tungi.ru

Raqqosa 3 (kamolov) copy (3-bet)

shundan keyin ichkilik ta'siriga tushgan erkaklar birdan «ochil»di. O'zaro suhbatlarga chek qo'yilib, barchalarining e'tibori Manzuraga qaratildi.

Ayollar tarafda odam kamayib qolgani Manzuraga yanada qo'l kelishi tayin edi. U atrofga ko'z tashlab Botirni qidirib topdi. U bir chetdan raqsni berilib tomosha qilardi.

Manzura diliga tuygan harakatlarni boshladi. Kelin-kuyovlarga yaqinroqda o'tirgan bir erkak qo'lida pul changallagancha raqqosani qoshiga chorlardi. Manzura pildiragancha bir zumda erkakning tepasida hozir bo'ldi. Erkak pullarni Manzuraga tutqazishga shoshilmay, bo'yniga qo'l soldi. Boshqa payt bo'lsa, Manzura bir engashib uning qo'lidan chiqib ketardi. Atayin qarshilik qilmadi. Azbaroyi kayfi chog'langan erkak pul tutgan qo'li bilan Manzuraning yarim ochiq siynalarini g'ijimladi. Bu manzaraga ko'zi tushgan qiz-juvonlar yuzlarini ters burdi. Erkaklar esa battar qichqira boshladi. Shubhasiz, talabgorlar soni ham ko'paydi. hali uyoqdan, hali buyoqdan pul changallagancha kelib erkakning harakatlarini takrorlay boshlashdi. Ba'zilari Manzuraning yuzidan o'pib qo'yishni ham unutmadi. Manzura esa bildirmaygina Botir tarafga ko'z tashladi. Uning aft-angori o'zgargan, asabiy lab tishlagancha Manzuradan ko'z uzmasdi.

Baxtiga mahalla oqsoqoli oraga tushib erkaklarni joy-joyiga o'tqazdi. Manzura esa pullarning hammasini yoniga yetib kelgan mashshoqning qo'lidagi doyra ichiga soldi-da, o'rta aylanib raqs tushishda davom etdi. Raqs tushardi-yu, xayolan so'zlanardi. Botirning ko'ngli soviganiga ishonchi komil edi.

«Endi ko'rgandirsan? — dedi u yana Botir turgan tomonga nazar tashlab. — Ketib bo'psan-ku! Xayriyat, shunday qilmasam bo'lmasdi. Sen hali o'zingga munosib, tarbiyali, iboli qizni albatta uchratasan. O'shanda menga rahmat deysan. Men bo'lsam, seni har gal o'shanday qiz bilan ko'rganda, bir qopdan semiraman. G'oyibona bo'lsa-da, duo qilaman, senga xudoyimdan baxt so'rayman. E, meni qo'yaver. Yaratgan insof bermaguncha bugungiga o'xshab haromdan pul topaveraman. Bilaman, bu pullarning barakasi bo'lmaydi. Uyimga harom pullarning dastidan fayz ham kirmaydi. Kechir, men o'zboshimchani, ibosini yo'qotgan yallachini kechir…»

Shu kecha Manzura yarim tungacha uxlay olmadi. Ko'z yumdi deguncha Botirning qovoq uygan holati namoyon bo'lib bag'ri o'rtanaverdi. O'pkasi to'lib kelib piq-piq yig'layverdi. Oxiri yig'isini birov eshitib qolmasligi uchun boshini ko'rpaga burkab oldi.

Davomi bo

O‘xshash hikoyalar