tungi.ru

Pok sevgi

Nimadan boshlasamikin. Mayli xammasini boshidan aytaman. Man oilada ikkita qizdan keyingi kutilgan farzand bo'lib tug'ilganman. Besh yoshimgacha erka o'sganman. O'ylab qarasam man uchun eng yorug' kunla o'shanda bo'ganakan. 5 yoshimda ayam kasallik bilan olamdan o'tdilar. Man yosh bo'ganim uchunmi bilmadim uncha tushunmaganman. Ayamni o'limidan keyin dadam ichkilikka berilganla. Umuman o'zlarini yo'qotib qo'yganla. Keyin buni oldini olish uchun va bizani onasiz o'smasin deb buvim bilan raxmatli bobom dadamni ikkinchi marta uylantirganla. To'g'ri bu ayam yaxshi xamma ishlarni qiladila, umuman qattiq gapirmaydila. Lekin man shu paytgacha biron martayam ona mexrini xis qimaganman. Dadam uylanganlaridan keyin yana ikkita ukam tug'ildi. Shundog'am qisilgan mexr umuman tugab bitdi. Maktabda faqat 5 ga o'qiganman. 4 olsamam yig'lardim. Mani yoshligimdan beri eshitadigan odam bo'magan. Ko'chadan yoki maktabdan xafa bo'lib kelib uydagilaga aytgim kelardi , lekin eshitadigan xech kim yo'q. Xamma o'z ishi bilan. Man ulani ayblamayman. Axir man bitta farzandmasmanku.Lekin baribir manga o'sha paytda kimdir kerak edi. 9-sinfgacha a'lo bahoga o'qiganman. Xa... Xaliyam xuddi kecha bo'lganidek esimda turibdi. Dars tugaganidan keyin uyga ketmoqchi bo'lib tursam bexosdan ro'paradagi binodan chiqib kelgan bir qizga ko'zim tushdi. Bilmadim ichimdan bir narsa uzilib ketganday bo'ldi. Avvaliga tushunmadim. Keyin o'sha kuni nimagadir uxlolmadim. Qancha xarakat qisamam o'sha qiz hayolimdan ketmadi.Nahotki sevib qolgan bo'sam??? Xuddi uni manga Xudo yuborganday bir narsani sezdim. Keyin xar kuni shu qizni ko'rish uchun darsxonasiga borib derazadan kuzatardim. Kechqurun uyqim kelmaganidan soat 02:00 larda derazadan bildirmay chiqib uni uyiga borardim Eshigini tagidan xar kuni sirli oshiq nomidan sevgi izhorlarini yozardim. Lekin xecham unga sevishimni aytolmasdim. Xuddi man unga sevishimni aytsam u mani rad qiladiganday qo'rqardim. Uni o'ziga sezdirmasdan 5 yil kuzatkanman. Xar yili tug'ilgan kunida yana yarim kechasi borib eshigini tagidan sovg'a bilan ikki og'iz tabrik so'larimn yozilgan otkritkani tashlab ketardim.Qishda xar safar qor yoqqanida uyining oldidagi asfaltga yoqqan qorga katta qilib ismini yozib ketardim. Shunaqa qilib yana 3 yil o'tdi. Man maktabni bitirdim. Birinchi yili o'qishga Samarqandga topshirib kirolmadim.Kuzgacha paynetda ishladim. Keyin xarbiy xizmatga ketdim Aytgancha man Jizzaxda xizmat qiganman. Xarbiy xizmatdagi davrni aytsam 800 betli kitobam yetmaydi to'g'risi.Buni keyinga qoldiramiz. Oradan ancha vaqt o'tdi. Uyga ketishimizga 2 oycha vaqt qoldi. Lekin xa aytgancha uni ismini aytmapmanku. Ismi Zarnigor edi. Ismini bilish uchun maktabdaligimda sinfraxbarining xonasiga kirib guvohnomasini nusxasini o'g'irlab chiqqanman. Buni dugonalaridan yoki boshqadan so'rasayam bo'laridi demoqchimisiz? Bilmadim balki uyimdagi muhit mani shunaqa qilib qo'ygandir. Man sirimni xech kimga aytmayman. Buni birovga bildirgim kemasdi. Xullas armiyadan ruxsat berishmadi uyga borib kelishimga. Nima bo'lsa bo'ldi deb (o'sha paytda undan boshqa xech narsani o'ylaganim yo'q) yashirincha chiqib ketdim. Uyga taksida borib taksida qayttim.Tayyorlab qo'ygan sovg'amni yana "o'sha" joyga qo'yib uydagilagayam bildirmay qayttim. Xarbiy xizmatam tugadi. O'qishga kirishim uchun imtiyoz berishgandi. O'sha yili yozda toshkentdagi Toshkent Axborot texnologiyalari Universtiteti ga xujjat topshirdim. Xudoni marxamati bilan grand asosida o'qishga qabul qilindim. Keyin uyga xar borganimda (ta'tilda) o'zim ishlagan paynetga borardim. Kunladan bir kun paynetga man kutgan inson keldi. U kirdiyu xamma joy yorishib ketganday. Yuragimni urishi tashqarigayam eshitildi. Buni u sezdi. Manam sezdirmaslik uchun xuddi xech narsa bo'maganday xuddi u mani umuman qiziqtirmaydiganday turuvirdim. U nomerini aytib pul tashladi va indamay chiqib ketdi. Keyin unga bir necha marta boshqa nomerladan tel qila boshladim.Xar safar bir xil javob edi: adashib tushibsiz...

