tungi.ru

"Orolda 17 kun" 4-qism

"Orolda 17 kun"

"Universal Nightboy Studio" mahsuloti.

"XXI - Asr Skrillex Films" bilan hamkorlikda !

Bosh rollarda: Boyfrend24, Skrillex, LacosTe.

Rollarda: Malika, Kataleya, UgoChaves.

G'oya muallifi: Nightboy.

Rejissiyor: Black_Death.

O'tgan qismdan:

Boyfrend: aaaaaaa... deya birdan qo'lini tortib oldi.

Ugo: nima bo'ldi?

Boyfrend: nimadir choqdiiiii......

Boyfrendni ko'z oldi qoring'ulashib boshi aylana boshladi. Atrofida esa Malika, Skrillex, UgoChavesning "Boyfrend hoy nima bo'ldi senga? Boyfrend..." degan ovozlari g'ira shira eshitildida gursillab yerga yumaladi...

Kataleya: meeen... 2 yil avval doktor edim. degan horg'in ovozi eshitildi...

Skrillex: yyyyo'q, yo'q, yo'q faqat bu emas!

Ugo: boshqa ilojimiz yo'q!

Skrillex: yo'q, bu davlat mulki!...

Malika: hoy qaranglar!... bu nima bo'ldi?

Ugo: ko'rinishidan!...

Skrillex: jin ursin dovul yaqinlashayapti!...

Skrillex Boyfrendni tortqilab baqira boshladi

Skrillex: hamma chakalakzor ichkarisiga! qochdiiiik...

4-qism.

Hamma baravariga: LacosTe?

LacosTe esa negadir jim bo'lib Kataleyaga savol nazari bilan qarab turardi.

Boyfrend: hoy og'ayni tush pastga!

Skrillex: tushsangchi nega qaqqayib turibsan? LacosTe sekin daraxtdan tushdi va o'sha nigoh bilan ohista Kataleyani yoniga yaqinlasha boshladi. Kataleya esa LacosTeni quchoqlamoqchi bo'lib unga yaqinlashdi.

Lacos: to'xta!

Kataleya:

Lacos: ustingdagi kiyiming qani?

Kataleya: Lacos... kiyimim egnimda!

Lacos: yo'q buni aytmadim...ko'rinmas kiyiming!

Kataleya: Lacossss nima toming ketdimi chakalakzorda 3 kun yashab?

Ugo: menimcha qanaqadir biror esni og'diradigan meva yeb qo'ygan

Lacos: lekin, kecha qanaqadir kemadan begona odamlar bilan tushib keldingku!

Kataleya: Lacos esingni yig'! xech qanaqa kema ham begona odamlar ham yo'q! nimalar deyapsan o'zi?

Lacos: yo'q, yo'q bo'lishi mumkin emas!... deya boshini changalladi.

Lacos: lekin...lekin maymunchi?

Boyfrend: qanaqa maymun? Lacos?

Lacos: o'sha osmondan tushgan kema tufayli maymun qo'rqib qochib ketdi! yo'qsa men u yerdan ketolmasdim!

Skrillex: og'ayni!... o'zingni bos! biz bilan qirg'oqqa yur! biroz dam ol! o'zingga kelasan!

Ugo: ha to'g'ri chakalakzorda uch kun yashash hazilakam gap emas, tezroq ketaylik yo'qsa bundan battar miyasi aynib qoladi

LacosTe yana o'sha savol nazari bilan hammaga qaradida izlarida ergashib sekin qirg'oqqa yo'l olishdi. Qirg'oqqa yetib borgach Boyfrend gap boshladi.

Boyfrend: bugun ertalab qirg'oqga kelganimda mana bu asbob anjomlar sochilib yotgan ekan! borini terib oldim!

Skrillex: ha menimcha kechagi to'lqinlar olib kelgan!

Ugo: cho'kib o'lgan odamlarniki bo'lsa kerak

Malika:

Skrillex: yig'ma pichoq, silofan qog'oz, taroq, jilka... hammasi bir tiyn! ammo jilka baliq ovlashga yaraydi. dedi va UgoChavesga otdi.

Lacos: pichoqchi?

Skrillex: a? ha ha pichoqcha ham korimizga yaraydi... Ugo baliq tutib kelaylik bu aristokratlarga! deya norozi ohangda yura boshladi.

