tungi.ru

ALIBEY>>> dan "ERKAKLARIMIZGA" (AYOLLARGA MEHR BERING)

Ayol bardoshli bo'lgani bilan uning ko'ngli juda zaif

bo'ladi. Erkak uchun arzimagan bir so'z ayol

qalbini vayron qilib tashlashi hech gap emas.

Albatta ayol indamaydi, chidaydi, sabr qiladi, lekin

yillar o'tib ko'zlari muhabbatga to'lib baxtidan

quvonib yashayotgan ayol, asta-sekin ko'ngli

zarba va alamlarga to'lib ketgan nigohi so'ngan

ayolga aylanib borishi yonidagi turmush o'rtog'ini

ajablantiradi.

Erkak tushunmaydi, "bolalari sog'-salomat", "oila

but", "hamma narsa yetarli", lekin ayoli so'ngan,

arzimagan narsaga asabiylashgan, er-xotin orasida

sovuqchilik o'sib bormoqda. Erkakni jahli chiqishi

tabiiy, axir shuncha yil birga bo'lib, birga

farzandlar katta qilib, shuncha to'sqinliklardan

o'tishsa-yu, endi rohatini ko'rish vaqti kelganda

er-xotin munosabatlari yaxshi emas, ayol esa bu

munosabatlarda baxtsizdek tuyuladi. Nega???

Ayolni ko'ngli nozik

. Bir marta ayolni qalbini og'ritsa, unga esdan

chiqazish qiyin. Hayot davomida esa ayol erining

bir qator zarbalariga (xiyonat, qo'pollik, bo'shlik,

sovuqqonlik va hokazo) bardosh berib yashab

kelayotgan bo'lsa, uning qabi juda zaiflashgan

bo'ladi. Alam va aytilmagan so'zlarga to'lib

ketgan ko'ngilga ega bo'lgan ayolni baxtli qilish

endi juda qiyin bo'ladi, juda kech.

Erkak butun umri davomida ayolini ko'nglini

sindirmasligiga harakat qlishi kerak. Erkak adashib

xiyonat qilib qo'yadi, bu yo'ldan oilasiga qaytadi,

ayoli kechiradi, lekin ayol ko'ngli shu payt

qanchalik og'ir lat yeganini faqat uning o'zi biladi.

Yillar o'tib u xiyonat erkakni esida ham bo'lmas,

lekin ayol sinib bo'lgan, endi u eriga hech qachon

oldingi muhabbatga to'la ko'zlari bilan qaray

olmaydi. Harakat qiladi lekin alami juda katta.

Yoki masalan, eri-xotin orasiga qaynona aralashib

uyda katta janjallar bo'lgan . Erkak bo'shlik qilib

muammoni hal qilishga qodir bo'lmagan. Farzand

deb, o'zbekchilik deb oila yarashib yana birga

yashaydi, lekin ayol eridan qattiq ranjiydi. Yillar

o'tadi, ayol kuladi, lekin ich-ichida yuragini tubida

o'sha alam doim yuzaga chiqib turadi.

Bunday misollar juda ko'p. Afsuski, erkaklar bir

ojizlik qilib keyin yoshi o'tganda ayolining

qo'polligidan, sovuqqonligidan, farzandlarining

hurmatsizligidan azoblanadi.

Bo'shlik qilmangiz. Ayol yonida kuchli erkak

borligini his qilsin. Qaynona-kelin mojarosida kerak

bo'lganda ayolini yonini olish, farzandingiz

maktabida muammolar bo'lsa, borib o'qituvchi

bilan gaplashib kelish, qo'shni farzandi bilan

o'g'lingiz urushgan bo'lsa, uning ota-onasi bilan

gaplashish shu kabi masalalarda ba'zida erkakning

obro'si va hurmati kerak bo'ladi. Ayol boshi bilan

bu masalalarni hal qilishi mumkin, lekin

birinchidan, erkakning gapiga boshqacha qaraladi,

ikkinchidan, ayol ham o'zini himoyalanganini his

etishi darkor. Siz bo'shlik qilasiz, ayol hammasini

balki hal qilar, lekin sizdan ranjiydi...shunisi

achinarli, ayolni ranjitmang.

e'tiboringiz juda kerak. Kun davomidagi sog'inchli

qo'ng'iroq qilishingiz, ba'zida bo'lsa ham sovg'a

olib kelishingiz, faqat tunda emas, balki kun

mobaynida ham erkalab turishingiz ayolingiz

uchun juda muhimligini unutmang.

Orada xafagarchilik yuz bersa

, albatta bu haqda gaplashib kechirim so'rashni

biling. Ayol indamayati, demak hammasi o'tib ketdi

deb o'ylamang. Ayol tili bilan indamaydi, lekin dili

bu haqda baqirayotgan bo'ladi. Sizning kechirim

so'rashingiz, kechirishi uchun harakat qilishingiz

qalbidagi yaralarni yo'q bo'lishiga yordam beradi.

Axir siz ayolingizga qancha ko'p mehr, shirin so'z,

e'tibor bersangiz sizdan kamaymayi. Aksincha,

evazida yillar o'tganda yoningizda sizga mehr va

minnatdorchilikka to'la kozlari bilan qarab

turadigan ayolni ko'rish nasib etadi.

Erkak uchun eng muhimi - ayol ko'zlarida tushib

ketmaslik, o'z hurmatini yo'qotmaslik. Bunga esa

faqatgina mehr va e'tiboringiz bilan erisha olasiz.

Qo'pollik va qattiq qo'llik bilan emas.

Afsuski, ba'zi erkaklarning fikricha, ayoliga ko'proq

e'tibor berish bo'shlik alomatidir. Yo'q, aksincha,

faqatgina "kuchli" (ruhan) erkak ayolini erka qila

oladi. U ayoli boshiga chiqib olishidan qo'rqmaydi,

u kuchli va o'ziga ishongan.

Boshqa hikoyalar