Gonkongdan kelgan tobut 2 (kamolov)
Ko'zlarimga kelgan uyquni quvish bilan band bo'lib, baribir tungi soat uchlarda uxlab qolibman. Meni quyoshning ertalabki nurlari uyg'otib yubordi, oftob shulasi mashinamning old oynasidan singib kirgan edi. Belim og'rir , noqulay uxlaganimdan bo'ynim qotib qolgandi. uch soat uxlaganim uchun o'zimni aybdor hisoblardim. yo'lning yuqori tomonida yuk mashinasi ko'rindi, u sut tarqatib yurar edi. Haydovchi har bir uy oldida to'xtar, mashina qanotidagi sut solingan shishalarni olib kirardi. U 33-uyni qoldirib, 35-uyga kirib ketdi. Keyin bo'shagan sumkani qo'lida tutgancha ko'chada paydo bo'lganida, unda yaqin bordim. Bu haydovchining yoshi o'tinqiragan, yuzi serajin bo'lib, menga savol nazari bilan qaradi.
- Siz 33-uyni qoldirib ketdingiz-ku!- dedim men.
-Ular jo'nab ketishgan, - javob berdi u. - Sizning nima ishingiz bor?
Men bu kabi nushalar bilan ochiqchasiga gaplashmasa bo'lmasligini tushundim - u shartta polisiya chaqirishi hech gap emas. Qariyaga o'zimning guvohnomasini ko'rsatdim. U diqqat bilan o'qib, hushtak chalib chalib yubordiyu , qaytarib berdi.
- Siz 33-uyga xizmat ko'rsatmaysiz, shekilli?
- Nega, xizmat ko'rsataman , ammo ulat bir oyga jo'nab ketishgan.
- Kim ular?
-Mayerslar oilasi.
- menga bu yerda hozir Xardviklar yashayotganday tuyuldi.
Sutchi sumkasini yerga hech qo‘yib.
- U yerda kim yashamaydi, aks holda men bu haqda bilgan bo'lardim.
Odamlarga sut kerak, bu yerga uni faqat men olib kelaman, xolos. 33-uyga esa hozir xizmat ko'rsatmayman, chunki ular bir oyga jo'nab ketishgan .
- Tushunarli , - dedim garchi hech nimani anglamagan bo'lsam ham. - Ular uyni kimgadir ijaraga berishganmikan, nima deb o'ylaysiz?
- Men sakkiz yildan buyon janob Mayersning oilasiga sut tashiyman. U hech qachon uyini birovga bermagan va har yili shu vaqtda dam olishga jo'nab ketadi.
Sutchi sumkasini ko'tardi, bu bilan ishlashim kerak, deganday bo'ldi.
- Siz shu o'rtada yashaydigan qandaydir Jon Xardvikni tanimaysizmi? - deb so'radim har ehtimolga qarshi.
- Bunday kishi yo'q - javob berdi u. - Men bu yerda yashaydiganlarning hammasini bilaman.
Shu so'zlarni aytib, u mashinasiga o'tirdi, menga xayrlashib qo'yganday bo'ldi-u 37-uyga arab yo'l oldi.
Mening kallamga kelgani - manzilni adashtirmadimmi, degan fikr bo'ldi. Ammo yaxshi bilamanki, bunday emas: mening xotiram o'tkir, qolaversa, Xardvik manzilni tashrif qog'oziga yozib bergan! Ha shunday, ammo nima sababdan kimsasiz uyga tungi navbatchilik qilishim uchun uch yuz dollar to'lashdi? Yoki sutchi adashdimikan? Baribir bu uyda yashasalar kerak?
