tungi.ru

Ayol qalbi... (2-bet)

kezlarda hayotini butkul o`zgartirib yuborgan voqea yuz berdi. Hayotiga Ikrom isimli yigit kirib keldi. Hamma qizlarning orzuyida yashaydigan shahzodaning huddi o`zginasi. Hushmomila, kelishgan so`zlarni shundayin mohirlik bilan tanlaydiki, bir-zumda aql hushni o`g`irlab qo`yadi. Guli uni sevib qoldi. Ilgarilari yettinchi falak haqida gapirishsa e`tibor bermasdi. Endi bildiki yettinchi falak chindan bor ekan. Ikrom bilan yurgan vaqt mobaynida, olti oylik shogirtlik davri ham ko`z yumib-ochguncha o`tib ketdi...

Endi uyga qaytib, shaxardan kaspiga munosib ish joy izlashga kirishdi. Omadi chopib joy topildi ham, eng birinchi mijozlar esa dugonalari bo`lishdi. Albatta Feruza ham keldi, u o`zi bilan bir sumka ko`tarib kelgandi...

Guli sevgi dardiga chalinib, butunlay unutib qo`ygan kichik oshig`i yodiga tushdi. Oshiq bolakay esa vadasiga vafo qilga holda. Har hafta bittada maktub va bittadan atirgulni Feruzaga olib kelib bergan ekan. Guli har bir kanverni ochdi, har biri ichida qurib qolgan atirgul va qisqagina maktublar. Maktublarni birma bir o`qib chiqar ekan, endi bu peysaga yakun yasash kerakligi haqida o`ylay boshlagan edi.

- Endi juda kech emasmikin! Yoshbolani ko`ngli deb, judayam chuqurlashib ketmadimmikin! -deya bosh qotirar edi...

Feruza orqali Gulining ish joyini topib keldi oshiq yigitcha. Yanaham bo`ylari cho`zilib, bilim salohiyati oshib, dunyo qarashi anchayib kengayib qolibdi. Dab-turistan, bu bir o`yin edi, bizni oramizda ancha farq bor, qolaversa men boshqasini sevaman!

U shunday demoqchi edi, biroq bu muhabbatga limmo-lim to`lgan jajji qalbni chil-chil qilishga, vijdoni yo`l bermadi. Bolakay esa endi haftasiga ikki, hatto uch bor ham kelar gulga qo`shib shirinliklar ham ko`tarib kelardi. Guli ana-aytaman, mana-aytaman, yotig`i bilan tushuntiraman deya qulay fursatni kutardi. Buyog`da esa Ikrom bilan muhabbatlari tobora jiddiylashib borardi. Yillar yelday o`tib ketdi...

Endi yoshgina bolakayni ko`ngli qarab, uni avragan 15, 16 yoshli qiz emas. Endi katta hayotga qadam qo`yayotgan kelinchak. Ota uyidan chiqib, kuyovning uyiga, yor-yorlar sadosi ostida kirib kelishdi. To`ridagi sahnada o`z ibo-hayosi bilan, yonidagi yoriga, bo`lajak umur yo`ldoshiga yarashib o`tirar edi...

To`y yarmida Gulining ko`zlari yerda toptalib yotgan atirgulga tushdi. Boshini hiyol ko`tarar ekan, sahna qarshisida nigohlarini uzmay, unsiz ko`zyosh to`tayotgan 12 yoshli bolakayni ko`rdi...

- Hoy bola nimangni yo`qotding, bor anovi yerga bor! -dedi kivoyning jo`rasi. Lekin u qayoqdan bilsin, bu bola yo`qotgan emas o`g`irlatib qo`yganini.

Bolakay Gulidan nigohlarini uzmas edi.

Nima bu, o`z vaqtida yakunlanmagan peysaning ayanchli zavol topishimi. Nahot bu go`r bolakay bularning barchasi o`yin ekanini haligacha tushunmagan bo`lsa? Yoki yaratgan, shu jajji qalbga chindan ham, haqiqiy muhabbatni solgan bo`lsa! Afsus ming afsus o`yin qilmasam bo`larkan!

