tungi.ru

qimorboz (2-bet)

sekin kechagi ishlarini eslay boshladi. Bir yarim pochka dori ichgani esiga tushib obbo haliyam tirikman shekill shuncha dori ichib ham o'lmasa ya inson xa lekin Ma'murani turmushga chiqqani yomon bo'ldida u kula boshladi. Iye nega kulyapman o'zi bu ishga yig'lash kerakku degan edi ko'ngli bo'shab ko'zlarida yosh oqa boshladi. Shu tariqa kunlar o'ta boshladi. Oradan sal kam bir oy vaqt o'tgach bahor o'z ishini qilib yomg'ir sharros quyayotgan paytda Begzod darvozani bir eshigini lang ochib qo'yib o'zi ko'chani tomosha qilib o'tirardi. Usti shiypon bo'lgani uchun yomg'irning tomchilari uning ustiga tushmasdi. Ko'chaga tushayotgan yomg'ir tomchilariga qarab ularning shitirlashiga quloq solib o'yga tolardi. Uning xayolini ayni damda yana Ma'mura band qilgan edi. U bilan o'tkazgan vaqtlaini eslardi. Qani endi o'sha damlar qaytib kelsa hozir nima qilayotgan ekin balki eri bilan suhbat qurib o'tirgandir. Ma'murani yanida o'tirgan Qahramonga kulib qarab turganini xqyoliga keltirdi. Jahli chiqa boshladi. Qo'lini peshonasiga qo'ydi. So'ng sekin ko'zi ustidan tushirib nogironlar aravasiga qo'ydi. Bir payt uzoqdan soyabon ko'targan bir ayoni ko'rdi. Kelayotgqn ayolni yuzi hali bilinmas darajada uzoqlikda bo'lsa ham u qandaydir tanish inson kelayotganini sezdi. Yuragi qandaydir bezovta bo'linlb tez tez ura boshladi. U yaqimlashganidan so'ng ne ko'z bilan ko'rsinki bu Ma'mura ekan qo.lida soyabon egnida ayollar ko'ylagi ustidan kostyum kiygan yuzi o'sha o'sha odatda yangi kelinchaklar yuziga har xil bo'yoqlar surtib yurishardi uni yuzida biror xil bo'yoq alomatlari sezilmasdi. Darvoza oldiga yetgandan so'ng yonga qaradi va

Darvoza oldida nogironlar aravachasida o'tirgan Begzoni ko'rib

-assalomu aleykum

-yaxshimisan

-ha yaxshi o'zing yaxshimisan

-bu yerlarda nima qilib yuribsan bir o'zing

-dugonamni oldiga kelganidim uyi hov anavi yerda deb qo'li bilan ko'rsatdi. Ko'ylagimga tosh yopishtirmoqchi edim shuni o'rganishga borgandim. Uyda yo'q ekan. Endi ertaga kelaman yana.

-xa o'zing yaxshimisan yangi oilaga ko'nikishga qiynalmayapsanmi?

-ajrashdimku to'yni ertasiga qaytib keldimku eshitganingiz yo'qmi

-yo'q endi eshityapman nega ajrashding deb so'radi hayratini ichiga sig'dirolmasdan

