tungi.ru

qimorboz

zarrux zarrux:

Maftuna mehmonxonaga kirib ishboshqaruvchiga o'zini tanishtirib  millioner bilan uchrashishni so'radi. Lekin ishboshqaruvchi buni rad etdi. Janob hech kim bezovta qilmasin degan deb javob berdi. Qolaversa u kishi birorta muxbirga intervyu bermasligini aytgan. Maftuna ishboshqaruvchining bu gaplaridan so'ng u bilan tortishib o'tirmadi chunki uning gaplari to'g'ri ekanligi ertalabki yangiliklardan ham ma'lum. U sekin mehmonxonadan chiqib piyodalar yo'lagidan o'yga tolgancha yurib keta boshladi. Xa, agar men hozir to'g'ri borib men muxbirman sizdan intervyu olmoqchiman desam albatta rad etadi to'g'risiyamda intervyu bergandan unga nima foyda bundan faqat menga foyda o'yla o'yla u o'yla degan so'zini pichirlab aytdi. Nima qilsam ekana boshim qotdi. Yaxshisi uni mehmonxonadan chiqishini kutaman. Umuman chiqmasachi yo'q axir butun umr o'sha yerda qolmaydiku bugun,bugun bo'lmasa ertaga,ertaga bo'lmasa indinga xo'p unday bo'lsa uni yo'lning narigi betidagi bekatda kutib o'tiraman. U chiqdi ham deylik keyinchi keyin nima qilaman. Keyin vaziyatga qarab u bilan tanishishga harakat qilaman. Ha boyvachcha baribir mendan qochib qutulolmaysan deb kulib yo'lni narigi betiga o'ta boshladi.

Shahar markazida joylashgan "bahor" nomli kafeda ikki dugona utirishib mazza qilib suhbatlashishardi 

-Voy dugonajon o'zim bunday qo'ng'iroq qilib chaqirmasam bir ko'rishayligam demaysan

-Nilu kechir duganajon bilasanku hozir ishlarim judayam ko'payib ketgan shunga mana bugun yakshanba bo'lgani uchun zo'rg'a vaqt ajratdim

-Xa sen ham shu gazetaga ishga kirdingu boshing ishdan chiqmay qoldi. Bunday men bilan ham uchrashishga vaqt ajratib tur. Ikkovimiz gaplashamiz o'qish davrlarni eslaymiz ancha yengillashamiz.

-Xa gaping to'g'ri jurnalist bo'lish bolaligimdan orzuyim edi shuning uchun ishimni yoqtiraman qancha ishlagim sari yana ishlagim keladi. Hozir ham mana yangi maqola izlash bilan bandman sen bilan gaplashyapmanu lekin xayolim maqola izlash bilan band. Shu payt uning diqqatini kafeda o'rnatilgan televizor jalb etdi. Unda yangiliklar ketayotgan edi. Unda muhbir qiz shunday deyayotgan edi "Bugun shahrimizga chet eldan millioner Begzod Bekmatov tashrif buyurdi. Bu millioner asli O'zbekistonlik bo'lgan bu shaxs yangi millionerlardan biri. Mana 3 yildirki u chet elda edi. Shu uch yil ichida u millionerga aylangan. Qizig'i u qanday qilib bu qisqa fursatda bu darajada boyib ketganini hammadan sir tutmoqda bizga shunisi malumki u 3yil oldin  chet el kazinosida katta miqdorda pul yutgan. 25 yoshli bu millioner hozir mehmonxonaga joylashmoqda"

-Ana topildi -deb Maftuna tezda sumkasida yon daftar hamda ruchkasini olib tezda mehmonxona manzilini yozib oldi so'ng sumkasidan pul chiqarib stolni ustiga qo'yib shoshib o'rnidan turib "xayr duganjon" deb keta boshladi.

-Hoy to'xta qayoqqa? Nima topildi? -deganicha Nilufar uni orqasida o'rnidan turib kafega pul to'lab chiqqunicha Maftuna taksiga o'tirib ketib bo'lgan edi.

