Gonkongdan kelgan tobut. (kamolov)
JEYMS XEDLI CHEYZ asari. Detektiv asarlarga qiziquvchilar uchun.
Men idora eshigini tashqaridan berkitmoqchi edim hamki, telefon jiringlab qoldi. Uzundan - uzoq cho'zilgan zerikarli kun menga bir sent ham foyda keltirgani yo'q. Kun bo'yi huzurimga tashrif buyurishmadi. Men kelgan xat xabarlarga qiyo boqmay, bir chetga surib qo'ydim. mana, nihoyat birinchi qo'ng'iroq: soat yettidan o'n daqiqa o'tgan edi. Men go'shakni ko'tardim. Ovozimni ishchanlik va serg'ayratlik hislarini qo'shib dedim:
- Nelson Rayan eshitadi.
Go'shakdan havoga ko'tarilayotgan samolyot ovozini eshitdim. Bu shovqin qulog'imni bir lahza batang qilib qo'ydi, keyin asta- sekin tindi.
- Janob Rayanmi?- past va uzuq- yuluq ovozda so'radi erkak kishi.
-Xuddi shunday.
- Siz xususiy izquvarmisiz?
- Xa
Keyin yana jimlik cho'kdi. men go'shakning narigi tomonidagi kishining og'ir, to'xtab to'xtab nafas olganini eshitdim, nazarimda u ham mening naffas olishimga quloq tutardi. Nihoyat u shunday dedi :
- Mening ixtiyorimda bir necha daqiqa bor, xolos. Aeroportdan gapiyapman. siz mening bir topshirig'imni bajarishingiz kerak.
- Marhamat qilib familiyangiz va manzilingizni aytsangiz, - dedim men yozib olish uchun yon daftarchani tayyorlab.
- Jon Xardvik, Kennot hiyoboni,33.
- Menga qanday ish topshirmoqchi edingiz?
- Xotinimning ortidan kuztishingizni istardim.
Navbatdagi samolyot uchdi. Reaktiv dvigatellar tovushi suhbatdoshimiz keyingi gaplarni butunlay bosib ketdi.
- Kechirasiz, janob Xardvik, nima deganingizni tushunolmay qoldim.
U shosha- pisha takrorladi:
- men ish bilan Nyu-Yorkka tez-tez borishimizga to'gri keladi. keyingi paytlarda, gumonimcha, men uyda bo'lmaganimda, xotinim o'zini boshqacha tutyapdi. shuning uchun uning xatti harakatlarini kuzatib boring, deyapman. men indinga, juma kuni safardan qaytaman. yo'qligimda u nima bilan mashg'ul bo'ladi, ana shuni bilib olishim kerak. Xizmat haqqingiz qancha bo'ladi?
Men o'ylanib qoldim: bunday ishlarni yoqtirmayman, ammo hozir qiladigan yumush yo'q, bekor o'tirgan edim.
- Siz o'zingiz nima ish qilasiz, janob Xardvik?
-Geron korporasiyasida plastmasa ishlab chiqarish bilan shug'ullanaman.
Ushbu korporasiya tinch okeani qirg'oqlaridagi eng yirik korxonalardan biri bo'lib, Pasadena- siti aholisining farovon hayoti asosan unga bog'liq edi. - Boshqa harajatlarni hisobga olmaganda, bu sizga bir kunda ellik dollardan tushadi, - dedim men odatdagi gonararni jo'rrtaga besh barobarga oshirib.
- Juda soz, men hozir sizga uch yuz dollar yuboaraman. Siz xotinim qayerga bormasin, uni kuzatib yurishingiz kerak. bordi-yu, uyda qolgudek bo'lsa, sizning vazifangiz - uning oldiga kim kelishini aniqlashdan iborat. Xo'sh qo'lingizdan keladimi?
Men uch yuz dollarga bundan og'ir ishlarni bajarganman, shu bois tayyor ekamligimni bildirdim.
- hamasi siz aytganingizdek bo'ladi, janob Xardvik , ammo huzurimga bir kelib ketsangiz yaxshi bo'lardi. Men mijozlarimni yuzlaridan tanishni afzal ko'raman.
- Janob Rayan, sizni tushunib turibman, ammo gap shundaki, men hozirgina safar oldidan shu qarorga keldim, biroq juma kuni siz bilan anbatta uchrashaman. Ungacha , men yo'qligimda xoyinim sizning kuzatuvingizda bo'lishiga ishonsam bo'ladimi?
- Bungacha shak- shubha bo'lishi mumkin emas, - dedim men va jim qoldim, chunki navbatdagi samolyotning ovozi tinishini kutiob qolgan edim, - Janob Xardvik, rafiqangiz tashqi qiyofasini aytib bera olasizmi?
- Hozir judayam shoshib turibman, xotinimni esa men ko'rsatgan manzildan topasiz. Kechirasiz, meni chaqirishayapti. Jumagacha xayr.
