tungi.ru

Ayol qalbi...

Ayol qalbi...

Yangi yil kelishigaham sanoqli kunlar qolgan. Shaharning tungi qiyofasiga, rang-barang chiroqlar o`zgacha jilo bergan, ko`zlarni quvnatib yog`du sochmoqda. Kun bo`yi yog`gan qor allaqachon yo`llarni oppoq parday qoplab olgan...

Qizlar bekatga yetishganida har tomonga ayrilishdi. Guli yoqalari mo`ynali paltosini issiq cho`ntaglariga qo`llarini solgancha, o`z o`y-hayollari bilan ovora, asta yurib borardi. Mayda qadam bosgancha, hiyobon yoqalab buruldi. Yo`l bo`yidan qator joy topgan ko`cha chiroqlari atiyin u uchun nur sochayotganday go`yo. Kiprigiga kelib qo`ngan oppoq parcha hayolini chalg`itib yubordi. Boshini ko`tarib yuqoriga qaradi, qor parchalari, yorqin nur sochayotgan chiroqlari shulasida mitti yuldurchalarga o`xshab ko`ridi. Mayda uchqunlar yuzlariga urilib dudoqlarini mayin erkalab o`tdi. Sochlariga kelib qo`nib, so`ngra erib yo`q bo`lib ketayotgan qorlar o`zidan keyin yarqiroq iz qoldimaqda. Yozib olgan uzun qora sochlari, hiyol namlanib harakatiga hamohang tebranadi. Balant poshnali etigi ostida ezilayotgan qor esa, ajib ovoz chiqarmoq... Buning hammasi Gulining qalbida allaqanday bir sokinlik, ayni damda iliqlikni ham olib kirganday bo`ldi. Qo`llarini bey ehtiyor ikki yonga yoygancha, yanada ko`proq zavqqa to`ldi. Yo`lini hiyobonning tor yo`laklari tomon burdi. Atrofda tungi sayrga chiqgan yigit qizlar. Havo sovuq ammo birinchi qor zavqi qalablarni alangalatgan...

Ana ikki sevishgan skamekada shirin suhbat qurishyabdi, havas bilan ular tomon boqdi. Hozirgina nararoqda bir yigit sevgan qizi ustiga daraxtni silkitib yubordi. Bu ikki sevishganlarni, quvnoq hatti-xarakatlarini ko`rib, Gulining lablarida tabassum yoyildi. Biroq bir necha qadamdan so`ng, bu tabassum, issiq kaftiga qo`nib erib ketgan qor parchasiday, qayoqqadur g`oyib bo`ldi...

Ertadan kechgacha salonda, tiroqlar bo`yash, sochlarni turmaklaydi, yuzlarga bo`yoq, upa tortish bilan kun o`tqazadi. Mijozlar aksaryati yangi hayotga qadam qo`yayotgan baxtli kelinchaklar. Ularni baxtdan sarhush chehralarini ko`rib, sal bo`lsada ko`ngli yorishadi. Ishini yaxshi ko`radi.

Hamkasiblari yosh qizlar bo`lgani uchun, ularni oldida, katta ko`rinmaslik uchun, doyimo o`ziga qaraydi, parhez qiladi. Salonni yuzi bo`lishga urunidi. Uning husni jamoliga mijozlarida havas uyg`otadi...

- Guli sizga yillar tasir o`tqazmaydi! -deyishadi havas bilan.

Aslida bu husun, bu malohat kim uchun, nima uchun kerak?!

- O`zi menga kerakmi? -o`ziga savol beradi bazan. Ha kerak albatta baxtsiz qiyofani yashirish uchun, hammaning nazlida baxtli ko`rinish uchun, juda zarur bu niqob...

Unga ko`pchilik aytgan bu so`zni: Guli siz juda go`zalsiz...