Men yana 33-uyga qaytib keldim va darvozani ochdim. Ilk nigoh tashlashimdan bilindiki, bu uyda odam yashamaydi. Derazalarga taxtalar qoqib tashlangan bo'lib, men qorong'ilik qa'rida hech nimani ko'ra olmadim. Uy tashlandiq ahvolga kelib qolgan. Butun vujudimni qandaydir yoqimsiz hissiyot egalladi: bu sirli Xardvik meni shu tunda yo'ldan olib tashlamoqchi bo'ldimikan ? Nima uchun? Aqli raso bir odam mendan o'n ikki soatga qutulish uchun uch yuz dollar yuborganiga aqlim bovar qilmasdi. O'zimni unchalik katta shaxs deb bilmasamda, ammo bu fikr menga sira tinchlik bermasdi.
Uyga kirib dush qabul qilish va soqol qirdirishdan voz kechib , idoraga borishga oshiqdim. Tezda mashinaga o'tirdim -u ortimga - shaharga qarab shitob bilan ketdim.
ko'chada qatnov kam. shu bois men soat yettida allaqachon ish joyimda edim.
Vestibyulga kirdim. Darbon har doimgidek dimog'ida ming'irlab , polni supurish bilan ovora edi. u menga ijirg'anib qaradi-yu , yuzini o'girdi. Bu odam hammani, shu jumladan, o'zini ham ko'ra olmaydi.
Men to'rtinchi qavatga ko'tarilib, yo'lak bo'ylab o'zimga tanish eshik sari tez- tez qadam tashladim : unda qora harflar bilan "Nelson Rayan, xususiy izquvar " deb yozib qo'yilgan edi. Kalitni oldim- u ammo negadir qulfga solmay, noaniq bir mayl bilan eshik dastasiga qo'l cho'zib, uni buradim. Eshik yengilgina ochildi, vaholanki, men uni kecha kechqurun mahkam berkitgan edim. Uncha katta bo'lmagan birinchi xonaga nazar tashladim, stol ustida eski, qatlangan jurnallar qalashib yotar , to'rtta shaloq stul xonani band qilib turardi. Xonamga olib boruvchi ichki eshikning ochiq turgani ma'lum bo'ldi. Kechqurun, idoradan chiqishdan oldin , uni xuddi tashqi eshikni yopganim kabi zichlab berkitgan edim. Meni shu zahoti tahlikali bir tuyg'u qamrab ildi-yu , tez- tez qadam tashlab,xonamning eshigini lang ochdim.
Mijozlar uchun qo'yilgan oromkursida yuzini menga qaratgan ko'yi chiroyli xitoylik juvon o'tirar, qo'llari tizzalari ustiga qo'yilgan edi. Ko'ksining chap tomonidagi uncha katta bo'lmagan dog'ga qarab, unga mohirona o'q uzishgan, deb faraz qilish mumkin edi.
Bu shunchalik tez ro'y berganki, nazarimda, juvon, hatto esankirab qolishga ham ulgurmay qolgan. Men o'ldirilgan ayolning yuziga ehtiyot bo'lib qo'l tekkizmadim : aftidan, u bir necha soat burun jon bergan edi. Keyin telefonga yaqinlashdim va polisiyaga qo'ng'iroq qildim.
Polisiya kelguncha qadar men bu o'lik mijozimni yaxshilab ko'zdan kechirishga harakat qildim. U 23- 24 yoshlarida; kiyim- kechakdan aslo qisilmagan edi : egnida qimmatbaho ko'ylak,nozik neylon paypoq vayangi urfdagi tufli. Sumkasi yo'qligi bois bu juvonning shaxsini aniqlay olmadim. Uni qotil olgan bo'lsa kerak. Har holda, shu qadar bashang kiyingan ayol ko'chaga sumkasiz chiqmagan bo'lardi.