O'shandayam unga kimligimni aytmaganman. Ta'til tugab yana mani o'qishim boshlandi. Tug'ilgan kunidan bir oldin yana tel qildim. Ko'tardi:

-kim bu

-Manga Alisher keragidi. Man kursdoshiman. Chaqirvoring zarur gapim bor.

-Bu uni nomerimas, adashdiz...

Telni yana qo'yib qo'ydi. Keyin xuddi rostanam Alisherni so'ragan odam bo'lib SMS yozdim:

-Manga qara ooo !!! San nimaga bunaqa o'ziyni olasan. San bilan tanishaman deb o'lib turganim yo'g'iydi. Alisherni opasimisan yo singlisi? Kim bo'sanggam bilib qo'y. Man sanga o'xshagan nozigoyla bilan tanishib o'tiradigan bolamasman.

Besh , olti daqiqadan keyin javob keldi:

-Man Alisherni katta xolasiman. Eng kattasi...

Ertasiga yana tel qildim. Ko'tardi. Man kecha aytgan gaplarim uchun uzr so'radim. Uni kayfiyati yaxshiydi. Sababini so'radim. Tug'ilgan kuniligini aytdi. Unga shunaqangi tabrik so'z aytdimki bir muddat tili aylanmay qoldi. Keyin raxmat aytdi. Keyin yana tabriklab tel ni o'chirdim(Xuddi bu narsa uyushtirilganligi bilinmasligi uchun). Keyin xar 10kun yoki bir xaftada tel qilib yo'qlaydigan bo'ldim. Biz ko'p gaplashmasdik. Keyin tanishdik.Unga ismimni Sardor deb aytdim.U bo'sa umuman yolg'on gapirmadi. Sevgimni aytishdan xaliyam qo'rqardim. Shu shu tez-tez tel dan gaplashib turadigan bo'ldik. Lekin sevgi xaqida gap ochishim bilan birdan mavzuni boshqa joyga burardi yoki o'chirib qo'yardi. Shunaqa kunlani birida gaplarimni orasida:

