tungi.ru

Asira 5 (kamolov)

-Katta ketma-da, mishig‘ingni art. Hali og‘zingdan sut isi ketgani yo‘q-ku, buncha bidillaysan? Kir, xonangga.

Borib-qaytgunimcha shuncha gap talashdik. Endi Anzirat opaning rahmini keltirolmasligimni anglab yetdim. Ayniqsa, Nargizaga qilgan "yaxshiligi”ni eshitib umidimni uzdim. Men ular bir mizg‘ib turguncha Baxtiyor o‘rgatgan usullarni eslab, shug‘ullandim. Faqat kutilmaganda zarba berishim mumkin. Hushyor turgan kishiga bu usullar chivin chaqqanchalik ta’sir qilmasa kerak. Ertalab Rashid Anzirat opa bilan kirib keldi. Agar imkonim bo‘lganda edi, ikkalasini ham gumdon qilardim. Ularni har ko‘rganda qanday qilib olishish haqida o‘ylayman. Hozir yuragimdagi isyon kuch berib ularga tik qaradim.

-Uni olib ket. Odamlarim kam. Xalaqit berayapti. Sal odambashara qilish kerak buni.

-O‘ylab gapirmayapsan. Mening kulbamga borgan birorta qiz birovning qo‘liga "eson-omon” boradimi? Hatto "Zargar”ga atalgan bo‘lsayam, katta pul tikilganda men o‘zimni to‘xtatolmayman. Yaxshisi sartaroshlikdan xabari bor ikkita ishonchli qizlarni yuboraman.

-Mayli qirqiga chidadik, qirq biriga ham chidaymiz. Anjelika, qiz "Zargar”dan senga o‘tganda menga topshirsang, dil ketgan.

-Ishtahang karnay-ku. Sendan puldori uchramasa, roziman. Biroq, bu qizing ancha epchil. Qarshilik ko‘rsataman, deb "Zargar”ning qahriga uchrashi ham mumkin. Unda narigi dunyoda uchrashasan.

-O‘jarlik qilsa, oyoq-qo‘lini bog‘lab beramiz-da. Gap shu qizaloq, seni oldingda ikki yo‘l turibdi. Biri "qirol”ning ko‘nglini xushlab, uning mehriga sazovor bo‘lasan, zarga ko‘milasan. Ikkinchisi, injiqlik yoki qarshilik ko‘rsatsang, qaro yerga ko‘milasan. Bugun yoningga ikki dugonang keladi. Ularning ra’yiga qaramasang, o‘zim seni bo‘g‘ib o‘ldiraman. Taqdiringni tabassum bilan kutib ol.

Men jim qoldim. Hozir biror narsa desam, o‘lgudek tepishadi. Anjelika ham qarab turmaydi. Men ulardan zarracha mehr-muruvvat kutolmayman.

-Qizaloqning avzoyi buzuq. "Narko qiroli” yetdim, deganda yelkasi uzilmasin tag‘in. O‘zini o‘ldirishdan tap tortmaydi bu qiz. Qorovulni yonidan bir qadam uzoqlashtirmadim.

-Senga gap yo‘q. Hammasidan aqllisan, go‘zalsan, Anjelika. Sen yaxshi ...

-Bo‘ldi, xushomadni oshirma. Anjelika xonadan chiqib ketdi.

-Sen yaxshi, sendan ko‘ra it yaxshi, -dedi ortidan Rashid eshitilmaydigan qilib, so‘ng xoholab kuldi. Menga qarab:

-Bopladimmi, to‘g‘risini aytdimmi, -deb istehzo bilan so‘radi.

-Bopladingiz. Oq it, qora it - baribir it. Baringiz it.

-Meni itga o‘xshatma. Yoningda tilimni osiltirib suyak so‘rayapmanmi? Men yo‘lbarsman. O‘ljamga shiddat bilan yopishaman. Seni bir urib ...

-Meni o‘ldirib, urishingiz mumkin. Men bir g‘arib qiz bolaman. Lekin "Zargar”ning oldida tilingizni osiltirib suyak tashlashi uchun dumingizni likillatasiz, -dedim.

-Tilingdan osiladigan qiz ekansan-ku, deb u men tomon kela boshlaganda Anjelika kirib keldi va o‘zini kuzatib qo‘yishini so‘radi.