Guli shu gaplarni yuragidan o`tqazdi. Bolakay bir necha daqiqa ko`zyosh to`kdi va qanday paydo bo`lgan bo`lsa shunday g`oyib bo`ldi...

Bolakay boshqa bezovta qilmadi. Keyin taqtirning ketma-ket zarbalari. Yillar o`tsada o`ziga kelolmay yurgan kezlari yana o`sha atirgul tutgan bolakay qarshisida paydo bo`ldi. Endi bolakay deyish nojoyizdur. U bolakay ulg`ayib 16 yoshli moylovlari sabza urgan yigitcha edi...

Bu gal Guli, o`tgan safargi xotosini takrorlashni istamadi. Yana erdan ajrab endi yoshginasini qumsab qolibdida, degan gap-so`zlarga qolishdan qo`rqdi.

Yigitchaga bu ishi xato ekanligini tushuntirishga urundi. Yig`lagudek bo`lib, o`tinib so`radi.

- Islomjon ukajon, o`zizga mos, yoshizga mosini toping!

- Yuragim seni desa nima qilay?

- Chiqarib tashlang, qalbizdan yulib oting! Sizga munosib emasman...

- Ahir qanday Guli...

- O`tinaman inim meni qiynamang! Yalinib yolvoraman, boshqa yonimga gul ko`tarib kelmang. Siz bir bor urunib ko`ring albatta birorta qizni yoqtirib qolasiz... - ko`zlariga yosh quyuldi.

Yigitcha yengil hursinib, qo`lidagi atirgulni Guliga tutqazdi.

- Urunib ko`raman...

- u ketdi boshqa qaytib yo`lini to`smadi...

Guli o`shanda atirgulni ohirgi bor bag`riga boshgancha qolgandi. O`sha ohirgi uchrashuvgaham mana to`rt yil bo`libdiya, to`rt yil. Guli tabrik yozilgan maktubni, uzuk taqilgan qo`lini ko`ksiga qattiqroq bosdi...

Eshik qo`ng`irog`idan cho`chib ketdi. Qaddini ko`tarib, qo`lidagi atirgul va maktubni deraza tokchasiga qo`ydi. Borib eshikni ochdi. Bosh kiyimini bostirib kiyib olgan yigit kattakon karopkada, o`ralgan sovg`a ko`tarib turardi.

- Buni sizga berib yuborishdi, qabul qilib oling! -yigit shoshilardi.

- Kimdan bu? - Guli ko`zlarini olib qochayotgan kuryer yigitga hayron bo`lib qaradi.

- Vazifamiz buyurtmani yetqazish!

Guli sovg`ani olishga shoshilmagani uchun, yigit uni oyoq tagiga qo`ydida, zinadan pastga shoshildi.

- To`xtang... -yigit zina o`rtasida to`xtadi, ammo ortiga o`girilmadi. - Tanidim... -dedi Guli bir qadam oldinga yurib.

Yigit bosh kiyimini qo`liga oldi va yuqoriga ko`tarildi. Yuzma yuz turishar ekanlar, bir og`iz ham gapirmadilar, ular uchun nigohlar so`zlashardi.

U juda o`zgarib ketgan, avvallari doyim ko`zlariga boqish uchun, engashib yoki tizzalarini bukib qaragan bo`lsa, eni bo`ynini salgina yuqoriga ko`tarib qarab turardi.

Nahot bu o`sha, gul do`konida ``bu gul anavoi chiroyli qizga!`` degan 6 yoshli bolakay. Yoki ``endi meni yaxshi ko`rmaysanmi?`` degan 8, 9 yoshlardagi bolakaymi. Ha o`sha kelin kuyov qarshisida unsiz, alamdan ko`zyosh to`kkan 12 yoshli o`smir, nahot moylovlari sabza urgan ``seni qanday yuragimdan chiqaray!`` degan yagitcha. Haddan ziyod o`zgargan kelishga, bilaklari kuchga to`lgan haqiqiy yigit bo`lib ulg`aygan...

