tungi.ru

Yagzonwox

MÖJIZANING NARXI

Kichkinagina qizaloq

yotoqxonasiga kirib

tumbochkasiga yashirgan

pushti bankani oldi. Uning

ichidagi mayda pullarni uch

marta sanab chiqdi. U hisobdan adashishi mumkin

emasdi. To‘plagan

tangalarining hammasini

qaytarib idishga soldi va

og‘zini yaxshilab yopti-da,

orqadagi eshikdan chiqib, olti blok uzoqda joylashgan

dorixona tomon yo‘l oldi.

Dorixonaga kirgach,

sotuvchining unga e’tibor

qaratishini sabr ila kutdi,

lekin sotuvchi juda band edi. Tess oyog’ini yerga ishqab

ovoz chiqardi. Lekin hech

qanday o‘zgarish bo‘lmadi.

Tomog‘ini qirib ham ko‘rdi,

befoyda.

Shundan so‘ng bankasidan 25 sentlik chiqarib, rastaga

zarb bilan urdi. Bu foyda

berdi.

“Nima istaysan”,–deya

so‘radi sotuvchi biroz jahl

aralash. “Chikogodan kelgan akam bilan gaplashyapman.

Yarim asrdan beri ko‘rganim

yo‘q”,- dedi qizning javobini

kutmasdan. “Men ham sizga

akam haqida

gapirmoqchiman, – deya gap boshladi jahl aralash Tess. - U

juda ham og‘ir kasal va men

unga mo‘jiza sotib

olmoqchiman.”

Sotuvchi: “Uzr,

tushunmadim”,- dedi. “Uning oti Andrey va boshida

borgan sari kattalashib

borayotgan nimadir bor.

Dadam uni faqat mo‘jiza

qutqarib qolishini aytmoqda.

Shunga men mo‘jiza qancha bo‘lsa ham sotib

olmoqchiman” (davomi tez kunda)

Boshqa hikoyalar