Bu so`zlarni aytganlarning barchalari tashqi ko`rinishga qarab baho berishgan, hech birlari yerga boqib turgan, yashirilgan ko`zlarga qarashmagan. Bu qora ko`zlar, nima uchun yerga qadalganligini so`rashmagan. Ayol qalbi sirlar ummoni, uning aksi manashu tun qorong`usidan rang olgan qorachiqlarda aks etadi. Shuni bilgan bu baxtsiz ayol, shuning uchun ko`zlarini yashiradi...

- Yashashimdan nima mani bor? Shunday kunda birov eslamasa alam qilar ekan. Nahot qolgan umrim shu zaylda o`tsa! - hiyobonni tark etar ekan Gulining hayolidan shu o`y-hayollar yelday huvvillab o`tdi...

Uyiga tezroq yetib olish uchun qadamini tezlatdi. Bugun 28 yoshga to`ladi, birovdan sovg`a kutmadi, shunchaki bir og`iz tabriklab qo`yishsa kifoya edi. Ammo shu ishni ham qilishmadi. O`z-o`ziga g`o`rligi kelib ko`zlariga yosh quyuldi. Hayotdan, butun olamdan ko`ngli qolib ketdi, ayniqsa o`zini shu ahvolga solgan hiyonatkor eri Ikrom, eng yaqin dugonam deb ishonib yurgan Feruzadan nafratlanib ketdi. Odamlarga bo`lgan ishonchini yo`qotishiga sababchiham aynan shu ikkisi. Shular tufayli mana 7 yeldirki biror yigitni yoniga yo`latmadi, biror qizni dugonasi kabi yaqin olib sirlasha, dardlasha olmadi, chunki endi muhabbat, do`stlik degan tuyg`ularga ishonmaydi...

Bazi bazida huddi shu ohshomday, o`sha baxtli, baxtsiz damlarini yodiga oladi.

Sevib, sevilib 20 yoshida turmushga chiqdi. O`sha damlarda undada baxtli odam yo`q edi. Mehribon qaynona-qaynotaning hizmatida bo`lish, sevimli yor yonida, yarashib yurishdi...

Biroq bu damlar bir yilgaham cho`zilmadi. O`sha lanatlangan kunda, tug`ulmagan go`dagi nobud bo`lganidan keyin, unga dalda bo`lish o`rniga hiyonat ko`chasiga kirgan erini qilimishi. Eng yaqin dugonasi bo`laturib, uning eriga o`ynash tutinishi, buni ustiga hayosizlar yotog`igachi kirishi...

Hammasi chidashga bardoshi yetar balki, lekin qaynonasini surbetlarcha:

- Eringni hiyonat qilishida asil aybdor sen o`zing! -deya qilgan tanasi hammasida o`tib tushdi...

Uydan chiqib ketdi. Ota uyiga qaytdi, lekin o`gay onasi sig`dirmasligini tushungani uchunham u yerda ham, ko`p qolmadi. Ijaraga uy olib chiqib ketdi, hunari bor qiynalmadi. O`zi uchun yashay boshladi. Tanholik yolg`izlik, sokinlik qalbini tinchlantirgan bo`lsada, haligacha yaralariga davo bo`lmadi...

Uyga qaytguniga qadar alamli ko`zyoshlar tinmadi. Zinapoyadan ikkinchi qavatga ko`tarilar ekan, ikki pog`ana qolganda joyida to`xtab qoldi. Eshik oldida hali ochilib ulgurmagan, bir dona qip qizil atirgul va kanvert turardi. Avval pastga, so`ng zina bo`ylab tepaga qaradi. Atirgul va kanverni olar ekan, bir muddat nima qilarini bilmay qoldi.

- Ahir bu o`sha...

Ko`zyoshlari kalit tushadigan teshikchani ko`rishiga hala bergani uchun tezgina artib oldi. Uy ichkarisiga kirganidaham, o`ziga kelolmay bir muddat qo`lidagi kanvetga tikilib turdi. Kanver ustiga katta harflar bilan, uning ismi yozilgan. Lablari titiradi, qo`l, oyoqlarida ham qaltiroq turdi, ko`zlaridagi alam yoshlarini yuvib, o`rnini sevinch yoshlari egalladi. Lablariga ohista teygan atirgul yaproqlari o`z iforlari, nafas yo`li orqali o`pkasi to`ldirdi. Guli bu ifordan entikib ketdi.

