tungi.ru

Тотли Лахзалар (танловга) (2-bet)

berkinib, yulduzlar birin ketin ko'z ocha boshlaganda u baland qavatli uylar oldidan chiqqandi bu yerlarji odamlar "Kelinqochdi" deb nomlashardi eng rasvo, maishatboz ayollar aynan mana shu domlarda yashashardi. u ham mana hu befayz joyga kelib qolgandi, u allamahalgacha bir skamekani makon bilib o'z boshidan o'tgan kunlarni bir-bir eslardi to'saddan kimningdir ovozidan cho'chib tushdi.

-hoy qizim sanga gapirvomman dedi muloyimlik bilan:

bu yerlikka uxshamisan qizim qayerdansan yoki biror tanishinikiga kelib adashib qoldingmi?

-iya, Assalomalekum, uzr xolajon, o'yga tolib qolibman.

-ha, hech qisi yo'q, bolam tushunaman hali yoshsizlar, hayollarga berilasizlar, nima qilib yuribsan kech bo'lganda bolam dedi onalarcha mehribomlik bilan

-shundoq o'zim adashib qoldim seyaqoldi Shahnoza ko'zlarini pirpiratib

Bu mehribon ayolning ismi Gulnoza bo'lib yoshi 40 larda bu ham qo'shmachilardan edi, qarasa skamekada bir qiz o'tiribdi hali yosh, kuch quvattga to'la, qomatlari ham surustgina, bunaqa qizlarga erkaklar juda ham yaxshi to'lashadi, bu qizning orqasidan ancha pul topishni ko'zlagan makkora unga soxta, onalarcha mehribonlik bilan gapirardi, Shahnozani u uyiga taklif qildi bir necha kun hech narsa so'ramadi qayerdan kelding nima qilib yuribsan deb qiziqmadi, unga yangi ko'ylaklar olib kelib berdi bir kuni qizni sekin gapga sola boshladi

-endi qizim gap bundoq dedi Gulnoza makkorlik bilan

mana meni ko'rib turibsan hech ishga yaramayabman, qo'limdan bir ish kelmaydi, mana sen ham qizimday bo'lib qolding, bu yerni qanaqa joyligini bilsang kerak dedi savol nazari bilan qizga tikilarkan, Shahnoza ham bosh irg'ib "ha" isjorasini qildi. Shuning un seni ham boshpanang bo'lmasa kerak, o'zing oydekkkina qizsan bu yog'i tirikchilikni ham o'ylashing kerak, o'zi havilar sovib qish ham yaqinlashib qoldi, men nima demoqchikigimni tushundingmi dedi Gulnoza ayyorana boqib

-yo'q, dedi soddagina Shahnoza ko'zlarini pirpiratib

-ahahahahah, deb handon otib kulib yubordi Gulnoza, halittan beri qulog'inga tanbur cholyapmanmi? bu yerda qanaqa qizlar yashashini bilasanku hullas gapni ko'paytirib yotmiman jooon qizim san ham mani to'g'ri tushun manga qolsa sani hech kimga bermasdim lekin pul kerak ro'zg'orga tirikchilikka pul kerak man ham tul ayolaman boshimdansandan boshqa odamamim yo'q aslida hech kimim yo'q edi biroq mana sanday ajoyib qizga yo'liqtim deb yana boshqa yuraklarni to'lqinlantiruvchi gaplarni gapirib orada bir oz ko'z yosh to'kib olib qizni foxishalikka tayorlay boshladi.

Shahkozani hundan boshqa yo'li ham qolmagandi hozir kimni uyiga boradi, qaysi manzilni u makon tutadi? erkak kishi bo'lganda ham bir gap bo'lardi biroq ayol boshi bilan qayoqqa boradi?

