tungi.ru

Yagzonwox

HAMMASI

YAXSHI"

Siz mana bu savolni tez-tez

eshitasizmi:

"Ishlar qalay?"

Qanday oddiy savol bu:

"Ishlar qalay?"

Javobi ham juda oddiy: - "Hammasi yaxshi."

***

Vannada o'tirib, onang

eshitmasligi uchun suvni

ochib qo'yib yig'laysan. Bu

vaqt kimdir qo'ng'iroq qilib: - "Ishlar qalay?"

- "Hammasi yaxshi"

Yaxshi???

***

Kechasi bilan ko'z

yoshlaringni yostig'ingga tomizasan, ertalab yuzingni

yuvib hech narsa

bo'lmagandek yurasan.

- "Ishlar qalay?"

- "Hammasi yaxshi"

Yaxshi??? ***

Derazang ostida tanish

odamlarning kulgusini

eshitish. Ko'rinishidan

"Do'stlar". Xursandchilik

avjida, seni unutishdi, chaqirishmadi. Aniq, nima

uchun? Senga kimdir yozadi:

- "Salom, ishlar qalay?"

- " Hammasi yaxshi"

- "Uydamisan? "

- "Xa" - "Nega uyda o'tiribsan?

Nima uchun sayrga

chiqmading?"

- "Bilmadim, xohlamayman..."

- "Nima bo'ldi?"

- "Hech narsa. Hammasi yaxshi"

Yaxshi???

***

Qachondir yaqining bilan

arazlashganingda, qachondir

uni yo'qotganingda, senga og'ir bo'ladi:

- "Ishlar qalay?"

- "Hammasi yaxshi".

***

Qachondir yolg'izlikda qolsang,

hayotdan to'yib ketsang: - "Ishlar qalay?"

- "Hammasi yaxshi".

***

Qachondir sen bilan nimadir

sodir bo'lsa, onang bilan

urushib qolsang yoki kimdir vafot etsa:

- "Ishlar qalay?"

- "Hammasi yaxshi".

***

Kimnidir sevsang, uni deb

aqldan ozsang, va keyingi kun uni eng yaqin do'sting

bilan ko'rsang:

- "Ishlar qalay?"

- "Hammasi yaxshi".

***

Sevganingga emas boshqa bilan hayot yo'lingni

bog'lashingni aytishdi. Tuni

bilan alamli ko'z yoshingni

to'kding. Xatlarini qayta-

qayta o'qiding. Endi u bilan

birga bo'lolmasligingni bilding:

- "Ishlar qalay?"

- "Hammasi yaxshi"

***

Do'stlaring tashlab ketsa,

azoblashsa, ustingdan kulishsa... Hech kim e'tibor

bermasa, yordamga kelmasa:

- "Ishlar qalay?"

- "Hammasi yaxshi".

***

Turmush o'rtog'ining bilan suhbat paytida, seni

sevmasligini, ayriliqni taklif

qilganini eshitsang. Yuzingdan

yosh dumalasa, u eshitmasligi

uchun, yostig'ingni olib

yuzingga bossang: - "Ishlar qalay?"

- "Yaxshi. Hammasi yaxshi"

Agar, kimdandir qachondir

"Ishlar qalay?" deb so'rasangiz

va u sizga, "Hammasi yaxshi",

deb javob bersa - ISHONMANG!

Unda hammasi yomon,

shunchaki u bu haqida

gapirishni xohlamaydi, yoki

yolg'on do'stlardan qo'rqadi...

Boshqa hikoyalar