Men murdani har tomonlama ko'zdan kechirib chiqqanimdan so'ng qo'shni xonaga o'tdim-u, polisiyani kuta boshladim. Ular xonamga xuddi arilar asalga yopirilgan kabi uchib kelishdi. Eng oxirida izquvar - leysenant Tom Retnik tashrif buyurdi. Men u bilan keyingi to'rt yil ichida yaxshilab tanishib olgan edim. Retnik o'rta bo'yli , savlat to'kib yurishni yaxshi ko'radigan, kichik yuzli odam edi. U merning singlisiga uylangani vajidan baxti qarangki, Pasadena -sitida birorta jiddiy jinoyat ro'y bermagan edi. Hozirgi jinoyat esa Retnik tergov qiladigan birinchi qoyillik edi. U o'z qurolbardori Palski hamrohligida xonaga yugurilab kirdi. Bu yordamchisining, garchi bolalar krossvordini yechishga qurbi yetsada, o'zini tutishi yetarli darajada edi.
Qip- qizil yog'li yuz, g'azabdan chqaqnagan ko'zlare - serjant Palski qiyofasi ana shundan iborat. Miyasi boshlig'imnikidan kichik bo'lsa-da, u bu kamchilikni mushti bilan to'ldirar , shu bois birorta jag'ni uchratishni mo'ljallab turardi.
Ular xonaga kirgach, menga qiyo ham boqmay, ayolning murdasiga uzoq tikilib turishdi. Shundan so'ng Palski voqea joyini ko'zdan kechira boshladi. Retnik esa yonimga keldi. Uning ko'rinishi yaxshi emas edi.
- Xo'sh, izquvar, ayt-chi, nima bo'ldi? - dedi Retnik stulga o'tira turib , yaltiroq poyabzallarni qimirlatgancha. - U sening mijozing edimi?
Retnik sigaretini chaynar, menga shubhali tarzda qarab turardi:
- Sen idorangni har doim shunday barvaqt ochasanmi?
Men biror tafsilotni qoldirmqay , hammasini boshidan- oxirigacha aytib berdim. Palski xonadan chiqdi va eshikni qiya qoldsirib u ham eshita boshladi.
- Uyda hech kim yo'qligini bilganimdan keyin , bu yoqqa kelaverdim, - deb gapimni tugatdim men.
- unng sumkasini qayerda ?- so'radi Retnik.
- Bilmadim. Qotil o'zi bilan olib ketgan bolishi ham mumkin .
Retnik o'ylanib , iyagini qashidi, og'zidan sigarani chiqardi, menga bir oz qarab turdi-yu, so'ngra uni yana og'ziga soldi.
- Sumkada nima bor edi? Sen uni nima uchun o'ldirding?
Men Retnikdan boshqa gapni kumasdim ham . polisiyani chaqirar ekanman, birinchi gumondor odam o'zim bo'lishimga allaqachon ishongan edim.
- Agar bordi-yu, bu xitoylik qizda Ko'hinur olmosi bo'lganida ham men uni bu yerda o'ldirmasdim, - tishimni tishimga qo'yib javob berdim men. - Mantiqan qaraganda, u qayerda yashasada, o'sha yerda o'ldirishdi, izidan borib.
- Unday bo'lsa , bu yerda nima qilgan , umuman , qanday kelib qoldi?
-0 O'ylashimcha, bu ayolning menda ishi bo'lgan . O'zini Jon Xardvik deb atagan yigit bizning uchrashishimizni istamagan. nima uchunligini bilmayman, men faqat faraz qilyapman, xolos . Xardvik meni bo'sh uyni qo'riqlashdga yuborgan-u, shundan foydalanib, men yo'qligimda bu yerda ayolni qabul qilmoqchi bo'lgan. U ayolni shu yerda kutgan: idora eshiklaridagi qulflar oddiy , ularni ochish qiyin emas. Shubhasiz, ayol kiganida yigit mening stolimda o'tirgan. ayol kirganida yigit mening stolimda o'tirgan. Ayol uni mening o'rnimda ko'rgan va o'zining boshidan kechirganlarini bemalol gapirib bergan, shunda yigit unga to'satdan o'q uzgan. Ayol, hatto sarosimaga tushishga ham ulgurmay qolgfan.
Rethik Palskiga qaradi:
- Bu izquvarga indamasak, bizning hamma ishimizni tortib olmoqchi.