-Bu qizni xayoli joyidamas. Bunday tushuntirib ham gapirmasdan ketib qoldiya deganicha qolaverdi.

Maftuna yo'lning narigi bekatiga o'tib ancha kutdi. Oradan bir necha soatlar o'tdiki hali ham boyvachchadan darak yo'q bugun u tashqariga chiqmasa kerak deb o'ylay boshladi lekin baribir uni kutishdan to'xtamadi va nixoyat kechga yaqin kutilgan inson mehmonxonadan chiqdi va shaxsiy moshinasini orqa o'rindig'iga o'tirdi moshinani shaxsiy haydovchi yo'lga tushirdi. Maftuna ham shoshib mehmonxona tarafga o'tib taksi to'xtatib ularni ortidan yo'lga tushdi. Begzod o'tirgan mashina hashamatli restoran oldiga kelib to'xtadi. Begzod mashinadan tushib restoranga kirib ketdi. Ortidan Maftuna ham kirdi. Begzod restoranning yozgi bo''lmasiga borib o'tirdi. Uning ortidagi stolga Maftuna kelib o'tirdi. Begzod bitta konyak va ikki uch xil salat aydi. Maftuna bir likopcha salat va sharbat aytdi. Bir zumda aytilgan narsalar stollardan joy oldi. Afitsant qiz konyakni ochib Begzodga quymoqchi edi. Begzod o'zim deb afitsantga ruxsat berib yubordi. U stakanini to'ldirib quydi va bir ko'tarib ichib yubordi so'ng stol ustidagi shkalatdan ozroq sindirib yedi. Bu holat yana ikki marta takrorlangach biroz miyyasiga sarhushlik yugurdi. So'ng sekin salatlardan yeya boshladi. Endi sekin atrofni kuzata boshladi yozgi bo'lmada havo salqin bo'lgani uchun hech kim yo'q edi faqat orqa tarafdagi stolda o'tirgan qizdan tashqari. Begzod uni boya mehmonxonadan chiqqanida ham ko'rgan edi va juda chiroyli qiz ekan degandi ichida Maftuna sochlari ko'zlari qora yuzlari oq o'rta bo'yli nozikkina qiz edi. Begzodning sochlari biroz malla qomati sporchilarnikiday edi.

Maftuna qanday qilib Begzod bilan gaplashish yo'llarini qidirayotgan edi. Oradan biroz vaqt o'tgach Begzodning oldidagi bir shisha konyak bo'shadi. Begzod anchagina mast bo'lgan edi. Sekin o'rnidan turib Maftuna o'tirgan stolni oldiga bordi. O'tirsam bo'ladimi? deb so'radi

-Marhamat bemalol

 Begzod sekin Maftunani ro'parasidagi stulga o'tirdi.

-ofitsant degan edi. Ofitsant qiz labbay deb keldi. Mani stolimni ko'chirib keling dedi. Siz jurnalistsiz to'g'rimi? deb Maftunaga savol berdi.

-xa

-Men haqimda gazetada chop etmoqchisiz menimcha? Shuning uchun meni kuzatib yuribsiz.

-Men haligi nima deyishni bilmay qoldi. Shunday desayam bo'ladi. Sizni intervyu bermaydi deb aytishdi. Shuning uchun sizdan qanday qilib intervyu olishni o'ylab sizni kuzatayotgandim.  Stoldagi narsalarni ko'chirib bo'lgan ofitsant qiz boshqa narsa kerakmasmi deb so'radi.

-Menga bir shisha konyak bering boyagi shishangizni tagi teshik ekan oqib ketibdi dedi. Ofitsant xo'p deb ketdi.

Meni ismim Begzod sizniki nima?

-Maftuna

Xo'p Maftuma unda men haqimda tinglang lekin meni hayotim gazetaga sigmaydi. Buni butun boshli kitob qilish kerak deb kuldi.

