tungi.ru

" Hayotimiz Albomi " | Asia

Asar nomi: " Hayotimiz Albomi "

ASar muallifi: Asian

Asar haqida: Real voqeaga asoslangan

Men suratkashman.Oddiygina.Bolakaylar meni ko'rishsa, "Rasmchi Amaki" deya qichqirishadi.Kattalar esa

"Mansur rasmchi" deyishadi.Kimlar uchundir ba'zi paytlari juda kerakli insonman.Ba'zilarningdir nazdida esa

bo'yniga fotoapparat ilib olgancha kun bo'yi xiyobonda aylanib yuradigan bekorchi.Ammo men aynan shu ishimdan

zavq olaman.Axir minglab baxtli chehralarni tasmalarga muhrlab,shirin xotiralarga berilaman,dardlarimni

unutgandek bo'laman

****

"To'g'ri yursang,qoqilmaysan". Otam rahmatli ko'p shu so'zni aytardi.Bir umrga bog'bonlik qilib,ro'zg'or

tebratgan dadam juda halol inson bo'lgan.Bolaligimizdan qiyinchilik ko'rib o'sganimiz uchun ham doim yaxshi

yashashga,mehnat qilib,birimizni ikki qilishga harakat qilaman.Bir paytlari puli ko'p odamlar eng baxtli

kishilar deb o'ylardim.Bunday qarorga kelishimga kichkinaligimda yuz bergan bir voqea sabab bo'lsa ajab,

ajabmas.

Onamning aytishicha bolaligimda suratga tushishni juda yaxshi ko'rgan ekanman.Tuman markazidagi xiyobon

o'tib qolsak doim suratxona tomon chopar va suratxonaga kirib olib,stulchaga o'tirarkanman.Suratkash

amakining "Hozir qushca uchib chiqadi" degan gaplarini eshitganimda biram zavqlanardim.Fotoapparatdan ko'z

uzmay qushcha uchib chiqishini intizor bo'lib kutardim...Ammo har safar chiroqcha lip etib yonardi-yu,

qushcha uchib chiqmasdi...Men esa umidimni uzmasdim.Qo'l uchida kun ko'radigan oila uchun har ikki kunda

suratkashga pul berishi qiyin edi.Ba'zida suratkash amaki onamning g'amgin ko'zlariga qarab,buni anglardi-yu

pul olmasdi.Ba'zida esa yolg'ondakam rasmga olib qo'yardi.Bir gal esa onam qattiq urishib berdi.O'shanda

chamamda o'n yoshlarda edim.Doimgidek suratxona tomon chopayotganimda qo'limdan mahkam ushladi-da,

"Mansur,pulimiz yo'q!Boshqa rasmga tushmaysan" dedi.To uyga qaytguncha yig'laganim hamon esimda.Va o'zimga

o'zim so'z berganman: "Katta bo'lsam,boy bo'laman!Qushcha uchib chiqadigan fotoapparat sotib olaman.Bolalarni

bepul suratga olaman".

Yillar o'tib,suratxona buzib tashlandi.O'sha amaki ham olamdan o'tdi.Mening orzularim ham o'z-o'zidan bolalik

yillarimda qolib ketdi.Go'yo,ular unutilgandek edi.Ota-onam qiynalib bo'lsa-da,barcha bolalarini oliy

ma'lumotli qilishgan.Men ham o'qishni tugatib,mutaxassisligim bo'yicha bankda ishlay boshladim.Harakatchan

ligim,topshiriqlarni vaqtida bajarishim bilan rahbariyat nazariga tushdim.Sekin-sekin ishlarim o'nglanib

bo'lim boshlig'i bo'ldim.Bu orada uylandim,birin-ketin farzandlarim dunyoga keldi.Hayot go'zal,u bilan

juda baxtli edik...

Ammo...xom sut emgan bandaligimga bordimmi yoki pok orzularim nafs yo'lida qurbon bo'ldimi,adashdim!