Guli o`zini tutib turolmadi, shartta quchdida bo`shini ko`ksiga qo`ydi, ko`zlarini esa chirt yumib oldi. Negadur shu topda, o`pkasi to`lib ketdi, ko`zyoshlari esa uning kiyimlariga singib yo`q bo`lib ketardi. U ham asta quchdi, huddi nozik buyumni kaftida avaylagan kabi, ohista quchdi...

- Qo`rqqandim Guli! - o`ziga o`zi gapirayotganday ovozi hiralashdi. - Ammo ishongandim, bu sahovatli qalbingda hali ham menga joy borligiga!

Guli uning har bir yurak urishini eshitardi.

Qaniyni bir umur shu zaylda tursam, deya o`ylayotgandi. Zinadan ko`tarilayotgan begona qadam tovushlarini eshitganidan, keyin bu fikrdan qaytdi va boshini uning ko`ksidan oldi. Ishdan qaytayotgan qo`shnilar, begona yigitga sirli qarab-qarab qo`ygancha yonlaridan o`tib ketishdi.

- Guli men juda hursandman! - yigit uzuk taqilgan qo`llaridan ohista ushladi. - Men bilan ketasanmi?

Gulining ko`zlarida qo`rquv va shodlik qorishib ketgandek edi.

- Biz birga yashaymiz, sen, men onam...

Ona... Gulining ko`ngliga kelgan hayollardan, yuragi orqaga tortib ketdi. O`g`il farzant ko`rgan, har bir ona, uni tarbiyalaydi, o`stirib voyaga yetqazadi. Uni baxtini ko`ray, unga tagli tugli, ibo-hoyi qizni olib beray deya orzu qildi. Hech bir ona o`g`lini juvonga uylanishini istamasligi tayin...

- Bu xato...

- Yo`q Guli! Faqat oldinga qadam tashlashlashimiz kerak, bordiyu bir qadam ortga chekingudeb bo`lsa anao`sha xato bo`ladi...

Yigit ohista Gulining barmoqlarini, chap ko`ksiga qo`ydi.

- Ihtiyorni o`zlariga qo`yib beraylik, qarorni o`zlari chiqarishdi...

Yigit yuraklarni nazarda tutayotgani Guli tushundi:

- Ohh qiniydi hamisha ham shunday bo`laverganida! - mayus tortgan, ko`zlar da harstli, dardli, alamlar uchquni miltiradi. - Inson taqdiri o`z peshonisiga yozib qo`yilgan bo`lar ekan. Haligacha tushunib yetmagan bo`lsayz...

- Qo`rqyabsanmi Guli?

- Yo`q, bu qo`rquv emas!

- Ha bu qo`rquv, aldashga urunma! Ko`zlaring aytib turibdiku! Sen qo`rqyabsan, gap-so`zlar anavularga o`xshagan kimsalarning gap-so`zlaridan qo`rqyabsan... -yigit barmoqlari bilan zina bo`ylab yuqorini ko`rsatdi. Boya yonlaridan o`tib ketgan kimsalar tepada turib gap poylayotganiga ishora qildi. - Ularga e`tibor berma! Azizam sen tingla!

Yig`it Gulining qo`llarini ko`ksiga qattiqroq bosti. Jovdiragan ko`zlar bir biriga nimalar demoqchidek tikildi.

- Men ahir!

- Yaratgan egam, qalbimda muhabbat uchqunlarini alangalatganda, men juda yosh edim. Shunga hechkim meni jiddiy qabul qilishmasdi, ustimdan kulardi, o`zga sayyoralik bola deb! Mene esa ularga, rahmim keladi...

- Ahir...

- Tishshshsh... -Yigit Gulining lablariga bir barmog`ini qo`yib gapirishdan to`xtatdi. - U faryod chekmoqda, no umid qaytarma deb o`tinib so`ramomoqda, nahot eshitmayabsan Gullli...

Yigitning ham chap ko`zidan bir topchi yumolab tushdi. Birdan qattiq quchoqlab oldi va Gulining boshini chap ko`kkragi ustiga qo`ydi.