O'sha kuni Dilshod ham o'rtoqlari bilan dam olgani mana shu yerga kelgandi, taqdirmi yoki tasodif Dilshod qizlarning zo'ri kerak deb qo'ng'iroq qilganda Gulnoza kelaver sanga bita shokoladini tayorlab qo'yganman degandi. Mana kvartirada Dilshod va Shahnoza qoldi yigitcha uni spalniga boshladi u qizning nozik va nafis barmoqlardan ushlaganda boshqacha bo'lib ketdi, qo'llarning tafti Dilshodni butun vujudini lovvulatib yuborgandek bo'ldi, u qizning jamoliga tamoman mahliyo bo'lib qolgandi, tim qora uzun sochlari bellari uzra yoyilgan, ustidagi pushti ko'ylagi qizga juda ham ajib bir tarovat, bezak bo'lib ko'rinardi.

u juda ham ohistalik bilan qizning belidan qo'llarini o'tqazib o'ziga tortdi, uyalganidanmi yoki boshqa biror sababdanmi Shahnoza yigitning betiga qarayolmasdi, Dilshod qizning iyagidan ko'tarib yuzini yuziga yaqin olib keldi, oh qanday ajib bir tarovat qizdan taralayotgan ifor yigitchani birdam esankiratib qo'ydi, u qizning lablariga labini bosganda lablari yashnab ketgandek bo'ldi, qiz esa kutilmaganda tipirchilab yigitning qo'ynidan chiqishga urindi.

-bo'ldi, bo'ldi, kerak emas iltimos mmanga tegmang dedi yalinchoq bir ohangda Shahnoza

-ha nima bo'ldi, tinchlikmi?

-ha tinchlik shunchaki bunday ish manga to'g'ri kelmaydi, iltimos mani to'g'ri tushuning deb piqillab yig'lab yubordi Dilshod tabiatan juda ham mehribon yigit edi. Shuning uchun hech kinga qattiq gapirmas birvning iltimosini imkoni boricha bajarishga harakat qilardi.

-birinchi ko'rgandayoq ko'nglim sezgan edi sizni majburlashganini ayting kim majburladi Gulnoza opami?

-yo'q, u emas, o'zim ko'ndim lekin shunga majbur edim boshqa ilojim qolmagandi.

-nima bo'lganini aytasmi yo'qmi? agar bor gapni aytsangiz sizga yordam berishga harakat qilaman, bilaman hozirgi qilayotgan ishingiz yaxshi emas kerak bo'lsa sizga durustroq ish ham topib berishim mumkin.

-ha bu qilmoqchi bo'lgan ishim yaxshi emas, biroq shunga majbur bo'lib qoldim-da boshimdan o'tgan kunlarni dushmanimga ham ravo ko'rmayman deb hana piqillay boshladi. yigit qizning qo'llaridan ohista ushlab turg'azdi-da mehmonxonaga olib chiqdi. ikkovlon divanga o'tirdi qizning axvolini ko'rib Dilshod unga stakanda muzdek suv keltirib berdi

-mana buni ichib oling dedi qo'lidagi suvni qizga tutqazarkan

Shahnozaning qo'llari dir-dir titrardi, o'zingizni bosing nega qaltiraysiz mana sizga qo'limni uchini ham tekizganim yo'qku.

-rahmat sizga meni sharmandalikdan saqlab qoldiz, agar sizdan boshqa inson bo'lganda bilmadim mani gaplarimni tinglarmidi yo'qmi? agar Dastonga o'xshaganlar bo'lsaku umuman odamni axvolini tushunmaydi faqat nafsini qondirishni o'ylaydi.

-kim u Daston dedi biroz hadiksiragancha Dilshod

-ha, hech kim, keling sizni ham boshingizni og'ritib o'tirishni xohlamayman.

-iye, nega boshimni nega og'ritas? aytavering agar dardingizni birovga aytsangiz biroz yengillaydi

-ehhe, maning dardimni yozsa bir nechta koota kitob bo'ladi.