 Begzodning onasi u tug'ilgan vaqtida o'lgan edi. Otasi etikdo'z edi. Ular oilada 2ta farzand akasi Behruz va u. 6 yoshli paytida akasi uylandi. Shundan so'ng huvillab qolgan oilasiga yana fayz kirgandek bo'ldi. Oradan 1 yil o'tib akasi qiz farzandli bo'ldi. Unga Marjona deb ism qo'yishdi. Ana endi haqiqatdan ularni oilasi baxtli yashay boshladi. Lekin bu baxt ham ko'pga cho'zilmadi. O'sha yili jigari hasta bo'lgan otasi bu dunyoni tark etdi. Begzod maktabda a'lo baholarga o'qirdi. Ayniqsa matematika fanidan juda bilimi kuchli edi. 5chi sinflik paytida paralel sinfdagi Ma'mura ismli qiz uni yaxshi ko'rishi haqida sinfdosh qizdan eshitdi. Shundan so'ng Ma'mura tog'risida qiziqa boshladi. Haqiqatdan oldin ko'p e'tibor berib qaramagan ekan. Bu ohu ko'zli qizni asta sekin yoqtira boshladi.

Bora bora unga ancha o'rganib qoldi. Shu damlarda hayoti cheksiz zavqqa to'lgandek bo'ldi. Bu zavqli kunlar maktab tugasa o'tib ketadiganday maktabni tugashini istamasdi. Sekin asta Ma'mura bilan gaplasha boshladi. Bir kunda bir ikki suhbat ba'zida shu ham bo'lmasdi. Agar ikki uch kun suhbatlashishmasa ikkovi ham mendan xafa bo'ldi. Shunga men bilan gaplashmayapti shekilli deb o'ylashardi bir birlari haqida lekin ikki uch kundan so'ng yan gaplashib qolishsa bu shubhalar vaqtinchalik  tarqab ketardi. Bayramlarda bir birlarini tabriklashardi. Til va adabiyot o'qituvchisi 3ta sinf o'rtasida fanlari o'rtasida musobaqa tashkillashtirdilar bu musobaqada Begzod juda faol qatnashdi. Ayniqsa bahrubayt aytishuvida har bir sinfdan bir ishtirokchi qatnashishi kerak edi.Begzodlarni sinfidan Begzod Ma'muralarni sinfidan Elnora yana bir sinfdan Jasmina ismli qiz qatnashdi. Bu aytishuvni birinchi bo'lib Jasmina tark etdi  Begzod va Elnora vaqt kech bo'lgani uchun durrang natija bilan yakunlandi. Qish paytlari qor yoqqan vaqtlarda Ma'mura Begzod bilan qor bo'ron o'ynashni istardi. Begzod uning harakatlaridan buni sezsada lekin unga qor otib ozor berishni istamasdi. Shuning uchun sinfdoshlari bilan o'ynasa ham u bilan o'ynamasdi. Bahrubayt aytishuviga kelsak ertasi kuni Ma'muralarni sinfidagilar mutloq g'olibni aniqlab olmoqchi bo'lishdi  a ertasiga tanaffus paytida o'rtoqlari bilan maktab hovlisiga chiqayotgan Begzodni to'xtatib uni bahrubayt aytishuviga chaqirishdi va unga raqib qilib Ma'murani tayinlashdi. Ikkovi biroz vaqt aytishuv qilishdi bu aytishuv Ma'murani g'alabasi bilan yakunlandi. Musobaqa kutilmagan holatda bo'lgani uchunmi yoki sharoit noqulay bo'lgani uchunmi Begzod yutqazdi. Boshqalarga nisbatan Begzodning bahrubayt aytishuviga tayyorgarligi ham o'zgacha edi. U o'qishdan bo'sh  vaqtlarida savdo do'koniga yordamchi bo'lib ishlardi tasodifni qarangki xo'jayin qo'shiq tinglashni yoqtirardi  do'konda har doim mumtoz qo'shiq yangrab turardi qo'shiq esa she'rdan kuylanardi. Begzod ana shu qo'shiqlarni yod olardi. Uning yutug'i shunda edi. O'sha qish vaqtlari maktab o'quvchilari bo'sh vaqtlarida shashka o'ynashardi Begzod ham shashkani yaxshi bilardi. Uning matematika fanini yoqtirishini hisobga olsak bu tabiy holat edi.