-Anzirat opa, meni olib keting, -yalindim.

Ayol bir zum qarab qoldi. Xo‘rsingancha chiqib ketdi. Demak, ikki kun ichida taqdirim hal bo‘ladi. Men hech bo‘lmasa bir kishini, ya’ni "Zargar”ni o‘ldirishim kerak. Keyin o‘lsam, armonim yo‘q. Endi zaldagi ovozlarga quloq solmay qo‘ydim. Turgan joyimda ozroq chopdim. So‘ng javon tagiga oyog‘imni tiqib mashq qila boshladim. Shu holatimda Baxtiyor kirib keldi.

-Qalaysan, Xolida. Bir kun ming kunday tuyuldi. Senga o‘rganib qolibman, deb u eshik yoniga o‘tirdi. Men unga "lom-lim” demay mashqimni davom ettiraverdim. To‘g‘risi, unga gapirgim kelmadi. U ham o‘g‘ri, muttahamlarning biri. Rashidning ishongan tog‘i. Menga bular endi yomonlik qila olmaydi. Mening raqibim - "Zargar”.

-Gapirmaysan, mendan xafamisan? Lekin men ham ne-ne xayollar, rejalar bilan o‘ylab o‘yimga yetolmayapman.

-Siz o‘ylab o‘yingizga yetguningizcha, men "Zargar”ga yetaman. Keyin Anjelikaning saroyidan kinodagi qahramonlarday olib chiqib ketarsiz, -dedim kesatib.

Baxtiyor jimib qoldi. Shu payt Ernest nonushta olib keldi. Dasturxon to‘kin-sochin. Bir bechorani zor qaqshatib kelishadi-yu, to‘kin bo‘lmasinmi? Ochiqqan bo‘lsam-da, orlanib qarab qoldim. Ernest ham Baxtiyorning yoniga o‘tirdi.

-"Ov” qanday bo‘ldi? -dedi u Baxtiyorga.

-Yomon emas. Bu tun ham borishimiz kerak. Badr Qarshidan qaytsa, hal bo‘ladi.

-Baxti, Rashidga ayt, meni ham olib borsin. Zerikib ketdim. Mendan noo‘rin gumonsirayapti.

-Seni kimdir tanib qolishi mumkin.

-Niqobda bo‘laman.

-Aytib ko‘raman.

Ernest ancha horib qolgan. Tushkunlikka tushib, ich-etini yeyayotgani aniq. Rashidning bir og‘iz gapi bilan hayotiga nuqta qo‘yilishini biladi.

-Ernest, men taraf bo‘lmaysanmi? Ikkalamizning hayotimiz xavf ostida. Eshitishimcha, seni o‘ldirarmishlar. Birgalashsak, yaxshi bo‘lardi.

-Buzoqning yugurgani somonxonagacha. Qochib qayga ham boray? Eng ishongan odamlarim mendan voz kechsa, boshqalardan nima kutaman? Peshonamda borini ko‘raman, -dedi u.

-Yaxshilab o‘ylab ko‘r, Ernest. Biror fikr kelib qolsa, ayt. Vaqt ziq, dedim men. Ernest o‘ylanib chiqib ketdi.

-Xo‘sh, Baxtiyor akaning topib-tutib kelgan ovqatidan yeylik-chi. Xotin-bolalaringizni ham shunaqa harom luqma yeyishga majbur qilasizmi? -dedim.

-Sen go‘daksan hali, Xolida. Nimani ham tushunarding. Ba’zan orzularing boshqa yo‘lda qolib ketadi. Bir aralashib qoldingmi, qaytib bosh tortishing mahol bo‘lgan ishlar bor.

-Axir birinchi marta o‘g‘rilik qilganingizda boshingizda Rashid turmagandir?

-To‘g‘ri. Lekin taqdir shu yo‘lga boshlarkan. Meni ham ota-onam bo‘lsa, boqib katta qilsa, o‘qitsa, yaxshi inson bo‘la olardim. Biroq uch yoshimda ular avariya tufayli o‘lib ketishgan. Biz uch bola yetim qoldik. Bir yil ammam biznikida yashadi. So‘ngra bizlarni «Bolalar uyi»ga topshirishdi. Hech kim xabar olmadi. Akam o‘n yoshida sarg‘ay- madan o‘ldi. Kasallik o‘tib ketgan ekan. Men o‘n besh yoshimda qochdim. Singlim qolib ketdi. Daydilikdagi kunlarim «detdom»dan afzaldek tuyuldi. Amal-taqal qilib ammamning uyini topib bordim. U dastlab meni tanimadi. "Ammajon, men Baxtiyorman, u yoqdan qochdim”, deganimdan so‘ng jahllandi.