-iya, o'sha dardingizni ahring deyapmanda, nega ko'zlaringiz bunchlar mayus? kim sizni bunchalar g'am botqog'iga tashlagan?

bilasizmi sizga hafa bo'lish yarashmaydi shuning uchun umuman hafa bo'lmang qani bitta kulingchi? man uchun bitta kulin iltimos qaniiiiii!

Shahnoza bunday sodda va mehribon bolaning bunday muomalasiga haron qolgan edi va beixtoyor yuziga tabassum yugirtirdi Shahnoza kulganda shunchalar chiroyli bo'lib ketardiki buni tasvirlash juda ham qiyin, kulganda o'ziga juda ham yarashgan ikki kulgichini aytmaysizmi? bunday chiroyga termulib Dilshodni ko'zi to'ymasdi.

-ana endi bir boshidan gapirib beringchi dardingiz anchayin yengillashadi

-e bu juda ham uzun hikoya nima qilasiz og'rimagan boshingizni og'ritib?

-nima mandan begonasiravosmi? bunaqa joylarga kelganimga mani boshqacha bollardan deb o'ylavosmi? aslida man bunday joylarga faqat do'stlarimni qistovi bilan kelaman va hali buror marta ham wizlar bilan birga bo'lmaganman xoh ishoning xoh ishonmang. Do'stlarim bilan doim birgaman ular qayerga borsa man ham o'sha joyga borishga majbur bo'laman chunki ertaga og'ir kunlarimda ham, quvonchli kunlarimda ham birga bo'ladigan mana shu do'stlarim bo'ladi. Shuning uchun bu qanaqa bola ekan deb o'ylamasdan qancha gaplariz bo'lsa tortinmasdan aytavering dedi Dilshod nihoyatda samimiylik bilan lekin uning so'zlarida ham yolg'on yo'q edi shuncha dam olgani kelgan bo'lsa ham hamisha tuni bilan kvartirada qolishardi har safar Dilshod o'zini charchagan ko'rsatib uxlab qolardi erta bilan turib garchand dam olmagan bo'lsa ham do'stlari bilan bir xilda pul berib keyin ketardi. Biroq bugungi qiz umuman boshqacha bir ko'rishdayoq Dilshodni es-xushini o'g'irlagan tim qora ipakdek mayin uzun sochlar, zim-ziyo tunni ham hijolat qilib yuboradigan qora ko'zlar qarshisida yigitcha bu qiz bilan o'tadigan bir kecha uchun har narsaga tayyorligini his qilgandi.

Yigitning gap so'zlari chin yurakdan chiqayotganini sezgan qiz unga boshidan o'tganlarini bir boshidan gapirib bergisi o'gay onasi va Dastonning

boshiga solgan kulfatlarini aytgisi keldi-yu qandaydir uyalish hissi bundan qaytarib turardi

-nechanchi yilsiz dedi Dilshod oraga cho'kkan yoqimsiz sukunatni buzgisi kelib

-99 yilman dedi qiz mayus lekin chaqnagan ko'zlarini pirpiratib

-nimmmaa? 99? aldamavosmi? shu yoshingizdaya? kim? kim sizni majburladi dedi qo'llarini musht qilib?

-iltimos, asabiylashamang mani deb biror muammo chiqishini istamayman, o'zingizni bosib oling aytyapmanku mani hech kim majburlamadi o'zim majbur bo'lib qoldim boradigan joyim yo'q, qo'limdan esa tuzukroq ish kelmaydi ota uyimga sig'madim qaynonam manga tuxmat qilib erimga taloq aytgizdi bundan ortiq yo'l qolmadi keyin

man ham unaqa buzuqi qiz emasman...

u yana nimalardir degisi keldi-yu tomog'iga qadalagan alamli dard alam uni gapirishiga ortiq yo'l qo'ymadi. Shahnoza yana piqillab yig'lab yubordi uning yig'layotganini ko'rgan Dilshod uni nima deb ovutishni ham bilmasdi, nima deb ovutsin? unga yupanch bo'ladigan gap topa olish mumkinki shu xolatda?

yigitcha qizning yelkasidan o'ng qo'lini o'tqazidi-da sekin bag'riga tordi

-bo'ldi, yig'lamang! bu kunlar ham o'tib ketadi, nasib qilsa bu kunlarni ko'rmagandek bo'lib ketasiz dedi qizga yupanch bo'ladigan mehribon bir ohangda.

ular mana shu zaylda 4-5 daqiqacha turishdi, qiz biroz sergaklanib yigitning qo'ynidan chiqdi.

