tungi.ru

Taqdir tuxfasi...

Taqdir tuxfasi...

Oy osmonda yolg`iz qolgan. Shavqatsiz qora bulutlar uning yuziga soya solgan. Qandaydur o`zgacha sirli tun, atrof sokin. Borliq, butun shahar shirin uyquda. Faqat shahar chetida birgina uyning chirog`i o`chmagan. Hali beri o`chmasa ham kerak. Chunki bugun bu uyga shaharning eng oldi, ikkita dastyorlarni hisobga olmaganda taxminan o`nga yaqin qimorvoz to`plangan. Peshinda boshlangan o`yin hali hamon davom etmoqda. Hozirga kelib stol atrofida to`rt kishi qolgan. Qumor tilida aytganda KUZURlari...

Birini ismi Azim Tojik millatiga mansub, 40 yoshlar atrofidagi, qorachadan kelgan, yigit. Laqabi Tojik...

``Tojikdan do`sting bo`lsa yoningda oyboltang bo`lsin!``

Bu maqolni asil manosini tushunmaydimi, yoki..! Lekin uning o`zi ulfatlari davrasida tez-tez takidlab turadi. Bu bilan o`zini hafli odam ekanligini bildirmoqchi bo`ladi chog`i...

Azimning qarshisida o`tirgan, yoshi 60 ga yetgan, taqir bosh, meshqorinni ismi Elqo`zi. Bazi ulfatlari unga ``Elqo`zi`` emas ``Qo`zi, Qo`zi aka`` deb murojat qilganda, uni jaxli chiqib ketadi. Buday paytlarda esa qizil qalampirday qizil tusga kirib achchiq, zardali qilib gapiradi. Shunga bo`lsa kerak u QALAMPIR deb laqab olgan...

Qalampirning o`ng tomonidagi balant bo`ylik, kelishgan, mushaklari o`ziga yarashgan 25 yoshli yigitning ismi Rustam...

Rustam ota-onasiz bolalar uyida o`sgan, ko`cha ko`rib katta bo`lgan. Juda o`ziga ishongan, bir yomon odati bor!

Kattani hurmat qilish degan tushuncha unga begona. Birgina shiyori:

``Faqat Ollohdan qo`rqaman, boshqasi hechkim!``

Yosh bo`lishiga qaramay, qumor o`ynashni hadisini olgan. Shu yo`l bilan keragidanda ortiq boylik to`plagan.

Bu bo`ydoq yigit katta-katta yeg`inlarda o`z so`zini aytgan, qartada mana-man degan ustasi faranglarini ham terisini shilib olganlardan. Shunga yarasha laqabi bor ``NAHANG`` juda omadli yigit.

Rustamga yo`parama-yo`para o`tirga, soqol mo`ylovli, 50 yoshlar atrofidagi, ikki gapni birida, tilidan Allohni nomini qo`ymaydigan, muloyim supurguning ismi Mo`min...

Bu chala mullaning qartadosh oshnalaridan ko`ra laqablari bir necha ko`proq:

``Mulla Mo`min, Domla, Pismiq!``...

Bu to`rt ovlonni o`yini diqqat bilan kuzatib, chilim tortayotgan yani bir e`tiborli shahs o`tiribdi.

``DANAK`` laqabli Mirzaboy, aslida o`yinni tashkil qilgan shu, biroq bu safar omadi uncha chopmay, o`yinni erta yakunladi...

Qolganlar esa mayda-mayda, bugun omadi chopmagan qumorvozlar...

O`yinni esa shiddati baland. O`rtaga tikilgan pul juda katta, bu pulga bitta yaxshigina kivartira yoki inomarka mashina sotib olish mumkun. Shunga yarasha asablar ham rosa tortilgan. Azim bilan Rustam, buni bildirmaslik uchun segaretalarini buluqsiratyabdi. Qalampir esa, ahyon-ahyonda patnis ko`targan yigitni imlab chaqirib, yanada qizarib bo`zarib, qultumlab aroq yutib, gazak chaynayabdi.