-xa shunday bo'lib qoldida

Oraga biroz sukunat cho'kdi. So'ng Ma'mura xo'p bo'lmasa men boraqolay dedi va ketaboshladi. Begzod hayron bo'lib uni orqasida to ko'zdan g'oyib bo'lganicha qarab qoldi. To'yni ertasiga ajrashib keldim dedimi nega ajrashganikin muhimi bu emas muhimi u ajrashgan demak endi unga uylansam bo'ladi. Faqat bir muammo yo'q ikkita muammo bor ekan birinchisi mening nogironligim ikkinchisi uylanishga menda hozir pul ham yo'q. Pul masalasiniku tugirlash mumkin lekin oyoqchi oyoq masalasi nima buladi. U sekin oyoqlarini kutarishga urindi lekin har qancha urinmasin oyoqlari uziga buysinmasdi. Xonasiga qaytgach deraza tokchasini ushlab urnidan turdi. Birpas turgandan so'ng quli charchab qaytib utirdi. Dam olgandan sung yana qaytardi. Shu kundan boshlab astoydil oyoqqa turishga hafakat qila boshladi. Shu kundan unga orzu havas paydo buldi. Hayotga qarashi uzgardi ertasiga Mamura kelganida uni telefon raqamini surab oldi. Endi tunlari uyqu dori ichmay quydi. Tuni bilan yaratgandan shifo surab quliga tayanib turib oyoqlarini harakatlantirishga urinardi. Bir paytlar biologiya uqituvchisi suvni maqtab unga yaxshi gaplar gapirib ichsanglar u shifobaxsh xususiyatga ega buladi aksini qilsanglar aksincha odamga ziyon keltiradi. Degan edi shu gaplari esiga tushib har suv ichishidan oldin uni oldin yaxshilab maqtab sung ichardi bir kun tunda qulidagi suvni maqtab utirib qilayotgan ishiga uzini kulgisi keldi. Agar shu gaplarni biror qizga gapirganimda aniq mani desa ulib qolardi. Boshini osmonga qaratib Ollohim dardimga uzing shifo bergin oyogimga shifo bergin oyoqqa turib 4 5 yil yashab keyin ulsam ham armonim qolmasdi. Deb yiglab yubordi kuzidan oqqan tomchi yoshlari yuzidan sirgalib qulida turgan piyoladagi suvga chilt etib tushdi u ikki dona uyqu doridan ogziga solib qulida turgan piyoladagi suv bilan ichib yubordi. Shu bugun qandaydir tanasi yengil bulib qolganini sezdi va mazza qilib yotish uchun urniga chuzildi. Ertasi tongda urnidan turib yuz qulini yuvib akasi va jiyanlari bilan nonushta qildi. Sung yana xonasiga qaytib ertalabki mashqlarni boshladik deb deraza tokchasiga qulin quyib urnidan  turdi ana dedi oyoqlarni harakatlantiramiz deb oyoqlarini harakatlantirishga urindi qani deb bor kuchi bilan urindi ung oyogi biroz chap tarafga burilgandek tuyuldi u xursand bulib ketdi oyogim rostdan ham burildimi yoki menga shunday tuyuldimi qani yan urinamiz haqiqatda ung oyogi 1 2 smga ung tarafga burildi. Endi ishonch hosil qilgach xursand bulib kula boshladi. Qani endi chapga burishga urinib kuramiz qani burilmayapti hechqi yuq asta asta chapga ham buriladigan buladi.

U bu xursandchilikdan uzini yuqowyozdi. Darhol telefonini olib Ma'muraga telefon qilidi.

-a'lo

-qandaysan tuzukmisan deb tez tez nafas olib gapira boshladi.

-xa uzingiz tuzukmisiz nima biror joyga yugurib ketyapsimi dedi bu aytgan gapi bexosdan aytib quyganidan pushaymon buldi sgekilli iye uzr man bilmasdan og'zimdan chiqib ketti. Iltimos ohangida gapirdi.

-nega uzr so'raysan gaping ungidan kelib tez kunlarda yugurib ketsam ajabmas bugun ung oyogim biroz burildi ozroq bulsada mustaqil harakatlantirdim.

-yoge juda ham xursanman. Uning xursand bulgani gapida ham aks etdi.

Shu shu Begzodning oyogi kundan kunga tuzala boshladi. Ma'mura bilan bulsa deyarli har kuni telefonda gaplashardi. Unga uylanmoqchiligini aytdi. Ma'mura ham rozi buldi. Ular turli xil rejalarni tuzib quyishdi tuydan kdyin qayerga borishlarini nechta farzandlari bulishini ularga nima xeb ism quyishlarini shunga uxshash Begzod 2 3 oylardan so'ng butunlay tuzalib yura boshladi. Endi uni oldida ikkinchi muammo pul topish muammosi turardi. Uylab uylab chet elga ishlagani borish kerak degan qarorga keldi.