Duk-duk, duk-duk, duk-dukkk... Faqatgina o`z ko`ksida sigmay, beyhalovat tipirchilayotgan, yurang dupiri eshilardi...

Yigit asta siniqqan ohangdan gapirishda davom etdi:

- Fazoda ko`ringan, yog`du, unga intilgan kapalak...

U faylasufona iboralar bilan bir nimalar deb shivirlardi. Ammo Guli arosatda qolgani uchunmi, uning birorta so`zini eshitmas, o`z o`y-hayoli bilan ovora edi.

Nazarida unga hozir ket desa ham keyin afsuslandi, qol desa ham. Na bir qadam oldinga tashlay olar, na bir qadam ortga. Har ikkisi ham no to`g`ridek tuyulardi...

U nimalar degi, unga nima deb javob qaytardi. Guli hech nimani anglay olmay qoldi. Yigit uning ko`zyoshlarini sidirib qo`ydi va zinadan tusib chiqib ketdi...

Allaqanday pichir-pichirlardan keyin o`ziga keldi. Zina bo`ylab yuqoriga qaradi, yuqori qavatdagi qo`shnilardan besh oltitasi gap poylab turganiga ko`zi tushdi. Go`yo kimdur bo`yniga sirtmoq solib yuqoriga tortayotganday, nafasi bo`g`ziga tiqildi. O`zini uy ichiga urdi, kalhatdan qochgan musichadan yuragi taka-puka bo`lib urardi...

- Ey hudo endi nima bo`ladi?

Qulog`i ostida yana o`sha so`zlar yangragandek bo`ldi:

- Guli sen qo`rqyabsan odamlarni gap-so`zlaridan qo`rqyabsan...

U to`g`ri aytgan, men qo`rqaman. Yo`q endi qo`rqmasligim kerak. Lekin qanday, ahir ayolman-ku!

Yana beyqarorlik, yana arosatda. Bu a`qil va qalbing o`zora kurashi qachon tugar ekan...

Har safar a`qlning, qalb ustida tantana qilaverishi. So`ng qalb ustiga qilayotgan jabru zulmi haddan tashqari ortib ketardi...

To`ng otgan, deraza qarshisiga o`rnatilgan kursida o`tirar ekan, huddi rosa kaltaklangan odamday his etardi o`zini. Kuchikchaday ingragisi, yoki mushchaday qayoqqadur qochib ketgisi kelardi. Inson o`z-o`zidan qochib, qayoqqa ham borish mumkun!

O`rnidan turib yuz qo`lini yuvdi, o`zi uchun nonushta tayorladi, lekin tomog`idan biror luqma o`tmadi...

Betoqat uy ichida uyog`dan buyoqqa yurdi. Oynaga qarab o`zini tartibga so`ldi va egniga poltosini kiyib ko`chaga chiqdi. Qayoqqa borish mumkun, qayerga borsa bu yurak tinchlanadi. Atrofga bir qarab oldi, nazarida dunyo torayib ketganga o`xshardi...

Ishjoyi... Birgina yurakka taskin beruvchi, joy aynan o`sha yer. Qizlar davrasida bo`lganda, chalg`idi, bu azoblayotgan o`y-hayollardan halos bo`ladi vaqtincha bo`lsa ham...

Bir necha kun ham, shu zalda o`tdi. Ammo bugun ertalabda labida tabassum bor. Bugun kechga borib otasini ko`radi. Oyla davrasida bo`ladi. Kun bo`yi ishxonada bo`ldi, kechga yaqin katta to`rt oldi. Otasiga, o`gay bo`lsalarham jigarlari bo`lga ikki ukasiga sovg`a oldi. Hatto borganida hush kutib olmaydigan o`gay onasini ham unutmadi...

Uyga yaqinlashar ekan ko`nglini bir nima hijir qilardi. Yolg`iz yashay boshlaganidan buyon, har safar yangi kuni otasi kelib:

- Uyga bor qizim, bugun birga oyla davrasida kutib olamiz yangi yilni! -deya aytib ketardi. Yoki ukalaridan birini yuborardi. Bu safar esa na otasi, na ukalari keldi.