Go'shakdan qisqa- qisqa gudok ovozi eshitildi. Men go'shakni qo'yib, shoshilmasdan sigareta chekdim. Mana, besh yildirki, xususiy izquvarlik bilan shug'ulanaman, bu vaqt ichida menga turli- tuman odamlar duch kelishdi, ular orasida ajobtovurlari ham anchagina. Jon Xardvik ham ana shunday, ko'ngliga kelgan bemanigarchiliklarni qiladigan odam bo'lishi mumkin, ammo ichki sezgim meni aldamaydi: u haqiqatan ham og'ir ahvolga tushgan odamday gapirdi. Ehtimol, xotining xiyonatini ancha vaqtdan beri payqab yurgandir, shu bois safarga ketishi oldidan buni tekshirib ko'rmoqchi bo'lgandir. Bunday vaziyatda ta'sirchan erkak zudlik bilan ishga kirishishga moyil bo'ladi. Ammo, qanday bo'lmasin, bu ish menga unchalik ma'qul ham tushmadi : o'zini bu tarzda panaga oladigan mijozlarni yoqtirmayman. Men mijozdan olingan ma;lumotlar haqida fikrlab o'tirar ekanman, tashqarida qadam tovushlari eshitildi. Eshik taqilladi va xat tashuvchi kirdi. U baland bo'yli , yuziga sepkil toshgan yigit bo'lib, hayotdan mamnunligi ko'rinib turardi. Stol ustiga qalingina paketni qo'yar ekan, kitobiga imzo qo'yishimni so'radi. Men imzo chekayotganida u nochorgina idoramga ko'z yugurtirib chiqdi. Namlik tufayli paydo bo'lgan dog'- dug' ham , chang bosgan kitob tokchasi ham, eski shaloq yozuv stoliyu, yalong'och qiz aks etgan devordagi taqvim ham yigitchaning nazaridan chetda qolmadi.
U chiqib ketgach, men xatjildini ochdim. Unda O'ttizda o'n dollarlik qog'oz pul, shu bilan birga: " Jon Xardvikdan. Pasadena-siti, Kennot hiyoboni,33" , deb yozilgan tashrif qog'ozi bor edi.
Xardvik menga pulni wun4alik tez fursatda yetgazgani ajablanarli edi. Avvaliga nega bunday b6lganini anglay olmadim, keyin u qöwni uydagi tezkor xizmat körsatuv4i agentlikdan foydalangan bölsa kerak, degan qarorga keldim. Wundan söng qutidan telefon raqamlari röyxatini olib, Xardvikni izlawga kiriwdhm. Jon Xardvik nomi röyxatda yöq edi. Men manzillar stoliga qöng'iroq qildim. Ular esa , Kennot hiyobonidagi 33- uyda Jon Xardvik emas, ki4ik Jek S.Mayers yawawi haqida aytiwdi. Bu ma'lumot 4uqur fikr yuritiwni talab qilardi. Kennot hiyoboni wahar markazidagi u4 mil narida bölib , Palma tog'i tomon eltuv4i katta yöl yoqasida joylawgan. U yerdan bizga kelib dam oluv4ilar qisqa muddatga uylarni ijaraga oliwadi. Qandaydir ma'noda bu taxmin er xotin Xardviklarga ham aloqador edi. Ehtimol u öziga uy bino etgun4a qadar J.Mayerning uyida turgandir. Men Kennot hiyoboniga bor yög'i bir marta bölganman, bunga ham an4a böldi. Mazkur hudud uruwdan keyin qad kötargan, köplab uylar tow poydevor ustida yog'o4lardan qurilgan edi.
Kennot hiyoboning eng katta afzalligi tog' tomondagi chiroyli manzarasi hamda g'ala-g'ovurdan holi va xilvatgina edi.
Men Xardvikning topshirig'i haqida qanchalik ko'p mulohaza yurittsam, u menga shunchalik ma'qul tushmasdi. Hatto kuzatishim kerak bo'lgan ayolning tashqi qiyofasi to'g'risida ham hech qanday ma'lumotga ega emasman. mijozni ko'rmasdan turib ishni boshlash odatim yo'q, ammo men pulni oldim, shuning uchun endi majburiyatimni amalga oshirishim kerakligini his etdim.
Men idorani berkitib, yo'lak bo'ylab lift tomonga yurdim. qo'shnim Jek Ueyd, kasbi bo'yicha kimyogar bo'lib, haliyam ishlab o'tirardi. Uning eshigiga yaqinlashar ekanman, kotibasiga nimanidir aytib yozdiratganini eshitdim.
Binodan chiqqach, ko'chani kesib o'tdim-u barga kirdim, odatda u yerda men tushlik qilardim. Barmen Sperroudan dudlangan cho'chqa go'shtidan tayyorlanga sendvich hamda tovuq go'shti keltirishini so'radim.Sperrou novcha, to'la , sochlari hurpaygan kishi bo'lib, meni o'ziga yaqin olardi. Vaqti- vaqti bilan men unga o'zimning sarguzashtlarim bilan bog'liq o'ylab topilgan voqealar haqida aytib berib , dimog'ini chog' qilardim. bu safar ham Sperrou qiziqsinib so'radi:
- Bugun ishdamisiz , janob Rayan?