Begzodning hikoyasi shu yerga kelganida u yana ikki shisha konyakni bo-shatib bulib uchinchi konyakni birinchi ellik grammini ichayotga edi. Telefoni jiringlab qoldi. Telefon ekranida Bektosh degan yozuv paydo buldi.

-eshitaman

-noxush xabar bor. Dedi jiddiy ohangda

-nima gap gapiraver Begzod ichgan konyaklari ta'sirida o'ta xotirjam edi.

-Ma'murani qimorbozlardan biri garovga olib ketibdi.

-nega garovha oladi. Endi boroz asabiylasha boshladi.

-kecha tunda katta uyin bulgan shu uyinda qahramon Baxshi degan qimorbozdan juda katta qarz bugan tongda kelib xotinini garovga olib 3 kun ichida qarzingni to'la bulmasam xotinsiz qolib ketasan debdi.

-voy yaramasey tezda borib top o'sha Baxshini Qahramonni qancha qarzi borligini so'ra tezfaqat tezda bil

-Xo'p

Telefonni o'chirganidan sung Begzod tinmay

So'kina boshladi yaramas qanday quyib berdi xotiningni olib ketamiz desa ma deb berib yuboraveradimi. Maftuna ham gap nima haqida ekanligini surab bildi. Stakanga konyakni quydi ichdi ortidan yana quyib ichdi. So'ng biroz tinchlandi shekilli gapirmay quydi. Maftuna ham gap qushmay jim turaverdi. Biroz vaqt utgach akasini tugilgan kuniga borishi kerakligi esiga tushdi.

-Bugun akamni tugilgan kunlari shunga borishim kerak shunga men borsangiz?

-Yuq men nima qilaman.

-shunchaki birga boramiz menga hamroh bulib borasiz

-bilmadim ishxonaga borishim kerak edi. Telefon qilib surab kuraychi keyin aniq buladi.

Ular urinlaridan turishdi. Begzodni kayfi ancha oshib qolgan edi. Chayqalib-chayqalib yura boshladi. Zinadan chiqishda miyyasida ogriq paydo buldi. Boshini ushlab zinaga utirib oldi. Ortidan kelayotgan Maftuna nima buldi sizga deb xavotir ola boshladi. Biroz vaqt utgach ogriq sal kamaygandek buldi. Sung sekin urnidan turdi. Kassaga kelib cho'ntagidan bitta yuz dollarlikni chiqarib berdi va xojatxonaga kirib ketdi. Maftuna qaytimni Begzod chiqqanida unga berdi. Agar Maftuna olmaganida Begzod uzi olmasdan shu ketishda ketardi. Maftuna boya ishxonamdan surab kuraychi deb yolgon gapirgandi. Aslida uzini borish niyati yuq edi. Uchun bahona qilgandi. Endi Begzodni ahvolini kurib birga borishim kerak dedi. Qolaversa Bektosh ham yuq agar bulganida xavotirsiz ketaversa ham bulardi. Begzod qayta men bilan yuring deganiga xop deb javob berdi. Begzod biroz xursan bulgandek lekin ichini halixam nimadir kemiryapti Ma'murani qimorboz olib ketibdi degan xabardan xali ham uziga kelgani yuq. Ular taksiga utirib yulga tushishdi ikki soatlarda manzilga yetib borishdi. Begzodni miyyasidagi ogriq tobora kuchayib borardi. Qadr

Qadrdon uyiga yetib kelgan Begzod darvoza qarshisida biroz xayol surib turib qoldi. Bu uyda qancha davrim o'tdi. Onasini otasini beg'ubor davrlari yodiga tushdi. Sekin darvozani ochib ichkariga kirdi. Aka deb chaqirdi. Uy eshigi ochilib akasi chiqdi.

