tungi.ru

Parallel Dunyo 2016 15 – qism. (Rocket) (2-bet)

stakan yerga “tars” tushganidan hamma cho’chib ketti. Rocket tomon qarashganida u urushishga tayyor holda chuqur chuqur nafas olib turardi.

Simptom: San qachon kelishga ulgurding?

Rocket bu savolni ikkinchi marotaba eshitayotganidan cho’chib ketti.

Rocket: A?

Kataleya: Hammasi joyidami terlab ketibsiz? Nima turish bu? Bizni qo’rqitmasangizchi…

Rocket: H..Ha! Leksiyani eshitib uxlab qolibman, qo’rqinchli tush ko’rdim…

Weka7777: “Leksiya” nima tushingda parada o’tirganingni ko’rdingmi? U yerda zoologiya o’qituvchisi oq ayiqlar haqida zerikarli bir xil oxangda leksiya o’qivotudimi?

Rocket: Oq ayiq?

Weka7777: Oq ayiq!

Rocket sekin joyiga o’tirib: qayerdan bilding?

Weka7777: ha endi daho bo’lganimdan keyin...

Rocket: qoyil! Daholarning dahosi

Weka7777: raxmat

Kataleya: hoy ikki jinni! “Daholarning dahosi”mish Biz silaga halaqt qilmayapmizami? Boshqa xonaga chiqib keta qolilu a?

Rocket atrofdagilarga qarab: Emm! Ke-kechirasila! Iltimos davom ettiring!

Cassiopeia: … Insonlarni probirkada yetishtirish ommaviy ishlab chiqarishga qo’yilganidan keyin, quyosh sistemasidagi insonlar soni 30mlrdga borib qoldi, va yana bir yil o’tib axoli uchun yashash joyi muammosi sezila boshladi. Shu sababli 21mlrd “probirkaliklar”ni asteroidlar halqasidagi asteroidlardan va Yupiter yo’ldoshlaridan foydali qazilmalarni qazib olish va yerlarni kolonizatsiyalashtirish bahonasida quyosh sistemasi bo’ylab tarqatib yubordik. Keyinchalik Yupiter sistemasidagi hamma koloniyalarni bo’shqarish va himoya qilish uchun, Yupiterdan yetarlicha uzoqda bo’lgan Yupiterning 8 – yo’ldishi Kallistoda Yupiter Orbital Bo’shqaruv Markazi barpo etdik. Bu Yupiter sistemasini bo’shqaruvini kuchaytirdi.

2002 – Yilda esa biz ilk bor o’zga sayyoraliklar bilan aloqa o’rnatdik. Lekin kelisha olmaganimiz sababli bu bizni “Birinchi kontakt urushi”ga olib keldi. Bu urushdan hechkim hursand bo’lmagan bo’lsada olimlarimizga jon kirgandek bo’ldi. Ular bu urushda bor bilimini ishga solib daxshatli qurollarni tekshirib ko’rishdilar. Termayadroli singulyar bombalar, gravitatsion qurollar, plazma, lazer va yana bir qanchalar… 2004 – yil esa Citadelni bosh kalibrini birinchi prototipini tekshirib ko’rishdi. Urush tugadi, g’alaba. 2 mlrd “probirkaliklar” va 750 mln inson urushda halok bo’ldi. Rapmaster urushda o’zini a’lo hizmatlari uchun Kapitan unvoni bilan taqdirlandi. Imperiya gullab yashnay boshladi…

2006 – yil. 50mlrd “probirkaliklar” va 20mlrd “Insonlar”. Biorobotlar, “insonlar” ularni inson deb tan olib ularga ham insondaka huquq berishni va ulargan nisbatan insondak muomila qilishligisini talab qilishdi. Senat “sizlarni biz ishimizni yegil qilishingiz uchun yaratganmiz, sizlar oddiy, bizlarni ehtiyojlarimizni qondiradigan robotsizlar holos” deya huquq berishdan bosh tortib “probirkaliklar”ga kuchli bosim o’tkaza boshlashdi. 2 – yil, “qullar” 2 – yil chidashdi va oxiri qo’zg’alon ko’tarishdi. Qo’zg’alonni birinchi oyidayoq 5mlrd inson va ~9mlrd “probirkaliklar” halok bo’ldilar. Ular bir ko’p kemalarimizni va Citadelni qo’lga kiritib uzoq koinotga qochib ketishdi… Endi quyosh sistemasida 15mlrd axoli va ularning yarimi Biorobotlar qilgan ishni choragini ham qila olishmaydi. Imperiya qulash arafasida, foydalilik koefitsenti Biorobotlarnikidan baland bo’lgan axoli soni taxminan 7 mlrd ga teng, bu Imperiya uchun juda kam edi, Biorobotlarni ishlab chiqarish esa to’xtatilgan…

