tungi.ru

Yagzonwox man qaytim

Masjid darvozasidan maktab

kiyimida chamasi olti, yetti

yoshlardagi bolakay kirib kelib,

so’l tomondagi o’tirg’ichda

suhbatlashib o’tirgan

nuroniylarga salom berdi: "Assalom-u alaykum.”

Qariyalar hayron bo’lishib:

"Vaalaykum assalom, katta

yigit bo’ling, keling bolam,

kimni izlab keldingiz? Bolakay:

"Hudoni….” Nomozxon chollar hayrat aralash bir-birlariga

qarab, jim qolishdi. Bolakay

davom etdi: "Qayerda

o’tiribdilar? Iltimosim bor

edi….” Qariyalar orasidan bir

odam turib, bolakayning oldiga kelib, cho’kkaladi-da: "O’g’lim

kim sizga bu haqida aytib

berdi? Kimning o’g’lisiz?”

Bolakay biyron tili bilan

so’zladi: "Ahmad domlaning,

buvim aytgandilar, bu yer Hudoning uyi ekan, kecha yana

aytdilar, u kishi har diyonatli

bandasining tilagini

bajararkan. Men ham u

kishining bandasi ekanman,

hali gunoh ish qilmagan ekanman, yaxshi bola

bo’lganim uchun men ham

diyonatli ekanman, u kishidan

so’raydigan juda muhim

iltimosim bor….” Amaki

o’ylanib qoldi, Ahmad domla, kim ekan u, hali jajji bo’lsa

ham, yaxshi tarbiya olibdi

bolasi. Keyin, bolakayga

yuzlanib: "Yuring, hozir birga

tahorat olamiz, keyin Hudodan

iltimosingizni so’raymiz.” Bolakay ho’p degandek boshini

qimirlatdi, va amakining

ketidan ergashib, xuddi bir

narsaga ulgurmay

qolayotgandek shoshib-shoshib

yuz qo’llarini yuvdi.Keyin masjid ichkarisiga kirib, peshin

nomoziga tayyorlanishdi.

Amaki unga: "O’glim, hozir

hamma duoga qo’l ochganda

siz ham qo’l ochib Hudodan

iltimosingizni so’rang.” Bolakay yana ho’p degandek boshini

qimirlatib, qator- qator

odamlar orasidan Hudo kim

ekan deb izladi. Nomoz

so’ngida hamma duoga qo’l

ochib duo qilishni boshladi. Bolakay ham qo’llarini

qovushtirib: "Buvim aytdilar,

meni yoshimdagilar farishta

bo’larkan, nima so’rasam

berarkansiz, o’zimga

kerakmas, dadamlarga yordam bering, oyimni asrab qola

olmayotgan ekanlar.

Aytishlaricha, oyimni faqatgina

sizning yordamingiz qutqarar

ekan. Mashinachalarimni,

mayli, rasmli kitoblarimni ham oling, faqat bittagina oyimni

olmang, koptok olaman deb

ohirgi qordan beri yig’ayotgan

pulim bor, uniyam

beraman….Singlimni

bog’chadan olib uyga qaytishim kerak, uniyam,

meniyam oyimlarni oldilariga

kiritishmayapti, sog’indik,

ayniqsa singlim, kechasi ‘oyi’

deb yig’lab chiqadi, menku

kattaman, o’gil bolaman, chidayman. Hech bo’lmasa

oyim singlim bilan qolsin.

Iltimos…. Omin, Olloh-u Akbar”

– dedi-da yugurib ko’chaga

chiqib ketdi. Amaki,

bolakayning gaplaridan ta’sirlanibmi, yoki bugun

peshindan keyin chiqarilishi

kerak bo’lgan matematika

o’qituvchisi Ahmadning xotini

vafotini eslabmi ko’zidan yosh

sizdi….

Boshqa hikoyalar