-iye Begzod ukaginam deb quchoq ochib keldi akasi ular quchoqlashib kurishgach uyga kirishdi. Uyda akasini do'stlari kelgan edi. Ular bilan ham quchoqlashib kurishib chiqdi. Hamma bilan salomlashib bulgach dasturxon boshiga utirishdi. Maftunani yangasi bilan tanishtirib quydi. Ikkovlari birgalikda oshga undashdi. Yangasi Maftunaga mehmon sizni ham yumushga quydimda dedi. Hijolat bulib

- voy opajon bu nima deganingiz axir aytarli hech ish qilayotgan bulmasam odamni hijolat qilmang.

 Yangasi u bilan suhbatlasharkan qaynog'asi o'zi uchun munosib umiryo'ldosh tanlaganiga amin buldi. Bunday ohko'ngil qizni har doim ham topib bulmaydi uyladi u.

 Mehmonlar davrasi esa tobora qizib borardi. Ayniqsa unavi bo'yningsingirdan ichib olishganlaridan so'ng gap gapga ulanib ketaverdi. Akasini do'stlaidan biri gap boshladi. Bir kun deng Lufullo novchani tanisanglar kerak usta edi keyin koreyaga ishlagani ketdi. Yaqinda qaytib keldi. Qishloqda xo'roz urushga mukkasidan ketgan bir aka bor ekanla o'sha akamiz Lutfullo qaytishidan oldin uni qaytishini eshitib unga telefon qilibdi. Uka menga koreyani tovigini tuxumidan olib kelsang men jo'ja chiqarsam debdi. Lutfullo xo'p surishtirib ko'raman debdi. Ertasiga qaytib telefon qilib nima buldi deb so'rasa aka tuxumni har bir donasi 27 dollar ekan debdi. Xaridor bu narxga rozi bo'libdi. Shunday qilib Lutfullo tuxumlarni olib yo'lga chiqibdi. Toshkentga tunda kelib tushibdi. Uni o'sha yerda o'qiydigan yaqin do'sti kelib uyiga olib ketibdi. Borib dam olishibdi. Tongda nonushta qilishibdi. So'ng do'sti Lutfulloga do'stim bir bozorga tushib kelsak debdi. Lurfullo nima qilamiz bozorga desa go'sht sotib olsam ozib yozib bir kelding go'shtli taom bilan mehmon qilsam degandi debdi. Lutfullo e do'stim qo'ysangchi man choyingni ichdim tuxum qovurib berding yedim. Shu ham bo'ladi. Menga sen aslo hijolat bo'lma debdi. Do'sti to'g'rikuya lekin tuxum ham sen olib kelgan tuxum edi debdi. Boyagi koreyadan qiynalib ko'tarib kelgan tuxumini u oddiy tuxum deb o'ylab nonushtaga qovurib beribdi. Davraga kulgi ko'tarildi.

 Baxshini uyiga yetib kelgan Bektosh darvozani ochgan yigitdan uni chaqirib berishini so'radi. Baxshi chiqqach salomlashishdi. 

-qani mehmon uyga kiring dedi

Mehmonxonaga kirib o'tirishgach

-aybga buyurmaysiz mehmon sizni sal tanimadim dedi xushfe'llik bilan

-men Qahramonni masalasi bo'yicha kelganidim

-xa gap bu yog'da deng siz kimi bo'lasiz uni

-do'stiman uni sizdan qancha qarzi bor Bektosh qarshisida o'tirgan bu xushfe'l inson haqida hali ko'p narsani bilmasdi. Yoshligidan qimorga mukkasidan ketgan bu insonni laqabi "kuzur" edi. U bu laqabni bir o'yinda ustma-ust 5 marotaba kuzur qarta ochgani uchun olgan qimorda ancha muncha odam uni oldiga tusholmasdi. Kartani ham yasashda ustasi farang bo'lib ketgan turli xil joylarda turli xil davralarda turli xil stavkalarda o'ynagan so'nggi paytlarda ancha omadi chopgan o'yinchi edi. Birgina kechagi o'yinni o'zida Qahramonni 100ming dollar qarzi bilan hisoblasa 300ming dollar yutibdi.