-Hozir oborib qo‘yaman. Akang yo‘l ko‘rsatgandir, -dedi u.

-Akam endi yo‘q. U o‘ldi.

-Akang o‘ldimi? -deb hayratlandi ammam.

-Akamning o‘lganiga ancha bo‘ldi. Meni olib qoling, ammajon. Hamma ishingizni qilaman, -dedim.

-Bu merosxo‘rlar boshga bitgan balo bo‘ldi-yov. Hozir kiyinib chiqay. Seni yana topshirib kelaman, -dedi.

Bu gapni eshitib hushim uchdi. Ammam kirib ketganida dasturxondagi ikkita nonni o‘g‘irladim. Uydan chiqayotganimda katakka ko‘zim tushdi. Qarasam, uchta tuxum turibdi. Uni ham oldim. Keyin duch kelgan tarafga ketdim. Kunimni o‘tkazib yuraverdim. Goh bozordan, goh hovlilardan yegulik o‘g‘irlab shu yoshga kirdim.

Oradan ikki-uch yil o‘tdi. Bir kuni "Neksiya” avtomashinasining magnitafonini o‘g‘irlayotganimda qo‘lga tushdim. "Detdom”da boksga qatnashganim uchun ancha kuchli edim. Sariqroq yigitni urib qochayotganimda barzangisiga to‘g‘ri keldim. U qulog‘imdan ushlagancha mashina ichiga tiqdi.

-Melisaga beraymi? -dedi.

-Yo‘q, akajon. Hech kimim yo‘q, yetimchaman. Rahm qiling, -dedim. Sariq yigit Ernest, qorasi Rashid ekan. Ular o‘z safiga qo‘shib olishdi. Vaqtincha bo‘lsa-da, boshpanalik bo‘ldim. Hujjatlarimni to‘g‘rilab, pasport ham olib berishdi.

Agar ammam qabul qilganida bu ko‘chaga kirib qolmagan bo‘lardim. Sen yonimdasan, lekin qo‘l yetmas orzumsan. Sen uchun o‘lishga ham tayyorman, ishon. Garchi sen mendan or qilasan, menga hech qachon tegmaysan. Lekin men seni shu qafasdan qutulishing uchun hamma narsaga tayyorman.

-Qachon? Ikki kun qoldi, meni "narko qiroli”ga sovg‘a qilishlariga.

-Seni olib borishayotganida men yoningda bo‘laman. Bu tun ham Rashidning ishonchini qozonsaydim.

-Bechora ayolni ne ko‘ylarga solgandirsizlar. O‘g‘rilarga qirg‘in kelsin.

-O‘g‘ri faqat biz emas. O‘g‘rining turi ko‘p. Biz tunagan uyning egasi ham davlat korxonasida ishlasa-da, baribir o‘g‘ri. Oshib-toshib ketgan. Tashmachilikdan boyigan.

-Uyiga qanday qilib kirdilaring?

-Badr razvedkani puxta qilgan. Ayol bir o‘zi bolalari bilan qolgan. Faqat kechga yaqin qaynsinglisi ham kelib yotgan ekan. Anjelikaning Laylo degan yordamchisi bizga qo‘shildi. U eshikni taqillatib "Bir kechaga joy topib beringlar, yaxshiliklaringni unutmayman. Faqat bir kechaga. Qorong‘uda qarindoshimizning uyini topolmadim. Shu atrofda turishadi” dedi.

Odmigina kiyingan Laylodan ayol shubhalanmay eshik ochdi. U darvozani ilmasdan biz ham kirib oldik. Sarosimada turgan ayolning og‘ziga Laylo ro‘molchasini yopib hushsizlantirdi. Uni sudrab, ayvonga yotqizdik. Ichkariga qochib kirgan qayinsinglisining boshiga Badr armatura bilan bur urdi, guppa quladi. Men xonadan ilashadigan narsalarni ola boshladim. Badr bolalarning kattasini uyg‘otib, undan pul turadigan joyni so‘radi. Qo‘rqib ketgan bola pul seyfdaligini, kalitlar onasining nimchasida bo‘lishini aytdi.