Domlani esa qo`lidagi qarta kattami, o`zini xotirjam tutishga harakat qilyabdi. Odatiga bioan ``Ollohga shukur, o`zinga shukur!`` deya g`udurlab qo`ymoqda...

- Mandan ketdi! -Rustam, segaretini chuqur tortib tepaga purkadi. - O`tasanmi oybolta? -o`z uslubida Azimga gapirdi. Albatta Azimga bu o`zidan ancha kichik bo`lgan yigitcha, bey-hurmat qilayotgani yoqmadi. Ammo puli borni zamoni bo`lgan jamiyatda, yosh bo`lsada katta qudrat egasi bo`lgan yigitga, bir gap aytishga jurati yetarmidi.

Labidagi segaretni olmagan xolda qartasiga termuldi. Segaretni tutuni ko`zini achishtirib, bir ko`zini qisgan holda Rustamga bir g`ijinib qarab oldida:

- Pass..! -deb qartani stol ustiga urdi.

- Domla o`tasizmi?

- Hudo xolasa bizam o`tdik! - dedi, domla biroz dovni oshirib.

Qalampir ham ko`p o`ylanib o`tirmay, bir tahlamni o`rtaga tashladi.

- Mendan ikki hissa! -dedi Rustam Qalampirni cho`chitib qo`ymoqchiday unga bir ishshayib qo`ydi.

- Hudo xolasa bizdan ham ikki hissa..! -Mulla Mo`min ham bo`sh kelmay ikkita tahlamni o`rtaga tashladi. Hammangga ko`rsatib qo`yaman deganday Rustam bilan Qalampirga bir-bir qarab soqolini silab ham qo`ydi.

Qalampir sergak torttib qoldi.

- Pass..!

Ikkisini qo`li katta ekanligini tushunganday, o`z vaqtida o`yindan chiqishni maqul kurdi.

- Ho`sh Domla ochadilarmi?

Mo`min yo`q manosida bosh qimirlatib tebrandi.

- Ketdi mendan Domla,

Shu asnoda biroz o`tishlardan keyin Rustam kutulmaganda dovni hatdan ziyot oshirib tashladi.

Lekin bugun Mo`minni ham bo`sh keladigan kuni emas u pinagini ham buzmadi. Oz-moz bu yigitchani o`yin uslibidan xabari bor. Ko`pda tavalkalchi, bola bazida raqibni cho`chitish uchun katta dov o`tadi. Shularni o`ylagan, Mo`min, yigitchani o`zini uslubi bilan to`riga tushurishni maqsad qildi va borini o`rtaga tashladi. Ammo Rustamga baxo berishga biroz adashdi. Rustam, Mo`minni chaqnab turgan ko`zlariga bir muddat termulib turdi, so`ngra yangi, segaretasiga o`t yoqdi. Asablarni sinovdan o`tqazayotganday, atayin vaqtni biroz cho`zdi. Hammani ko`zi esa Rustamda!

Miyg`ida kulib qo`yib, sumkadagi bor pulini stol ustiga qo`ydi.

- Mana to`rtta, manabu bizi toychog`ni kaliti! -yangi Mersedesni kalitini stol ustiga tashladi. Buyam kamday uch xonali kivartirasini kalitini yoniga qo`yib qo`ydi.

Mulla bunaqasini kutmagan edi. Baxtiga qo`lidagi qarta bilan, uncha bunchasini cho`chitishiga ishonchi komil.

Qolganini qarzga davom ettirish, maqsadida yon atrofga qaradi. Bunday paytda kimham qarz berardi...

Skunat uzoq cho`zilib ketgandi.

- Domla ko`p o`ylanmang, - Rustam o`z uslubida, hayajonda ekanini bildirib, stol yuzasiga chera boshladi.

- Rustamboy inim qorzga...

Rustam ko`rsatkich barmog`ini ko`tarib, yo`q deganday qimirlatdi.

- Mo`min aka uyizni tiking! -dedi chetda o`tirganlardan biri. Mo`min shosha-pish kalitni stol ustiga qo`ydi.