-endi gap bundoq, mani ism Dilshod 93 yilaman yoshim 24 da, hali uylanmaganman agar xohlasangiz sizga biroz yordam berman

-qanaqa yordam

dedi qiz ko'zlarini yoshlarini artarkan

-mani ham kvartiram bor bu yerdan biroz uzoqroqda, baribir hech kim yashamayandi hozir, o'sha yoqqa boramiz u yerda biroz yashab turasiz keyin esa sizga birorta ish topib berarman xo'pmi?

qiz nima qilishni bilmay qolgandi, rozi bo'lay desa umrida birinchi marotaba ko'rib turgan insoni, balki aldab uni

qayoqlargadir olib ketar, bormay desa bu yerda axvol bunaqa har kecha har hil erkakni ko'nglini xushlashi kerak, eeee nima bo'lsa bo'ldi bu yerda qolgandan ko'ra o'lganim yaxshi dedi-yu juda ham aokin ovozda

-mani aldamismi Dilshod ako

-iya, nega aldar ekanman? desi ko'zlari quvnab.

-agar aldasez uvolinga qolasiz aytib qo'yay dedi qiz ko'zlarini pirpiratib

-nega ishonmidi-a? bu qiz aldaganimda shunpaytgacha bu yerda og'zingizga tikilib o'tirarmidim? bo'ling tezroq oladigan narsalaringizni oling-da, tezroq safar tadorigini ko'ring.

-Gulnoza oyiga aytib ketmaymizmi? dedi qiz soddalik bilan

-jinnimisiz u ayolni qo'liga tushgan qizlar qanday axvolga tushishini bilmaysizda siz, mayli bu keyingi masala avval siz tezroq oladigan narsalaringizni oling

-oladigan hech narsam yo'q, bu yerga hech vaqosiz kelganman

-unday bo'lsa juda soz qani yuring kettik mani moshinamda ketamiz...

Qiz nima uchun hu bolaga ishonib orqasidan ketayotganini-yu, Dilshod nega bu qizga bunchalar mehribonchilik qilayotganini hech tushuna olmasdi.

Bu taqdirmikan yoki shunchaki tasodif, tashqarida yomg'ir chelaklab quyayabdi.

ikkovlari mashinaga o'tirishdi to Dilshod o'zining kvartirasiga yetib kelmaguncha qizga bir og'iz ham gapirmadi.

-ana yetdik, mana shu domda 4 etaj to'g'ri uy juda ham saramjon emas lekin yasshasa bo'ladi.

Dilshod qizni kvartiraga joylashtirdi, unga biroz eskiroq bo'lsa ham bir telefon berdi-da hol ahvolizdan habar olib turaman eshikni hech kimga ochmang agar biror narsa kerak bo'lsa manga tel qilasiz no'merimni mana bu telefonga saqlab qo'ydim deb qo'lidagi telefonni tutqazdi...

ertasi kuni Dilshod ro'zg'or un kerakli buyumlar, oziq-ovqat va shunga o'xshash kerakli narsalarni olib Shahnozaning xolidan xabar olgani bordi, eshik yoniga borib tel qildi telefondan shu qadar mayin ba yoqimli ovoz eshitildiki Yigitchani butun vujudini allaqanday begona hislarlar qamrab olgandek bo'ldi.

-man, man keldim eshikni oching Shahnoz

-aha, xo'p bo'ladi, mana ochyapman.