2015 – yil imperiya qulash arafasida va bundan battari bo’lmasa kerak? Yo’q, bu holva edi. Biorobotlar bizga tegishli bo’lgan sistemani o’zlashtirib bizni qul qilgani qaytib kelishdi… Va uyog’I nima bo’lganidan habaringiz bor…

Caraleva: O’zingiz yaratgan narsa o’zilani boshilani yebtide…

Qayumov: Achinarli holat

Cassiopeia: Ha, lekin nima bo’lganida ham oldinga harakatni davom ettitish kerak… deymanku (elyuminatordan yerga nazar soldi) bir soniyada hamma bilgan narsalaring, yaqin insonlarin, yo’q bo’lib ketishini faqat tomosha qilib turishga kuching yetishi… Buni, so’z bilan ifodalash qiyin…

Ruslan o’g’ir nafas olib: bardam bo’ling leytenant!

Cassiopeia qo’li bilan yuzini artib jamoa tomon jilmayib qaradi: Hammasi joyida kapitan!

Ruslan: Unda, yaxshi!... Ha dam olish vaqti ham o’z nihoyasiga yetdi! Boshqaruv bo’limiga qaytamiz!

Ekipaj ertalab kasha yemagan bolalarga o’xshab lanj ovozda “haaa” deb javob qaytarishib o’rnidan turishdi…

Tamom!

***

Alternativ Hikoya

(qo’shimcha kichkina hikoya)

Bu hikoyani tushunishingiz uchun 14 – qismni o’qib chiqing!

***

Qaysidir nomalum bo’lgan o’lchamdagi o’sha olam.

Jamoa Rocketni rejasiga qarshi chiqib Incubusni qora tuynukga yuborishmadi…

… Zindonga qurol olib kirishi kerak bo’lgan qo’zg’alonchi zindonga kirishidan oldin qo’lga tushib qatl qildirildi. Qo’zg’alonda weka7777 og’ir jarohat oldi. NightBoy yo’lakni bir chetida qandaydir qutini payqadi va hech kimni ogohlantirmasdan oldiga bordi.

Ruslan: Rocket nima deganding? Uxlatamiz divotudingmi?

Rocket: Ha! Faqat bizda qurol va o’q bo’lganida edi…

Nightboy: Hamma PANAGA!

Birdan birnarsa portladi.

Ruslan o’ziga kelganida ko’ksini kimnidir qo’li bosib tuganini sezdi, yon atrofiga qarasa hechkim yo’q. Boshini ko’targanida kimnidir qo’li uzulib Ruslanga teganini tushunishi bilan o’zini qo’llari “joyidamikin” degan ma’noda, ikkalsini ham harakatlantirib ko’rdi, ikkalasi ham joyida.

Simptom: Nightboy! Nightboy! Ko’zingni och! Ko’zingni och do’stim…

Qayumov Simptomni yelkasidan qisib qo’ydi. Simptom boshini egib o’rnidan turdi…

Rapmaster: Bardam bo’ling! Biz yo’limizni davom ettirishimiz kerak!

Simptom: Ha…

Ruslan:

Rocket: Kataleya!

Kataleya shok holatida: Ha?

Rocket: Qayerga yurishimiz kerak?

Kataleya: Bilmasam… Bu yerda hech narsani tushunmayamman, o’zingiz qarang (kompyuterini Rocketga uzatdi)

Rocket: tushunarli! Man oldinga chiqanam silar esa ortimdan yuringlar…

Rocket: bu shlyuzni ortida yuk saralovchi bo’lim, undan keyin qo’nuvchi paluba.

Ruslan: Tushunarli! Issiqlik skaneringiz bormi?

Rocket: ha tekshirib ko’rdim u yerda hechkim yo’q!

Ruslan: Unda kiramiz!

Birdan shlyuz ochildi. Yuk saralovchi bo’limdagi askarlar birdan o’q uzishni boshlashi bilan weka7777 bor kuchi bilan Ruslan Kataleya va Qayumovlarni panaga turtib yubordi va o’zi o’qga tutildi.

Omadbek “wekaaaaaaaaaaaaa” deb baqirganicha o’rnidan turib avtomatidan qarshi o’q uzib ularni o’ldirishi bilan Simptom shlyuzni yopdi.

Weka7777 jilmaygan holda yiqilayotganida Akcent uni tutib oldi va yerga asta yotqizdi.

Akcent: Weka!!!! Leytenant! WEKAAAAAAAA! Do’stim…

Akcent boshini egayotganida fonda Rapmasterni ovozi eshitildi “Birodarlarimizga salom et, oshna!” u tomon qaraganida Bahhtee jonsiz yotar edi. Akcentni jaxli chiqib o’rnidan turdi va Rocketni yoqasidan ushlab devorga tiradi.