- Domla ahmoqqa o`xshaymanmi? -Rustam segaretni tortdida Mo`minni yuzga purkadi. - O`zing ijarada o`tirasanu!

Mo`min nayrangi ish bermaganida sarosimalana boshladi.

Atrofda kulgu ovozlari eshitildi:

``Mulla ayyorlik qilyabdi!, Mullayam bo`sh keladiganlardan emas!``

Hazil - chin aralash gaplar bilan Mo`minga bosim o`tqaza boshladilar.

- Mulla o`zizni tiking! -dedi chetdagi malla sochli naynov. Bey o`xshov hiringlab. Mamat ismli yigit bir ikki yildan buyon Rustamni o`ng qo`liga aylanib olgan.

- Pismiqni nima qilaman? Cho`talga berib yuborishga ham arzimaydiku! -Rustam qovog`ini uyib Mansur tomonga qaradi. Tilini tiy deganday ishora qildi.

- Rustam! O`zindan kattalarni hurmat qilsang bo`lardi. Bu nima cho`talga arzimaydi..?

Mo`minboy har holda otang tengi odam, -nasihat qildi, o`ziham bir necha bor Rustamni shunday momilasiga uchragan Qalampir, Mullani yonini olib.

- Meni otam, meni yoshimga ham kirmagan... -Rustam kuldi. - Otaxon sizga mas menga nasihat qilish. Borib xo`o` bolayzga qilasiz!

- Ha endi ukam, insonni o`z tili o`z boshiga yetadi...

- Unda tilizni teging otaxon! -dedi Rustam.

Qalampir shu topda shunday o`qraydi-ki, xozir imkon bo`lganda Rustamni o`ldirib qo`yishga tayyordey.

Mirzaboy chilimni qattiq, qulduratib hammani etiborini o`ziga o`ziga qaratdi.

- Bo`ldi, o`yinni davom ettirilar!

Bu aytishuv janjalga aylanib ketmasligini oldini oldi.

Rustam yana Mo`minga termuldi.

- Qizimni... Qizimni tikaman!!! -nihoyat mulla tilga kirdi.

- Yo`q faqat pul..! -dedi Rustam.

- Rustam rozi bo`l... Mullani qizi zo`r narsa-da! -dedi Mamat, Rustamni o`yinni davom etirishga undadi.

Rustam bir buni istar istamas bo`lib, Mamatga, bir Mullaga qarab oldida, rozi ekanligini bildirdi.

Mo`min qizini tikib xato qilayotganini tushunsada. Ayni damda bu xaqida o`ylashni istamasdi. Qumorni ohangrabosi unini erkalab og`ushida allalayotgandi. Butun ongu shuvuri, hozirda yutub olajak katta boylikda edi.

- Qizim bilan ochdim... -dedi pastda ochilib qo`yilgan Shahzoda Valet qarg`a ustiga, Qirolicha Dama qarg`ani qo`ydi. - Mana bu yigitchani qoraqosh buvilari bo`ladi. Mana bu esa bobolari! -deb ularni ustiga Kirol qarg`ani qo`ydi! -Bu yerda nima ekan? -deb uchunchi kartani ochdi. - Iya tuz qarg`aku, demak bizda 32! -dedi Mo`min xursandligida biroz o`ziga erk berib.

Rustam esa yengilgina ``uh`` tortib, boshini egib qartasiga termuldi. U xozir bor narsasidan ayrildi. U afsus qilayotganini shundoqqina yuz ifodasidan anglab olish mumkun. Domla Rustamni xolatini ko`rib bundan zavq olmoqda. U ayni damda o`z vaqtida qilgan qarori to`g`ri ekanidan mamnun. Qizini tikib to`g`ri yo`l tutib, katta Nahangni to`rga tushurgan baliqchiday shod...

Tabiyatan qancha bosiq inson bo`lmasin, ayni paytda o`zini idora qilolmay, hiringlab kula boshlagan edi. Allaqachon pullarni qanday sarflash, ertadan dang`illama, kivartirada yashab, Mersedes mashinada yurishi bir-bir xayolidan o`tmoqda.