Shahnoza eshikni ochdi-yu Dilshod uni ko'rib hayratdan qotib qoldi, endi qizning ko'zlarida unuman mayuslik yo'q, qarshisida kulib turgan qizning jamoliga qafagan inson ko'zlari hira tortib yana qaragisi kelaveradi har qanday erkakni aqldan ozdiradigan uzun tim qora sochlari, kulganda jimittakina bo'lib ko'rinadigan o'ng yanog'idagi xoli hamma xammasi yigitchani aqlimi olgandi.

-iya, nega kstonada turib qoldiz Dilshod ako, kiring ichkariga, qo'lingizdagilar og'irdir, nima qilib ovora bo'lib yuribsiz keling yordamlashaman deb yigitning qo'lidagi sumkalardan birini oldi. Dilshod ichkariga kirarkan ivirsib ketgan, narsalar betartib har yoqqa sochilib yotgan uydan asar ham topa olmadi, hamma yoq yeg'ishtirilgan, sarishta, hamma yoq chinnidek yaltilaydi...

-ehe, shuncha ishlarni bir o'zizi qildizmi? nima qilardiz o'zingizni qiynab? biroz o'zingizga kelib oling jeyin ish qilish ham qochib ketmas

-birov sizga mani kasal deb ayttimi? man soppa sog'manku, undan keyin qiz bola bo'lib turib uylar to'zib yotsa to'g'ri kelmas, dedi qiz Dilshod olib kelgan narsalarni oshxonaga joylarkan.

-iya tuxum ham olib keldingizmi? hoz man sizga ajoyib quumoq pishirib beraman dedi bolalarcha beg'uborlik bilan.

zum o'tmasdan qiz oshxonaga dasturxon tuzadi, quymoq va yana allaqanday ajabsanda taomlardan pishirib olib keldi. Dilshod u pishirgan taomlarni shu qadar ishtaxa bilan yediki bu xolatdan o'zi ham hayratd edi, ovqatlanib bo'lgandan so'ng Dilshod uyning qolgan joylarini yeg'ishtirishga yordam berdi, yotoqxonadagi ortiqcha mebellarni mehmonxonaga olib chiqdi, mehmonxonadagi stullarni oshxonaga toshidi, buzilib qolgan dazmolni tuzataman deb tok bilan ham zaryadlanib oldi, hammomdagi ishlamayotgan issiq suv kranini tuzataman deb sal qolsa butun kvartirani suv ostida qoldirayozdi xullas kechgacha uyni ko'ngildagidek qilib chiqdi-yu o'zi ham o'lardek charchadi. Kechqurungi ovqatdan so'ng ikkovlari televizor ko'rish uchun mehmonxonaga chiqishdi Dilshod man xoz deya qayoqdandir bir dunyo popkorn olib keldi.

televizor ko'rib popokorn yeganni gashti o'zgacha bo'ladi-da, ular allamahalgacha televizor ko'rib o'tirishdi, keyin Dilshod qizni sekin gapga sola boshladi birinchi kuni mandan begonasirayotgan edingiz, mana endi oradan begonalik ham birozgina bo'lsa-da uzoqlashdi. Endi nima bo'lganini aytib berarsiz balki.

-mayli, lekin bu juda ham uzun hikoya, dedi qiz mayuslik bilan.

-mayli, qancha uzun bo'lsa ham eshitaverman.