Shu payt xonaga ikki nafar qiz kirib keldi. Men qizlarga xo‘mrayib qaradim. Bir og‘iz gapirmasdan gimnastika qilaverdim. Ular mening zindonimga norozi qarab chiqishdi. Fikrimcha, ularga yoqmadi shekilli. Chiqib ketishdi. Bir soatlardan so‘ng Rashid bilan kirib kelishdi.

-Do‘ndiqcha, seni boshqa joyga o‘tkazamiz. Oxirgi tunlaringni huzur-xalovat bilan o‘tkazishingga qarshimasman. Umid qilamanki, dugonalaringga madaniyatsizligingni bildirib qo‘ymaysan. Nozik oyoqchalaringga, qanchalik malol kelmasin, mana bu zanjirni taqishingga to‘g‘ri keladi.

Qarshilik ko‘rsatmadim, lekin qarg‘ishdan tilimni tiyolmadim:

-Iloyo, seni tuqqan onang tirik bo‘lsa, Xudo xor qilsin. Singling bo‘lsa, singling, xotining, qavmi-qarindosh ayollaring mendan battar bo‘lsin.

Rashid menga bir zum tikilib qoldi. Men ilk bor ko‘zlarida mung ko‘rdim. Vo ajabo! Bu kishiniyam dardi bor ekanmi? U bir xo‘rsindi-da lunjini shishirib nafasini purkadi. Xuddi ichidagi bor alamni puflab chiqargandek mag‘rur chiqib ketdi. Qizlarning birinchi ishi qo‘llarimga kishan taqish bo‘ldi. So‘ng ikki bilagimdan ushlab, boshqa xonaga ko‘chirishdi. Keng, yorug‘, ozoda bu xonani o‘zlari tartibga keltirganliklari shundoqqinaa bilinib turardi. Zanjirning bir uchini isitish quvuriga mahkamlashdi. Haqiqiy bandi bo‘ldim. Qizlar Baxtiyorni qorovullikka qo‘yib, atir-upa sotiladigan do‘konni izlab ketishdi.

-Mamnunmisiz, Baxtiyor aka? Mana, haqiqiy asira bo‘ldim.

Og‘ir kishanni unga ko‘z-ko‘z qilib u yoq - bu yoqqa yurdim. Xona ichida bemalol aylansam bo‘ladi. Yuvinish xonalarigacha yetarkan.

-Kechir meni, Xolida. Balki men qo‘rqoqlik qilayotgandirman. Balki epsizdirman. Lekin xayolimda hali kurashning mavrudi kelmagandek tuyuladi. Seni olib ketishayotganda yoningda men bo‘laman. Ernestga ishonmaydi. Badr mayda ishlar bilan shug‘ullanmaydi. O‘sha paytdan foydalanamiz. Qaltis harakat qilib pand yeb qolmaylik.

-O‘ychining o‘yi bitguncha, tavakkalchining ishi bitadi, deganlar. Biz vaqtdan yutqizib bo‘ldik. Peshonamga shu yozilgan ekan-da. Bu satanglar ham ko‘zimga balodek ko‘rinayapti. Shu zanjir bilan...

-Ularga indama. Ular buyruqni bajarishayapti, xolos.

-Aytgancha, qarg‘ishim Rashidga tegib ketdi-yov. Xumrayib qoldi. Hozir ursa kerak, deb qo‘rquvdim.

-Sen uni eski, lekin bitmagan yarasiga tuz sepgandek bo‘lding.

Nega?