Boyfrend: Skrillex agar yoqmasa UgoChavesga men yordam berishim mumkin. Skrillex nariroqdan yurib yurib ortiga ham qaramasdan "yo'q" dega ma'noda qo'lini silkitib qo'ydi.

Boyfrend: mayli... biz olov yoqib turarmiz

Malika: eh qaniydi suv qaynatishga biror idish bo'lganda...

Ugo: heyy qaranglar! deya qo'lida pir uyum samalyot parchasini ko'tarib baqirdi.

Lacos: bu nima bo'ldi?

Boyfrend: bilmadim, lekin hozir nimaligini bilib olamiz! Boyfrendni ortidan Malika ham ergashdi. Kataleya bilan yolg'iz qolgan LacosTe Kataleyani gapga tutdi.

Lacos: Kataleya... meni sevasanmi?

Kataleya: Lacos nimalar deyapsan? bo'lmasamchi.

Lacos: unda rostini ayt! kecha qanaqa odamlar bilan yurganding? orolga qo'ngan kema qanaqa edi? ustingdagi sehrli kiyimchi?

Kataleya: Lacos jinnimisan? hech qanaqa odamlar ham kema ham sehrli kiyim ham yo'q!

Lacos: unda orangutan uyasidan qanday qochdim? egningdagi kiyimingni qayerigadir tegishing bilan ko'rinmas bo'lib qolganingchi? bu ham bo'lmaganmi?

Kataleya: esingni yeb qo'yibsan! sen aniq ochlikdan chakalakzorda zaharli meva yeb qo'ygansan! uyga qaytishimiz bilan ruhshunosga uchrashasan! deya baqirgancha o'rnidan turib ketdi.

LacosTe yig'lamsirab kulib: uyga?... uyga qaytishimiz bilan?... endi shu yerda o'lib ketamiz

Qolganlarni yoniga borgan Kataleya qovog'ini uygancha turaverdi.

Boyfrend: nima bo'ldi? Lacosga baqirib tashlading?

Kataleya: yana o'sha qanaqadur kema, odamlar, sehrli kiyim haqida aljirayapti

Malika sekin ovozda: ko'p gapirishni oqibati! deya kesatib qo'ydi.

Malika: ha aytgancha manabu temir parchasidan idish yasasak unda suv qaynatib ichsak bo'ladi!

Skrillex: ha yaxshi fikr!

Boyfrend: biror kattaroq tosh olib kelib idish yasashga harakat qilish kerak!

Ugo: buni biz ham bilamiz lekin oramizda usta...

Skrillex: men yasayman ustachilikni...

Boyfrend: ustachilikni "Nature Club" dan o'rgangansan, buni bilamiz!

Temir uyumini olib ketgan Skrillex 25 30 daqiqadan keyin qo'lida bo'lmasa ham ishlatishga yaraydigan idish yasab qaytdi. Kataleya idishni olib uyoq buyog'ini ko'ra boshladi.

Kataleya: haaa... zo'r bo'lmasa ham ishlatishga yaraydi.

Malika: suv oqib ketmaydi degan umiddaman

Boyfrend: hoy Lacos qovog'ingni ochsangchi! nega xomushsan?

UgoChaves: o'zga sayyoraliklardan qo'rqyapti baliq pishira turib gap tashlab qo'ydi. LacosTe esa hammaga hamon o'sha savol nazari bilan qarab qo'ydi. Qorong'u tushmasdan hamma qorn to'qlab oldi va og'ir kun charchoqlarini chiqarish maqsadida gulxan atrofida qumga cho'zilishdi. LacosTe esa eldan oldin uxlab qoldi.

Skrillex: Boyfrend... Lacos negadur o'zini g'alati tutayotgandek tuyulayapti.

Boyfrend: kim bilsin... qanaqadur kosmik kema, allaqanday kiyim haqida aljirayapti.

Ugo: menimcha esi og'ib qoldi bunday sharoitda.

Kataleya: agar shu gapni yana bir bor takrorlasang... g'azab bilan dedi!

Skrillex: bilmasam... lekin unga ko'z quloq bo'lib yurgan maqul deb o'ylayman.

Boyfrend: haa, to'g'ri aytasan! o'zini uxlaganga solib yotgan LacosTe hammasini eshitib turardi.

5-kun.