Shahnoza esa bir boshidan boshidan kechirganlarini oqizmay tomizmay so'zlab bersi, o'gay onasi va Dastonning qilmishlari, qaynonasining tuxmatlari, otasiga yetarlicha e'tibor berilmagani va shu sababli axvoli kundan kunga og'irlashib borganini hamma hammasini gapirib berarkan qizning ko'zlari beixtiyor yoshlana boshladi, Dilshod esa uni yupatib bu kunlarning hali hammasi o'tib ketishini, hali Daston ham qilgan barcha ishlari uchun javob berishini takidlab qizga ancha dalda berdi. Endi U qizga o'zgacha mehr bilan boqa boshladi, u kundan kunga qizga ipsiz bog'lana boshlagandi, uning suhabatisiz o'tkan kuni unga zerikarli tuyuladigan bo'lib qolgandi oradan bir qancha vaqt o'tdi bu orada qiz bir tikuvchilik sexiga ishga ham kirib oldi, endi u avvalgi uquvsiz Shahnoza emasdi endi u tamomila o'zgargandi o'ziga bo'lgan ishonchi kundan kunga oshib borardi, kundan kunga ochilib xusniga xusn qo'shilib borardi, uki ko'rganlar bir marta turmush qurgan qiz demasdi, bu yoqda Dilshod ham avvalgi salbiy odatlarini tashlagandi endi u umuman har-xil yeg'ilishlarga qo'shilmas, kechalri diskotekaga borib yarim tungacha sang'imas, hattoki sinfdoshlariga ham kamdan kam qo'shilardi. U vaqt bo'ldi deguncha Shahnoza bilan gaplashishga urinardi. Qiz ham Dilshodga tobora o'rganib uning yuragida ham bir paytlar yo'q bo'lib ketgan tuyg'uni qaytdan uyg'otib yuborgandi garchand qiz "man sizga mos emasman, munosabatlarimiz bu qadar jddiy tus olmasin," deyishiga qaramasdan Dilshod baribir undan ko'ngil uzib ketolmasdi.

oradan bir qancha vaqt o'tdi qilichini yalong'ochlab qosh ham kirib keldi, bu safargi wish kuda ham ajib bir holatda keldi dekabrning ilk kunlaridanoq qor yog'di, ilk qor baribir boshqacha bo'ladi, maktab bolalar sinfdosh qizlarini qor bo'ron qiladimiyey, kimdir sevgan qiziga qorxat yozadi kimdir do'stiga qorxat yozadi hullas hamma birinchi qordan foydalanib jimaldir qilishga harakat qiladi shu asnoda Shahnozaning telefoniga bir sms kelib tushdi Sms da quydagi habar bor edi:

Dunyoda baland bir tog' bor deb eshitganman xuratingiz mana shu tog'dek baland bo'lsin, mana shu tog'ning yonida juda ham uzzzzzuuuun yo'l bor deyishadi umringiz mana shu yo'ldek uzun bo'lsin, mana shu yo'lning ikki chetida son-sanoqsiz archalar bilan to'lgan archazorlar bor ekan savobingiz ham mana shu archalar singari ko'p bo'lsin, mana shu tog'ning etagida sof va musaffo buloq bormish qalbingiz mana shu buloqdek sof va toza bo'lsin birinhi qor bilan baxtimga doiomo sog' va omon bo'ling AZIZIM!

Shahnoza bu Smsni o'qib yuragi qalqib ketdi, uning vujudini allaqanday iliwlik qamrab olib shirin hayollarga berilib qoldi va javob xabarimi yozishga chog'landi biroq nima deb javob yozishga hayron edi va sher yozmoqchi bo'ldi

Sevgilim Sir Saqlab Sevardim Sizni,

Sog'inch Sinovida Sinardim Sizni.

Sevgim Sababini So'ylayin Sizga,

Sevgingiz Sovg'adir Sevgilingizga.

Sizga ham birinchi qor muborak bo'lsin, siz ham oila a'zolaringizni baxtiga doiomo sog' va salomat bo'ling, barcha qilgan yaxshiliklaringiz un mingdan ming rahmat Dilshod aka!!!

Dilshod Smsni o'qidi-yu jek pot yutgan odamdek zursand bo'lib ketdi, xursandchilgi ichiga sig'masdan raqsga tushvorgisi kelardi.