Maktab oshxonasiga kirgan Begzod shashka o'ynayotgan bolalarni ko'rdi. Bolalar galma galdan o'ynashardi.Begzod ham biroz tomosha qilganidan so'ng unga ham navbat keldi. Uning raqibi paralel sinfdagi Nafosat ismli qiz bo'ldi. Bu o'yin Begzodning g'alabasi bilan tugadi. Begzodning nazarida esa  Nafosat ataylab yutqazib bergandek tuyuldi. O'yin vaqtida tasodifan oshxonaga kirib qolgan Ma'mura ham ularning o'yiniga guvoh bo'ldi. Shundan so'ng Begzod Ma'muradan boshqa qiz bilan shashka o'ynagani uchun ancha gap eshitdi. Begzod Ma'murani maktabdan chiqishini kutib turardi yoki teskarisi va ikkalasi birga ketardi. Begzod Ma'murani kuzatib qo'yardi. Bir kun Begzod Ma'mura va ikki dugonasi bilan pavilionga borishdi muzqaymoq yeyishdi sharbat ichishdi suhbatlashishdi va qaytishdi. Qaytganlarida so'ng Ma'mura Begzodga bugungi kun hayotidagi unutilmas kun bo'lganini aytdi. Har yilgi bayramlarda bir birlarini tabriklashardi. 8chi sinfga o'tganlarida Begzodning do'stlari karta o'ynashga qiziqib qolishdi. Darsdan so'ng biror joyga borib o'zaro o'ynashardi. Ularni ichida Begzodning yaqin do'stlari Farhod va Jo'rabeklar bo'lgani uchun Begzod ham ularning o'yinini tomosha qilgani borardi. Ular arzimas mayda puldan o'ynashardi. Begzod ham bir ikki do'stlarini kartasini ko'tarib o'ynashni o'rgana boshladi. Keyinchalik o'zi ham qo'shilib o'ynay boshladi. U eng kami ikki zot karta bilan o'ynagani uchun u bir aytganda hamma kartasi pastroq bo'lsa kartani yotardi. Keyinchalik pastroq qartalar bilan ham o'ynay boshladi. Hayoti chiroyli tarzda kechayotgan edi. Toki o'sha ma'shum voqeaga qadar...

 Hikoya shu yeriga yetganida o'zi shundoq ham dona dona qilib gapirayotgan Begzod jim bo'lib qoldi. U allaqachon ikkinchi shisha konyakni ham bo'shatib bo'lgan edi.

-ofitsant dedi. Zo'rg'a ofitsant qiz labbay deb yetib keldi.

-Nima xizmat yana aaa bir aaa shisha kkkonyak dedi qignalib ofitsan qiz xo'p deb chiqib ketdi. Ularni uzoqdan kuzatib turgan Begzodning haydovchisi Bektosh vaqt yetganini sezdi. U Begzod yetarlicha mast bo'lganini bildi. Endi tezda uni bu yerdan olib ketish kerak deb o'yladi. Qo'lida bir shisha konyak bilan ketayotgan ofitsantni to'xtatdi va unga janobni me'yorlari bo'lganini tushintirdi. Va o'zi Begzodni oldiga kelib uni ketishga undadi Begzod bilan birga Maftjna ham qo'zg'aldi. Begzod to mashinasiga borgunicha har xil gsplarni gapira boshladi uni gaplariga Maftuna ham Bektosh ham xo'p deb uni bir amallab mashinaga mindirishdi. Begzod mashibaga minganidan so'ng Maftuna Bektoshdan Begzodni

