tungi.ru

Taqdir. III bob.

I bob | II bob

Taqdir.

III bob.

Yigit nomidan.

-Men. . . Davron akamni qattiq sevardim. . .

-Anu Davronmi? -luqma tashladi Ruhshona. - Buni hamma biladiku. Nega "edim" deyapsan?

-U. . . Biz. . . Ajralishdik. . .

-Nega? Nima sababdan?

-Mendan ko'ngli qolibdi,- Mohinur shunday dediyu, yig'lamsiray boshladi.

-Yana nimadir bo'lgan a? -dedim Mohinurga qarab. Qizlar borasida orttirgan tajribam shuni ko'rsatardiki, ikki sevishgan o'rtasida men qo'rqib turgan narsa sodir bo'lgan.

-U. . . Tug'ilgan kuniga, o'z uyiga chaqirdi. . . Faqat ikkimiz edik. . . "Romantika bo'ladi" degandi. . . Keyin. . . Keyin. . . -Uning ko'zlaridan yoshlar dumalab tusha boshladi.

-O'sha narsa sodir bo'ldi. . . -gapini o'zim tugatib qo'ydim.

-Men hohlamagandim. . . U. . . Ichimlikka nimadir qo'shgan ekan. . . O'zimni boshqara olmadim. . .

U yuzlarini berkitib olib yig'lay boshladi. Eee yo'q, bunaqasi ketmaydi, yana yig'imi? Shu narsani o'lgudek yomon ko'ramanda!

-Qo'yingee, bekordan ezilib nima topasiz? Undan ko'ra endi nima qilishni o'ylang.

-Shuni o'ylab ezilyapmanda! Ota-onamni oldida, tanishlarim oldida kim degan odam bo'ldim?

-Birinchi galda bunaqa qilamiz, ey aytgancha, ismim Avaz, -dedim unga qo'l cho'zib.

U biroz hayrat bilan tikilib qoldida, biroz qo'rquv bilan qo'lini cho'zdi:

-Mohinur.

-Tanishganimdan hursandman. Bu qiz Ruhshona bo'ladi, -dedim kulib. Mohinur o'zi istamagan holda yig'i aralash kulib yubordi.

-Bo'ldi endi, eski voqealarni unutingda, kelajakka intilib yashang. Endi yangi do'stiz bor, kelishgaaaan, -shunday deb yoqamni to'g'rilagan bo'ldim.

-Rahmat, -dedi past ovozda.

-Arziyman, xo'sh, o'sha yigit bilan gaplashdizmi?

-Uni boshqasi bilan unashtiruvi bo'pti, "boshqa bezovta qilma" dedi. -shunday dediyu, yana yig'lashga shaylandi.

-Eyy yig'lamaaang! Battar bo'lsin, sizdek qizdan quruq qopti!

-Bu holimda kimga keragim bor? Men endi bokira emasman!

-Bu degani hech kimga kerakmassiz degani emasku, to'g'rimi? -shunday deb Ruhshonaga yuzlandim.

-A? Ha. . . Ha, albatta, bizga keraksan Mohi, nega unaqa deysan?

Mohinur yana yuzlarini berkitib yig'lay boshladi.

-Undan ko'ra hayotdan zavq olib yashang, hali hammasi yaxshi bo'ladi! -dedim va o'rnimdan turdim. -Endi men boraqolay, do'konga o'zim qaramasam bo'lmaydi.

-Mayli, kuzatib qo'yaman, -deya Ruhshona ham o'rnidan turdi.

Eshikka yaqinlashgan paytimda Mohinurning menga qarata "rahmat" deyishi ruhimni yanada tetiklashtirib yubordi.

Taksi ushlab, do'konga qaytdim, Zokir doimgidek telefonda gaplashib o'tirardi. Gapirish ohangidan qiz bola bilan gaplashayotgani aniq edi. U shunchalik berilib gaplashardiki, men do'konga kirganimni ham sezmadi. Hozir seni bir boplamasammi.