- Haaa bu o`sha...

Poltosini ilgakka ilgach, xona o`rtasiga chiqordan tushayotgan eng yoriqin yerga keldi. Hayajondan titrayotgan barmoqlari bilan kanvertni ochdi. Ichidagi xatni olarayotganda, kanvert ichidagi uzuk tushib ketdi. Engashib uzukni olgach avaylabgina kaftiga yashirdi. So`ng maktubni qo`liga oldi...

TUG`ULGAN KUNING BILAN...

Salom Guli atirgulni ko`rgach men ekanligimni bilgan bo`lsang kerak...

- Haaaa tanidim... -Guli beyehtiyor ovoz chiqarib gapib yubordi.

Qancha oylar, yillar, qancha yozu-qishlar, bahoru-kuzlar o`tdi. O`shanda menga yolg`on aytgan ekansan. Har qancha urunmay, qalbimdan seni o`chira olmadim. Barcha urunishlar zoye ketdi. Ohir bir narsani tushundim, sen men uchun tanho ekansan, sen tanho...

AZIZAM... Agar maqul ko`rsang bir umur senga AZIZAM deya murjat qilsam...

GULIM TUG`ULGAN KUNING BILAN...

Senga eng ezgu tilaklarim, yollab qolaman...

ISLOM...

Oyoqlari holsizlanayotgani sezgach kreslo tomon yurdi. Ammo ikki qadamdan keyin, butun tanani ko`tarishga oyoqlarida kuch qolmadi. Gilam ustiga o`tirdi, endi yelkalari ham og`irlashib ketayotgani sezdi. Yonboshlab, tizzalarini bukub yotib oldi, yoshboladay hiqqillab yig`lardi. Xatni bag`riga boshganch, atirgulni bo`yidan qonib qonib hidlardi. Go`yo shu atirgulgina uni yashashi uchun havo yetqazib berayotganday. Asta kaftini yoydi, tilla uzukning birilyant ko`zi chiroq shulasida yarqirab ketdi. Uzukni barmog`iga soldi va o`sha barmog`ini ham ko`ksiga bosdi. Asta tog` ortiga bosh qo`yayotgan quyosh kabi, Gulining qavog`lari ham yumuldi...

Hayolan bolakkika o`sha Chamanzor gul do`koniga qaytdi. Bularning hammasi huddi, katta tezlikda ortga qaytarilgan kino tasmadek, go`yo hammasi boshiga qaytganday edi...

Chamasi 8-sinf o`quchisi, sho`x, erka, beytashvish davrlar edi. Ular to`rta qiz, eshik tepasiga gulli bezaklar bilan, katta harflarda CHAMANZOR deb yozilgan gul do`koniga kirib keldilar. Eshikdan kirganlari hamoni, gullarning hushbo`y ifori dimog`lariga urulardi.

- Salom... -dedi Guli, peshtaxta oldida turgan gul sotuvchi ayolga yaqinlashar ekan. -O`qtuvchimizning bayramlari uchun guldasta tayorlab bersayz...

- Qanday bo`lsin? -so`radi muloyim ohanda gulchi ayol.

- Eng chiroylisi bo`lsin, ikkita guldasta! Biri alifboni o`rgatgan o`qtivchimiz uchun...

Gulchi ayol tushundi va tezda ishga kirishdi. Nararoqda Gulidan ko`z uzmay kursida o`tirgan 5, 6 yoshlardagi bolakay, sotuvchi ayolning erkalab so`ng buyurgan buyrug`i bilan har-xil gullardan olib berish bilan ayolga yordam bera boshladi.

Hoynahoy onasi bo`lsa kerak, ha onasi bolam deyabdiku... Hayolidan o`tqazdi Guli.

Mohir qo`llarning chaqqonligi tufayli bir-biriga o`xshamagan, bir-biridan go`zal ikki guldasta tayyor bo`ldi...