Otam, yoki ukam kelganu uyga yo`qligimni bilib qaytishgan degan hayol Gulini oldinga qadam bosishiga turtki bo`lardi...

Hovliga kirib ostonga yetib kelganda, barchasini tushundi. Deraza oynasidan ichkarida bo`layotgan, bazmu jamshidni ko`rib, huddi puflab o`chirilgan shamday, yuzidagi yorqinlik tabassum g`oyib bo`ldi. Ahir oylaning o`z ananalariga ko`ra, butun oyla yig`ilmaguncha dasturxon tepasiga kelishmasdi. Barchalari allaqon tanavul qilishga kirishishibdimi, deman meni unutibdilar. Endi bu oylaga begonaman...

Guli bu zarbani yuzida tabassum bilan qabul qilib oldi. Sovg`alarni, to`rtni ostonada qoldirdiyu sekingina ortiga qaydi. To mahallani tark etguncha, juda sekin yurdi, ahyon ahyonda ortiga qarab qo`ydi. O`zi tan olmasda ich-ichda, hozir otam yoki ukalarim eshikka chiqadi sovg`alarni ko`rib men kelganimni bilishadi va ortimdan chaqirishadi deb hayol qilgandi. Afsuski bunday bo`lmadi.

Yaqinlarning yodidan o`chib ketish, bundanda alamli tuyg`u bo`lmasa kerak. Bunday vaqtlarda insonni yashagisi kelmay qolarkan...

Ko`chada turarkan, ikkinchi qavatdagi o`z uyi derazasiga termuldi.

- Eeey Ollohim, ahmoqlik qilib qo`yishimdan o`zing asra...

Hayoliga kelgan dahshatli o`y-fikrladan o`zi ham qo`rqib ketdi.

Tashqarida, turib sovuqdan muzlay boshlagan oyoqlar, Gulini ichkariga boshladi. Zidan yuqori ko`tarilar ekan, eshigi oldida turgan ikki kishini ko`rib, yuragi tanovigacha tushib ketdi. Ulardan birini, ko`rganiga naq 14 yil bo`lgan bo`lsada taniy oldi. Ha bu o`sha gul do`konidagi sotuvchi ayol. Nahot endi Islomjon onasi olib kelgan bo`lsa...

- Guli qayoqda yuribsan, qachondan beri eshiging tagida turibmiz!

Yigit hech nima bo`lmaganday, hush kayfiyatda Gulini yoniga chorladi.

Guli salomlashar ekan, ich-ichidan qandaydur qo`rquvni tuydi.

Nima uchun onasi keldi, meni o`tmishimdan bey habarmikin degan o`ylar hayolini churmab olgandi...

Eshigini ochib ularni ichkariga taklif qildi.

- Guli mehmonga keldik, onam ikkimiz!

- Hush kelibsiz, marhamat...

Guli dasturxon yozdi, uyida topgan tutganini dasturxonga qo`ydi. Bitta non, bir likopchada mayiz, uch, to`rtta olma. Oshxonaga kirib gazga choynakni qo`yib ortiga qaydi. Mehmonlar oldiga yozgan dasturxonidan o`zi uyalib ketdi. Nima ham qilardi topganini qo`ygandi...

Yigit Gulini holatini tushun:

- G`izzilab magazinga borib kelaman...

- Yo`q ovora bo`lmang...

Guli yigitni qaytarmoqchi edi, qo`lidan uning onasi tutib qoldi.

- Qaytarmang ketaversin, keling yonimga o`tiring qizim...

Ayol Gulining yuzlariga termuldi. Ohosta yelkasidan siladi.

- O`g`limning tanlagani, meni bo`lg`usi kelinim...

Nahot meni erga tegib chiqqanimni onasiga aytmagan bo`lsa deya ko`nglidan o`tqazdi.

- Qizim ota-onangiz hayotmilar?

- Dadam hayotlar, onam olamdan o`tganlar!

Ayol yuziga fotixa tortdi:

- Ruhlari shod bo`lsin...

