tungi.ru

Hiyonat

Uyga

qaytganimda, ayolim kechki

ovqatga dasturhon

tuzayotgan ekan. Uni qo'lidan

tutib yonimga o'tkazdim

va jiddiy gapim borligini aytdim.

U jim o'tirib meni

tinglardi.Nafasimni rostlab

keyingi kunlarda ichimda

o'ylab yurganlarimni shart

aytdim qo'ydim: - Sen bilan

ajrashmoqchiman? Uni bu

so'zlarim hayratga

solmadi va u sokinlik bilan, nega

deb sababini

so'radi.Javobdan o'zimni olib

qochdim, unga bu

harakatim yoqmadi. Nima deb

aytishim kerak edi?

Hotinimni sevmay qo'yganimga

ancha bo'lgan. Hozir

ko'nglim butkul Dilraboga

tegishli.Ertasi kuni ishdan

qaytganimda, hotinim

nimalarnidir yozib o'tirgan

ekan.Indamay kirib yotdim,

Dilrabo bilan o'tgan kunim

taassurotlarini o'ylab, shirin

uyquga ketdim. Ertalab

ayolim qo'limga bir parcha

qog'oz tutqazdi.Unda bir

shart yozilgan edi. U men bilan

ajrashishga qarshilik

qilmasligini va evaziga bir oy

muddat so'ragan edi.Shu bir oyni

baxtli oiladek o'tkazishimizni

iltimos

qildi.Sababini oddiygina

tushuntirdi.Yaqinda

o'g'ilchamiz maktabga borishi

kerak edi. Yomon

taassurotlar bilan o'qishni

boshlashini xohlamasdi.Men

rozi bo'ldim. Uning yana bitta

kichkinagina sharti bor

edi.Turmushimizning ilk oyidek

uni har tongda uy ichidan

qo'limda ko'tarib eshik oldigacha

olib

chiqishimni so'radi.Ayolim

ajrashish oldidan aqldan

ozibdi, degan hayol keldiyu

indamadim.Shu bilan

qutulsam mayli.Meni yana o'ziga

isitib oladi desam,

ayolimga nisbatan xohish

istagim ham yo'q edi.Bir oy

begonani ko'tarib yurgandek

ko'tarib yurarman. Birinchi kun

g'alati o'tdi. O'g'lim bizni ko'rib,

qiyqirib

yubordi:

-Dada nega oyimni ko'tarib

oldiz? Hotinim ajrashish

haqida gapirmasligimni iltimos

qilganligi uchun jilmayib

qo'ya qoldim.Har tong shunday

o'ta boshladi.Har safar

ayolimni qo'limga olar ekanman,

qandaydir iliqlik paydo

bo'layotgandek tuyulardi.Men

o'zimni boshqasini

sevaman deb

ishontirardim.Dilraboni oldiga

oshiqardim.

Bir oy bo'lishiga ikki kun

qolganda, hotinim qandaydir

yengillik bilan qo'llarimda o'zini

topshirdi.Qo'llari bilan

bo'ynimdan quchib,boshini

yelkamga qo'ydi.Orqadan

bizni kuzatayotgan o'g'limizni

chaqirib, yuzidan o'pib

qo' ydi.Biz haqiqatdan baxtli

oiladek edik. Men ayolimni har

kungidan ham mahkamroq

ko'tarib olgandim.Huddi

nikoh kunimizdagidek.

Ishxonamga uchib kirdim.

Hoziroq borib hammasini hal

qilaman. Qarshimdan chiqqan

Dilraboga borini aytdim.

- Men seni sevmayman.Hotinim

bilan

ajrashmayman.Uning javobi

yuzimga tushgan tarsaki

edi.Yig'lab xonasiga qulflanib

oldi. Men esa yugurib

ko'chaga chiqdim va toza

havodan to'yib nafas ola

boshladim. Go'yoki sevib qolgan

o'spirindek.Yo'l - yo'lakay bitta

tort va katta guldasta oldim.Meni

yana

oilasiga qaytara olgani uchun

ayolimdan minnatdor

edim. Urush - janjalsiz, chiroyli

yechim topganiga, uni

butun umr qo'limda ko'tarib

yurishimga arziydi.

Yotoqxonamizga qayta tug'ilgan

sevgi qanotlarida uchib

kirdim.Ayolim meni

kutmabdi.Ishdan qatgunimcha

joni uzilgan ekan. Men ko'zi ko'r

shuncha oydan beri

oilamdan uzoqlashib, ayolimni

saraton kasaliga duchor

bo'lganini sezmabman ham.U

ham befarq eriga dardini

aytgisi kelmagan.Uning so'nggi

iltimosining maqsadi

esa farzandimiz ko'z oldida, men

o'z ayoli va oilasini

tashlab ketgan odam sifatida

emas, balki sevuvchi er va ota

sifatida qolishimni istagan ekan.

Hattoki,

ketayotganida ham yaqinlari

uchun harakat qilibdi!!

Hayotda pul, mashina va uy olish

g'amida yuramiz, biroq

bu tashvishlarni deb,

yaqinlarimiz bilan

munosabatlarni

unutmasligimiz kerak. Hech kim

abadiy emas, kim oldin, kim

keyin

ketadi.Armonda qolmaylik azizlar.

Boshqa hikoyalar