Ammo... Ammo... Rustamni istehzo bilan:

- O`tirib qo`ydiz! -deb kulgan, kulgu ovozi. Mullani hayol olamidan uloqtirb yuborganday, ko`z oldida namoyon bo`lgan baxtli xayot manzaralari sarobday g`oyib bo`ldi.

Barcha bir varakayiga kulib yuborgandi. Hammalari Rustamning aktiyorlik mahoratiga tan berib kulayotgan edilar.

Stol ustida esa, uch dona bir hil harfli, Tuzlar saf tuzishgandi.

Mulla Mo`minni boshiga durzu bilan urganu, boshi vang, qulog`lar kar bo`lib qolgan. Hozirda karah holatga tushhb qolgandi.

Ko`zi oldidan, xotini Salima, undan qolgan yodgori, yolg`iz qizini butun bir bolagi uning sho`hliklariyu, arazlar hamma hammasi kinotasma singari ko`zi oldidan o`tardi. Titrayotgan lablaridan esa pichirlagancha,

``QIZIM-QIZGINAM!`` degan sas chiqardi...

``Mo`minboy qarg`alarizni minib uyizga uchung, Rustamni yutug`ini olib keling!`` degan so`zlar domlani xushiga keltirdi. Qaltiroyotgan qo`llarini stol ustiga urar ekan.

- Sen... Senlar meni aldadilaring, menga g`irrom ishlatding! -dedi. Garchi g`irromlik bo`lmaganini bilsada, bunga ishonishni istamasdi. - Senlar bir bo`lib meni aldadinglar...

Uning bu gapi keyin, kulgular bir zumda to`xtab, kulgular o`rni haqoratlar egalladi.

Bu gap avvalo o`yinni tashkillashtirgan, uy egasi Mirzaboyga tegib ketdi...

- Pirmiq! Seni kim chaqirib keldi? Senga kim qarta o`ynasin dedi? Kim qizini tik dedi? He onangni... seni!

Mo`minni ko`zi namlandi, ovozi hirraladi.

- Rustambek inim... Hudo yorlaqasin sizni qizimni qaytaring.

- Domla avval qizingni olib kel, keyin ber deb so`ra? Rustam yana istehzo bilan kuldi.

- Mo`min ketingga siyma, nima qumorni qoydasini unutib qo`ydingmi? Mirzaboy yana qozi-kalonlik vazifasini o`z bo`yniga oldi.

- Unutmadim Mirzaboy!

- Unda nega hiralik qilasan? Sen yutganingda indamay olarding, Rustam esa xonavayron bo`lardi!

- Hudo xaqqi, men qaytarib berardim, ishoning Rustam inimga qaytarardim!

- Mo`min... Pismiq... Sendek dindi niqob qilgan chala mullalarni tilini kesish kerak, - Mirzaboy gapini maqullaydiganlar bormikin deb atrofga bir qarab oldi. - Bor uying, aytilgan narsani olib kel. Bo`lmasa yigitlarni jo`nataman!

Mo`minni ko`zyoshlari soqoli ustiga tomchilay boshladi. Rustamni qo`llarini mahkam ushlab oldi.

- Inim bir tantilik qiling o`timan... -deyarli tizzalarini yerga qo`yib o`tindi. G`ururni chetga surib, qilgan xatosini tuzatishga chiranib.

Rustam Mo`minni achinarli qiyofasiga qarab, ko`ngli yumshab ketdi.

- Mayli sazang o`lmasin, yana bir qo`l o`ynaylik. Yutsang qizing o`zinga, yutqazsang unda taqdiringdan ko`r.

- Roziman... Roziman... -dedi Mo`min hiqqilab.

Rustam patnis ko`targan yigitga ishora qildi.

Yagit esa tezda hali ochilmagan, yangi qarta olib kelib Rustamga uzatdi...

- Domlaga ber, o`zi chiylasin. Yana g`irrom o`ynading deb yig`lab o`tirmasin! -Rustam mazah qilib kuldi...

