qimorboz (3-bet)
aka sizmisiz
-xa menman xotiningiz uyga bordimi
-qayoqdan keladi. Pulni hali to'laganim yo'qku uning gaplari zardali chiqa boshladi.
-nega bormaydi. Yarim soat oldin yigitlarim uyingiz oldida tushirib ketishibdi.
-nima nega qo'yib ketishdi. Jahli chiqa boshladi. Shu onda uni xayoliga har xil yomon xayollar kela boshladi. Nahotki shunday bo'lsa bu yaramas yo'q unday bo'lishi mumkin emas unday bo'lsa bu yaramasni o'zim tiriklayin go'rga tiqaman.
-pulni to'laganingizdan so'ng qo'yib yuboramanda nima qilaman ortiq xotiningizni u kuldi.
-qanaqa pul men hali hech qanaqa pulni to'laganim yo'q. Dedi.
-bir yigit kelganidi ismini Bektosh deb tanishtirdi. Sizni qarzingini so'radi. Men aytdim keyin u kimgadir qo'ng'iroq qildi. Shu qarzni to'lasak Qahramonni xotini qo'yib yuborasizmi dedi. Men albatta dedim. Oradan 5 daqiqa ham vaqt o'tmasida xisob raqamimga pul kelib tushdi. So'mg xotiningizni uyiga jo'natib yubordimda.
-xa deb biroz yengil tortdi. Qahramon men bo'lsam har xil yomon xayollarni o'ylab yorltuvdim. -yo'q siz aslo yomon xayollatga bormang men siz o'ylaganchalik yomon odam emasman.
Begzod istiroxat bog'iga ancha barvaqt yetib keldi. Mashinadan tushib atrofga alangladi va quyib beriladigan pivoga ko'zi tushdi. Bir bokal pivoni qo'liga olarkan Maftuna haqida o'yladi haqiqatdan ham chiroyli qiz unga uylansamchi degan fikr keldi xayoliga lekin qancha umrim qoldi hali bilmayman men o'lib qolsam u qolgan umrini baxtsizlikda o'tkazmasmikin yo'q nega baxtsiz bo'larkan unga pul qoldiraman men qoldiradigan pul uni qolgan orzularini ushaltirishga yetib qoladi. Qolaversa Polvonga ham qaraydigan odam kerak. Agar uni o'g'il qilib olsa bo'ldi. polvonga ham kimdir g'amxo'rlik qilishi kerakku albatta uni kelajagi porloq bo'lishi kerak kelajakda o'qib buyuk inson bo'lib yetishi kerak. Xa buni uchun men Maftunaga uylanidlshim kerak. Lekinu mendek dardman insonga turmushga chiqishga rozi bo'larmikin bilmadim undan yashirsamchi meni xastaligimni qayoqdan bilib o'tiribdi. Xa shunday u kelsin unga uylanmoqchi ekanligimni aytaman mendek spirtsimen odamni u xushlarmikin balki ichishni tashlarman xa tashlashim kerak u qolgan pivoni yerga sochib yubordi essiza shuncha pivo ichkilikni qadrini ichuvchi biladi. Qo'liga telefonini olib texas poker nomli o'yinga kirdi. Bu onlayn orqali boshqa odamlar bilan o'yin bunda soxta fishka uchun o'ynaladi. Maftuna yetib kelib telefon qildi. Ular uchrashishdi. Yuring biror joyga o'tiramiz ikkita kola ichimligini olib Baland baland daraxtlar tagida o'rnatilgan o'rindiqlarni biriga borib o'tirishdi. Havo kuzning biroz shamolli kuni lekinquyosh yaraqlab turibdi. Havo unchalik ham sovuqmasidi. Atrofda yoshlar qo'l ushlashib yurishibdi. Yoki biror ayol bolasini qo'lidan ushlab ketyapti. Bolasini qo'lida nimadirlar olib bergan bola miriqib o'shani yeb ketyapti muzqaymoqmi paxtaqandmi. Ayni paytda shu boladanda baxtli insonni topish qiyin aslida umrni har bir onini o'ziga yarasha baxti bo'ladi. Biz faqat shu baxtni o'z vaqtida anglay olishimiz kerak. Bog'ning uchar poyezdiga mingan qizlarni ovozi eshitildi. Shu poyezdga yigitlar ham minadi ammo faqat qizlarni qichqirig'i eshitiladi. Balki yigitlar baqirishmas.
-Maftuna mana ikki uch kundan beri uchrashamiz sizdan bir narsani so'ramoqchi edim.
-Mayli so'rang
-yoqtirgan yigitingiz bormi?
-yo'q desa ham bo'ladi.
-Nahotki shunday go'zal qizni yigiti bo'lmasa bugun judaham go'zalsiz dedi. Bu gapni aslida gapni boshida aytmoqch8 edi. Xotirasidan ko'tarilibdi.