Yarim tun. Osmondagi to'lin oy hamma yoqni yoritib turardi, chakalakzor esa suv quygandek jimjit. Osmonga qarab yotgan LacosTe esa hammasiga oydinlik kiritish uchun sekin o'rnidan turmoqchi bo'ldi va yonida turgan cho'pni behosdan qo'li bilan bosib yubordi. Cho'pning sekin qarsillaganidan uyg'ongan Skrillex o'girilb qaradi va asta sekin chakalakzorga qarab yurib ketayotgan LacosTe ni ko'rdi. Boyfrendni turta boshladi. Boyfrend Skrillexga savol nazarida qaradi. Skrillex esa LacosTe ni ko'rsatib "kettik" degandek boshini qimtidi. Ortidan kuzatishayotganini sezgan Lacos birdagini to'xtab ortiga o'girildi.

Lacos: nega kelyapsizlar ortimdan?

Boyfrend: Lacos oshna o'zing yarim tunda chakalakzorga nega ketayapsan?

Lacos: hammasiga oydinlik kiritish uchun!

Skrillex: nima?... qanaqa oydinlik? axir yarim tunda chakalakzor juda xavfli bo'ladiku!

Lacos: men axmoqmanmi? sizningcha, ko'rganlarimning hammasi ro'yo ekanda a? hech qachon ko'p gapirishim mumkin... lekin hali aqldan ozganim yo'q! deya ichkari yura boshladi.

Boyfrend sekin ovozda: hoy qayoqqa?

Lacos: o'sha kema qo'ngan yerga!... hammasiga guvoh bo'lgan joyimga!

Skrillex: unda biz ham sen bilan! deya ikkalalari ortidan ergashishdi. Yurib borishar ekan Boyfrend gap boshladi.

Boyfrend: Lacos tunda yovvoyi hayvonlar bizni yeb qo'ysachi.

Lacos: yovvoyi hayvonlar?... kulgimni qistatma, bu yerda orangutan va qumursqalardan boshqa hech nima yo'q!

Skrillex: shunday deb umid qilaman... Biroz vaqt o'tgach to'xtashdi.

Lacos: mana o'sha joy!

Boyfrend: lekin bu yerda hech qanday kema qo'nganligini ko'rmayapman.

Lacos: yo'q yo'q... meni olib qochqan orangutanning uyasi shu yerda edi. deya daraxt uchini ko'rsatdi.

Lacos: meni orangutan qo'ynida olib o'tirgandi. Skrillex piq etib kulib yubordi. manashunday yarim tun edi... keyin esa osmondan juda yorug' narsa tushib kela boshladi!... avvaliga metiorid bo'lsa kerak deb o'yladim... lekin bir necha soniya o'tar o'tmas u yerga juda yaqinlashgandan keyin uni o'zga sayyoraliklar, yo'q yo'q odamlar kemasi edi... balki ular odamhammasdir... kemalari qo'ngandan keyin esa, kemadan qanaqadir qizil nur atrofni tekshira boshladi, xuddi kinolardagidek edi!... juda qizil, maymun ham o'sha nurdan qo'rqib qochib qoldida!... bir necha soniyadan keyin esa o'sha tarafdan Kataleya va allaqanday begona odamlar sekin o'tib keta boshlashdi, men daraxtdaligim uchun sezishmadi shekilli... keyin esa ustidagi allaqanqa kiyimlariga teginishdi, qoron'uligi uchun yaxshi ko'rolmadim, so'ngra ko'zdan g'oyib bo'lishdi! biroz vaqt ko'zim ilinib uxlab qolibman, uyg'onganimdan keyin esa daraxtdan tushib o'sha tarafga qarab yurdim ammo o'sha joyda hech qanaqa kema yo'q edi... faqat aylana shaklida kuygan va singan shox shabbalar bor edi xolos... Skrillex yana piqqillab sekin kuldi.

Skrillex: demak Kataleya o'zga sayyoralik ekanda

Lacos: ishonmaysizmi?... yuring o'zingiz ko'rasiz! agar o'sha yerda men tasvirlagandek xolat bo'lsa gapim rost bo'ladi, agar...

Boyfrend: agar unday bo'lmasa sen aqldan ozgan bo'lasan!

Lacos: yaxshi kettik!

Bir necha chaqirim yurishgach o'sha joyga yetib borishdi. Holat esa xuddi LacosTe tasvirlagandek edi.

Skrillex, Boyfrend:

Lacos: xo'sh kim aqldan ozgan ekan?

Skrillex: haa... bolakay aldamaganga o'xshaydi

Boyfrend:... axir bu shunchaki singan shox shabbalarku!