-Rashid asli Koson tarafdan. O‘rtahol oilaning bolasi bo‘lgan. Maktabni tugatib Narxoz institutiga kirgan. Hozir nomi o‘zgarib ketgan, shekilli. Ikkinchi kursni tugatib, ta’tilga kelganida noxush voqea yuz bergan. Bitiruv kechasiga qatnashib qaytayotgan uch qiz boyvachcha yigitlarning qo‘liga tushgan. Ular orasida uning singlisi ham bo‘lgan. Voqeani eshitib, Rashid militsiyaga xabar bergan, sudma-sud chopgan. Lekin qayerga borsa, eshiklar yopilavergan. Yigitlar katta-katta lavozimlarga ishlaydigan amaldorlarning erkatoylari ekan. Shu-shu yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qolgan. Akasining bir og‘iz gapirmay zir yugurayotgani ko‘rgan, lekin jinoyatchilar jazosiz qolayotganini sezgan singil hech kim yo‘g‘ida o‘zini yoqib yuborgan. Rashid zor-zor yig‘layotgan onasiga, otasiga: "Yig‘lamanglar, singlimga boshqa yo‘l yo‘q edi. Agar u o‘z joniga qasd qilmasa, men qo‘limni qonga botirgan bo‘lardim. Qanchalik singlimni yaxshi ko‘rmayin unga it tekkan. Yashashining hojati qolmagandi” -deydi. So‘ngra bir hafta boyvachchalarning iziga tushib, bittasini so‘yib tashlaydi. Bu voqeaga qariyb yigirma yil bo‘lib qolgan. Shu-shu jinoyatchilarga qo‘shilib ketgan. Endi hech qanday jinoyatchilikdan qaytmaydi. Sen uning yodiga shu voqeani solib qo‘yding. Hech kim onadan jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi.

-Sizga bu voqeani kim aytib bergan?

-Badr.

-Nahot boshiga shuncha ko‘rgilik tushgan odam meni shuncha qiynasa?

-Bunday voqeadan keyin kimdir yaxshilik tomonga o‘zgaradi, kimdir yomon tomonga, ba’zilar alamzada bo‘lib qoladi. Yigirma yil avval Rashid adolat borligiga ishongan bo‘lsaydi, singlisining qotillari qonun oldida javob bersaydi, ehtimol, bir kolxozning raisi bo‘lib yurgan bo‘lardi. Nohaqlik hamisha jinoyatga yo‘l ochadi.. Mana, mening taqdirimga qaragin. Ammam bizni bag‘riga bosib katta qilsa, o‘z uyimiz bo‘lsa, akam yosh o‘lib ketmasdi, men ochlik tufayli o‘g‘irlik qilmagan bo‘lardim. Ana endi boshi berk ko‘chada qolib ketayapman. Bolaligimda "detdom” derazasidan termulib, faqat oila haqida xayol surardim. Xayolimda ota-onam, garchi ularni eslolmasam-da, bir dasturxonda ovqatlanardik. Bu xayollarim uzundan-uzun cho‘zilardi. Birov xalaqit berishini sira istamasdim. Ulg‘ayganimdan keyin ular o‘zgardi. Endi rafiqam va men bolalarim bilan bir dasturxon boshida o‘tirganimizni xayol qilaman. Bolaligimdagi orzuyim sarob bo‘lganidek, kelajagim ham yo‘qqa o‘xshaydi. Nahotki, xudodan ko‘p narsa so‘ragan bo‘lsam? Nahotki, oilali bo‘lish qo‘l yetmas orzu bo‘lsa?

Men bu chohdan o‘zimni chiqarolmayman. Qo‘limdan tortadigan hech kim yo‘q. Qamalib chiqqanimdan keyin hech kim men bilan turmush qurmaydi. Qochib, yashirinib yashash oson emas. Oilani halol yo‘l bilan boqaman, desam ishxonalar eshigi taqa-taq berk. Hozir xudodan seni shu jirkanch qo‘llardan eson-omon, hur qutulib ketishingni tilayman. Yo‘qsa, men o‘zimni kechirolmayman.

Baxtiyorning lirik chekinishini qizlarning kulgusi uzdi-qo‘ydi. Bo‘lmasa, bu majnun sevgidan gapirib qolardi. U xomushlanib ularni kutib oldi. Qizlar xursand edi.

-Voyyey, rosa charchadik-da. Sovuq choy yo‘qmikan, yigitcha, -dedi ulardan biri.

-Meneralka bo‘lsa juda zo‘r bo‘lardi.

Baxtiyor oshxonaga ketdi. Qizlar bozor-o‘char qilgan ko‘rinadi.

-Havo biram dim. Bunaqa issiqdan keyin yomg‘ir yoki qor yog‘adi, -dedi sariq sochli qiz.