- Ha,- deb javob berdim men, bugun men, - bugun men bir mijozimning xotinini kuztaman, u kulfatga yo'liqmasligi uchun ko'z quloq bo'lib turaman.
Sperrouning hayratdan ko'zlari chaqchaygancha og'zini ochib qaradi:
- Rostanmi?Qanaqa ayol?
-Sen Elizabet Teylorni bilasanmi?
U nafas yutib, bosh irg'atadi.
-Merilin monroni-chi?
-Bo'lsam-chi albatta!
-Xullas, bu ayol o'shalarga o'xshaydi!
Sperrou bir oz garangsib turdi, ko'zlarini pirpiratdi, so'ng mayna qilayotganini tushunib kulib yubordi:
- Doim birovlarning ishiga suqilaman-a?
- Tezroq bo'lsangchi, Sperrou , men ishlashim kerak.
U sendvichni qog'oz xalta ustiga qo'ydi va menga uzatdi.
-Sizga nima uchun to'lashgan bo'lsa, shuni bajaring, janob Rayan!
Men mashinaga o'tirib, Kennot hiyoboni tomon shoshmasdan yo'lga tushganimda , soat chorakam yetti edi. Mashina tog' yo'lida ko'tarilib borar, botayotgan sentyabr quyoshi tog' o'ngirlarini yoritardi.
Kennot hiyobonidagi uylarni yashil o'simliklardan hosil bo'lgan ixota hamda gullagan chakalaklar uyumi katta yo'ldan ajratib turardi. Men asta-sekin 33-uy yaqiniga keldim. Uning biqinida avtomobillar to'xtash joyi borligiga ko'zim tushdi, u yerdan dengizga qaragan ajoyib manzara namoyon edi.
Men mashinani 33-uyning darvozasi yaxshi ko'rinadigan joyga qo'ydim. keyin orqa o'rindiqqa joylashib oldim. Endi faqat kutishim qoldi, xolos. Men bu mashg'ulotni yaxshigina o'zlashtiraman, aks holda xususiy izquvarlik kasbining menga sira qimmati bo'lmasdi.
Shu vaqt ichida bir nechta mashina o'tib ketdi. Ularda , asosan ishdan qaytayotgan erkaklar o'tirishardi. Yon- verimdan o'ta turib, menga qarab qo'yishar edi. Men o'zimni sevgan qizini kutayotgan oshiqday tutishga harakat qilardim. Shundan so'ng mashinam yonidan yengil shim va sviter kiygan qiz o'tdi. Yonida kalta ishton kiydirilgan Pudel yugurib borarkan, uning Hidlamaganbirorta daraxti qolmadi. Qiz menga diqqat bilan qaradiyu, qorong'i zulmat ichida g'oyib bo'ldi. Men ko'zdan yo'qolganiga afsuslanganday uni nigohim bilan kuzatib qoldim.
Oqshom soat to'qqizda yanada qorong'ulik cho'kkan edi. Men qog'oz xaltani olib sendvichni paqqos tushirdim, shisha idishdan bir necha qultum suv ichdim, ularni kerak bo'lib qoladi, deb doimo mashinamda saqlar edim. kechki tanovuldan so'ng uzoq , odamni toliqtirib yuboradigan kutish onlari boshlandi. 33-uy darvozasi mutlaqo ochilmas, u qorong'ilikda zo'rg'a ko'rinar edi. Bu zulmat ishni boshlash uchun yetarli darajada edi.
Men ehtiyotkorlik bilan mashinadan tushib, chor- atrofga qaraganda ko'chani kesib o'tdim. Darvoza ochiq ekan, men ixcham, yaxshi parvarish qilingan bog'ga nazar tashladim. Shundan so'ng ikki yoni gulzor yo'lakdan o'tik, uyga kirdim. Butun uy qoronggg'ilik qa'riga cho'mgan edi, har ehtimolga qarshi, men uning hamma tomonini aylanib o'tdim. Qorong'u derazalarning birortasida ham "yilt" etgan yorug'lik ko'rinmas, uyda hech kim yo'q edi.
Mashinaga qaytishdan boshqa choram qolmadi. Kayfiyatim tushgan edi. Shubhasiz, Xardvik aerodromga jo'nagani hamon xotini ham uydan chiqib ketgan. Endi mashinaga o'tirib , uning yarim kechada uyga qaytishdan umidvor bo'lib kutishim kerak. Men ishimni tashlab ketishga odatlanmagan, uch yuz dollarga munosib tarzda ishlashim kerak, buni vijdonim buyurmoqda. Yana uzoq va tinkani quritadigan kutish onlari boshlandi.