayam maftunkor va go'zal bu ojizaning achagina yaxshi tomonga o'zgarganini payqash men uchun qiyin

emas edi.Telefonda ham suhbatlashib turganimizda o'zi mingdan-ming rahmatlar aytadi qaytarganimga!

- Yana ketib qolsang keyin seni aniq hech kim o'ziga xotin qilib olmaydi

- Heey,manday qizni kim olmas ekan

- Rostanmi,unda qaytib ketmas ekansanda?

- Yo'q,menga endi shu yer tinch

U bilan yaxshi do'stmiz.Sirlarini,ichidagi dardlarini aytadi.Qizligini oldirgan bo'lsa ham unga yomon ko'z

bilan qaragim yo'q! Aksincha akasi sifatida uni ko'cha-ko'yda yurganimizda gap otadigan yigitlardan himoya

qilaman.Nigora bilan munosabat qurish yoki qurmaslik haqida esa hali o'ylab ham ko'rganim yo'q.

Men uchun esa eng muhimi Nigora xursand va baxtli.U bilan vaqt o'tkazish esa men uchun judayam yoqimli!!!

*****

Ha aytgancha,"Tadbirkor yigit" hali ham xorijda,qaytish niyati yo'q.Umaman olganda qaytsa-qaytmasa menga farqi

yo'q,asosiysi Nigorani qaytarib o'qishimni keyingi bosqichini tugatib kelganim.

*****

P/S: Saytga kiradigan do'stlarimiz orasida ham xorijda o'qib yurgan yoshlarimiz bordir.Sizlarga maslahatim dunyo ko'ring,

yaxshi joylarda o'qib,xorij yurti uchun emas,o'z ona yurtingiz,O'zbekiston uchun kerakli va asosiysi foydali

kadr bo'lib yetishing.Begona yurtlarda qolib ketishni esa xayolingizga ham keltirmang.Chunki hali yurtimiz bayrog'ini

Rio-Olimpiadasida g'olib bo'lgan sportchilarimizdek ko'klarga ko'tarish uchun biz yurtdoshlarizga kerak bo'lasiz!!!

*****

Har qanday xato va kamchiliklar bo'lsa,uzr so'rayman.Hurmat bilan Amir | Asia

Boshqa hikoyalar