tungi.ru

Moxim... 9-qism. By rea1ist

-Ex qani endi...

Shirin hayollar og`ushida yurgan Sardorni Jasurning turtishi buzib yubordi.

Ertalab o`rnidan barvaqt turgan Moxichehra kayfiyati a`lo darajada yuvinib bo`lib, yengilgina nonushta qildi. Undan keyin xonasini tartibga keltirib, kiyim jovonidagi deyarli barcha kiyimlarini u yerdan olib yotar karovati ustiga qo`ydi. Ularni birin-birin kiya boshladi. Unisi unday, bunisi bunday. Hech qaysi kiyimi o`zining ta`bi yoqmas edi ayni damda. Tanlay -tanlay kiyindi, yuzlariga oro berdi, o`zgacha bir hursandchilik ya`nikim sevgilisi, Sardor akasini ko`rish ishtiyoqida oliygoh tomon yo`lga chiqdi. Mana hash-pash deguncha oliygohda paydo bo`ldi. Davrozadan kiriboq gavjum talabalar ichidan o`z yorini qidirishga tushdi. Zebo ko`zlar axiyri qidirgan narsasini topdi. Topdiyu butun tana u tomon talpinar, nigohlarga undan o`zga inson, narsa-buyum ko`rimas... Go`yoki, ko`zlar orqali u bilan muloqotga kirishayotgan edi.

Jasurning Sardor akasini turtib uni o`ziga qaratgani Moxichehrani ranjitgan bo`lsada, lekin na chora chidashga majbur... Istamaygina sevgilisidan nigohini olib dugonalari, talaba qizlar oldiga bordi. Ularning quyuq davrasiga qo`shilib ketdi. Lekin qalbi Sardor akasini ko`zlarida qolib ketgan edi.

-Bo`ldi endi, namuncha... Ko`zlaring bilan uni yeb qo`ymoqchimisan. Qani ketdik undan ko`ra hakamlar hay`atini ro`yxatiga seni "plyus" qildirib qo`yaylik.

Jasur Moxichehraga tikilib turgan Sardorni turtkilagancha tadbir o`tadigan katta zalga o`zi bilan olib ketdi.

Hamma jim... Hammaning ichida bir savol... Kim g`olib. Katta zal ichiga yig`ilgan chamasi besh yuzlar kishining dilida shu savollar o`tayotganiga shubxa yo`q. Tanlov ajoyib bayramona shukhda o`tib, Respublikaning turli hududlaridan kelgan ellikga yaqin yosh mo`yqalam ustalari g`oliblik uchun bellashishmoqda edi. Shartlar yakunlanib hakamlar hay`ati g`oliblarni aniqlashda bir to`xtamga kelish uchun muzokara qilishmoqda. Mana tanlovning final bosqichi, g`oliblarni e`lon qilish vaqti ham keldi. Hamma jim, hammaning nigohi bir nuqtada..., bir qo`lida mikrafon, narigisida tanlov natijalari aks etgan papkani ko`targan kishida edi. Zalning o`rtasiga chiqib olgan biroz yoshi o`tgan o`zi oqdan kelgan, sochlariga anchagina oq oralagan lekin qaddini erkin ko`tarib turgan oliygoh direktorining og`zidan chiqadigan so`zlarga qaratilgan edi.

-Xmmm... Hammaga xayrli kun tilab, sizlarni uzoq kutdirmagan holda tanlov natijalarini e`lon qilsam. Xullas uchunchi o`rin Mirsoatov Baxrombek, ikkinchi o`rin Allayorov G`ulom va oliy ya`ni birinchi o`rin Keldiyorov Sardor marhamat oldimga kelsinlar.

Har bir yosh rassomning ism-sharifi yangraganda talabalarning gulduroz qarsaklariyu, xushtakbozlik yangrardi.

-Qara Sardor oliy o`rin. Ko`rdingmi xumpar, men nima degandim..., qani aytsinlarchi... Ana endi oldinda seni Ostona shahri kutib turibdi. Ishonchim komil sen u yerdagilarning ham enasini emdurasan...

Sardorni birinchi bo`lib tabriklagan Jasur uni zaldagi talabalar olomonidan o`tib taqdirlashgacha kuzatib qo`ydi. Diplom, gullar va estalik sovg`alar egalariga topshirilib undan so`ng navbat hokimyat tomonidan yuborilgan ashula va raqs ansanbiliga berildi. Hamma hursand, kayfiyatlar bayramona hammada. Sardorni o`zi bilgan-bilmagan talabalar g`oliblik bilan qutlashmoqda.