Palski indamadi va gilamga tupurdi. Gap-so'zlar ochiqdan- ochiq unga aloqador emas edi go'yo : u proffesional tinglovchi rolini bajarayotganday edi. Retnik esa o'y sura boshladi, aftidan, fikrlash jarayoni uning g'am- alamiga sabab bo'ldi.
Nihoyat, u shunday dedi:
- Ko'ryapmanki, donishmand sening taxminlaringda nimadir sira mos kelmayapdi! Xardvik aeroportda turib, telefonda gaplashgan, aeroport esa bu yerdan ikki mil uzoqda . Agar sen aldamayotrgan bo'lsang, bu yerdan soat oltidan keyin ketgansan, u esa transport harakati juda tig'iz bo'lgani uchun soat yetti yarimgacha bu yerga kelolmasdi. Har qanday kishi, hatto sariq tanli odam ham shuni yaxshi bilishi kerakki, bu endi ish vaqtienas. Ayol avval idoraga qo'ng'iroq qilib ko'rar edi, shundan shunga tusmollab kelmasdi.
- Siz qayerdan bilasiz, balki u qo'ng'iroq qilgandir? Shak- shubha yo'qki, ayol qo'ng'iroq qilganida Xardvik javob bergan va uning kelishini tayinlangan.
Retnikning yuziga qarayman-u, uning men aytgan farazlar haqida bosh qotirayotganiga amin bo'laman. Eshikda zambil ko'targan ikki sanitar va vrach ko'rindi. Ularni ko'rib serjant Palski norozi bo'lgannimo eshikdan chetlandi va conaga kirib keldi. Retnik esa bo'yinbog'idagi marvarid qadalgan to'g'nag'ichni tuzatdi.
- Uni iziga tushish qiyin bo'lmaydi, - dedi u go'yo o'zi-o'zi bilan gaplashganday. - Xitoylik ayol juda chiroyli, bashang kiyingan , bundaylar beixtiyor diqqatini o'ziga tortishi- turgan gap. Xo'sh, shunday qilib, Xardvik sen bilan uchrashiga va'da qildi?
- Ertadan keyin, juma kuni.
- Uni keladi, deb o'ylaysizmi ?
- Shak-shubhasiz
U esnab soatiga qaradi:
- Quloq sol, sen juda g'arib ko'rinayapsan! Balki bir chashka qahva ichganing yashidir ? Shu atrofda, albatta. Boshqalarga esa bu haqda vaysab yurmaganing ma'qul! Men sen bilan yarim soatrdan keyin gaplashib olaman.
O'z- o'zidan ma'lumki, Retnikning g'amxo'rligi meni aslo aldamayapdi: u guvohni ma'lum vaqt haydab yuborishni hohlayapdi.
- Qahvani -u icharman, - dedim men, - balki uyga borib dush qabul qilib, kiyinib kelarman?
- Nima qilsang, ixtiyoring,- javob berdi Retnik. - Men senga, shu yaqin atrofda qahva ichgin, deb aytdim!
Men lift orqali pastga tushdim. Garchi yigirtakam sakkiz bo'lsa-da, podezd oldida bir guruh odam to'plangan, ular to'rt polisiyachi va sanitar mashinasidan qiziqib , bu yerdan ko'z uzmas edilar. Barga kiraverishda orqamdan og'ir qadam tovushlarini eshitdim va endi menga shunisi ayon ediki, qahvani polisiyachining kuchli nazorati ostida ichimizga to'g'ri keladi. Men barga kirib, kursiga joylashib oldim. Sperrou ko'zini zo'rg'a derazadan uzib, ko'chadagi voqealarni kuzatishdan tiyildi va nimanidir so'ramoqchiday menga tikildi.
- Sizga nima tayyorlab beray, janob Rayan?
- Qahva, achchiqroq va issiqroq bo'lsin, keyin qo'ymoq bilan dudlangan cho'chqa go'shti keltirsangiz.