Akcent: U yerda hechkim yo’q degandingku! Nega yolg’on gapirding!?

Rapmaster: Zobit uni aybi yo’q, Ularni maxsus skafandrida o’zidan sovuq havo chiqarib askar atrofidagi haroratni sovutib beradigan uskuna bor, va sizni issiqlik skannerlaringiz eski rusumda ekan…

Akcent boshini egib qo’lini oldi

Rocket: Afsusdaman…

Cassiopeia: Bu skannerlar 2010-yildan beri ishlatilmidiku bularni silar qayerdan oldinglar?

Rocket tushkunlikgan tushgan ovozda: biz kelgan joyda bu oxirgi rusum

Jamoa qo’nish palubasini shturm qilishmoqda…

Ruslan: Rocket linkorga bor!

Rocket ko’rinmas holatda linkorga ketayotganida “agar boshqa spektrda tekshirganimda hechkim halok edi” degan so’z hayolidan o’tib ogohlikni yo’qotdi, shu payt unga plazma snaryad aniq tegdi, Rocket himoya ekranini 5%quvvatlantirishga ulgurgani sababli unga hech narsa qilmadi, lekin ekzoskelet ishdan chiqdi, Rocket o’rnidan turib bir nechta o’q uzdi, qurolida o’q tiqilib qoldi, darov tashlab, qilichini oldida bir nechtasini mohir harakatlar bilan o’ldirdi, ikkinchi otilgan snaryad Rocketni teshib o’tdi, huddi saryoqni qaynoq temirda teshgandak… Qolganlar esa bir amallab palubadagi hamma askarlarni qirib tashlashdi. Jaroxatlangan Rapmaster palubada qolib liftni himoya qilishini etdi. Qolganlar liftda tepaga chiqib ketishdi… Shlyuzni ikki chetiga berkinib olishdi

Kataleya: shlyuz ortida 15 nafar askar bor.

Simptom: shiddatli shturm qilamiz!

Shlyuz ochilishi bilan hujum qilib hammani qirib tashlashdi. Omadbek og’ir jarohatlandi hamma Omadbekga chalg’iganida og’ir yaralangan dushman askari Citadelni o’zini yo’q qilishga qayta dasturladi. Cassiopeia buni payqab tez qurolni oldi va dushmanga bir nechta o’q uzdi, dushman taymersiz portlashni tasdiqlab ulgurgan edi… Portlashdan Citadel ko’ndalangiga ikkiga bo’lindi, ko’kimtir disksimon imoulsdan keyin Citadelni ichida ulkan singulyarlik paydo bo’lib Citadelni parchalarga bo’lib o’z ichiga tortib ketti, ketidan torgan hamma kemalar va temir tersaklar bilan g’oyib bo’ldi. Shun sababli Yer bilan Marsga hech narsa qilmadi…

391 – olam 2016 – yil Mars

Ulkan brizent bilan to’silgan kattagina narsani oldiga minglab insonlar bir xil kiyimda tekis bo’lib turishibti, sahnachada

Senatning bosh hukmdori Lord Skrillex: … Biz o’lim arafasida edik, g’alabaga umidimiz qolmagan edi, o’z jonini ayamidigan dovyurak askarlarimiz esa dushman iniga kirib, u yerda qahramonlarcha kurashib, qahramonlarcha haqiqiy askardek o’lim topishdi. Yefreytor Kangatov, Serjant Orlov, Leytenant Bahhtee, Leytenant Cassiopeia va Polkovnik Rapmaster. Ularni senat va imperiya hechqachon unutmidi! Orkestr qahramonlar marshini ijro etishni boshlashi bilan brizent olindi, brizent ostidan sanab o’tilgan qaramonlar sharafiga qo’yilgan haykal ko’rindi, ularning oyog’I ostidagi toshda esa, urushda halok bo’lgan hamma askarlar ismi qayd qilingan edi…

Alternativ hikoya ham o’z nihoyasiga yetdi!

Siz so’randingiz man tezlashtirdim!

Imlo hatolarim uchun uzur so’rayman!

Zerikarli bo’lmadi degan umiddaman!

Skrillex: Kataleya ruchka bilan qog’oz o’rnini personal kompyuterlar egallgan bir paytda siz qog’ozni qayedan olasiz?

Rocket: Ha rostdan ham qayerda olasiz? Ozi ssenariy bo’yicha qo’lizga tushgan temir-tersak, shisha va boshqa narsalarni otishingiz kerak

Kataleya: Aytmayman! Bu sir!

Tamom

***

Skrillex barmog’idagi olamlar hukimdori uzugini silab qo’ydi va uni ko’zlari qizil alnga bilan yona boshladi: Va nihoyat!

O‘xshash hikoyalar