To'g'ri yo'lda keta turib,bilib-bilmay egri tomonga qayrildim.Yo'q,bariga o'zim aybdorman.Ko'zimni kattaroq

ochib ishlaganimda bunaqa bo'lmasdi.Rahbarlar,menga maslahat solganlar,mening imzom bilan ish bitirganlar,

bular o'z yo'liga.O'sha paytda o'zim ham yengil yo'ldan oson yurib ketishni o'ylaganman.Va oxiri xatolarim

uchun javob berdim - Qonun oldida va taqdir oldida

Men-ku 3 yillik jazoni o'tab,yana sog'-omon uyimga qaytdim.Qilgan aybim uchun javob berdim.Endi yangi hayot

boshlayman,bolalarim bag'rimda bo'ladi degan o'ylar og'ushida edim.Afsus,xatom men o'ylagandan-da qimmatga

tushgan ekan.

****

Sevarani maktab davrimdan yaxshi ko'rardim.Nozikkina bu qiz doim himoyaga muhtojdek tuyulardi.Qishda qor yoqqan

kezlari tanaffus paytida "Bolalar qorbo'ron qilsa" deya maktabdan chiqishga cho'chirdi.Jismoniy tarbiya darsida

volleybol o'ynasak,doim bir chekkada to'pning zarbidan qo'rqib o'tirardi.O'rtoqlarim bilan bu qo'rqor qizning

ustidan rosa kulardik.Ammo darsdan so'ng doim uni uyiga kuzatib qo'yar edim.Buning ustiga rosa a'lochi edi.

Deyarli barcha uyga berilgan vazifalarimni Sevara tayyorlab kelardi.U o'z kuchi bilan o'qishga kirdi,o'qidi.

O'sha biz ta'lim olgan maktabda dars bera boshladi.Oila qurganimizdan keyin bu ojizgina qizning qanchalik

irodali,kuchli ekanligiga amin bo'ldim.Mehribon,farosatli.Hech qachon nolimaydigan,doim kulib turadigan

kelinidan onam ham juda xursand yurardi,qamoqda paytim ham bolalarni oq yuvib,oq taradi.Tinimsiz holimdan

xabar olib turdi.Mening esa vijdonim qiynalardi.Bilardim,yolg'iz boshi bilan qiynalayotganini.Ammo o'zi hech

nolimasdi.Doim "Hammasi yaxshi bo'ladi" deya ta'kidlar,xatlar yozardi.U menga umid,kuch bergan,ammo dardlarini

ichiga yutgan.Hammasini keyinchalik ayolim qattiq og'rib shifoxonga tushgach bildim...

****

Eng yomoni esa daxshatli voqeani eshitib,avvaliga qo'llarim musht bo'lib tuguldi,shifoxona xonasidan otilib

ko'chaga chiqayotganimda esa shifokor to'xtatdi.Undan yanayam daxshatli gaplarni eshitdim-u,butun tanam

bo'shashib ketdi.Faqat bir savol miyamda aylana boshladi: "Nahotki?"..."Hammasiga men aybdorman..."

****

Bu voqea qamalgan yillarim sodir bo'lgan ekan.Uch yil Sevara hammasini ichiga yutib yashagan,

Katta o'glimizning tug'ilgan kunida Sevara kichkinagina dasturxon tuzagan.Ko'ngliga shodlik sig'magan sabab

mung'ayib bolalar bilan o'tirgan.Onam,akam va kelinoyim bilan bir yo'qlab kelay deb uyimizga kelishgan.

O'sha kuni mahallamizda to'y bo'lgan ekan.Qo'shnimiz Abdurasul oilasidan ajrashgan.Uning xotini ichkilikka

mukkasidan ketgan erini ikki bolasi bilan tashlab ketib qoldi.O'sha kecha Abdurasul to'yda rosa ichgan-u,

chiroq yonib turgan bizning uyga kirgan.Mast erkakning yolg'iz ayolning uyiga kirib kelishidan akam jahl

otiga mingan.O'rtada katta janjal chiqqan.To'ydan qaytayotgan barcha qo'ni-qo'shni tomoshaga yig'ilgan.

Sevara sho'rlik esa nomusdan o'lay degan.