Haqqini to`lab eshikka yaqinlashganlarida bolakayning:

- Ketmay turingng... -debgan shirali ovozi to`htatdi.

Olti yoshlardagi bolakay, vazaga solingan bir quchoq atirgul shodasidan hali ochilishga ulgurmagan bir dona atirgul g`unchasini sug`urib oldi va qizlar tomon yaqinlashdi...

- Bu kimga! - biroz oldiga chiqdi Feruza.

- Anovchi chiroyli qizga! -bolakay gulni Guli tomon uzatdi.

Guli jilmaydi, ammo hijolat tortib sotuvchi ayol tomonga qaradi. Ayol yengilgina bosh qimirlatdi, olaver deganday jilmayib.

- Kattakon rahmat... -Guli osilib qolgan zulfini qulog`i ostiga qistirgancha bola tomonga engashdi. - Ismiz nima?

- Islom...

- Meniki Guli... - bolakayni yuzidan o`pdi. - Hayr Islomjon...

- Hayr Guli... -bolakay qizlar to aftobusga chiqib ketmagularicha oynadan qo`l siltab qarab turdi...

Guli 9-sinfda Balli Qizlar bellashuvi o`z zehnini sinab ko`rdi, va g`olibasiga aylandi. O`qtuvchilari maqtishdi sinfdoshlari tabriklashdi. Yoshgina bolakay, unga hali ochilishga ulgurmagan bir dona atirgul tutdi. Avvaliga hayron bo`lib, oldi tishlaridan ikkitasi tushgan yoqimtoy bolakayga tikilib qaradi...

- Guli sen g`olib bo`ldingmi?

Bu jimitkaning sensirab gapirishiham quloqqa yoqqani uchun, Guli kulib qo`yaqoldi.

- Guli meni tanimayabsanmi?

- Taniganda qandoq, siz o`sha Islomjonsiz... - gulni qo`liga oldi va iforidan hidladi. - Bunday atirgulni faqat siz berasiz menga...

Bolakayni yuzida tabassum zohir bo`lib, yanada yoqimtoy bo`lib ketdi.

- Guli sen g`olib bo`ldingmi?

- Ha ko`rmadingizmi?

- Ulgurmadim, hozirgina keldim...

Guli boshini ko`tarib atrofga bir qarab oldi.

- Qayoqdan keldiz?

Bolakay qo`llari bilan shahar tomonni ko`rsatdi.

- Iya hali bizni maktabda o`qimaysizmi?

Bolakay yo`q deya bosh chayqadi.

Guli bolakay yelkasiga ilib olgan, sumkasiga qarab 1-sinf bolasi ekanligini bilib oldi.

- Qanday keldiz?

- Aftabusda!

- Hali onangiz qidirib yurgandur-aaa? -Guli qo`llarini beliga tirab, tergashga kirishdi.

- Senga zarur gapib bor edi...

- Qulog`im sizda? - Guli bolakay tomon engashdi.

Bolakay huddi o`ta mahfiy sirni aytoqchi bo`layotgan, razvetkachiday u-yoq-bu yoqqa qarab oldi. Sal narida kuzatib turgan Gulini dugonalariga ko`zi tushgach, Gulining qo`lidan ushlab nari tortdi...

- Bo`ldimi endi aytasizmi, zarur gapizni? - Guli endi tizzalarini bukib, yoqimtoy bolakay, bo`yi barobar engashdi va qulog`ini u tomon tutdi.

- Guli... yaxshi ko`raman!

Guli bolakayni so`zlariga yaxshi tushunmadi va unga tikildi.

- Menimi?

- Seni yaxshi ko`raman! -bolakay past, biroz hirillagan ovozda, shunday bir ajoyib aytdiki bu so`zlarni. Guli ich-ichidan zavqlanib ketdi.

- Iya menga sevgi izhor qilyabsizmi?

Bolakay ha deya bosh qimirlatdi, va ko`zlarini uzmay tikilib turaverdi.