-xa gap bu yog'da deng 100ming dollar

-shu pulni to'lasa xotini qo'yib yuborasizmi

-albatta endi xotinini garovga olganimga meni yomon odam ekan bu deb o'ylamang shunga majbur bo'ldim. Chunki qarzini to'lamasdan chet elga chiqib qochib ketsa pulimni qanday olaman bu borada og'zim kuygan. U jon kuydirib o'zini aybsizligini tushintira boshladi.

Yoshi 50ga yaqinlashgan bu inson insonlarga iloji boricha yaxshi gapirib ishini bitirardi.

-men  hozir deb Bektosh Begzodga telefon qildi. Qarz haqida u bilan gaplashib telefonni o'chirib qarshisidagi insonga yuzlandi.

-hisob raqamingiz bormi?

-albatta

-raqamin ayting

 Bektosh raqamlarni yozib olib Begzodni telefoniga yubordi.

-Hozir pul tushadi.

-xo'p dedi. Baxshi hotirjamlik bilan lekin uni hisobiga kim pul o'tkazayotganidan bexabar Qahramonni biror do'stidirda deb qo'yaqoldi.

Birozdan so'ng Baxshini telefoniga 100ming dollar o'tgani haqida xabar keldi. U telefon qilib Ma'murani uyiga olib borib qo'yishlarini aytdi. Bektosh esa ish bitgani to'g'risida Begzodga xabar berdi.

Dasturxonga qo'ling o'rgilsin osh tortildi. Oshni paqqos tushirishganidan so'ng 4 5 kishi uyni chekkarog'iga borib qarta o'ynashni boshlashdi. Begzod ham xulusni sog'ingan edi. Lekin ayni paytda ko'ngliga sig'madi. Faqat Bektosh telefon qilib ish bitganini aytganidan so'ng kayfiyati ko'tarildi. 1piyola aroqni bir ko'tarishda ko'tardiyu so'ng chayqalib chayqalib o'rnidan turdi. O'yinchilarni oldiga kelib akalar men ham qo'shilsam bo'ladimi? Dedi bemalol degan javobni eshitgach o'yinga qo'shildi. O'yin 2000 so'mdan bo'layotgan edi. Begzod cho'ntagidan 200 ming so'm pul chiqarib oldiga qo'ydi. Qartalar suzildi. O'yin juda maroqli davom etardi. 5 6 qo'ldan so'ng 2ta mayda zotdor qarta bilan pul tushdi. Hammani qo'lida past qarta kelgan ekanmi hamma birin ketin qartani tashladi. Oxirida qolgan Jasurbek qartasini ko'rib 20000ming tushdi. Behzod ham 20000mingni tushib zotdor 10ni mirladi. Jasurbek unga yetmaydi. Dedi va kartasini tashladi. Begzod pullarni yig'ishtirib olarkan ichib olgan millionerni qo'rqitasanmi dedi. Ichida va yuzida tabassum paydo bo'ldi. So'ng qani yana bir marta akamni tabriklamasak akam xafa bo'ladilar dedi. Bu paytda akasi xonada emas tashqariga chiqqan edi. Bo'yningsingirdan ichuvchilarga quyildi. So'ng yaxshi tilaklar bildirildi. Soat 22 00 dan o'tganida Bektosh yetib keldi. So'ng meni shaharda qiladigan ishlarim bor deb o'rnidan qo'zg'aldi. Oldida yig'ilib ketgan 1000000 so'mga yaqin pulni olib akasiga berdi. U bilan yana bir bor quchoqlashib ko'risharkan akajon men sizni yaxshi ko'raman. Dedi uning bu aytgan gapi yosh bola erkalanib aytganidek yangradi. Men ham seni yaxshi ko'raman dedi. Akasi mashinaga o'tirishgach dorilarida ichdi. Asablari biroz tarqadi. Bosh og'rig'i ham bosildi. Bugun ko'p ichganidanmi? Uyqu bosib kela boshladi. Yanida o'tirib borayotgan Maftunani tizzasiga boshini qo'yib uxlab qoldi.