-Tur o'rningdan, polni art! Undan keyin idishlarni yuv! -dedim atay baland ovozda.

Zokir cho'chib ketdida, "keyinroq telefon qilaman" deb telefonni o'chirdi.

-Parot qildizku aka, -dedi arazlagan ohangda.

-Sen bola hadeb telefonda gaplashavermasdan do'konga qarasang bo'midimi? Qara, hammayoq bardak bo'b yotibdi. Qani, tur o'rningdan, manavi korobkalarni ko'zdan yo'qot, tashqaridan kelgan odamga xunuk ko'rinarkan. Yana anavi qoplarniyam taxlab, chiroyli qilib qo'y. Changlarni artib o'tirsang o'lasanmi!?

Zokir shoshgancha men aytgan ishlarni qila boshladi. Do'konda nima qilishni bilmay turdim. Hayolim haliyam Mohinurda edi. Bo'lib o'tgan gaplarni eslab, telefonimni qo'lga oldim va tanish raqamlarni tera boshladim.

-Alooo! Johooon! Bitta chumoni surishtirish kerakda do'stim. . .

* * * * *

To'rtinchi marta eshik qo'ng'irog'ini chalganimdan keyingina eshik ochildi.

-Ha? Voy sizmi? -dedi Ruhshona kulimsirab.

-Yo'q, qarindoshiz, -dedim men ham kulib, -kinoga bilet olgandim, dugonezi aylantirib kelaymikan deb. Nima deysiz?

-Yaxshi bo'lardi. Lekin uni o'zi nima derkin?

U shunday deb ichkariga boshladi. Men oyoq kiyimimni yechib, ichkariga kirdim. Mohinurning ahvoli unchalik yaxshi bo'lmasada, kechagidan tuzukroq edi. Meni ko'rib yuziga nimtabassum yugurdi.

-Ishlar qalay? -dedim unga qo'limni cho'zib.

-Rahmat, yaxshi.

-Shu desez, kinoga bilet oluvdim, birga boramizmi?

-Voy. . . Qanaqa kino ekan o'zi?

-Komediya kinoda. Kayfiyatni yanayam ko'tarib kelamiz, nima deysiz?

-Men. . . Bilmasam. . . -u shunday deb Ruhshonaga qarab qo'ydi.

-Ana, demak rozisiz. Bo'ling tezda tayyorlanimg. Ruhshona, bu qizga qarashvoring, -dedim jilmayib.

Ruhshona Mohinurni turgazib, xonasiga opkirib ketdi. Bu qiz ham boshqalar kabi bir soat pardoz qilsa kerak, zerikib o'lamanku. Televizorni yoqdim, tuzukroq, ko'rishga arzirli narsa yo'q. Televizorni o'chirib, kvartirani aylana boshladim, oxiri balkonga chiqib, tashqarini kuzata boshladim.

* * * * *

Kinozaldan chiqar ekanmiz, kinodagi eng kulgili joylarni Mohinurga eslatib, zavqlanib kulardim. Mohinur ham kula boshlagandi. Kinoteatr tashqarisiga chiqqach, undan so'radim:

-Xo'sh, meni mehmon qilasizmi? Birorta kafega taklif qiling endi.

-A? -Mohinur shoshib qoldi.

-Hazillashdim, yuring biror joyda o'tiramiz.

Shu yaqin o'rtadagi kafega kirib o'tirdik. Bittadan lavash va kolani tushirdik. U bilan birga ekanimda doim kayfiyatini ko'tarishga harakat qilardim. Hayotga intilishi kuchayishini istardim. Shuni ham ta'kidlash kerakki, Mohinurga bog'lanib qolayotganimni inkor eta olmasdim.

Kafedan chiqar ekanmiz, kechki salqindagi sayrga taklif qildim. Kuzgi mayin shabboda taftini his etgancha, piyoda ketib borardik.

-Nega o'qituvchi bo'lmoqchisiz? -so'radim undan.

-A nima? -shoshib dovdirab qoldi u.

