tungi.ru

hayot guzal

3qism.Nihoyat yigit

qizga bir dona qip- qizil atirgul tutdi. Qiz

gulni oldiyu uning bandiga köz yugurtirdi.

Qog'ozcha yöq edi. Savol

nazdida yigitga qaradi. Yigit

har doimgidek kulib turardi.

- Mana u, - yigit qöllarini yozdi. Uning

kaftiga böyoq bilan ösha dastxat yozilgandi: "Hayot

gözal..." Keyingi kunlar xuddi

shirin tush kabi tez ötardi. Qiz

yigit sevgi izhor qilganidan

keyin özi ham uni sevishini anglab yetdi.

Chindan ular u-n hayot judayam chiroyli va zavqli

körinardi. Qiz qachonlardir

kutgan hayoliy röyo haqiqatga

aylanganidan baxtiyor edi. Juda

ham chiroyli muhabbat edi bu... Yigit

rassom edi. Qizga juda chiroyli tabiat manzaralarini

körsatardi. Qiz xuddi ertaklar

olamiga tushib qolgandek baxt

va sevgidan sarmast yashardi.

Yigit qizga portret sovg'a qildi. Qiz öz

suratiga qaradi. Judayam nafis va chiroyli chizilgandi.

- Nega meni bulutlar orasida

turibman? Söradi qiz.

- Chunki sen mening

farishtamsan,- javob berdi yigit.

Har bir kuni gözal edi bu sevgining...

Lekin öshanda qiz hali özini

oldinda nimalar kutayotganini

bilmasdi... Kuz kelgach, bir kuni ular

odatiy uchrashadigan

xiyobonga yigit kelmadi. Qiz ancha vaqt kutdi, xavotir oldi.

Ertasiga yigit bilan

körishganida yigitning nimadandir

xafaligini payqadi. Yigit

odatdagidek jilmayardi, lekin

bu tabassum ortida juda ham özgacha mahzunlik sezilardi.

- Nima böldi? - Hech narsa. Kecha

unutibman,

kechir azizam. Shuncha

vaqtdan beri atiga yarim

daqiqaga kechikmagan yigitning uchrashishlarini

unutib qöyishi mumkinligiga qiz

ishonmasdi. Lekin ösha

kuni u hech narsa demadi.

Keyingi kunlarda ular yana

odatdagidek vaqtlarini xushchaqchaqlik

bilan ötkazishardi. Lekin qiz negadir

yigitning közlariga

boqqanida yashirin bir ma'noni

sezardi. Yigitning doimgi

tabassumi bu sirni qiz bilib olishiga imkon bermasdi. Yigit

qiz bilan köproq vaqt birga bölishga

urinardi. Soatlab

yonma-yon ötirardilar...

Bir kuni qiz yana uzoq vaqt

xiyobonda yigitni kutib qoldi. Yigitdan xabar bölavermagach

ketmoqchi böldi. Lekin shu vaqtda

uzoqdan yigit körindi.

- Salom, - dedi yaqin kelgach.

- Nega bunaqa yuryapsiz,

oyog'ingiz og'riyaptimi? - Ha, jin ursin, velosipeddan

yiqildim. Ular odatdagidek örindiqqa

ötirgan köyi, quyosh botishini

tomosha qildilar...

Ösha ondayoq qizning yuragi

nimadandir öta g'ash edi. Balki, ösha kuni qizning yuragi yigit bilan

shunday sönggi bor

yonma- yon ötirganliklarini

sezgandir... Ertasiga qiz

yigitning shifoxonada

ekanligini eshitganida, karaxt bölib qoldi. Ming xavotir ila tezda yetib

keldi. Uni yigitning

yoniga qöyishmadi. Bilsa, yigit

juda og'ir kasal ekan. Kechagi

kun tongda kasali xuruj qilgan

va kasalxonaga keltirishgan ekan. - Unga yurish mumkin

emasligini aytgandik. Lekin u

kechroq kasalxonadan qochib

ketibdi. Mana oqibati. U

oyoqlarini his qilmaydi. Shol...

Qiz titrab ketdi. Közlariga quyilib kelayotgan köz

yoshlarini töxtata olmasdi.

Xamshiraning sönggi gaplari

öta dahshatli ovoz bölib,

qizning quloqlari ostida

jaranglardi: U oyoqlarini his qilmaydi... Shol...

Yigit uyg'ongach qiz uning

yoniga kirdi. Yigitning ahvolini

körib, battar siqildi. U yig'lardi,

yigit közlarini shiftga

tikkancha gap boshladi: - Bilasanmi, seni birinchi marta

körganimda maktabda 7- sinf

eding. Öshanda pushti lenta

taqvolganding...

Yigit biroz tin olgach davom

etdi: - Biram chiroylisanki... Sen bilan juda shirin hayot kechiraman

deb öylagandim... Buni qara,

baribir peshonaga yozgani

bölarkan...

- Bas qiling! Qiz köz yoshlariga erk berdi.

Juda ham ezilib yig'lardi. - Yig'lama. Beri kel, muhim bir

gap aytaman. Qiz yigit

aytgandek qildi. Yigit qizning

yuzini silagancha shunday dedi: -

Qachon hayotda nimadandir

siqilsang, kimnidir sog'insang, köz yoshlaringni mana bunday

qilib sidirib tashla, - yigit

barmoqlari bilan qizning

közlaridagi yoshni artdi,- Chunki

Hayot gözal...

O‘xshash hikoyalar