Kechki payt Ma'murani uyi oldida mashinadan tushirib ketishdi. Shundan so'ng asablari biroz joyiga kelaboshladi. Darvoza oldiga kelib o'ylanib qoldi. Kechagi ishlarni eslay boshladi. Kecha tunda darvoza taqilladi. Televizirda kino ko'rib o'tirgan edi. Erinibgina o'rnidan qo'zg'alib darvozani ochdi. Eri mast holda turardi avzoyi buzuq rangi o'chgan

-zo'rg'a tili aylanib manabu yigitlar bilan bor. Ertagacha yashab tur ertaga o'zim olib kelaman. Qo'rqma ular senga qo'llarini ham tekkizishmaydi. Faqat bugunchalik botasan. Ertaga ertalab o'zim olib kelaman dedi. So'zlarini sekin sekin va dona dona qilib.

-Nima nimalar deyapsiz kim bilan qayerga boraman nima qilaman deb savollar berdi hayron bo'lib

-ey gapni qisqa qilinglar Qahramonni orqasida turgan neksiya haydovchisi po'pisa qildi. Borlaring uni olib kelinglar dedi neksiyadan ikki yigit tushib Ma'murani qo'lidan ushlab sudrashdi. U qo'yvoringlar deb har qancha qarshilik qilmasin yigitlarga kuchi yetmadi. Qahramon aka yordam bering deb baqirdi. Qahramon esa jim qarab turaverdi. ma'murani qo'rquv bosdi. Ko'xidan yosh oqa boshladi. Uni bir uyni shinam bir xonasiga eltib qamab qo'yishdi. Shu o'ylarni o'lylab ichkariga kirishga shaylangan oyog'i oeqaga tortdi va ota uyi tomon keta boshladi. Kechagi ishi uchun eridan juda qattiq ko'ngli qoldi.

Qahramon suv-suv olib kel Ma'mura deb uyg'ondi. Yoniga qaradi. Yo'q chaqirdi kemadi. So'ng sekin kechagi voqealar xayolida jonlana boshladi. Kecha Ma'murani garovga olishganini esladi. Obbo deb qo'ydi. Qayerdanam o'zi kechagi o'yinga bordim. Kechagi o'yin uchun korxonani garovga qo'yib bir do'stidan 50ming dollar qarz olib borganidi. Uni yutqazdi. Kamida yana 100ming qarz ham bo'ldi. O'zi oxirgi paytlari ishi yurishmay yuruvdi. Agar kechagi o'yinda ozroq bo'lsa ham yutganida ishlarini joyiga qo'yib olardi. Anavi baxshi degani yomon tushirdi lekin o'yin vaqtini esladi. Yaxshigina yutib turganidi taxminan puli 100mingdan oshib ketganidi. Bir martada hammasi ketdi qoldi. Qartasini sekin ocha boshlaganidi. Birinchisi 7 qarg'a sekin ikkinchisini ochdi. 7 chillik yana sekin uchinchisini ochdi shu qartani9 ochishga ancha vaqt sarflab sekinlik bilan ochsa ne ko'z bilan ko'rsinki zotdor 7 g'isht turibdi. Bir ikki pul tushganlaridan so'ngm faqat Baxshi ikkovi qoldi. Ikkovi ham ancha pul tushdi. Qahramon oldidagi bor pulni va yana yuz ming tilda tushib kartasini ochdi. Hamma o'o'o' deb yubordi. O'zi ham atrofidagilar ham uni yutdi deb o'ylashdi. Chunki Baxshi pastroq qartaga ham ancha pul tushadigan odam edi. Baxshi ham sekin qartani yerga qo'ydi. Va surib birin ketin ochdi. 3 ta kartasi ham tuz edi.