-Jiyanlarim: “Shurik aka qachon kelasiz” deb so'raganini o'zim bilmagan xolda aytib qo'yibman(Axir u uchun Sardor edimda). Ismimni bilib manga indamadi. Ertasiga tel qildim ko'tarmadi. Qancha qancha SMS yozdimam javob kemadi. Nimaga bunaqa qilayotganini tushunmasdim. Orada yangi yil yaqinlashib qoldi. Uyga bordim. Yangi yilam o'tdi. Xaligacha tel qilsam ko'tarmasdi. Oxiri shunaqa bitta she'r jo'natdimki o'zi tel qildi(Odatda faqat man tel qilardim). She'rni manosi mani o'limimga borib taqalardi. Balki shundan qo'rqqandir. Keyin salomlashib xol ahvol so'raganimdan keyin nimaga bunaqa SMS yozganimni so'radi. Man xuddi xech narsa bo'lmaganday bu shunchaku SMS. Manam buni boshqadan ko'chirib oluvdim deb aytdim. Keyin nimaga mandan xafaligini so'radim. Mani qachongacha aldab yurmoqchisiz- dedi. Gapni orasida ismimni aytib yuborganimniyam aytdi. Keyin unga faqat ismimni yolg'on aytganimni boshqa xamma gaplarim rostligini qasam ichib tushuntirdim(aslidayam shunaqaydi). Foydasi bo'madi. Toshdanam qattiq deb o'ylagan qizim yig'ladi. Man xammadanam ko'ra faqat sizga ishonardim. Sizdan buni kutmovdim dedi va ertaga u aytgan joyga borishimni so'radi(akasini chaqirib mani urdirmoqchiydi aniq bilaman). Ertasiga man ishdaligimda bexosdan paynetga keldi. Ismim Shuhrat va paynetda ishlashimni bilardi lekin mani umuman ko’rmaganiydi. Kelib nomerini aytib pul tashladi. Keyin birdan bitta tanishim kelib ismim bilan chaqirib qoldi. Zarnigor bo'sa birdan manga qaradi. O'sha paytda uni ichidan nima gap o'tganini bilaman:

Nahotki shu bo'lsaya?

Keyin telefonini olib manga tel qila boshladi va mani mani tel imni jiringlashini kutdi. Shu narsani qachondir ro'y berishini sezardim va shuning uchun tel imni xar doim ovozini o'chirib yurardim. Mani tel imdan sado chiqmagach xafsalasi pir bo'lib ketdi. Ketgach o'zimga o'zim so'z berdim:

-Ertaga xammasini aytaman.

Rostanam ertasiga tel qildim. Ko'tardi. Kecha nimaga tel ni ko'tarmaganimni va o'sha paytda qayerdaligimni so'radi. Man o'sha bolaman dedim.Tushunmadi. Keyin unga sevishimdan tashqari xammasini aytib berdim. Birdan mani kaltaklatmoqchi bo'gan qiz yuvosh tortib qoldi. Man sizni o'sha yerda ishlaydigan bolaligizga ishonmayman dedi. Qayerdaligini so'radim. Avtobusdaligini, avtobus bekatda to'xtab turganini aytdi. Bordim. Derazadan qarashini so'radim. Qaradi va birdan ikki beti qizarib ichkariga o'zini urdi. Qanchalik xayajonlanganini bilmayman lekin ichkarida yiqilib tushgani aniq , chunki g'ala g'ovur bo'lib uni turg'izib qo'yishganini ko'rdim. Tel qildim. Ko'tardi va shunaqa dedi:

-Sizdan iltimos manga tel qilmay turing. Man o'zimga kelib olishim kerak. Xaliyam xazm qila olmayapman buni,

dedi. O'zi so'raganiday tel qiganim yo'q. 3 kundan keyin SMS keldi. Mani ahvolimni so'rab keyin u bilan kim sifatida gaplashib yurganimni so'radi. Xozircha tanish sifatida dedim. "O'zizchi" deb yozvordim. javob keldi:

-O'zimam bilmayapman...