Lacos: aylana shaklida singan va kuygan shoxlar! Hammayoqni sukunat qopladi. Keyin esa butalar sekin shivirlay boshladi.

Skrillex: butalar orqasida kimdir borga o'xshaydi... LacosTe dan esa sovuq ter chiqib tanasi titray boshladi.

Lacos: ey hudo... nahotki... nahotki o'shalar bo'lsa!

Boyfrend: qo'rqmang bu shunchaki... shart etib buta ortidan maymun bolachasi chiqdi.

Lacos: ahhhh fuuuuf... yuragim yorilib ketdi.

Boyfrend: maymun? tunda maymun nima qilyapti?

Skrillex: uyasidan tushib qolgandirda! hozir! deya maymunni qo'lga olmoqchi bo'ldi.

Lacos: shoshma!... tegma unga, yaxshisi bu yerdan keta qolaylik!

Boyfrend: Lacos to'g'ri aytyapti, kettik. deya hamma ortga o'girildi, qarshilarida esa...

Lacos, Boyfrend, Skrillex:

Skrillex:bu qanaqa maxluq bo'ldi

Boyfrend: o may gat!

Lacos: aaaaaaaaaaa qirg'oqda yotgan UgoChaves LacosTe ni baqirganidan sapchib o'rnidan turib ketdi.

Boyfrend: qochdiiiiik...

Qirg'oqda yotgan UgoChaves bilan birga o'rnidan turga Malika gap boshladi.

Malika: bu nimani ovozi? qolganlar qani?

UgoChaves: jin ursin! deya yonida yotgan tayoqlardan birini yoqdida chakalkzorga qarab yugurib ketdi. Chakalkzordagilar esa maxluqdan qochayotgan edilar. Yuguraturib...

Skrillex: bu qanaqa maxluq o'zi?

Boyfrend: bilmadim lekin ushlab olsa nima bo'lishini bilaman!

Lacos: a yordam beringlar yordam! maxluq LacosTe ni ushlab oldi va uni tishlashga harakat qilardi. LacosTe esa bor kuchi bilan qarshilik qilardi.

Lacos: yordam bersalaringchi nega qaqqayib turibsizlar! Skrillex yerda yotgan qalin tayoqni oldida maxluqni boshiga zarba berdi, maxluq esa changalidagi LacosTe qo'yib yuborib Skrillexga qarab g'azab bilan yurib kela boshladi. Endi tashlanmoqchi bo'lganda esa qo'lidagi olov bilan maxluqni xurkitgan UgoChaves Skrillexni hayotini saqlab qoldi. Maxluq esa olovdan ko'zlarini bekitgancha chakalakzor ichkarisiga kirib ketdi. Hamma shok holatida edi.

Ugo: bu qanaqa maxluq? qayerdan keldi?

Lacos: men bilaman qayerdan kelganini! u o'sha men aytgan kemadan tushgan!

Skrillex: lekin bu shunchaki taxmin! balki bu maxluq orolda avvaldan bordir!

Boyfrend: menimcha bu taxmin emas!... agar maxluq orolda avvaldan bo'lganda biz hozir tirik turmasdik!

Lacos: Kataleya qayerda?

Ugo: u qirg'oqda Malika bilan qoldi!

Skrillex: umid qilamanki Kataleya maxluq emas!

Boyfrend: ey hudoyim ular yolg'iz qoldimi? tezroq qirg'oqqa kettik! Hamma qirg'oqqa qarab yugurib ketdi. Qirg'oqqa yaqinlashganda esa Malika va Kataleyaning "yordam bering!" degan baqiriqlari eshitila boshladi.

Boyfrend: tezroq! qirg'oqqa yetib borishgach yana o'sha maxluq qizlarga hujum qilgandi. Gulxan o'chib qolgan, faqat UgoChavesni qo'lida yonib turgan mashala bor edi xolos. UgoChaves maxluqni olov bilan hayday boshladi, qolganlar esa tosh bilan maxluqni tosh bo'ron qila boshlashdi. Bunday xo'rliklarga chidolmagan maxluq yana chakalakzorga qarab kirib ketdi.

Malika: ey hudo bu nima edi?

Kataleya: meni o'ldirib qo'yishiga sal qoldi!

Malika: nima edi o'zi bu?

Boyfrend: nimaligini bilmaganlaring ma'qul!...

(4-qism tugadi!)

"UNS & XXI - ASF" Авторский Права Защищен! Copyright 2015 ©

Boshqa hikoyalar