-Tabriklayman Sardor aka va kelgusida zafarlar tilayman sizga.

Quyuq tabriklarni qabul qilib olayotgan Sardorni sevgilisining ushbu qisqagina tabrigi o`ziga qaratdi. Mana uning kulib turgan chehrasi uning qarshisida.

-Raxmat. Sizga ham tilaklaringiz hamnafas bo`lsin.

Tabriklarni qabul qilgan Sardor o`ziga yaqin talabalar davrasida o`yinga tushib ketdi. Sal nariroqda talaba qizlar orasida unga har-harda nigoh tashlab qo`yayotgan sevgilisi u ham nigohini tashlar edi.

Naqd ikki soatga cho`zilgan qo`shiqlar guldastasidan so`ng maktab direktori tadbir tugagani va hamma uy-uylariga tarqalishi haqida xabari talabalarning ta`bi xira qilgan bo`lsada, sekin-asta zalni tark etishib uylari tomon yo`l solishdi. Sardor kursdosh dugonalari bilan ketayotgan Moxichehrani bilagidan tutib, g`oliblikni nishonlash uchun unga hamrox bo`lish taklifini bildirdi. Qolgan ikki dugonasini ham taklif qildi. Shunda Moxichehra taklifga yo`q deb javob bersaham dugonalarining qistovi bilan rozi bo`lishi aniq edi. Darhaqiqat Sardor aytganidek bo`ldi. Moxichehraning ikki dugonasi ham biroz o`yinqaroq chiqishib taklifga jon deb ko`nishdi. Moxichehraning yo`q-yo`qlashiga qaramay uni ham ko`ndirishdi. Soat olti bo`lishiga o`n daqiqa yetmay turibdi. O`n yetti talaba Sardorning yutug`ini nishonlashga chiqishdi, uning shovvoz do`sti Jasur oliygoh yaqinginasidagi restoranga telefon qilib allaqachon joy tayyorlatib qo`ydi. Restoranda o`yin-kulgu yana davom etdi. Ikki oshiqga o`yin-kulguham, stol ustini bezab turgan noz-u ne`matlar, taomlar ham emas, ularga bir-birining visollarini ko`rib turish oliy ne`mat edi ayni damda.

Soat millari kechgi to`qqizga borib qolganida talabalar restorandan chiqishdi. Osmonni qorong`ulik egallagan, yo`llarda har tomonga shoshilayotgan mashinalarning yongan chiroqlari ko`zni olardi. Hamma bir-biri bilan xayr-manzurni joy-joyiga qo`yishib o`z uylari tomon ravona bo`lishdi. Barcha qizlar yolg`iz ketishmadi. Xuddi "parochka"larday yigitlar qizlarni bittadan egallashib uylariga kuzatib qo`yishga kelishib olishdi. Restoran oldida faqatgina bir qiz va ikki yigit qolishdi.

-E uzr do`stim sal qolsa hayolimdan ko`tarilibdi. Dadamlar kechga oldimga o`tgin degandilar... Bo`pti bo`lmasam man ketdim, balki dadamlarning oldilarida qolishim mumkin.

Jasur shunday degancha ikki yoshni yolg`iz qoldirib ularning oldidan juftakni rostladi. Garchi uning yolg`oni unchalik ishonarli chiqmagan bo`lsada, Sardorga yoqib tushsa tushdiki aslo dili g`ashlanmadi.

-Ketdikmi...

Sardor dadillik bilan yo`l boshladi. Moxichehra unga itoatkorona buysunib uning yonginasidan yo`lga tushdi. U shundoqqina sevganining yonginasida ketmoqda. Sardor akasi tomon ich-ichidan talpinar, uning bag`riga otgisi kelar, lekin qandaydir kuch uni bunday qilishdan tiyib turardi.

-Moxim...

To`satdan yangragan Sardorning ovozi Moxichehraning nigohini o`zi tomon qaratdi.

-Moxim... Biz albatta baxtli bo`lamiz. Bizning baxtimizga hech bir narsa, hech bir kuch to`sqinlik qila olmaydi.