Shu onda mandan baxtli inson yo'q edi. Axir bu kunni qanchalar kutgandim. Keyin unga bor xaqiqatni aytdim. Shu paytgacha uni sevishimni va u uchun nimalar qiganimni. U mani kechirdi. Buni qarangki u xam manga befarqmasakan. Sevaman deb aytmasayam ko'zlaridan o'zim o'qib olardim. Keyin biz uchun baxtli kunlar boshlandi. Biz gap so'z bo'masin deb(uni o'ylab) ko'chada xuddi begonalardek bir birimizga befarq o'tib ketardik. Tel dayam o'zini ataylab mani sevmaydigan qilib ko'rsatardi va bu manga yoqardi. Yana ta'tilim tugay boshladi. Man undan uchrashishimizni so'radim. Atigi 15 daqiqa vaqt ajratishini aytdi. Man rozi bo'ldim. Xiyobonga odamladan chetroqqa bordik. Umrimda birinchi marta muhabbat ilohiy tuyg'uligiga ishondim. CHunki uni ko'zlarimmas yuragim tanidi. Man uni kutib turgandim. Birdan yuragim o'sha tanish zarbda ura boshladi. Avvaliga tushunmadim. Keyin ortimga o'girilib qarasam oppoq kiyimda Zarnigor turardi. Man o'zimni yo'qotib qo'ydim balki birinchi uchrashuv bo'lgani uchun shundaydir. Uyam yerdan ko'zini uzmasdi. Unga aytadiganlarimni aytdim. Oxirida ko'zimga tik qarashini so'radim. Qarolmasligini aytdi. Unga ertaga ketaman deb aytuvdim birdan ko'zlarimga qaradi. Uni ko'zlariga qarasam xamma narsani unutaman… Ketar chog'imiz qo'lidan tutdim. Qo'lini issiq va qaltirab turgani sezildi. Birdan qo'lini yulib oldi va "yomon o'rganib qolasiz" dedi. Shundan keyin biz ketdik. Ertasiga manam Toshkentga ketdim. Yetib borib tel qildim. Shuncha paytdan beri manga sevishini aytmagan qiz yig'lab sog'inganini aytdi(Axir endigina ko'rishmaganimizga bir kun bo'lgandi). Manam sog'inganimni aytdim.Sog'inchda kunlar o'tuvirdi. Bir kuni u tel dan ayasi man bilan gaplashayotkanini bilib qoganini va telefonini olib qo'yganini aytdi.Uyiga sovchilar kelayotganini aytish xam esidan chiqmadi. Man uyga borganimdan keyin xammasini xal qilaman dedim. U ko'nmadi, uydagilari uni bervormoqchiligini aytdi. Man birdan tel ni o'chirdim. Xayolimga birinchi kegan fikrga bo'ysundim. Taksiga o'tirib uyimga ketdim. Uydagilayam xayron. Xammasi yaxshi bir ikki kunga javob berishdi deb aldadim. U MED KOLLEJni bitirib kasalxonada TEZ TIBBIY YORDAM bo'limida ishlardi. 14-fevral sevishganlar kuni edi. Unga deb yangi telefon oluvdim.Soat ertalab olti bo'masdan kasalxonaga bordim.Unga uydaligimni aytmagandim.Qalin qor yoqqandi. U kegunicha ishlaydigan xonasini oldiga qorbobo yasab qo'ydim. Tagiga katta qilib archa shoxlaridan ZARNIGOR deb yozdim. O'zim yasagan qorboboni qo'lida xat qoldirdim. Bu sevgi izhori edi. Man paynetda ishlab yurgan paytimda u manga oxiri 9314 bo'lga nomer topib berishimni so'raganiydi(Tug’ilgan sanasi bilan bog’liq). O'sha kuni nomerni xam topib yangi telefonga qo'ygandim. O'zimni nomerimni SANI SEVAMAN deb сохранит qigandim. Birdan qalin kiyimlaga o'rangan man tomonga Zarnigor kela boshladi. Man boshimdagi shapkamni bostirib oldim va sharfimniyam ko'tardim.faqat ko'zlarim ko'rinib turardi. Unga "syurpriz" qimoqchiydim. Oldimdan o'tayotkanda salom berdim. Man tomonga qaradi va indamay o'tib ketdi. Eshikkacha bordi va birdan to'xtadi. Qayrilib qaradi va oldimga kelib:

-Shuhrat aka bu sizmi? Nima qilib yuribsiz ?

deb so'radi. Man unga telefonni berdim va qolganini tel da aytaman dedim. U xaliyam karaxt edi. Man uyga ketdim. O'zim olgan yangi nomerga tel qildim. U ko'tardi. Endi o'ziga kelganiydi.

-Man sizni ko'rganimni dugonamga aytdim u ishonmadi. Sog'inganingdan ko'zingga ko'ringan deb mani ishontirdi. Keyin qorboboni ko'rib uyam qotib qoldi.

