tungi.ru

Yagzonwox

Kichik möjiza davomi 2-qisim“Akangning ahvoliga juda

ham achinaman. Lekin biz

mo‘jiza sotmaymiz” – dedi

sotuvchi biroz yumshab. Tess: “Menga quloq soling,

to‘lashga pulim bor.

Yetmasa, yana topib

kelaman. Menga narxini

ayting”.

Sotuvchining akasi ko’rinishidan ziyolinamo

kishi edi. U butun suhbatni

eshitib turardi. Nihoyat, u

ham gapga aralashdi:

“Akangga qanday mo‘jiza

kerak?”- deya so‘radi qiz tomonga biroz egilib.

“Bilmayman, faqat uning

juda og‘ir kasal ekanligini

bilaman. Onam uni amaliyot

qilinishi kerakligini aytyapti,

lekin dadamda uning amaliyotiga yetarli miqdorda

pul yo‘q. Shu sababli men

bor pulimni

ishlatmoqchiman. Yetmasa,

yana topib kelaman”- dedi

Tess. “Qancha puling bor?”,– so‘radi Chikagodan kelgan

odam. “Bir dollar-u o‘n bir

sent, - deb juda past ovozda

javob berdi Tess. – Bu

mening bor pulim, lekin

zarur bo‘lsa, yana topib kelishim mumkin”.

“Qanday tasodif!” –

tabassum bilan gapirdi

boyagi odam. “Bir dollar-u

o‘n bir sent – akang uchun

kerakli mo‘jizaning ayni narxi”. Shunday deb, u bir

qo‘li bilan pulni oldi va

ikkinchi qo‘li bilan qizning

qo‘lidan ushladi. “Meni

uyingga boshlab bor, - dedi

chikagolik odam. – Ota- onang va akang bilan

tanishmoqchiman. Qidirgan

mo‘jizangni topdingmi-

yo‘qmi, buni ham amalda

sinab ko‘ramiz”.

Bu kishi Chikagodagi mashhur neyroxirurg edi.

Jarrohlik amaliyoti bepul

o‘tkazildi. Tez orada Andrey

oila safiga qaytdi. Bo’lib o’tgan voqeani

muhokama qilayotgan ota-

ona bu hodisani haqiqiy

mo‘jiza deb hisoblar edi.

Onasi esa bu amaliyot

qanchaga tushganiga qiziqar edi. Bu savolning javobini

esa faqatgina Tess bilardi:

bir dollar-u o‘n bir sent!

* * *

Boshqa hikoyalar