Meni izimdan kuzatib kelgan polisiyachi barga kirmadi, eshik ortida turdi. Chiday olmasdan tipirchilab qolgan Sperrou menga qahva quyib berdi va quymoq tayyorlashga kirishdi.
- Janob Rayan , biror kishi o'ldimi? - deb so'radi u tuxumini sindirib, qizib turgan tovaga solar ekan.
- sen kecha barni soat nechada yopgan eding? - deya murojaat qildim men savolga savol bilan eshik yonida turganlarga ko'z qirimni tashlab.
- Soat o'nda, - javob berdi Sperrou, - u yerda nimalar bo'lyapdi?
- Xitoylik ayol o'ldirilgan, - men qhvani ichdim. - Uni yarim soat oldin idoramdan topdim.
Sperrou toqatsizlikdan tipirchilab qoldi:
- Rostmi shu?
- Rost ham gapmi ? - dedim qahvani simirar ekanman.
- Yana bir chashka bergin!
-Xitoylik ayol deysizmi?
- Ha, menga boshqa savol berma! Sen qanchalik bilsang, men ham bu voqeani shuncha bilaman! Men ketgandan keyin xitoylik ayolga ko'zing tushmadimi?
Yo'q, - bosh chayqadi u va menga yana qahva qo'ydi. - Agar u soat o'ngacha o'tgan bo'lsa, men uni payqagan bo'lardim, chunki kecha ishim kam edi.
Azoyi badanimni asta- sekin sovuq ter bosib kela boshladi. Mening soat sakkizga qadar aybimni yengillashtiradigan asos bor edi, chunki mashinam yonidan it yetaklagan qiz o'tgan. hisob-kitobimga ko'ra, aynan ana shu vaqtda xitoylik ayol idoraga kirgan. Kechaning qolgan qismi uchun mening so'zlarimga ishonsa bo'ladi, bu paytda men Mayersning bo'm- bo'sh uyi atrofida tentiragan edim.
- Men ketgandan keyin birorta begona kishini payqadingmi?
- Menimcha, yo'q. izquvar , odati bo'yicha, eshikni soat o'nda berkitdi, - Sperrou oldimga quymoq qo'ydi. - Uni kim o'ldirgan?
- Bilmayamn...
Mening ishtaham bo'g'ilgan edi. Ishim pachava bo'layotgandi. men Retnikni sal-pal bilaman: bu yigit salla desa, kallani oladiganlar toifasidan. Bu tirranchani ishontira oladigan temir asoslar kerak, aks holda la'nati Retnik meni hol-jonimga qo'ymaydi.
- Sen unga bir qarab qo'ya olmaysanmi?
- Balki ko'rarman. Men hamma vaqt derazaga qarab o'tirganim yo'q!
Ikki erkak kirib, nonushta buyurishdi. Ular Sperroudan nima hodisa ro'y berganini so'rashdi. Barmen men tomonga ko'z qirini tashlab, hech nimani bilmasligini aytdi.kelganlardan biri - baqaloq, kurtka kiygan Marlon Bpando edi:
- Kimnidir urib ketishibdimi, "tez yordam" turibdi?
Men likopchani kavladim va uni chetga surib qo'ydim: tomog'imdan mutlaqo o'tmadi. Qahvani oxirigacha ichib, kursidan turdim. Sperrou ranjigan qiyofada menga qaradi:
-Quymoq yoqmadi-ya sizga, janob Rayan?
- Yo'q men kuchimni hisobga olmagan ekanman! Yozib qo'y.
Men ko'chaga chiqdim va ortimdan kuzatib yurga usxa darhol oldimga keldi.
- siz qayerga bormoqchisiz?
- Idoramga, - deb javob berdim, - nima gap o'zi?
- Hozircha mashinamizcha mashinamizga o'tirib turing, leytenant Retnik sizni ko'rmoqchi bo'lsa, xabar qilaman.