Mo`min qo`llari qaltirayotgan bo`lsada, bir amallab qartani chiyladi.

Hona uzra skunat, faqat bo`g`ilib, hiqqillab nafas olayotgan Mo`minning yutungan tovushi, pichirlagancha tangiridan madat so`ragan ovozi eshitilardi xolos.

Barmoqlari bilan qartalarni surar ekan, peshonasida yarqiragan sovuq terni artib oldi.

- Menda 21! -dedi qartalarni stol ustiga ohista qo`yib.

Endi qartalarni ochish navbati, Rustamga keldi. U ham erinmay bitta-bitta ochib ko`rdi va qah-qah urib kulib yubordi...

- Mo`mintoy... Bugun yutuqlar menki bo`lishini taqdirni o`zi istayabdi. Mana qara, bu uch qizga! -Rustam uchta qarta qirolichalarini Mo`minni oldiga tashladi. - To`rtinchisini sen olib kelasan!

Chindanda Rustam omadli yigit yoki bu taqdir bitigi...

Bu safar Mo`min peshonasiga mushlagnch, biroz ko`z yoshlarini yashirib yig`lab oldi-da, o`rnidan turib oyog`ini sudraguday bo`lib tashqariga chiqib ketdi.

- Borlaring, ortidan! Fikridan qaytsa qizni o`zlaring olib kelasanlar! -dedi Mirzaboy barvasta yigitlariga buyruq ohangida. - Biz ham ko`rib qo`yaylik Mulla Mo`minni xurluqo qizini... - xo-xolab kuldi.

O`yin esa yana davom etdi, endi uch kishi qolishdi. Chamasi yana ikki soatlar davom etgan o`yinda Rustamni qo`li balan keldi. Yaxshigina yutuq, barcha raqibni yer tishladi, bu kecha Rustamni omadli kuni bo`ldi...

Keyingi o`yin qachon, qayerda va qay vaqtda bo`lishini o`zoro maslahatlashib kelishib olishganlaridan so`ng, tarqalish uchun endi o`rnilaridan turgan edilar. Shu paytda xonaga Mo`min qizini yetaklab keldi. Hamma yana qaytib o`rniga o`tirdi...

Xona o`rtasida turgan qiz katta-katta joydirgan ko`zlari bilan, o`ziga qarab turgan sovuq nigohlarga bir bir qarab oldi. Otasi nima uchun uni shuncha erkak orasiga olib kelgani, bu yer qanday joy, o`zi nimga keliganliklarini tushunmasdi. Izoh kutib otasiga qaradi, Mo`min esa, qiziga orqa qilib olgancha, stolda ichilmay qolgan aroqlardan piyolaga quyib, bir nech qultumini achchiq alam bilan yutardi...

- Aytmabmidim Mullani qizi zo`r narsa deb! Omadlisan ukam-omadlisan! - Ma`matni kulgu ovozi skunatni buzib yubordi. Qolganlar ham Rustamni tabriklay boshladilar...

Qiz esa hali hamon nima bo`layotganini tushunmas, nigohlarini otasiga qadardi. Otasini esa yelkalari tez-tez silkinayotgani hech kim sezmasdi.

- Sen rostdanam Mo`minni qizimisan?

Qiz ovoz kelgan tomonga qaradi va boshini sal qimirlatib tastiqladi.

- Endi sen, mana-bu yigitga tegishlisan, - Mirzaboy Rustamga ishora qildi.

Qiz ``tegishli`` iborasi nima uchun ishlatilayotganiga umuman tushunmadi.

- Mo`min senga aytmadimi?

Qiz endi Rustam o`tirgan tomonga qaradi.

- Mo`min seni qartada yutqazdi...

Qiz ustidan muzdek suv quyib yuborganday, bir seskanib ketdi. Oyoq qo`llari jonsizlanayotganday muzlay boshladi. O`zini arang ushlab turgan qiz, bu kishining gaplariga ishonmay otasi tomonga qaradi.

- Daa-da... Daa-dajon..! -dedi ovozi titrab ko`zlari namlanib. Mo`min esa, teskari qaragancha yig`lardi. Otasini hatto o`grilib qaray olmayatgani ko`rgach, bu haqiqat ekanligini tushundi. Bey ehtiyor, ortiga yura boshladi. Biroq baquvat qo`llar uning yelkalaridan ushlab to`xtatdi. Qiz yanada qo`rquvga tushib, barzangini qo`lidan chiqishga urundi. Shuda qizni boshidagi rumoli tushub, uzun tun yog`dusiday jozibodor, qora sochlari yoyilib ketdi.

- Dadajon... -degancha yig`lab, bilaklarini ushlab olgan barzangini changalidan chiqarishga harakat qilar. Qiz qancha chirangani sayin uning sochlari sharsharaday tebranib, qizni oyday husniga o`zgacha jozibani berardi. Bu manzaradan huzurlanib o`tirganlar, allaqachon g`imirlab qolishgadi...

- Qo`yvor, qo`lini! -dedi Rustam buyruq ohonggida. O`ljasini boshqalar bilan baxam ko`rishni istamay. Qizi otasidan najot kutgandi, afsuski Mo`min endi aralashishga ojiz.

Rustam ikkita sumkadagi pullarni stol ustiga qo`yar ekan, deyarli hizmatkoridan bo`lib qolgan Ma`matga ``Mashinaga olib chiqib qo`y!`` deganday imo qildi. O`zi esa qizga yaqinlashdi. Qizni bilagidan ushlab olishga harakat qilgandi. Biroq qiz qo`llarini ortiga yashrib:

- Dada... -deb ho`ngrab yubordi.

Rustam yerda yotgan qizni rumolini oldida qizga uzatdi.

- Men bilan ketasan!

- Mega tegmang... Dadajon! -qiz yig`lagancha otasi tomonga yurdi...

- Sayida otam rozi bo`lsin desang, shu bilan ket qizim...! -Mo`min hirrillagancha buyruq ohangida, qo`lini bigiz qilib Rustamni ko`rsatdi...

Qiz esa yashin urganday qotib qoldi. Shu paytgacha otasini avliyday ulug`lab kelgandi. Biroq otasini ikkinchi yuzi, manfur qiyofasi ham borligini ko`rib hushi uchdi... Mo`min bog`ida muattar iforli, nam nihol gulni parvarishlab o`stirdi-yu. Lekin shavqatsizlarcha uni yulib olib, nihol o`smas botqoqa uloqtirdi...

Sayida nima uchun otasi bunday qilganini tushonmas. O`zini bilmagan xolda, qo`lidan yetaklab ketayotgan Rustamning ortidan yurib borardi.

Mashinada ketar ekan, endi taqdiri nima kechadi. O`ziga tez-tez qarab qo`yayotgan yigit, boshiga ne savdolar soladi. Sayida bularni o`ylagani sayin yanada daxshatga tushar, butun vujudini titraq bosardi.

Nega xayot bunday beyshavqat?

Hatto uning bu taqdiriga achingan samoham ko`zyosh to`kayotganday. Sayida mashina oynasiga urulayotgan, yomg`ir donalariga termuldi. Tez-tez borib kelayotgan oyna artgich, oyna yuzini sidib qo`ymoqda.

Sayidanichi, uning yuzida oqayotgan ko`zyoshlarni kim sidrib, artib qo`yadi..?

Barcha umid, orzular, botqoqqa cho`kib borayotgan gul yaproqlariday qora loyga botib yo`q bo`lib ketmoqda edi...

Rustamning esa butun ongi, fikri hayoli tezda uyga yetib borish va bu gulning iforidan qonib hidlash. Hirs olovida yonayotgan Rustam gazni tobora qattiq bosar, qizni yig`lagani kamlik qilganday, mashina matorini ham uvvillatardi...

Yo`lda uncha ko`p yurmadilar ammo, uyga yetib kelganlarida tong yorisha boshlagan edi. Rustam qizni qochib ketmasligi uchun, bilagidan mahkam ushlab olgan ko`yi zinda ko`tarilib borardi...

Shiraga yopishgan hira pashshaday. Ulorni ortidan, ikkita sumkada pul ko`targan Ma`mat ham paydo.

- Yordam kerakmi uka? -deb shivirladi. Bu gulni iforida hidlab ko`rmoqchi ekanligini bildirib.

- Hamma yerga burningni suqaverma, - uni yelkasiga musht tushurdi. - Keyinroq, hozir borib ishlaringni qil!

Ma`mat hirlangan ko`zlari bilan qizga bir qarab qo`ydida, sumkalarni qoldirib qaytib ketdi.

Rustam qizni uyga olib kirgani hamoni uni yotoqxonaga sudradi. Qiz Rustamni niyatini tushunib yig`lab o`tindi:

- Akajon o`tinam tegmang!

Hirs o`tida yonayotgan qalbni ko`zlari ko`r bo`ladi. Rustman asta qizga yaqinlashdi.

Uning ko`zlarini to`sib turgan, sochlarni bir chetga surdi.

- Ko`zlaring juda chiroyli ekan! -deb quchoqlashga urundi.

Qiz o`zini olib qochishga harakat qilar ekan:

- Akajon, jon-akajon, hudodan qo`rqing. Menga rahmingiz kelsin!

Hudoni nomini eshitgach, ko`nglidagi yomon o`ylar tarqadimi, qizni qo`lini qo`yib yuborib, bir qadam ortga qaytdi. Qizga boshdan oyoq razm soldi. Bu qiz o`zi bilgan qizlarga o`xshamasligini sezdi.

- Senga tegmayman... Shu xona endi senga... - dedida qizni xonada qoldirib u yerni tark etar ekan. - Kechir! -dedi.

Boshqa xonaga o`tib, pullarni seyfga joylab, so`ng muzlatkichdan, ichimlik olib kresloga o`tirdi. Biroz ichgach, tungi uyqusizlik sababmi uyqu elay boshladi. Lekin harchand uxlashga harakt qilmasin, narigi xonadan kelayotgan yeg`i ovozi uxlab olishiga qo`ymasdi...

Jahil bilan eshikni tepdi, qiz esa burchakka biqinib olgancha yig`lab o`tirgandi. Shovqinda cho`chib o`rnidan turdi.

- Yana bir marta yig`lasang, o`zingdan ko`r!

Qiz tez-tez ko`z yoshlarini artib oldi.

- Boshqa yig`lama! Aytdim-ku senga yomonlik qilmayman!

- Unda nega bu yerda qamab qo`ydiz? -dedi qaltiroq ovozda, tilga kirib.

- Seni qamaganim yo`q, bu uyda istagan narsangni qil yeb-ich oshxonada xamma narsa bor, o`yna-kul, ana telvirin, kampuyter! Faqat eshikdan ko`chaga chiqma!

- Uyimga ketishimga ruhsat berasizmi? -dedi past ovozda qiz.

- Vaqti kelsa... Hozircha uningni chiqarmay, yig`lamay o`tir, ho`pmi?

Qiz boshini qimirlatib shartga rozi ekanligini bildirdi.

- Ha-ya isming Sayidamidi?

- Him...

- Sayida... Sayida... namuncha quyonga o`xshab titramasang? -Rustam kuldi. - Qo`rqma menam odamman, seni yeb qo`ymayman!

Rustam qizni tinchlantirishga urunsada, qiz hali hanuz qo`rquvda ekanligini sezib turardi. Shuni uchun unga yumshoqroq gaprishga harakat qildi...

- Sayida, seni tushunib turibman qay ahvolda ekaningni. Biroz sabirli bo`l hammasi yaxshi bo`ladi... Sen hech qo`rqma, mana o`rin joy yotib uxlabol. Men boshqa xonada bo`laman. Seni ruhsatingsiz xona eshigiga hechkim yaqinlashmaydi!

Boshqa hikoyalar