-Harqalay harbiy bo'lish uchun filologiyada o'qimassiz?

-Haa, shunchaki adabiyotga qiziqaman, -dedi u past ovozda.

-Agar o'qituvchi bo'lganizdayam, hamma o'quvchilar boshizga chiqvolgan bo'lardi.

-Hechamda, men rosa qattiqqo'lman, -yelkamga jaxl bilan turtib qo'ydi.

-Agar dars paytidayam shunaqa past gapirsez, hechkim ishonmaydi! -keyin uni ovoziga taqlid qilib men ham past ovozda gapira boshladim: -Hurmatli o'quvchilar, hamma daftarini olib mavzuni konspekt qilsin, Baqoyev jim o'tiring! Hojiyev, hojiyeeeev -deya past ovozda chiyillab yubordim.

Mohinur esa qiqirlab kulib yubordi: - Jinniii!

Shu taxlitda qiziqarli gaplar bilan ularni kvartirasiga yetib keldik. Podyezd zinalaridan ko'tarilib, eshik qo'ng'irog'ini chaldim. Eshikni hovliqib ochgan Ruxshona bizni ko'rib kayfitati ko'tarilib ketdi.

-Oling, dugonezi qaytarib opkeldim, -shunday deb Mohinurni ichkariga kiritdim, -biram sergap ekanki, og'zi tinmas ekan bu qizni.

-Ahmoq, -Mohinur deya arazlagandek bo'lib yelkasi bilan turtib o'tdi.

-Sizam kiring ichkariga, -taklif qildi Ruhshona.

-Bilasizmi, jon-jon deb shahlo ko'zlarizga termulib siz bilan kofe ichgan bo'lardimkuya, lekin shoshilinch ishlarim bor, -Ruxshonani yuzidan chimchilab qo'ydim.

Shunday qilib, kulishib hayrlashdim. Pastga tushar ekanman, Jahongirga telefon qildim:

-Ha Jahon, men aytgan ish nima bo'ldi?

* * * * *

-Bu Davron akami? -deya qotib qoldi Ruxshona, ko'zlari katta-katta ochilib, telefonimga termularkan.

-Huddi o'zi, -deya miyig'ida jilmaydim.

-Uni kim. . .? -savol nazari bilan menga tikildi.

-Kim bilsin deysiz, -ayyorona jilmayib bilinar-bilinmas ko'z qisib qo'ydim.

-Yaramas -u shunday deb bir muddat o'ylanib qoldida, davom etdi, -faqat Mohi bilmasin, yuragi ezilmasin.

-Buyog'idan havotir olmang. Ha-ya, haliyam so'ramabman, qani bizni malikai-turandotimiz?

-Sochini quritayotgandi, hozir chiqib qoladi.

-Sochini quritayotgan bo'lsa hali beri chiqmasov.

-Assalomu alaykum!

Ovoz kelgan tarafga o'girildim. Sochlarini yoyib olgan Mohinur bizga qarab turardi. Uning ko'rinishi endi umuman hayotdan ezilgan qizni qiyofasiga o'xshamas edi. Mohinur sekin-asta hayotga qaytmoqda edi.

-Hm, Avaz aka, qaysi shamol uchirdi buyoqqa?

-Bugun daftarimni ochib qarasam kechgacha hechqanaqa uchrashuvim yo'q, bo'sh ekanman, shunga sizlarga meni osh bilan mehmon qilish imkoniyatini bermoqchiman. O'zi palov qilishni bilasizlarmi?

-Voy voyey, shuniyam bilmasak uyat bo'lar endi.

-Qani unda jiddiy tanqidchini ovqat bilan siylashga tayyorlaninglar. Mohi siz o'ziz ham qilaverasizmi, ungacha Ruxshonani o'rab turardim.

-Voy yaramas, -Ruxshona yelkamga mushtlab ketdi.

-Iya ha albatta, men sizlarga halal bermayman, sizlar bemalol, -Mohinur arazlagan odam bo'lib, teskari qarab o'tirib oldi.