Men jimgina itoat qilib, polisiya mashinasining orqa o'rindiqlaridan biriga o'tirdim. O'sha zahoti "tez yordam" atrofida turganlar diqqati birdan menga qaratildi. Men esa sigareta tutatib, ularga e'tibor bermaslikka harakat qildim. Ahvolim haqida qancha o'ylasam, u shunchalik o'zimga yoqmas edi. nazarimda, qopqonga tushib qolgandayman!
Bir soatdan söng sanitarlar zambilni olib ötiwdi. Olomon qaynaydi. Sanitarlar zambilni mawinaga surib kiritiwdi. Ularning ortidan vra4 ham mawinasiga ötirib jönab ketdi. Yana uzoq va tinka- madorni quritadigan kutiw bowlandi. Nihoyat yigitlar - qotillikni tergov qiluv4i bölim xodimlari 4iqiwdi. Ulardan biri mening qöriq4imga iwora qildi.
- Tez böling, - dedi u, - leytenant sizlarni 4aqiryapdi.
Ewikka yaqinlawganimizda, men kimyogar Jek Ueydni u4ratdim, uning idorasi meniki, bilan yonma- yon joylawgan edi. Biz birga liftga kirdik. Ueyd mendan u4 yow ki4ik. U kollejni a'lo baholarda bitirgan boladay taassurot qoldirardi. Girdig'umdan kelgan, quyowda yuzi qoraygan ajoyib yigit edi, qarawlari jonli. U ham xuddi Sperrou kabi mening iwlarimizga qiziqib qarar, ba'zan ular tög'risida sörar edi. Biz liftga kötarilar ekanmiz, Sperrouga aytib bergan öwa sarguzawtlar bilan Jekning miyasini töldirib tawlawga ulgurdim.
- Nima böldi? - deb söradi u liftga kirganimizda.
- Ertalab idoramdan xitoylik ayolning murdasini topib oldim! Hamma mawmawa ana wundan.
- Murda deysizmi? - u menga tikilgan4a qarab qoldi.
- Ha- ha, kimdir uni otib ketibdi.
- O, Xudoyim, öldirib ketiwibdi, dedingizmi?
- Ha wunday desa ham böladi.
- Kim öldirgan?
- Hamma gap wunda-da bu he4 kim ma'lum emas! Siz ke4a idoradan soat ne4ada 4iqqan edingiz?
- Soat töqqizda, darbon ewikni berkitganidan keyin.
- Öq ovozini ewitganingiz yöqmi?
- Xudo haqqi, yöq!
- Xonadan 4iqaveriwda e'tibor bermadingizmi, idoramda 4iroq yonganmidi?
- Bilmadim, ammo sizning soat oltidan keyin ketganingizni ewitdim.
- Töppa- tög'ri.
Men esa avvalgi bezovtalikni his etdim: demak, xitoylik ayolni o'ndan keyin o'ldirishgan, aybsizligim esa yana shubha ostida qoldi.
lift qavatimizda to'xtadi, biz chiqdik. Yo'lakda serjant Palski va darbon paydo bo'ldi. Darbon menga xuddi to'rt boshli olabo'jini ko'rganday tikildi.
- Menimcha , siz hozir juda band bo'lsangiz kerak, - dedi Ueyd eshigi yonida turgan polisiyachiga qarab olib. - Mening yordamim kerak bo'ladimi ?
- Rahmat,- javob berdim men, - zaruriyat tug'ilsa, men sizga ma'lum qilaman.
Men posbonlik qilib turgan polisiyachining yonidan o'tib, idoraga kirdim. Xona bo'm-bo'sh, hamma tomon gugurt cho'plari va sigareta qoldiqlari bilan to'lib ketgan edi. Xonaga kirganimda , leysenant Rethik stolning narigi tomonidagi oromkursida o'tirardi. U menga og'ir nigoh tashladi-yu, mijozlar uchun qo'yilgan oromkursini ko'rsatdi. Oromkursidan suyanadigan joyida qon dog'i bor edi.
- Senda qurol olib yurish uchun ruxsatnoma bormidi?
- Ha
- To'pponchang qanaqa?