Bo'lishi mumkin emas deb qo'li bilan yuzin8 artdi. Ranglari oqarib aqldan ozay deb qoldi. Sekin o'rnidan qo'zg'alib aroq ichib o'yinni kuzata boshladi. Qolgani shu ahvol Qahramon o'rnidan turib ishga borishga tayyorgarlik ko'rdi. Kchida bo'lsa bormasam bo'parkan kechagi o'yinga deb o'zini o'zi qarg'ay boshladi. Bundan keyin qaytib qimor o'ynamayman. Bu gapni u avval ham qimorda yutqazgan vaqtlarida o'ziga o'zi aytgan edi. Yana xumor tutsa qaytib boraveraman. Shu o'yinga yo'q bu safar aniq o'zimni tiyaman bormayman. Baribir borishga pulim ham yo'qku endi.a'murani qanday qilib qutqaraman 100mingni qayerdan topaman. O'zi 50mingni ham birovdan olib borgan bo'lsam uyni sotaman lekin 3kun ichida xaridorni qayerdan topaman qancha tez sotilishi kerak bo'lsa narxi ham shuncha pasayib ketadi. Ishga botaveraychi bir gap bo'larda deb yo'lga chiqdi. Vaqt ham 9dan oshib qolibdi.

Begzox uyg'onganida soat millari 12 00ko'rsatardi. Erinibgina o'rnidan turib yuzini yuvdi. So'ng bitta stakanda vino quydi. Negadir bugun uyg'onganidan vinoga xavasi ketdi. Ortidan yana bir stqkan quyib ichdi. Baribir chanqog'i bosilmadi. Bittta sokni qopqog'ini ochib idishidan ichdi. So'ng nafsi qonib chanqog'i bosilvanday bo'ldi. So'ng kechagi voqealar esiga tushib kela boshladi. Bir qarta o'ynagani bir Maftuna bilan gaplashayotgani uzuq yuluq xotiralar paydo bo'la boshladi. Ishqilib kecha notog'ri gap gapirib birovni xafa qilib qo'ymadimmikan deb o'ylay boshladi. Lekin xotiralar o'sha o'sha uzuq yuluq 1graamm ham ziyotroq narsani eslolmadi. Xa Maftunani tizzasiga boshini qo'ygani esiga keldi. Qanday qilib uyalmasdan tizzasiga boshimni qo'yib uxlab qoldima oshqilib tegajonlik qilmadimmikan dega o'y kela boshladi. Uni xafa qilib qo'ygan bo'lsama xali qancha suhbat qurishimiz kerak. Kecha haqiqqatdan jam ko'p ichib yuboribman. Odam deganam shunchalik ichadimi sal kamaytirishim kerak shu zormondani bo'lmasa biror kun birortani xafa qilib Qo'yishim aniq vino o'z ta'sirini ko'rsatib miyyasi biroz ochilgabdem bo'ldi.

So'ng telefoniga qaradi. 2ta javobsiz qoldirilgan qo'ng'iroq bo'libdi. Biri Maftunadan 2chisini tanimadi. Maftunaga qo'ng'iroq qilib bu safar odatga xilof ravishda istiroxat bog'iga uchrashishga kelishishdi.

Qahramon kechgacha pul topish haqida o'yladi. Uyni sotish uchun dallollarni chaqirdi. Imkon qadar tezlikda sotib beramiz deyishdi. Ishdan chiqib restoranga ovqatlangani kirdi. 2six shashlikdan so'ng piva ichishni boshladi. Ancha pivo ichdi lekin qoniqmadi. 100gramm aroq aytib uni ham ichdi. So'ng hovuri ancha bosilgandek bo'ldi. Shu payt telefoni jiringladi. Noma'lum raqam

-eshitaman

-hey Qahramonbek ahvollaringiz yaxshimi

-yaxshiman uning bu gapi ko'ngildan chiqmadi. Baxshi aka sizmisiz

-xa

Boshqa hikoyalar