Sevgi izhorini asil manosini hali tushunib, tushunmay qarab turgan bu jajji oshiq bolakayni nigohlari Gulining yuzlarini qizartirib yubordi. Yuzlarini kaftlari bilan berkitib oldi Guli.

- Vooy sizi qaranga-aaaa! Shuni uchun bu chiroyli gulni ko`tarib meni izlab kelibsizda?

Bolakay yana bosh qimirlatib tastiqladi. Guli esa bu yoqimtoy bolakayga o`zgacha mehir bilan boqar ekan, uni hafa qilishni istamadi.

- Menam sizni yaxshi ko`raman, faqat buni hechkimga aytmang ho`p? -ko`rsatkich barmog`ini labiga qo`ydi. - Tishshsh...

Bolakayning ko`zlari porlab ketdi. Guli jajji oshig`ini yana ham hursand qilishni istadi.

- O`pib qo`yasizmi? -shivirladi.

- Ha...

- Bu yerdanmi, yo bu yerdanmi? - Guli avval labiga, so`ngra dudog`lariga ishora qildi. Bolakay ko`rsatchik barmog`i bilan, dudog`iga tekkazdi. Guli sochlarini barmoqlari bilan ushlab, chap yuzini bolakay tomon tutdi. Bolakay esa tegar-teymas, lablarini uning dudoqlariga tekkazib o`pib qo`ydi.

- Bo`ldimi, endi uyizga ketasizmi?

- Ha ketaman...

- Qanday kelgan bo`lsayz, shunday ehtiyot bo`lib keting ho`pmi! - opalarcha mehir bilan tergab bekatgacha kuzatib qo`ydi. Dugonalari oldiga qaytar ekan, bu bolakayning qilgan ishidan, kattalarcha o`zini tutishidan, hayratga tushib kulardi...

- Buni qaraya, qancha vaqtdan keynham, tanib izlab kelibdiya! -ortiga o`g`rilib bolakay chiqib ketayotgan aftabusga qarab qo`ydi. - Birovga aytsam rosa kuladi...

Dugonalariga yaqin kelganda, Gulini labidagi tabasstmni ko`rib o`zlari savolga tutushdi:

- Guli jiyaningmi?

- Tanimadilaringmi, bu o`sha bolakayku! - hammalari eslolmay ahrayishdi. - O`tgan yili esingdami Feruz gul do`konida bir bolakay menga gul bergandi!

- Anovi yoqimtoy bolakay... Ha eslagandayman!

Guli qiqirlab kulib yubordi:

- Aytsam o`lib qolasizlar, hozirgina o`sha bolakay menga sevgi izhor qilib ketdi...

- Aaaa...

Dugonalari ishonib, ishonmay kulishdi. Ishonish qiyim, ammo bu ayni haqiqat. Keyingi haftaning chorshanbasida yana o`sha bolakay, erta tongda maktab darvozasi oldida, qo`lida qip qizil atirgul bilan kutib oldi...

Guli bu gal ham bolakayning bolalarcha muhabbatiga, munosib javob bilan ortiga qaytardi. Shundan keyin haftaning har chorshambasida bolakay Gulining yoniga gul ko`tarib, kelishni odat qilib oldi. Har gal, bolakayni husand qilib jo`natardi...

- Ana qaralaring, sevgilim kutib turibdi! -dugonalariga bolalarcha zavq, shavq bilan maqtandi Guli.

- Guli yigitni yuragidan urubsan-ku? -qiqirlashdi qizlar.

Bolaga yaqinlashar ekan, Guli huddi bir peysadagi ro`lni qayta-qayta takrorlayotgn aktirisaday, mohirona ro`lga kirishdi. Endi bu oshig`ining oldida, o`zi ham yetti yoshli qizchaning obrizini yaratishga uruna boshladi.

- Kutib qoldizmi?

Bolakay huddi kattalarday, qaddini tik tutib, qo`lidagi gulni uzatar ekan:

- Nega avvalgi hafa kelmading! -dedi achchiqlanganday.

- Voy sizga aytib qo`yishni unutibman, yaqin qarindoshimizni to`yiga borgandim...

- Uylaring qayerda?