Sardor shu gaplarini aytganicha Moxichehraning qo`lini mahkam siqdida qo`yib yubordi. Ikki yoshning ham qalbida o`zgacha bir hissiyot otashi alanga oldi. Moxichehra siqilgan qo`lida andak og`riq turgan bo`lsada Sardorga yaqinroq kelib anchagina baquvvat bilagidan qo`lini o`tkazib uning yelkasiga boshini suyagancha keta boshladi. Yo`l bo`yi bir og`iz gapirmay kelishdi. Ikkisi uchun shu yurishning o`zi ancha narsadan a`lo edi.

-Yetib keldik...

Yelkasiga boshini qo`yib kelayotgan Moxichehraning qulog`iga Sardor astagina shivirladi.

-Uyingizga yetib keldik...

Qizning esa Sardorning qo`lini siraham quyib yuborgisi kelmasdi. Kech bo`lganligi, uning ustiga tanlovda ishtirok etgan suyuklisining charchaganini bilib undan istamaygina ajraldi-da o`zi yashaydigan podyezdning kirish eshigini mo`ljal qilib ketmoqchi bo`lgan ham ediki Sardorning baquvvat qo`llari uni to`xtatib qoldi. Moxichehra ortiga o`girilgan paytida Sardorning lablari uning lablari bilan uchrashdi. Uning bunday qilishini kutmagan Moxichehra uyalganidan qizarib Sardorning qo`llari orasidan chiqdiyu o`zini ichkariga urdi. Bu hodisadan so`ng oradan o`tgan o`n besh daqiqacha vaqt mobaynida Sardor turgan joyida toshday qotgandi. Keyin xayolini yig`ishtirib olib uyi tomon yo`l soldi.

U birinchi marotaba birovga bo`sa hadya etgandi. O`ziga notanish bo`lgan kuchning ta`siri ostida u bu ishni qilgan edi. Yoqimli, shuning bilan bir hisobda hayajonli bu qilgan ishi Sardorning uyga borib Jasurning oldiga o`tirganiga qadar fikr-u hayolidan tark etmadi.

-Keldilarmi oshiqbola... Namuncha xursandsan, xa bu deyman Moxichehra qaynoq bo`sasi bilan siylagan, sen esa bundan ishtoningni bejab qo`ygansan hoynaxoy...? Topdimmi?

-Eeee senga hazil bo`lsa bo`ldi. Qachon munday odamga o`xshab gapirishni boshlaysana?

-Erga tegsam...

Jasur oxirgi gapini aytar-aytmas xoxolab kulib yubordi. Sardor do`stining bu qilig`ini ko`ngliga olmay unga qo`l siltaganicha o`z xonasiga ravona bo`ldi. Yuvinib chiqdida keyin shirin xayollari hamroxligida uyquga ketdi.

Sardorning quchog`idan chiqiboq uyga kirib kelgan Moxichehrani ostonada kutib olgan xolasi uni so`roqqa tutdi.

-Tinchlikmi Moxi... Ortingdan it quvladimi? Nega buncha hansirayapsan, yuzlaring ham qizargan...

-Xa katta bir it quvladi degancha xolasining savolidan javob yasab qo`yaqoldi.

-O`zingga hech narsa qilmadimi?

Savolga javoban Moxichehraning bosh qimirlatib yo`q degan javobidan so`ng xola gapida davom etdi.

-Xa yaxshi, aytgancha bazm qanday o`tdi...

-Hm, yaxshi o`tdi.

Moxichehraning qisqagina gapidan so`ng xolasi uni charchagandir degancha ichida o`yladi.

-Mayli charchagandursan, kirib damingni olaqol...

Oyoq kiyimini yechib bo`lgan Moxichehra sekingina xolasining yonidan o`tdida, xonasiga kirib ketdi. Xonasi kiriboq kiyimlarini ham yechmasdan yotog`iga o`zini tashladi. Biroz oldin Sardor akasi bilan yuz bergan voqeani o`ylay boshladi. Yuraklar tez-tez urar, vujudidagi qoni tomirlarida shiddat bilan oqardi. Bo`lib o`tgan voqeani ipidan-ignasigacha bir-bir ko`z oldidan o`tkazgan Moxichehra uyalganidan yotoq karavoti ustidagi yumshoq ko`rpasini yuzi tomon tortdi. U benihoya baxtli edi. Qo`lini labi atrofida aylantirdi. Xuddiki Sardorning bo`sa tafti uning lablarida qolgandek edi go`yo. Hayotida yuz berayotgan bunday hodisalardan xursand bo`lgan Moxichehra ko`zlarini yumganicha, shiringina uyqu bag`riga o`zini tashladi.

