tungi.ru

hayot guzal

Qiz juda chiroyli edi. Boshqa

qizlardan farqli ravishda

hayotga özgacha nigoh ila

qarardi. 19 yoshli sohibjamol

qizni tabiiy ravishda sevuvchilar ham bisyor edi. Lekin uni

atrofdagi yigitlar umuman

qiziqtirmas, qanaqadir özgacha

bir sevgini kutardi. Yuragining

tub-tubidan uning kelishini

ham his etib turardi. Bir kuni darsga kelganida, partasining

ustida turgan qip- qizil

atirgulni kördi. Gul bandiga

biriktirilga qog'ozchaga atiga

ikki jumla yozilgandi: "Hayot

gözal..." Negadir qizning lablarida tabassum uyg'ondi...

Keyingi kunlarda yana bir- ikki

bor bu holat takrorlandi. Qip-

qizil atirgul va doimgi bir xil

dastxat. Qiz bu gullarning

sohibi kim ekanligiga judayam qiziqardi... Kunlarning birida

qiz uyqudan uyg'onib,

derazadan köchaga qaradi va

birdan özgacha hayajonlanib

ketdi. Röparadagi

dökonchaning oppoq devoriga har xil böyoqlarda katta qilib

yurak shakli chizilgan, uning

ichiga qiz ismining bosh harfi

yozilgandi. Eng ajoyibi esa,

surat tagiga ösha sirli dastxat

qöyilgandi: "Hayot gözal..." Qiz endi doim ösha sirli yigit

haqida öylardi. Uning özini

kuzatib yurganligini ham yaxshi

bilardi. Odamlar orasidan uning

qiyofasini axtarardi. Avvallari

doim öychan yuradigan qiz endi kulib, jilmayib yurar, bu

tabassumi uni yanada

jozibador körsatardi. Qiz öziga

yuborilayotgan har bir gulni

qöliga olib zavqlanar, chindan

unga hayot judayam gözal körinardi. Bahor tonglarining

birida velosipedda sayrga

chiqqan qiz musaffo havo va

xiyobondagi yashil gözallikdan

zavqlanardi. Lekin velosiped

g'ildiraklarini harakatlantiruvchi zanjir örnidan chiqib ketib, qiz

töxtashga majbur böldi. U

zanjirni joyiga örnatishga

urinardi-yu buni hech

eplolmasdi. - Balki yordamim kerakdir?

Qiz yoniga kelib töxtagan velosipedli yigitga qaradi.

- Yöq, özim...

- Mana bunday qilish kerak, -

yigit qizning velosipedi zanjirini örniga

qöydi, - Ana

böldi. - Rahmat!

Qiz yigitga e'tibor bilan qaradi.

Yigit böy-basti kelishgan,

körkamgina yigit edi. "Ayniqsa kulishi

öziga juda

yarasharkan",- öylardi qiz. - Arzimaydi.

Yigit öz velosipediga ötirib,

qanaqadir yoqimli kuyni

xushtak qilib chalganicha qizdan

uzoqlashdi. Qiz esa

uning ortidan bir zum termulib qoldi... Qizga atirgullar kela

boshlaganiga bir oydan

oshgandi. Lekin, qiz haligacha

ösha sirli yigitning kimligini bilolmasdi.

Shunday kunlarning

birida qiz u- bu ishlar bilan ushlanib, judayam kechga qolib

ketdi. Aksiga olib havoning

avzoyi buzuq, kuchli

momaqaldiroq bölayotgandi. Qiz taksi

ushlash maqsadida

kollej yonidagi bekatga kelganida allaqachon öta

shiddatli yomg'ir boshlangandi.

Uyi yaqin- u bunaqa paytda

yolg'iz ketishga ham qörqib turgandi.

Kamiga bekatda hech

kim yöq, osmonni qoplagan qop-qora bulutlar atrofni

yanada qorong'u körsatardi.

Hammasidan

momaqaldiroqning vahimali ovozi qizni

chöchitardi. Shu mahalda unga

tanish, yoqimli ovoz eshitildi: - Balki yordamim kerakdir?

Bu ösha tongdagi velosipedli

yigit edi. Qiz juda sevindi. Bu ösha yigitni

yana körganligi

uchunmi yoki boshqa

sababdanmi özi ham bilmasdi. Lekin yigitga dilidagini

aytmadi:

- Yöq, özim ... Yigit ham jilmaydi:

- Yomg'ir hali-beri tinmaydi.

- Nima, meni mashinangizda

uyimgacha kuzatib qöymoqchimisiz? -

Menda yaxshiroq fikr bor. Yigit shoshib

qayergadir

yugurib ketdiyu, zumda qaytib

keldi:

- Xösh, qalay? Qiz yigitning qölidagi oq va

pushti rangli soyabonlarni körib jilmaydi.

- Bahor oylarida yomg'ir mahali

piyoda yurish zavqli,- dedi yigit.

Ular yonma-yon ketib

borisharkan, qiz öziga yuborilayotgan gullarning sohibi shu

yigit ekanligini öylay

boshladi. Buni tekshirib körish

uchun yigitga savol berdi:

- Siz yölingizda uchragan har

bir qizga shunaqa yordam qilasizmi? - Har biriga emas ...

hammasiga. Ular kulishdi. Qiz

uyi tomon ketishayotganda ikki

tomonga ketgan köchaning

yigit qaysi tarafga burilishiga

juda qiziqayotgandi. Muyulishda yigit qizning uyi taraf

burilgach, qiz sevindi. "Bu

ösha yigit", - öylardi- Menimcha

uyingiz shu tarafda bölsa

kerak. Chunki narigi tarafda

shifoxona va boshqa binolar, atiga bir-ikki xovli bor.davomi bo

O‘xshash hikoyalar