Telefon raqamini so'radi. Raqamni olgach restaranga qaytib kirdi kassa hodimiga qancha to'lashi kerakligini so'radi. Kassa hodimi pul to'lanib bo'lingan dedi. Maftuna ham shunday bo'lsa kerak deb o'ylaganidi. U restorandan chiqqanida boyvachcha allaqachon ketib bo'lganidi. Shunchalik ham ichadimi odam degan shuncha puli bor mazza qilib yurmaydimi. Har kuni shundaymikin yo faqat bugun shunchalik ichdimikin? Uning bu savoli hozircha javobsiz qoldi. Begzod mashinaga minganidan so'ng mashinani Ma'murani uyi tomonga haydashni aytdi. Bektosh hayron bo'lib u yerda nima qilasiz deb so'radi. Ma'murani ko'rgim kelyapti uzoqdab bo'lsa ham bir ko'rsam bo'ldi, ko'nglim negadir g'ash

-Hozir soat 21 00 bo'ldi. Biz u yerga borganimizcha soat 23 dan o'tib qoladi. Bunday paytda ayollar  issiqqina o'rinlariga yonboshlab erlari bilan yotishadi. Bu gaplarni gapirganidan ming pushaymon chekdi chunki Begzodni jahli chiqib  so'kib berdi. U so'kish eshitganidan emas balki Begzodga asabiylashish mumkin emas edi. Shundan pushaymon chekdi. Mashinani to'xtat dedi. Bektosh mashinani yo'lchetiga to'xtatdi lekin nima uchun to'xtahanlarini bilmadi. Begzod yana so'kina so'kina mashinadan tushdi va savdo do'koniga kirib ketdi. Bektosh ham mashinadan tushib uming ortidan kirdi. Chunki Bekzod yonida pul olib yurmaydi puli Bektoshda turadi. Bir shisha konyak olib chiqqan Begzod mashinaga o'tirganidan so'ng ichishni boshladi. Mehmonxonaga kelib yuvindi. So'ng uxlashga tayyorgarlok ko'rdi lekin qancha urinmasin uxlayolmadi. Televizirni yoqib tomosha qildi. Soat tungi 2 00 bo'ldihamki uyqusi kelmadi odatda bunday paytda ozroq televizir ko'rsa tezda uyqu bosardi. Bugun unday bo'lmadi ko'ngli qandaydir g'ashlikni his etib uxlolmadi. Telefonini olib internetga kirdi. Nihoyat soat tongi 6larda uyqu bosib uxlab qoldi.

Ertasi tongda Maftuna ishxonasiga xursand kayfiyatda bordi. Millionerdan intervyu olayotgani to'g'risida hammaga aytib maqtandi. Boshliq ham bundan xursand bo'ldi. Tushdan so'ng Begzod7ga telefon qilsammi yo'qmi deb ikkilana boshladi. Agar hozir termasam u chet elga ketib qoladi va mening maqolam chal qolib ketadi shuning uchun tezda qo'ng'iroq qilib u bilan uchrashishim va qolgan voqealarni ham so'rab olishim kerak. Kecha yozib olgan raqamlarini telefoniga yozib yashil tugmani bosdi.

Begzod bu paytda tush ko'rayotgan edi. Tushida bir qorong'u xonada 6 7 kishi bo'lib qimor o'ynayotgan ekanlar tepada osilib turgan xira yoritgich sigaretlarning tutunidan battar xiralashib ketibdi. Xonani tumandek o'rab olgan tutun bir zumga kamaymaydi aksincha borgan sari ko'payib bormoqda o'yinchilar pullarini yutqazib birin ketin o'yinda chiqa boshlashdi. O'yinda faqat Begzod va to'lachadan kegan egnida kostyum shim kiygan sochini kal qilib olgan kishi qolibdi. Kartalar ikki o'yinchiga suzilibti Begzod sekin kartalarni ochibdi tuz karta ortidan yaba tuz karta va nihoyat uchinchi kartasi ham tuz u stafkani oshirdi raqibi ham shu ketishda ular bor budlarini tikishibdi Begzod ham Bankdagi pullarigacha hamma pullarini tikdi.