U mani xatimni olganiydi. Ertasiga uydagilaga bildirmay ammamga aytib Zarnigorni uyiga sovchi qilib jo'natdim. Ota-onamga aytolmasdim. Uyda xar ikki kunni birida janjal. Dadam ko'p ichardila. Man umuman oiladagi janjallaga aralashmaganman. Bu bilan man oilamni yomon demoqchimasman. Nima bo’gan taqdirdayam oila birinchi o’rinda turishi kerak. Keyin ammamdan eshitdimki Zarnigorni uydagilari badavlat oilaga berishmoqchi ekan. Man o'zimni kambag'al demoqchimasman. Lekin uni ota-onasi istaganday badavlat xam emasman. Shundayam man ko'nglimni cho'ktirmadim. Ertasiga yana ko'rishdik. Bir birimizni ko'rib turamizu tel dan gaplashamiz. Faqat man gapirdim u eshitdi. Taksiga o'tirib ketadigan paytim yana yig'ladi. Bu safar o'zimniyam ko'zimdan yosh chiqib ketdi. Nihoyat bahor keldi. U bilan xar kuni gaplashsamam nimagadir g'amgin bo'lib qolgandi. Umuman gapirmasdi. Kunladan bir kun 17-mart(mani eng yomon ko'rgan kunim) kuni Zarnigor tel qilib qoldi. Ko'tardim. U ayasi yana telefonini olib qo'yganini va sumkasidan mani rasmlarimni topib olganini aytdi. Endi gaplasholmasligimizniyam aytib mani eshitmasdan tel ni o'chirdi. Ikki soatladan keyin yana tel keldi. Ko'tardim. Bu Zarnigorni ayasi edi. Man salom berdim. U kishi qizini tinch qo'yishimni unga mandan boshqa tel oberadigan kuyov topib qo'yganlarini aytdi. Man uni sevishimni aytdim lekin uyam mani sevishini aytmadim. Xar xolda qiz bola. Bir nechta xaqoratli so'zladan keyin telefon o'chdi. O'shandan keyin Zarnigor umuman yo'qolib ketdi. U bilan qanday gaplashishniyam bilmay qoldim. Undan ajralishimni sezib so'nggi maktub yozishga ahd qildim. Kechalari uxlamay 100 metrli xat yozdim. O'sha xatda mani butun xayotim tasvirlanganidi. Keyin yana uyga ketdim. Bir kuni dugonasi tel qilib Zarnigorda qanaqa gapim bo'lsa unga aytishimni so'radi. Man unga uchrashmoqchiligimni va xat bermoqchiligimni aytdim. U rozi bo'ldi. Ertasiga dugonasi bilan ko'rishdik. Unga "omonat" ni berdim. Zarnigor xaqida so'radim. Yaqinda to'yi bo'lishini aytdi. Birdan o'zim bilmagan xolda ko'zimdam yosh chiqib ketdi. Orqamga qarab yugurib ketdim. Dugonasi tel qilib mani xafa qilmoqchimasligini va siqilmasligimni aytib dalda berdi.Yana albatta Zarnigor bilan gaplashtiraman deb vada berdi. Man yana Toshkentga ketdim. Bir kuni kechqurun o'sha dugonasi tel qildi. Zarnigor bugun ularnikida mehmon bo'lib yotib qolishini aytdi. Man ikki soatlardan keyin tel qilib Zarnigorni so'radim. Xozir dedi va kimla bilandir pichirlashdi, yig'i ovoziyam keldi. Keyin bugun u kemadi afsus degan javob eshitdim. So'zlari shunchalik beo'xshov chiqdiki uni yolg'ol gapirgani bilinib qoldi. Man unga Zarnigorni chaqirib berishini va uni boshqa bezovta qilmasligimni aytdim. Faqat oxirgi marta gaplashib olmoqchiman dedim. Bir daqiqalik sukutdan so'ng tanish ovoz"Allo !!!" dedi. Bu Zarnigor edi. Man uni tinch qo'yishimni u boshqa yigit bilan gaplashib yurganini va yaqinda to'ylari bo'lishini aytdi. Ishonmadim. Shunchaki unga baxt tilab vidolashdim. Man uni uchratgan kunimdan oldin bir odat chiqargandim. Xar kuni kechqurun uxlashimdan oldin Ollohga iltijo qilardim:

Ey Xudojon qilgan gunohlarimizni o’zing kechir, ilohim vatanimiz doim tinch bo’sin, mani baxtimga ota-onam doim so’g-salomat bo’lishsin, manga hayotda o’z yo’lim va o’z baxtimni topishimga madad bergin.