Har doimgidek erta tongdan talabalar oliygohlar tomon oshiqishar. Kimdur darslarga bo`lgan ishtiyoqi tufayli bo`lsa, kimdur darsga kechikmaslik, "nb" olib qolmaslik uchun, yana kimdur hushdorlarini ko`rish uchun borishmoqda edi. Hademay o`qishlar poyoniga yetib talabalar yozgi ta`tilga chiqishar, bitiruv bosqichidagilar esa hayot yo`llarining yana bir manzilini tugatishib keyingi manzillari tomon yo`l solishar edi.

-Diqqat, diqqat!

Jasurning bu gapidan so`ng sinfxonasida o`tirgan kursdoshlaring nigohlari unga qaratildi.

-Ertaga hammangizni Baxor restoraniga tug`ilgan kunimga taklif etaman. Kelmaganlarni uch oydan olti oygacha qamoq yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilish kabi jazolar kutib turibdi.

Jasurning bu taklifidan keyin unga qarata qutlovlar yomg`iri yog`ildi. Har doimgidek jinnicha qiliqlari bilan kursdoshlarini dilini hushlaydigan Jasurning hozirgi qilgan qiligi bundan mustasno emasdi. Birinchi dars tugab ikkinchisi boshlanish oraligidag`idagi tanaffusda Sardor Moxichehraga katta tanaffus bo`lganda hiyobonchada kutishini aytdi va darsiga jo`nadi. Dars mobaynida ikkisining ham hayoli darsda emas, boshqa joyda... bir-birini o`ylash, ko`rish ishtiyoqida yonmoqda edi.

Hiyobonchada sabrsizlik bilan o`z sevgilisi kutayotgan Sardorning ko`zlari uzoqdan kelayotgan Moxichehrani ko`rib sevinib ketdi. Ko`zlari yerda allaqanday rasmlarni chizib kelayotgan Moxichehra allaqachon Sardorning siyratini ko`rgan edi. Uyalganidan ko`zlari yer chizar, oyoqlari o`ziga bo`ysunmay u tomon qadam tashlar, borganidan so`ng nima so`z gapirishga tili aylanmay qolishidan xadiksirardi.

-Assalomu aleykum...

Bundan jo`yaliroq gap topolmagan Moxichehra salom berib qo`ya qoldi.

-Voleykum.

Uning salomiga alik olar ekan, Sardor qizga yonidagi o`rindiqqa o`tirishini imladi. Qiz uning imlashiga itoatkorona kursiga uyalibgina o`tirdi.

Ko`zlari yerda... Sardorning chehrasiga boqishga yuragi dov bermasdi.

-O`qishlar charchatib qo`ymadimi. Uyingizdagilar yaxshi yurishibdimi.

Sardorning gaplariga bosh qimillatgancha javob berib qo`ya qoldi qiz. Sardor uning qulog`i yoniga yaqinroq kelib sekingina

-Siz go`zalsiz mening hayotim...

Qulog`i oldida yangragan sevgilisining bu yoqimli ovozidan so`ng qiz u tomon qaradi. Ko`zlar ko`zlarga tushib, unsiz nigohlar ila gaplasha boshlashdi.

-Kechagi qilgan ishim uchun uzr... O`zimni sizning qarshingizda boshqara olmay qolaman. Sizni behad sevaman, yana shuni bilamanki sizsiz bu dunyo menga qorong`u...

Ushbu gaplardan so`ng Moxichehra istamaygina nigohini Sardordan olib qochdi.

Bir-biridan uyalib, ichlaridagi hayajon birla hiyobonda suhbat qurishdi. Sevishgan ikki yoshning suhbatini quloqni qomatga keltirib chalingan kirish qo`ng`irog`i buzib yubordi. Ular istamaygina bir-biridan ajralishdi. Xayrlashganlariga unchalik ko`p bo`lmagan bu sevishganlarning yuraklari sevgilisini sog`inar, u tomon talpinar edi.

So`nggi dars ham poyoniga yetar chog`ida Sardorni oliygoh direktori Mirmuxsin Taxirovich o`z xonasiga chaqirganini uning kotibasi aytib ketdi.

-Uff... Shu yetmay turuvdi. Nima ishi bor ekan menda...

O‘xshash hikoyalar