-Endi ikkalamizni ham boshqa pulimiz qolmadi kartalarni teng ochsak rozimosiz deb so'radi Begzod raqibi xo'p dedi va u qo'lidagi 3ta tuz kartani ochib raqibini kartasini ham so'ramasdan pullarni yig'ishrltira boshladi shunda birdan raqibi to'xtang hali shoshilmang pulni yig'ishtirishga hali ulgurasiz mana bu 3ta kartadan ziyod bo'lsangiz albatta deb 3ta kartani yerga sekin ochdi kartalarning ikki burchagiga katta M harfi tushirilgan va har uchalasida ham Ma'muraning surati bor edi. Hamma o'yinchilar ooooo qoyil deb yuborishdi. Begzod ham yutqazganini his etib tanadini qo'rquv bosdi. Raqibi esa beso'naqay kulib pullarni yig'ishtira boshladi. Shunda birdan qo'rqib uyg'ondi va telefoni jiringlayotganini eshitdi. Sekin telefonini olib qaradi notanish raqam kim ekan deb hayron bo'lib yashil tugmani bosdi va a'lo dedi.

-a'lo

-Eshitaman dedi Begzod hayron bo'lib bu chiroyli ovoz sohibasini tanimasdan

-Men Maftunaman kechagi qiz

Ha tanidim qandaysiz yaxshimisiz - shunda Begzodni xotirasida kechagi xotiralar tiklana boshladi.

-Yaxshi rahmat o'zingiz yaxshimisiz?

-Xa

-Men haligi kechagi hikoyangizni davomini qachon aytishga vaqtingiz bo'ladi? Shuni so'ramoqchi edim.

- Vaqtim bor agar biror joyda uchrashsak so'zlab berardim.

-xo'p qayerga uchrashamiz

-Kechagi restoranga

-Qachon boray

Begzod soatiga qaradi soat 12 dan oshibdi

-Iloji bo'lsa hozir

-Unda yo'lga chiqdim.

Begzod xo'p deb telefonini o'chirdi va Maftunani nomerini telefoniga saqlab qo'ydi. Bugun akamni tug'ilgan kunlari qishloqqa ham borishim kerak. Jurnalist bilan tushlik qilaman so'ng jo'nab ketaman.

 Begzod restoranga yetib kelganida Maftuna allaqachon kelib restoranni kirish joyiga qarab turgan ekan. Ular restoranni pastgi qavatidagi alohida xonasiga kirishdi. Atrofda hech kim yo'q faqat sokin musiqa yangramoqda dasturxonga konyak va noz ne'matlar buyurtirishdi. Konyakni stakanga quyib icharkan Begzod hikoyasini davomini boshladi.

