tungi.ru

flawer-kataleya va KeKc dan Ajoib Primiera.... ¤TRILLER¤ (RAHMAT AMAKI...)

Qizcha shiringina uyqudan

baqir- chaqir ovozi

sababli uyg'onib ketdi.

Közlarini ishqalab

kravatidan tushdi va ovoz

kelayotgan tomonga

yura boshladi. Uning ota-

onasi har kungidek

özaro janjallashishardi.

Ular qizchaning

uyg'onganligiga e'tibor

ham berishmasdi. Ota-

onasining janjalidan

qo'rqib, bir chetda ularni

kuzatib turgan tört yoshli

qizcha yig'lab

yubordi. Bir-birlarini turli

odob doirasidan

tashqarida bölgan so'zlar

bilan haqorat

qilayotgan er-xotin bolaga

e'tibor berishmasdi:

- Siz men uchun nima qilib

qo'yibsizki, menga

baqirasiz? - O'chir

ovozingni shallaqi, iflos,

bolangni olib yo'qol bu

uydan. Menga sen ham,

bolang ham kerakmas. -

Nima dediz? Hali

bolamni olib yo'qolaymi?

Mayli, ketsam, o'zim

ketaman! Bu uyga yolg'iz

kelganmanmi, yolg'iz

ketaman! Bola bitta

meniki emas, tug'dirib

qo'ydizmi, tak shto eplab

boqing endi! Ayol

shunday dedida jahl bilan

xonasiga kirib ketdi.

Xuddi shu taxlit ota ham

tashqariga chiqib

ketdi. Qizcha esa hamon

yig'lardi. U endigina

to'rt yosh bo'lsada, ota-

onasiga kerak

emasligini, ularga

ortiqchalik qilayotganligini

tushunib turardi. Chunki

deyarli kun ora

shunday janjallar yuz

berardi. Qizaloq nima

qilishni bilmas, u ham

ko'chaga chiqib ketishni

va uyga hech qachon

qaytmaslikni istardi.

Onasining yoniga

kirmoqchi edi, yo'qol

ko'zimdan degan javobni

olgach nihoyat

ko'chaga chiqdi. Qizaloq

qayerga borishni

bilmas, yagona biladigan

joy narigi mahalladagi

buvisining uyi edi. Qizcha

buvisining uyi tomon

ketarkan öylardi: "Buvim

meni yaxshi ko'radi,

meni haydamaydi,agar

uydan ketib buvimni

yonida yashasam, dadam

oyimni urmaydi, oyim

ham boshqa yig'lamaydi.

Men ularga yaxshi qiz

bölolmadim..." Shu

hayollar ichida ketayotgan

qizaloq yonidan chiqib

qolgan mashinani

sezmay qoldi. Qizcha yöl

chetida holsiz yotar,

kichkina yuzlariga yosh

aralash boshidan qon

sizardi. Og'riq kuchli, qiz

hatto ovozini chiqarib

yig'lay olmasdi. Haydovchi

mashinaga qattiq

urilgan qizaloqni qöliga

kötarib olarkan, qizcha

unga qarab achchiq

jilmaydi, qon sizib

chiqayotgan kichkina

lablari bilan sönggi marta

pichirladi: "Rahmat

amaki... Endi dadam bilan

oyim hech qachon

urushishmaydi...."!

Boshqa hikoyalar