U shoshilib tashqariga chiqdi, tashqarida hamon laylak qor guppilab urayotibdi, osmondan quvlashmachoq o'ynagandek bir birini quvib tushayotgan oppoq qorlar zum o'tmay yerga oppoq gilam misoli to'shalardi, Qor beg'uborlik, soflik va musaffokik ramzi, qor dildagi ginalarni, g'am g'ussalrni unutilishiga yordam beradi, xozir ham tabiat ana shunday xodiasani boshidan kehirmoqda oppoq qor tabiatdahi barcha ifloslikalrni yuvib, butun zaminni oqlikka burkayapti, qiziq xozir Shahnoza ham mana shunday manzarani guvohi bo'lyabdimikan, yo'q dedi yana o'ziga o'zi u xozir ishda man borib uni mana shunday go'zallikdan bahramand qilmasam ko'nglim joyiga tushmidi!

Dilshod mashinasiga o'tirib qizning ishxonasi tokon yeldirdi, ishxona eshigidan kirib borarkan qoravulning "xoy, qayoqqa? bu yoqqa mumkin emas" degan gaplariga ham parvo qilmasdan sexning tikuvchilik xonasiga kirib bordi, xonada hamma ayollar kimdir nimalarnidir tikyabdi, yana kimdir mashinasiga ip o'rnatyapti, bir chekada O'tirgan Shahnoza oynadan tashqariga mayus nigohlari bilan boqib shirin hayollar bilan o'tirardi, Xonaga begona erkak kirganimi ko'rgan qyollar qiy-chuvni avjiga chiqarishdi

kimdir "bu kelishgan bola qaysi omadi kulgan qizni oldiga keldikan?" desa yana kimdur " tashqaridahi anu oq Malibu shu yigitchanikimakan?" derdi yana allakim "ha, mani ham shunaqa mashinasi bor yigitim bo'lganda jon derdim" deydi...

Bu xolatdan Dilshod g'alati xolatga tushib qoldi, Shahnoza yigitni ko'rib yuzi duv qizarib ketdi, nima qilishni bilmay o'tirgan stulidan tobora pastga sirg'anib tushaberdi. Buni ko'rib Dilshodning ham qoni jo'shib ketdi.

sekin astalik bilan qizning oldiga yurib boraverdi, qizga yaqinlashgani sari Shahnozaning rangi qizarib stuldan pastga qarab sho'ng'iyverdi.

Yigit qizning oldiga borib uni bilagidan ushlab turg'azdi-da,

-yuring sayr qilib kelamiz, bu yerda o'tirib zerikib ham ketgandirsiz dedi allaqanday shijoatli ovoz bilan:

Qiz ham bir so'z demasdan yigitning irqasidan ergashdi ana qiy-chuv, ana qarsak "birov yashabor o'g'il bola, haqiqiy yigit shunaqa bo'ladi" desa yana kimdir "voy, Shanoz, tushmagurey, bu pismiq zimdan ish qiladiganlar xilidan ekanku-a?" derdi yana kimdur "uyalmasdan shu yergacha kelibdi, xozirgi yoshlarga ham hayronsan," deb zamonni yominlab ketdi, ikkovini qo'l ushlashib kelayotganini ko'rgan qorovul ham ularga ortiqcha gap gapirmadi, "omading bor ekan yigitcha, shunday qizni ilintirib olibsan, baxtli bo'linglar qo'ldan chiqarmagin" deb qo'ya qoldi.

ikkovlari mashina oldiga kelganda qiz arazlagan bo'lib lablarini burib gap boshladi:

-o'ling, uyatdan o'ldirdingizkuu, bir marta tel qilganingizda o'zim chiqib turardim shu yerga, endi ko'rasiz gap so'zlarni.

-men, gap-so'zlardan qo'rqmayman agar qo'rqqanimda siz bilan bu yerda turmasdim deb qizning qo'llarini mahkam siqdi, qiz uyalganidanmi hayo qilganidanmi darov gapni bishqa yoqqa burib yubordi

-voybuuuuu, qaren

Boshqa hikoyalar