tungi.ru

Sevgilim Tabassum qil...

Asar nomi: Sevgilim Tabassum qil...

Asar muallifi: Asian

Asar haqida: Asar real voqealarga asoslangan bo'lib,1 yil avval bulib utgan.

Qahramonlar nomi uzgartirilgan holda beriladi.

Sevgilim Tabassum Qil...

1-qism

Mustaqilligimiz biz yoshlar uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochish

bilan bir qatorda Sobiq Sovet hukumati davrida ertak bulib tuyulgan orzularni

amalga oshirdi.20 yoshli yigit Sho'ro hukumati vatqida Kompaniya ochish u yoq

da tursin,o'zining shaxsiy fikrini bayon etishga ham botinolmasdi.Qahramonim

Shoxrux 1991 yilda,o'ziga to'q oilada dunyoga keldi.Bo'yi baland,qosh-ko'zi

qora,yoshligidan o'qish b-n bir vaqtda Sport b-n shug'ullanganligi

sabab baquvvat yigit edi.Lekin tashqi go'zallik,qizlar bilan va u uchun muhim emasdi.U uchun

Asosiysi insonning ko'ngli va yuzida doim tabbasum bulishi,boshqalarga doim

quvnoq kayfiyat ulashishi edi.Ba'zida hazilkash,ba'zida esa jiddiy Shoxrux

15 yoshli ukasi hamda 10 yashar singlisiga,o'qishda o'ziga xos namuna bo'lish

va kelajakda O'zbekistonga foydasi tegadigan inson bo'lish uchun o'ziga berilgan

barcha imkoniyatlardan oqilona foydalanardi.Ota-onasi katta o'gillariga barcha

shart-sharoitlarni yaratib berishgandi.Qolgani faqat o'qish edi xolos.

5-qavatli domning 1-qavatida Shoxruxning xonasi bulib u yerda faqat Dars bilan

mashg'ul bulardi.Ba'zi bir yigitlar singari sigaret,spirtli ichimliklarni

hayotda og'ziga olmagan bu yigitchani hali kelajakda ancha sarguzashtlar

kutib turgani faqatgina Yaratganga ayon edi.Tenqurlar orasida uni ajratib

turadigan xususiyatlari - Ingliz tili va Texnologiyani juda yaxshi bilishi,

atrofdagi begona odamlarga ham yordam qo'lini cho'zishi barchaga birdek

yoqardi.Kollejdagi o'qishini qizil diplom bilan tugatgandan so'ng unda

USA-HARVARD Universitetida o'tqaziladigan konferesiyada grant asosida O'zbekistonni namoyish

etish uchun yaxshi bir imkoniyat paydo bo'ldi.Shu bahona Xorijdagi Universitetlaridan bir nechtasida

o'z omadini sinashni yuragiga tugib quydi.Yoshligidan ta'lim berayotgan domlasi

Nosir aka ham o'zida yo'q xursand.Ustoz uchun bu juda

katta va o'ziga xos yutuq edi.Ota-onasining roziligini olgach Shoxrux

Aeroport tomon yo'l oldi.Orzusi amalga oshadigan bo'ldi.Har bir O'zbek yigiti

xoh yaxshi bo'lsin,xoh yomon,doim qalbining tub-tubida oilasiga o'z mehnati

bilan pul topishni,ota-onasining,shuningdek ona yurtining ishonchini oqlashni

niyat qilib qo'ygan bo'ladi.Mana qahramonimizda ham xuddi shunday niyat yuragida

alanga bo'lib yonmoqda.Amerika - orzular shahri...U 2 narsani juda yaxshi bilardi:

1) Ikki dunyoda ham Amerika fuqaroligini olmaslik va O'zbekistonga qaytib kelish!

2) O'qish va Ishlash uchun Amerika juda yaxshi maskan!

Vizani tasdiqlash ishlari ham kutilganidek uncha ko'p vaqt olmadi.Samalyotga o'tirar

ekan shu payt,navbat kutayotgan payt Mobil Telefonini unutib qo'ygani esiga tushdi.Lekin

endi kech.Orqaga qaytib bo'lmaydi.Afsus chekib turgan payt bir notanish yigit baland ovozda:

"Kechirasizlar,mana bu telefon kimga tegishli,navbatxonada tushib qolgan ekan" dedi.

Shoxrux talmovsirab "Menga,menga tegishli" dedi.Telefon unga tegishli ekanini tekshirib,

apparatni egasiga qaytargan yigitga Shoxrux yuzida tabbasum bilan bilan minnatdorchilik bildirdi.

-Kechirasiz,o'zbekmisiz,yoningizga o'tirsam maylimi?

-Ha...Salom...albatta,keling og'ayni bemalol

-Telefonni qaytarganingiz uchun katta rahmat sizga do'stim...

-Arzimaydi.Ehtiyot bo'lib yuring og'ayni

-Ismiz nima?Qaysi shahardansiz?

-Ismim Sanjar.Toshkent shahridanman,o'zizchi?

-Ismim Shoxrux.Men ham Toshkentdanman

Shu bilan ular bir-birlari haqida so'ray ketishdi.Sanjar bug'doyrang,gavdasi Shoxruxga qaraganda pastroq,ko'ngli

ochiq,lekin ko'zida o't chaqnab turardi.U bu yerda ishlari yurishmagach,ishlab pul topish maqsadida Amerikaga yo'l

olgani va oilasi haqida gapira ketdi.Shoxrux ham bunday sherikga duch kelganiga va safar davomida shu yigit bilan

birga bulishidan kungli tula edi.Har holda bir shahardan,yomon bolaga o'xshamaydi degan xayollar bilan Internetga

ulanib Daryo.uz dan yangiliklarni uqishni boshladi.Safar davomida bu ikki yigit do'stlashib olishga ham ulgurishdi.Anchadan so'ng Samalyotdagilarga qo'nishga tayyorgarlik ko'rish e'lon qilindi.

Boshqa hikoyalar