Ertasiga akam Abdurasulnikiga borgan,masalaga oydinlik kiritgan,hammasini bosdi-bosdi qiladi.Ammo Sevaraning

nomi qora bo'lib qolavergan.Endi qo'ni-qo'shnilar u haqda bo'lmag'ur gaplar aytishar,xotinim esa doim ishga

mung'ayib borib kelar ekan.Onam qancha biznikida yashab tura qoling desa ham ko'nmagan,akamning yuziga

qarashga botingaa olmagandir-da.Aybsiz aybdor bo'lsa ham o'zini kechira olmagan.

Bu gaplarni eshitib,uning qanchalik oriyatli,nomusi kuchli ayolligiga tan berdim.Ammo buni tan olish endi

hech narsani o'zgartira olmasdi.Kuchli siqilish,doim shosha-pisha ovqatlanish,bolalarning qorni to'ysin

deya o'zini och-nahor yurishi,kunduzlari maktabda dars berib,kechasi bilan tikuvchilik qilishi o'z ta'sirini

o'tkazmay qolmagan.Bolaligidan oshqozoni xasta ayolim saraton dardiga yo'liqishining sabablari shu edi...

****

Sevarani asrab qolish uchun jonimni berishga tayyor edim.Bor-budimni sotib,uni davolashga xarajat qildim.

Uch yil bolalarni onamga topshirib,shifoxonama-shifoxona yurdik...Barcha muolajalarni oldik...Sevara esa

doim qo'llarimni ushlab yalinardi:"Mansur aka,men tuzalmayman...Ortiqcha ovora bo'lyapsiz...Bolalarni

o'ylang...qiynamang meni..." deya...Men esa taslim bo'lgim kelmasdi...

Ammo,baribir,qo'limda hech narsa kelmadi.Uch bolamni chirqiratib,ayolimni qora tuproqqa topshirdim.

****

To'yimizdan keyin tug'ilgan kunimga Sevara maoshidan fotoapparat sotib olib bergan.Kichkina,oddiygina.Sov'gani

berar ekan,kulib, "Faqat chiroyli bo'lganimda suratga oling meni xo'p" degandi.Deyarli har kuni bolalarning

har bir qadamini suratga olardik.O'zi esa suratga tushishdan qochar,"Ertaga chiroyli qilib sochimni turmak

layman" deya bahonalar qilardi.O'limidan oldin esa albomimizni qo'lidan qo'ymagan."Ko'rdingizmi,men qanaqa

aqlliman.Mana eng baxtli kunlarimizni eslatuvchi rasmlar bor",deb aytardi.Ammo uning men bilan yashagan davrdagi

baxtli nigohlaridan muhrlangan surati yo'q...

Eng o'giri,onasini so'ginib alahsirab chiqadigan bolalarimning ko'zlariga qara olmayman.Yig'lashsa,nima deb

yupatishni bilmayman...Vijdonim esa doim azobda...Agar men qing'ir ishlarga aralashmaganimda bunaqa tuhmatlarga

qolmasdi ayolim...Axir u juda nozik edi.Bunday bo'htonlarni ko'tara olmadi...Mening oriyatimni asradi...

Men esa uni saqlab qololmadim...

****

Odamlar eng baxtli kunlarida meni eslashadi.Men ularning to'ylarini,eng quvonchli onlarini xotira kitobiga

joylayman.Yangi hayot boshlashayotganida hujjatga suratga tushishga kelishadi.Ularning orzularidan,yashashga

bo'lgan umidlaridan kuch olaman.Shu yo'l bilan yuragim taskin topishini istayman...Chunki ich-ichimdagi

og'riqqa chidash juda og'ir...

Hayotimni hikoya qilishdan maqsadim esa erkaklarga ayollaringizni asrang,ularni qadrlang,hayotingiz albomini

faqat chiroyli suratlarga bezating deyish...Men kabi vijdon va sog'inch azobida qolmang.Hayotingiz yorqin

ranglargan to'la bo'lsin!

P/S: Hayotimizda shunday voqealar bo'ladiku ularga ba'zida o'zimiz,ba'zida boshqalar aybdor bo'ladi.Lekin

har bir bo'layotgan ish taqdirimizga yozib qo'yilgan!Rostdan ham ayollarimiz bamisoli farishta.Ularni

asrash esa biz erkaklarning vazifamizdir!Har qanday xato va kamchiliklar bo'lsa,uzr so'rayman.Hurmat bilan Amir | Asia

Boshqa hikoyalar