tungi.ru

CHIROYINI BOZOR QILGANLAR

Ba'zan ko'rib qolasan hayron

Shayton yo'lin haq deb bilganlar

Boqib turar ko'zlari haryon

CHIROYINI BOZOR QILGANLAR,

Bo'yin egmas aslo mehnatga

Ko'ngli moyil ayshu ishratga

Ko'zlar ko'rib tushar hayratga

CHIROYINI BOZOR QILGANLAR

Havas qiling qadoq qo'larga

Bolam deya yongan dillarga

Kuniz qolar ayting kimlarga

CHIROYINI BOZOR QILGANLAR

Yillar o'tib vaqt o'tib bir kun

O'tmishingiz qiynamasmikan

Shunda qanday topasiz taskin

CHIROYINI BOZOR QILGANLAR

Mol dunyomi yohud hayoli

Keldimi yo go'dak maloli

Tutmasmikan farzand uvoli

CHIROYINI BOZOR QILGANLAR

Baxt bermaydi ko'shkli bu saroy

Aldanibsiz tillo-yu zarga

Ketganida bir-kun shu chiroy

Qulamangiz tubsiz bir jarga

Shayton yo'lin haq deb bilganlar

Yolg'onlarin rost deb bilganlar

Aldanmangiz o'tkinchi hisga

CHIROYINI BOZOR QILGANLAR

Yiroqsiz diyonatdan

Uyalmas hiyonatdan

Qo'rqmaysiz qiyomatdan

CHIROYINI BOZOR QILGANLAR....

Qaddi egik bugun otangiz

Aybin bilmay yig'lar onangiz

Kimdan ibrat olar bolangiz

CHIROYINI BOZOR QILGANLAR.

Bazilar HULOSA deb yozib qoyishadi men esa har kim uzi HULOSA qilsin deyma

Boshqa hikoyalar