-Qor qorovulning qovog‘idan yog‘ayaptiku. Tinchlikmi? Xuddi biz otasini o‘ldirgandek xo‘mrayadi-ya, -dedi ikkinchisi.

-U kishini do‘ndiqcha uchchasidan urgandir-da.

-Hali "Zargar” armonda qolsa-ya?

O‘zimni tutolmadim. Zanjirni yig‘ib qo‘qqisdan yaqinimda turgan, sariq sochli, ko‘k ko‘zli qizni zarb bilan urdim. Qiz kutmagan ekanmi, dabdirab bozor-o‘char qilgan selofanlar ustiga yiqildi. Darhol o‘zini o‘nglab hujumga o‘tayotgan payt sherigi to‘xtatdi.

-O‘zingni tut, Zulya. Do‘ndiqchaning biror joyi ko‘karsa, boshing bilan javob berasan.

-Yo‘q. Kelib-kelib, bir jinqarchadan kaltak yeymanmi? Yana indamasligim kerakmi?

-Xudoning kuni ko‘p. Anjelikaning qasriga o‘tsa, keyin alamingni olasan. O‘zingni o‘ylasang-chi. Bu qizdan kaltak yesang ham, zato foyda qilding-ku. O‘zing yoqtirgan ko‘ylakni olding. Bunga atab olgan atir-upalar ham o‘zimizga qoladi. Har qalay Mishadan kaltak yemasak kerak. Yaxshisi, ko‘ylaklarni ol. Kiyib ko‘raylik-chi.

Baxtiyor olib kelgan suvni ichishdi-yu, qizlar xaridlarini kavlashga tushishdi. Ularga qarab turib hayron qoldim. Qizlar borliqni unutgandek, biram xursand edilarki, ko‘ylaklarni kiyib oyna qarshisida yarim soatcha andarmon bo‘lishdi. Keyin soch bo‘yashga tushib ketishdi.

-Avval o‘zimiz pardoz qilib olaylik. Keyin sen bilan shug‘ulanamiz. "Tarbiyachining o‘zi tarbiyalangan bo‘lishi kerak” deganlaridek pardozchilar ham avval o‘zlariga pardoz berishi kerak.

-Bilganlaringni qilinglar. Faqat meni tinch qo‘y baring, -dedimu divanga cho‘zildim. Zanjir yuragimni "tars” yorgudek ta’sir qilardi. Qizlar kechgacha tinishmadi.

Baxtiyor kechki ovqatni keltirdi-da, "Badr Qarshidan qaytdi. Ovqatingni yeb ol. Sendan xabar ololmayman, ehtiyot bo‘l. Qo‘pollik qilma, deb chiqib ketdi. Nazarimda u Badrning yangiliklarini eshitishga oshiqardi. Ular yonimizdagi xonada. Piyolani to‘nkarib devorga qo‘ysa, gap eshitiladi, deb eshitgandim. Quloq tutdim, foydasi bo‘lmadi. Qizlar vannada bosh yuvishayapti. Men eshikka chiqdim. Zanjirni sekin sudrab ikkinchi eshik yonida o‘tirib qoldim. Badr Rashidga hisobot berardi. Baxtiyorni oshxonaga jo‘natishgan.

-Izquvarlar ildam harakat qilishayapti. Ular hozir Toshkentda. Mahmud o‘g‘rining qotilligini fosh qilgan tergovchi bor-ku, o‘sha ishni olibdi. "Neksiya”ning izi, nomeri ularga ma’lum. Sen ham, men ham qidiruvda. Qiz o‘g‘irlanganligini ham aniqlashibdi.

-Demak, tergovchi Sa’dullayev ekan-da.

-Ha. O‘sha Sa’dullayev. U juda "xitr”. Yer ostida ilon qimirlasa, biladi. Agar u ishni birinchi kundan olgan bo‘lsaydi, bir kunda fosh bo‘lardik.

-Afsus, Qarshida bekor yurgan paytimiz u bilan shug‘ullanmagan ekanmiz-da. Izni qanday topishibdi.

-Birinchidan Ernestning "prava”si topilgan.

-Hu, landovur.

-Ikkinchidan qamashilik oshnangning xotini qiz o‘z ixtiyori bilan ketmaganligini, uni o‘g‘irlaganimizni, qizning qochishga uringanligi, bari-barini aytib beribdi.