Ayoling muloyim ovozi, mehirli nigohlarimi, yoki hozirgina otasini yodida ko`tarib alam bilan uyga qaytgani turtki bo`ldimi, ko`zlariga yosh quyuldi...

- Qizginam nega yig`laysiz? - Ayol Gulini bag`riga tortdi. - Yaratganning inoyati. Islomjonimham ko`ngli yarim otasiz o`sgan! O`shanda do`ktirlar, bolang o`lib qoladi deyishganda, dunyo ko`zimga qorong`u bo`lib ketgandi...

Guli ayolni mehir gupirayotgan ko`ksiga bo`sh qo`yib o`tirarkan, ayolning ham yelkalari silkinib yig`layotganini sezdi.

Ayol Gulining sochlaridan silagancha hirilagan ovozda so`zlarida davom etdi:

- Yaratganga shukur ming shukur, o`g`limga senday insonni yo`liqtirganiga...

Ancha vaqat shu zaylda shkunat ichra o`tirishdi. Ayol yana nimalardur demoqchi edi, biroq ulgurmadi. Eshik ochilib yopilgan ovozidan, darov o`zlarini o`nglab oldilar...

- Gaplashib otiribsizlarmi? - yigit qo`lida bir paket narsalar ko`tarib keldi. Guli yigitning qo`lidagilarni olib tezda dasturxonni tuzadi. Keyin esa gazga qo`ygan choynak qaynagandur deya oshxonaga shoshdi...

Choyni qaytatarayotgan edi.

- Qizim biz senga sovchi bo`lib kelgan edik!

Gulining qo`lidagi piyola stol ustiga ``to`q`` etib tushib ketdi. O`zi esa tez-tez yurib oshxonga kirib ketdi. Saldan keyin yigit kirdi va yelkalaridan ohista ushladi.

- Senga nima bo`ldi?

- Baxtdan boshim aylanib ketdi...

ORADAN BIR YARIM YIL O`TDI...

Islom shoshib uyiga keldi va eshik qo`ng`irog`ini bosdi. Tezda eshik ochildi, egnida atlas ko`ylak, boshida simli rumol, oldiga xol-xol partuk taqib olgan Guli, salom berdi:

- Tishshsh, xozirgina uhlatdim, - shivirladi. - Charchamay yaxshi keldizmi?

- Onam qanilar?

- Oshxonadalar, chuchvara tugyabmiz!

- Azizam bu senga, - Islom atirgul tutqazdi va yuzidan o`pich oldi. Guli esa un tekkan, qo`llarini eriga tekkazib yubormaslik uchun, ehtiyotkorlik bilan bo`ynidan quchdi. Birgalashib oshxonga kirishdi.

Islom onasini yelkasidan ohista quchdi va yuzlariga yuzini bosdi.

- Ona bola ovqatga unnabsizlarda! -yana bir atirgulni onasiga tutqazdi.

- Sen yaxshi ko`rgan chuchvara, qilib beray degandimda o`g`lim...

Shu payt narigi honadan go`dak ovozi keldi. Guli shoshib qo`lini yuvishga taradudlandi.

- Ishingni qilaver o`zim...

Islom Gulini to`xtatib, o`zi nariga xonaga otdi. Beshik yonidagi quraq ko`rpacha ustiga o`tirdi. Beshikni yopqichini nari surdi.

- Polvonim uyg`onibdida, voy qo`llarizi bog`lab qo`yishdimi?

Islom o`g`ilchasini qo`llarini bo`shatib qo`ydi. O`g`ilchasi otasiga minnadorona jilmayib qo`llarini yuqori cho`zdi. Islom esa o`g`lini jajji barmoqchalariga yirik barmog`larini tutqazdi. Huddi otasini ketib qolmasligi ismaganday, uning barmog`idan ushlab oldi...

Shu topda xonaga Guli kirib keldi.

- O`g`lim dadasini topib oldimi?

Asta Islomning yoniga o`tirdi va erining yelkasiga boshini qo`ydi...

HAQIQIY BAXT SHU BO`LSA KERAK...

Tamom...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar