tungi.ru

..::Chokotella::.. (REUS)

Yoshmizda, bolalikda insonning köngli nimalarni tusamaydi... Katta bölsam Uchuvchi bölaman degan bolakay, yillar ötgach qarabsizki tuppa tuzik MUALLIM böladi qoladi. Eh yoshlikka hech narsani alishib bölmaydi...*******

Soat tungi ikki... Ayolning uyqusi kelmay shiftga tikilib yotar, közlari yig'idan shishib ketgan, boshi

tars yorilgudek og'riyapti. Bugun suyukli eri birinchi bor unga qöl kötardi. Yetti yil bir yostiqqa bosh qöygani, özi tanlab sevib turmush

qurgani... Tarsaki ovozi shunchalik qattiq chiqdiki,

yonlarida ötirgan ikki yoshli ög'ilchasi onasiga qöshilib yig'lab yubordi. Olti yoshli qizalog'i esa

qöshni xonadan yugurib keldi. Nima

bölganini tushunmay hayron… Ayol yon tarafga boqdi, eri yöq.

Chekkani chiqqandir. Faqat qattiq siqilganida, ba'zan sigareta oladi qöliga. Аyol özini aybdor his qila boshladi. Bir gapdan qolmay teng

aytishgani uchun. Eri tag'inam sabrli, boshida tög'ri tushuntirishga harakat qildi. Lekin "Siz ham erkakmisiz?”

degan gapga har qanday erning sabr kosasi tölsa kerak. U özini bosib olgan, ichmaydi, yomon

odatlari yöq, xotinboz emas. Faqat biroz yetishmovchilik bor

oilada. Bugungi janjal ham eri bolalari sevadigan “Chokotellа” kremini olib

kelmagani uchun chiqqandi. Shunga noshukrlik qilgani uchun ayolning vijdoni qiynadi. Uxlay

olmayotgani sababi ham tarsaki emasdi. Bаlki erining dilini

og'ritgani uchun özidan xafa edi... Eridan xavotir olib eshikni ochdi, uning

bolalar xonasi oldida turganini körib hayron qoldi. Erining qölida bir parcha qog'oz bor edi,

közlaridan esa yosh oqardi. Ayol bu manzaradan qotib qoldi, erining közlari namlanganini

birinchi bor körishi edi. Bildrimasdan joyiga kelib yotdi…

Мiyasida ming hayol… Ertasiga eri özini hech narsa bölmagandek

tutar, doimgidek kulib, hazillashib

bolalarini öynatardi. Оradan bir hafta ötgach ham ösha voqea haqida söz ochilmadi, ayolning köngli ham tinchlangandek böldi. Yakshanba kuni kiyimlarni yuvishga

shaylangan ayol erining shimi

chöntagidan bir parcha qog'oz

topib oldi. Undagi yozuvlar kimniki ekanligini darrov angladi, qiyshiq harflar bilan bitilgan

maktubni öqirkan qizalog'i köz oldiga keldi: “Ey Хudо, iltimos, dadam oyijonimni urmasin... Endi hech qachon

“Chоkоtеllа” yemayman..."

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Ayol kishini tepishga , faqat uning " qornida " gi go'dakning haqqi bor ...

Ayollarimizni asraylik , zero hayot " ular " bilan munavvar !

Omon bo'ling ...

Boshqa hikoyalar