Pol'at bilan yo'lga chiqqan Begzod musiqani balandlatib qo'ydi. Sho'xmusiqagamonand Po'lat tezlikni tobora oshirib borardi. Tekis yo'ldan mashina yelib borardi. Birdan Po'lat qoch deb baqirib moshinani signalini bosdi va mashinani jarlikka qarab burib yubordi. Bu halokatda Po'lat vafot etdi Begzod esa nogiron bo'lib qoldi. Ikki oyog'i umuman ishlamay qoldi. Do'xtirlar uni tuzalmaydi deyishdi. Begzodni akasi do'xtirdan biror iloji yo'qmi deb so'raganida do'xtir afsuski yo'q bumday be'morlardan 1000tadan bittasi qayta oyoqqa turib ketishi mumkin umid qilamki ukangiz shu 1000tadan bittasi bo'lishini. Shu shu Begzodning kunlari zulmatga aylandi. Faqat uy ko'chaga o'zi chiqolmaydi. Birov chiqaray desa ham ko'nmaydi. Odamlarni ko'ziga nogironlar aravachasiga ko'ringisi kelmaydi. Uyda esa zerikardi do'stlarini Ma'murani sog'inardi. Tog'ri ularni ko'rib turardi ora orada lekin ko'proq vaqtini ular bilan o'tkazgisi kelardi. Ayniqsa Ma'murani sog'inardi. U bilan o'tkazgan vaqtlarini qumsardi. Nogironlar aravachasida vaqtning kunlarning o'tishi ham qiyin bo'larkan. Balki ertangi kunida umudsizlikka tushgani uchun ertaga manabu ishimni amalga oshiraman degan fikri bo'lmagan xullas ertangi kuniga intilish ertangi kunini kutmadligi uchun ham vaqtning o'tishi sekindek tuyular qo'lidagi soatiga tez tez qarardi huddi muxim ishga kech qoladigandek bir kun soatiga qarab turib bu soatga bir nima bo'gan juda sekin yuradi. Balki quvvatlagichini yangi qo'ysam tezroq yurar deb o'yladi. Lekin yangi quluvvatlagich qo'ydihamki o'sha immillab yurish. Bora bora tunda ham uxlolmaydigan bo'lib qoldi. Tuni bilan miyyasi uyg'oq nimalrnidir o'ylaydi. Birov 300 gacha sanasang uxlab qolasan deb maslahat berdi. Lekin sanog'i mingdan oshib sanog'dan adashib ham ketti uyqudan darak bo'lmadi. Birov piyozni o'rtasida okkiga bo'lib ikki oyog'ingni tagidan paypoqni ichida qo'yib yot dedi. Buni ham sinadi lekin bo'lmadi. Birov yotishdan oldin ozroq kitob o'qi darrov uxlab qolasan dedi. Tongga yaqin kitobni tugatay deyaptihamki uyqudan darak yo'q lekin shu maslahatni bergan odamdan minnatdor bo'ldi chunki kitob o'qib miyyasi ancha ochildi dunyo qarashi kengaydi bilimlari ortdi va vaqti biroz bo'lsada mazmunli o'ta boshladi. Xullas birov u dedi birov bu dedi lekin uyqudan darak bo'lmadi. Hattoki ko'zinga sikoch yopishtirib qo'y shunda uxlab qolasan deb ustidan kulganlar ham bo'ldi.

Oxiri uyqudorisi ichish kerak degan fikr keldi miyyasiga va bu fikrdan o'zi ham xursand bo'ldi ana kitob o'qishni foydasi tegyapti deb qo'ydi. Akasiga aytib uyqudori olib keltirdi va muammo ham xal. Bir kun Ma'murani Begzoddan bir yosh katta o'tgan yili Begzod o'qiydigan maktabni tamomlagan Qahramon ismli bolaga turmushga chiqayotgani haqida eshitdi. turmushga chiqayotgani haqida eshitdi. Begzod u bolani tanirdi otasi biznesmen puldor odam o'zi haqida ko'o bilmaydi. Bir ikki marta qarta o'ynayotganini ko'rgan edi. Lekin yaqindan tanimasdi. Bu xabardan u g'amga botdi. Qayg'uga cho'kdi. Uni begonaga turmushga chiqayotganidan qaxri kelsa unga uylanmayotganiga o'ziga rahmi kelardi. Baribir mendek nogironga turmushga chiqmasdi deb o'zini tinchlantirardi. Oradan bir necha oy o'tib to'yi ham bo'ldi. O'sha kuni to'yib yig'ladi. Ko'ngli o'ksidi soat 10lardan o'tgandan so'ng dori ichish kerakligi esiga tushdi. Dorini qo'liga olarkan ko'zidan yana yosh quyila boshladi. Bu kunimdan o'lganim yaxshi shu vaqtda o'lom uning ko'ziga chiroyli ko'rina boshladi. Dorilariga qaradi. Bir yarim pochka qolgan ekan. Birin ketin hammasini icha boshladi. Oradan biroz vaqt o'tgach uyqu bosdi. Ertasiga shomga yaqin ko'zini ochgan Begzod sekin atrofga qaradi. Uyiga yotibdi. Boshi qattiq og'riganidan ux deb yubordi. So'ng sekin kechagi ishlarini

Boshqa hikoyalar