- Yo`q-yo`q uyimizga bormang, agar begona bollar bilan yurganimni dadam bilsalar, meni o`ldiradilar! -dedi, Guli o`zini arang kulgudan tiyib.

- Ho`p, bormayman...

- Ha, mayli sizga aytaqolay begona emassiz-u. Dadam bilib qolsalar, sevgan yigitim deyman. Harqalay hozirda, yaxshi kuyovni topishni o`zi bo`ladimi! - kulib yubormaslik uchun bir muddat lablarini birlashtirib, turdi. So`ng uyining aniq manzilini tushuntirdi.

- Hayr Guli men ketdim...

Bolakay gul uchun mukofat kutganday, intiq termuldi.

- Gul uchun rahmat... Haa-ya... -ko`zlarini sal qisib bolakayga yuzini tutdi...

Opich olgan bolakay hursand holda hayrlashdi...

Guli tongda turib, ko`cha supurgani chiqdi. Bir payt yaqiniga oynasiga TAXI belgisini yopishtirib olgan jiguli mashinasi kelib to`xtadi. Mashinadan esa, o`sha oshig`i gul ko`tir tushdi. Ana shu paytda, bolakay nima uchun o`tgan hafta uy manzilini so`ragani tushundi.

- Tavba... Hammasini hisobga olganini qarayaa! -pichirladi o`ziga-o`zi. O`shanda keyingi haftaning chorshanbasi, chorak tatiliga to`g`ri kelishi haqida o`ylamagan edi. Ammo oshiq yigitcha shularni ham inobotga olgan ekan.

- Keling-keling hush ko`rdik! -dedi qo`lidagi supurgini nariga tashlab, rumoli, sochlarini to`g`irlab bolakayni qarshi oldi.

Bolakay har galgiday, gulni uzatdi va sog`ingani ham qo`shib qo`ydi. Guli taksisdan hijolat tortgani uchun, avvalgi safarlardagiday munosabatda bo`la olmadi.

- Bu kishi dadayizmi? -shivirlab taksis tomonga qarab qo`ydi.

- Yo`q begona...

- Haaa... - qaddini ko`tardi. - Qani uyga kiraylik, biz tomonlargaham bir kelib qolibsiz!

- Uyga qaytaman... -bolakay o`pich olish uchun Guliga termuldi. Biroq Guli taksis qarab turgani uchun uyaldi.

- Hayr keyingi gal, uyga kirmasayz qo`yib yubormayman!

Bolakay taksiga o`tirib qaytib ketdi.

- Obboo shumtakaye! -qo`lidagi gulni hidlar ekan. - Huddi katta odamni, kichkina qilib qo`yganga o`xshaydiya...

Guli chiroyli qiz bo`lgani uchun, oshiqlari juda ko`p lekin birortasi shu jajji qalb sohibidek shijoatga ega emas...

Mana oradan qancha oylar o`tdi. Bolakay buni o`yin deb o`ylayabdimi! Yoki chin! Buni ahamyati yo`q, Guli uni hursand ko`rish uchunham, sevikli yor ro`lini o`ynab beradi. Manashu ikki yil davomida kuz, qish, bahor va yoz haftaning har chorshanbasida, atirgul oladi. Bayramlar, tug`ulgan kun bularni ham inobatga oladi, unutmaydi. Guli ham bolakayga o`rganib qolga, uni hafa qilishni siraham istamaydi. U uchun, atirgul tutqazad qo`llar sohibi uchun, manashu atirgullar hurmati uchunham, o`z ro`limi qoyillatib, yana chin dildan o`ynab beradi. Hatto biror marotaba senlab gapirmadi, bolakayni senlab gapirishiga esa hecham etiroz bildirmadi.

Bolakay turli savollar beradi:

- Katta bo`lsak, birga biznikida yashaymiz-a Guli?

- Albatta! -javob qaytaradi.

Bolakaying har bir savoliga u istgan javobni beradi...