-O‘ldiraman. Demak, Toshkentda ekanimizni ham ular aytgan-da?

-Ha, "Neksiya”ni zapchast qilvorish kerak. Ko‘chaga chiqish ham oson bo‘lmaydi. Ernestning holiga tushdik. Faqat Baxtiyorgina ularga ma’lum emas. Lekin unga ishonib bo‘lmaydi. Rahmdil. Yana sevib qolganiga nima deysan? Qarshidagi biz borishimiz mumkin bo‘lgan joylarga odam qo‘yilgan.

-Qanday eplading?

-Axir meni Badr sinchkov, deydilar.

-Yasha! Ernest bilan Baxtiyordan qutulib, "Zargar”ga qo‘shilib olishimiz kerak.

-Qizning uyida nima gap?

-Paxtaga ketgan student akasi bor ekan. Hamma joyni titi-piti qilib chopib yuribdi. Qo‘liga tushsak naq yuragimizni sug‘urib olgudek vajohatda.

-Otasiku o‘lib qutuldi. Aka bo‘lish ham oson emas-da. Akasiga achinaman.

-Tushunaman, shef. Baribir ortga yo‘l yo‘q.

-Ortda do‘zax azobi turibdi. Oldinga qochganimiz yaxshi. Ertadan keyin do‘ndiqchani egasiga topshiramiz. Keyin balki bizni xorijga jo‘natar. Qizlar kelishgan. Qizni shaylashayapti.

-Didni oladigan qizlarmi yoki palag‘da tuxumdek ayniganlarimi?

-Chakki emas. Ular bugun asiraga ishq darsini o‘tishadi.

-Bu tun bizni o‘qitishsin, shef. Kayfiyat yo‘q, charchaganmiz.

-Anjelikaning qizlari o‘zidan makkor. Qurug‘isiz ko‘nmaydi.

-Ilojini qilamiz. Bu yog‘ini bizga qo‘yib bering. Anjelika o‘zidami?

-Yo‘q. U Dushanbega, "mol”ga ketgan.

-Tergovchi Toshkentdami?

-Bugun ertalab kelgan "Ippodrom”dagi "Neksiya” egalaridan bizni nomerimizni surishtirgan. Qaytib ketganmi, yo‘qmi bilmadim. Bugun-erta bu yerdan juftakni rostlash kerak.

-Qizni topshiraylik. Bir daqiqa turmaymiz. Qo‘rqayotganimizni "Zargar” bilmasligi kerak.

-Hay, mayli. Jononlarni bir ko‘ray-chi.

Men o‘rnimdan turishga ulgurmadim. Badr eshik yonida o‘tirganimni ko‘rib, jahli chiqib ketdi.

-Hali maktab bolasisanu, quvsan, tulkiga dars berasan. Gap poyladingmi?

-Yo‘q, qizlar u yoqdan chiqmayapti. Shunga hayron bo‘lib turibman.

-Meni bir quchoqlamaysanmi?

Qarshidan, ziyoratdan kelayapman. Qarshini quchoqlagandek bo‘larding. U yoqda shlyapa kiygan akalaring seni izlab chopib yurishibdi. Akang gorotdeldan qimirlamaydi. Zanjirband go‘zal. Hoy qizlar, madonnalar, -deb u yuvinish xonasi eshigini ura boshladi.

Men sudralib ichkari kirdim. Fikru xayolim akamda edi.

"Oho, qizlarjonlar. Qirolning huzuriga do‘ndiqchani emas, o‘zlaringni tayyorlabsizlar-ku?

-Bu do‘ndiqcha qasrimizga o‘tsa, ko‘zini o‘yib olaman. A’zoyi-badanimni momataloq qilibdi.

-Hechqisi yo‘q. Uni bolaligida quturgan it tishlagan. Har zamonda itligi tutib turadi. Anjelika ham quruq ketgani yo‘q. Ikki tishini qoldirib ketdi.

-Yo‘g‘-ye, -dedi ajablanib Zulya.

Badr semiz qornini doira qilib chaldi-da, tezroq bo‘linglar, qorin och. Bir maishat qilaylik. O‘z oyoqlaring bilan kulbamizga kelibsizlar, yigitlik faslining bu tunini behuda o‘tkazmaylik,

O‘xshash hikoyalar