- Maxsus polisiyachilarniki, o'ttiz sakkiz kalibrli.
U menga qo'lini cho'zdi.
- Menga ber-chi!
- U o'ng tomondagi qutida!
Retnik menga uzoq tikilib turdi, qo'lini tortib oldi-yu :
- U yerda yo'q! - dedi.
Men yelkalarimda sovuq ter chiqib ketganini his etdim.
- O'sha yerda bo'lishi kerak!
Retnik sigareta chiqardi, uning o'rab qo'yilgan qog'ozni yirtib tashladi-yu, tutatdi.Bu vaqt mobaynida mendan sinovchan nigohini uzmay turaverdi.
- Xitoylik ayolni o'ttiz sakkiz kalibrli to'pponchadan otishgan! Vrach uning tungi soat uchda o'lganini aniqladi. Rayan, quloq sol, sen nima uchun hammasini ochiq aytmaysan? Uning sumkasida nima bor edi?
- Ehtimol, men ko'zingizga laqma izquvar bo'lib ko'rinarman, ammo mijozimni idoramga keltirib, o'zimning to'pponcham bilan otadigan darajadagi ahmoq bo'lmasam kerak! Hatto uning sumkasiga dunyoning jamiki oltini siqqan bo'lsa ham.
Retnik o'chib qolayozgan sigaretani chuqur tortdi-yu, sassiq tutunini men tomonga pufladi.
- Bilmayman, ehtimol, shundaydir! Balki sen hgammani aldamoqchi bo'lgandirsan, shuning uchun o'zingcha nayrang o'ylab topgan bo'lishing mumkin! - dedi u bir oz ishonchsizlik bilan.
- Bordi-yu, men uni o'ldirganimda, o'lgan vaqti o'zimga ma'lum bo'lardi! shunda men soat sakkiz yarimda emas, balki soat uchda o'zimni xalos qilish uchun asos topib qo'yar edim.
Retnik oromkursida keskin o'girildi:
- U sening idorangda sodt uchda nima qildi o'zi?
-Istaysizmi, men o'zimning taxminimni aytib bersam?
- Quloq sol, Rayan keyingi besh yilda shahrimizda birontayam yirik jinoyat sodir bo'lmagan edi. Men sening kallangga kelgan g'oyalarning hammasini jon qulog'im bilan eshitdim. Sen bizga xizmat qilyapsan, men senga yordamlashishga va'da beraman. Men qamoqqa olish bo'yicha barcha asoslarga egaman, ammo senga imkoniyat beraman, toki xato qilmayotganimni isbotlab bergin. Mana endi o'z mulohazalaringni bayon etgin!
- Faraz qilaylik, xitoylik juvon bu yerda emas, Friskoda yashaydi. Unga men bilan zudlikda gaplashish zarur bo'lib qolgan. Nega, nima uchun deb so'rab o'tirmang! Nima uchun u Friskodagi birorta izquvar bilan gaplasha qolmadi ekan? Balki voqea boshqacha ro'y berdi! Aytaylik, u samolyotda uchib kelishni hohladi, Bu fikr uning kallasiga kechqurun soat yettida paydo bo'ldi, deylik. U shuni yaxshi biladiki, uchib kelguncha qadar men idorada bo'lmasdim. Shuning uchun u bu yerga qo'ng'iroq qilgan. Ana shu vaqtda Xardvik mendan qutulib, idorada uning qo'ng'iroq qilishini kutgan. Ayol unga Pasadena-sitiga kechasi soat o'nda tushishini ma'lum qilgan.Xardvik uni idorada kutib o'tirishga va'da bergan. Aeroportga tushgan xitoylik ayol taksi yollab, bu yerga yetib kelgan. U ayolga quloq solib o'tiradi, so'ng o'ldiradi.
- Sening to'pponchangdan foydalanibmi?
- Ha.
- Binoga kirish eshigi kechqurun soat to'qqizda yopilgan. Qulflar esa buzilmagan, shunday ekan u bu yerga qanday