Manan 11-sinfni ham tomomlash arafasida. Guli dugonalari bilan Maktabga yaqinlashar ekan, bugun chorshanba ekanligini bilgani uchun ham, bo`ynini tez-tez uyoq-bu yoqqa qayirib, maktab darvozasi oldidan bolakayni qidira boshladi.

- Guli sevgiling hov narida turibdi! -dugonalari mazah qilganday hiringlashdi.

- Alam qilsin, senlarda shunaqasi ham yo`q!

- Voy saviley!

- Sevgilimga til tekkazmalaring! -dedi. Hazil aralash dugonalarini koyib...

Bokay ham ancha o`sib, uncha-muncha gaplar manosiga yetib qoldi.

- Keldizmi oshiq yigit... Ko`p kutib qolmadizmi?

- Guli bu senga!

- Ajoyib har galgidek, juda nafis! - Atirgulni olgach har galgidek, ko`zlarini biroz yumib, gulni iforidan o`pkasini to`ldirdi...

Har galgidek besh, olti daqiqa suhbat qurdilar.

- Islomjon endi kelmang!

- Nega haydaysan? Endi meni yaxshi ko`rmaysanmi? - ko`zlari jovdiradi bolakayni.

- Yo`q-yo`q meni no`to`g`ri tushundiz ukajon! - shoshib qoldi Guli.

- Sevgilim - sevgim derding endi ukam deyabsanmi!

- Voy shunga arazlayabsizmi, yo`q haliyam sevgilimsiz! - avrab ko`nglini olishga harakat qildi.

- Guli nega doyim meni yoshboladay ko`rasan! Nega bunaqa ohangda gapirasan! - dedi. So`ng ketib qoldi. Guli ortidan, labida tabassum bilan kuzatib turarkan. Bolakayni katta bo`lib ancha muncha narsaga aqli yetib qolgani sezdi. Bundan hursand bo`ldi, ammo ayni damda uni hafa qilib qo`yganidan afsuslandi...

Odatiga hilof ravishda, ertasiga yana keldi. Bu gal gul bilan birga to`rt buklangan qog`ozda xat ham bor edi. Guli huddi hech narsa bo`lmaganday odatdagideb mumila qildi. Bolakay biroz hijolat tortgan ko`yi gul va maktubni unga berdi.

Guli qog`ozni ochib o`qiy boshladi. Song qovog`larini uyib, biroz egildida bolaning ko`zlariga termuldi. Birdan jilmayib:

- Kechirdim, sizdan hafa emasman! -dedi. Bolakay xatida undan kechrim so`ragan edi. - Bu bir tushunmovchilik holos! Mana ertdan keyin so`ngi qo`ng`iroq, maktab davri tugaydi. Endi katta hayotga qadam qo`yamiz. Men ham o`qish tugagach, uzoq shaharda turadigan qarindoshlarimiznika ketaman. U yerda hunar o`rganmoqchiman. Endi men uyda bo`lmayman shuni uchun kelmang demoqchi edim, siz arazlab ketib qoldiz! - Guli vaziyatni yotig`i bilan tushuntirdi. Bolakay esa, boshini ekkan ko`yi jim turardi.

Guli esa uni qanday ko`nglini olishni bilmasdi. Qo`lidagi xatni ko`rsatdi:

- Keling menga har hafta xat yozing, so`ngra birorta joyda qoldiring...

- Qayerda?

- O`ziz ayting...

Bolakay yelka qisdi. Guli esa hafsiz joyni izlardi. Nihoyat bir to`xtamga kelishdi, Gulining eng yaqin dugonasi bo`lgan Feruza orqali obdi-berdi qilishga kelishib olishdi...

Mana so`ngi qo`ng`iroq chalindi, uchurma bo`lgan qaldirg`ochlarday har tomonga ketishdi. Bazilar ishlash uchun, yana boshqalari oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirishga tayorgarlik ko`rishga. Guli esa hunar o`rganishga qaror qildi. O`ziga yoqqan ayollar sattaroshligi bo`yicha bir mutahasisga shogirtlikka tushdi...

Anashu kezlarda

O‘xshash hikoyalar