-Haa, Ruxshona, boya nima deyotudik, sevgi izxorizi qaytadan izxor qilvoring, -deya Ruxshonaga yuzlandim.

-Mohi ishonma buni gapiga! Yaramas aldoqchi!

Ornimdan turib Mohinurga yaqinlashdim:

-Mohinur?

-Hmm? -dedi u arazlagan holatini davom etkazib.

Shartta yuzidan o'pib oldimda, qocha boshladim.

-Ablax hozir sizni. . !

* * * * *

-Avaz, bu qizgayam yuragim tortmayaptida. . .

-E ovsar, nimasiga ko'ngling tortmayapti? Chiroyligina, shiringina qiz ekan, men ham surshtirib ko'rdim, esli-hushli, hayoli-iboli qiz. Shartta uylan-qo'yda!

-Ha bilaman, Zebo yahshi qiz, faqat. . .

-Nima faqat? O'zi oying seni uylantirish harakatini bog'cha paytingda boshlasa bo'larkan, shunda birorta qizga rozilik bervorarding.

-E bore, senga faqat gap bo'lsa. Uylanish bu o'yinmasku, oilani shunchaki tavakkalga qurib bo'lmaydi!

-Voy men biron narsa dedimmi? Qani ayt, Zeboni nimasi yoqmayapti?

-Aynan nimasi ekanini bilmayman. . .

-E qovun, ha bo'pti, oyingni spiskasidagi qizlarni tugatvolaylikchi, bir gap bo'lar.

Jahongirni navbatdagi uchrashuvidan qaytar ekanmiz, mashinasiga o'tirib, yo'lhga tushdik,

-Meni do'konga tashlab o't, -dedim mashina yura boshlagach.

* * * * *

-Akajooon? -dedi singlim yelkamga osilvolib. Erkalanib gapirishi ohangidan hozir pul so'rasa kerak deb o'yladim.

-Hov? -dedim kompyuter ekranidan ko'z uzmagan holda.

-Haligi. . . Kelasi hafta tug'ilgan kunim. . .

-Shunga nima qibdi? -o'zimni beparvodek tutdim.

-Anaqa. . . Uyga do'stlarimni chaqirmoqchiydim. . .

Oyim ham deraza ortidan gapimizni eshitib turganmi, yoki bu ikkovlon oldindan kelishib olishganmi, xonam eshigi ochilib oyim paydo bo'ldi.

-Singlinga yo'q dema o'g'lim, harqalay 18ga kiryaptiku, do'stlari bilan uyda nishonlay qolishsin?

-Iye, kelishvolganmisizlar deyman? Do'stlaring faqat qizlarmi?

-Dugonalarim demadimku. . . -ayb ish qilib qo'ygandek boshini egdi singlim.

-Tushunmadim? Ey qiz, aytib qo'yay, no'jo'ya qadamingni sezsam. . .

-Akajon, nima noto'g'ri o'ylamang, 1-2ta kursdosh yigitlar ham bo'ladi demoqchiydim. . .

-Faqat kursdosh sifatidami?

-Yana do'st sifatida ham. . .

-Faqat shumi?

-Hm. . .

-Bo'pti lekin aytib qo'yay. . .-gapimni tugatmasimdan singlim tipirchilab ketdi:

-Akajon sizni yahshi ko'raman! -shunday deb mahkam quchoqlab oldi.

-Qo'yvore, bor-bor ishingni qil! -keyin oyimga yuzlandim, -Ko'ngliz joyiga tushdimi? Shu qizizi erkalatavermang, oyi!

-Voy qani erkalatganim? Undan ko'ra sen bunchalik qattiqqo'l bo'lishni yo'qotseng bo'lardi.

-Ee sizlarni tilinglar bir, bilganinglarni qilinglar.

Sirtimda beparvodek ko'rinsamda, singlimni tug'ilgan kuniga biror sovg'a olish haqida o'ylay boshladim.

[Davomi bor]

Muallif: EroMaste

O‘xshash hikoyalar