Shundan keyin ozgina tilovat qilaman. Afsus man Xudodan baxtimni topishimni so’rabmanu unga erishishni so’ramaganakanman. Ertasiga yana boshqa nomerdan bir qiz tel qildi. Uyam dugonasiligini kecha Zarnigor manga atayin o'sha gaplarni aytganini aytdi. O'shanda manga qattiq gapirganidan keyin o'zi dardini dugonalariga aytib yig'laganakan. Balki shunaqa desam mani unutar deb o'ylagandirsan Zarim(man uni shunday chaqirardim). Adashasan, axir san bu dunyodagi topgan yagona baxtim edingku. Sani qanday unutishim mumkin. O'shandan beri uxlashga yuragim botinmaydi.Xar tunni ertalabgacha yig’lab o’tkizaman. Tonggacha ming marta o’lib ming marta tirilaman. Yaxshiyam mani bu ahvolimni osmondagi oy-yulduzladan boshqa xech kim ko’rmaydi.To’g’ri man yigit kishiman, xar narsaga yig’i qilishim kerakmas. Lekin xotiralarimga kuchim yetmayapti. Man hushim joydaligida o'zimni xar nima bilan chalg'itishim mumkin lekin uxlashim bilan xotiralar mani tinch qo'ymaydi. Shuning uchun odatda kunduzi uxlayman. Xar zamonda begona nomerlardan tel keladi. Ko'targanimdan keyin umuman gapirmay jim turadi. Zarim deyishim bilan o'chadi. Ich-ichimdan bu sanligingni sezaman. Qaytib chiqaman o'chirilgan. Keyinroq tel qilsam boshqa odam olib ertalab kimdir tel qiluvdi, tanimayman deydi. Shu paytgacha mangayam ancha qizlar sevishini aytgan(bu maqtanishmas). Xammasiga bir xil javob:

-Yuragi yo'q odamni sevishiga ishonasizmi?

Axir mani yuragimni o'zing bilan olib ketdingku Zarim.

Butun umr izlaganim uchun xam nimani ko’rsam buni o’zing deb bildim(Shoxrux-o’zing).

Necha marta o'zimni o'ldirish fikri hayolimga keldi. Xudodan qo'rqdim. Olloh o'zi bergan jonni o'zi oladi. Mani bu hayotda tirik ushlab turgan yagona narsa sani tirikliging. To'g'ri san manikimas boshqaniki bo'lasan. Lekin man xali taslim bo'madim. O'zingga aytganimday man umrimni oxirigacha kurashaman. Agar umrim yetmasa keyingi hayotimdayam sani kutaman. Bizni muhabbat ertagimiz shunchaki tugashi mumkinmas. Bosh qahramonlar o'zgarishi mumkin xolos. Ertak esa davom etadi.

Ishonaman kun kelar,

Yulduzlar porlab ketar.

Shunda taqdirning o’zi

Sevgimizga tan berar(Radius&Ziyoda-sevgi)…

Sani umrimni oxirigacha kutaman deb o’zimga o’zim aytamanu, lekin…

Sani kutishga umrim yetmasaydi deb qo’rqaman.Yuragim tez-tez og’riydigan bo’lib qogan. Ayam xam shu darddan olamdan o’tganla. Maniyam qismatim shudir balki.Buni xozircha xech kimga aytganim yo’q. Xammamiz uchun xam shunaqa bo’lishi yaxshidir ehtimol…

Man bu narsalarni yozgunimcha necha bor kuldim va shuncha yig’ladim. Bilaman baribir buni san o’qimaysan. Faqat shuni bilishingni xoxlaymanki man bu dunyodan o’tsam xam sani doim sevib qolaman. Sanga baxt tilab Shuhrat…

Boshqa hikoyalar