tungi.ru

Sirli. by Skrillex yoki Sayonara 3-qissm

“XXI asr Skrillex films” “UzbXXX.com” bilan hamkorlikda:

“Sirli”

Rollarda:

G`irt begonalar

Homiylarimiz:

Ruslan va monacr cofelari.

G`oya mualiffi va rejessior: Skrillex yoki Sayonara.

Uchunchi qism: “Savol Javob”

Kamol: Bo`lmagan voqealar? Bu nima deganin?

Charos: Hech narsa.

Kamol: Axir bilishim kerak?

Charos indamadi va teskari qarab oldi.

Ikkinchi soatam tugadi. Tanaffus.

Ahror: Kamol yur boyegi suhbatti davom ettiramiz.

Kamol: Hop yur.

Karidorda ketisharkan Kamol savol berdi: Ahror bilasanmi qandaydir g`alati voqealar bo`lyabti.

Ahror: Qanaqa?

Kamol: Bilmadim. O`zim ham chummayabman.

Ahror: Chummagan narsanga aralashmaganing maqul deb o`ylayman.

Kamol: Shunaqadir balki..

Ahror: O`zi ahvolin qale? Yaxshi bo`b qoldimmi ancha?

Kamol: Ha yomonmas

Ahror: Juda yaxshi.

Ular qolgan bollarning oldiga borib gaplashib o`tirishti. Gaptan gap chiqib Jalol (sinfdoshligisi): Shu la`nat tekkan sinfdan ketsamidi..

Kamol: Lanat tekkan?

Ahror Jalolga o`qrayib qo`ydi va: E`tibor berma xazillashyabtide.

Kamol: Balki bilganim ma`quldir?

Ahror: Nimani?

Kamol: Ha maylii Man hozir telefon qilib olishim keregidi.

U chetroqqa o`tib Sobriyaga telefon qildi: Salom Sobriya opa.

Sobriya: Salom.

Kamol: Bir savolim bor edi.

Sobriya: Bemolol.

Kamol: Bilasizmi kecha ko`rikka borganimda bir qizni ko`rgandim. Uni nega Shifoxonaga borganini bilmoxchidim.

Sobriya: Birnichi muhabbatmi?

Kamol: Yo`g`e. Qiziqish.

Sobriya: Qiziqish? Ho`p mayli? Etchi famiyami ismi.

Kamol: Ismi Iroda.

Sobriya: Hozir bilamiz. U kompyuterda yozayotgan ovozla kela boshladi…

Sobriya: Yo` unaqa odam yo`q.

Kamol: Unda o`lganlarchi?

Sobriya: O`lganlar?

Kamol: Ha Balkiim

Sobriya: Hop hozir...

Bir ozdan keyn: Yo`q negadir unaqasiyam. Hozir kecha duganam navbatchiydi. So`rab ko`richi o`zim telefon qilaman. deb telefonni o`chirib qo`ydi.

Kamol unchali ko`p kutmadi bir daqiqadanam kamroq, telefoni jiringladi.

Kamol: Eshitaman.

Sobriya. Bilasanmi Kamol Kecha Yoshi 15 16 larda bo`lgan qiz Shifoxonamizga o`lik holda olib kelingan ekan. Ismi Irodami yoki Nigorami. Bilomadim. Lekin anig`ini bilsam aytib yuboraman.

Kamol: Hop raxmat…

Uchinchi soat ham boshlandi. Kamol o`sha nomalum Irodaning bo`sh partasiga qarab hayol surib o`tirardi. Kimdir uni kuzatayotkandek tuyula boshlagan keyn atrofga qaradi. Charos unga shubxali qarab turardi. Kamol qaragandan keyn esa yana teskari qaravoldi…

Uchinchi soat tugagach Kamol bir o`zi karidor bo`ylab ketarkan ko`zi Kutubxonada o`tirgan Irodaga tushib qoldi. U ham kutubxonaga kirdi. Iroda daftarga nimalanidir chizib o`tirardi.

Kamol: Yana ko`rishdik.

Iroda: Ahir aytkandimku.

Kamol: Esimda… Nima chizyabsiz?

Iroda: Ko`rishin mumkin…

Kamol hayolida: Boya sizluvdi shekilli? dib chizayotganiga qaradi. Daftarda qandaydir qizning sur`atiydi.

Kamol: Bu hayolimi yoki hayotiy?

Iroda: Unisiyam bunisiyam…

Kamol: Nega bir ko`zizni yopib yuras?

Iroda: Sanlashin mumkin. Ahir bir sinfda “o`tiramiz”. Hohlisanmi bog`ich orqasida nima borligini ko`rishni?

Kamol: Agar Hohlamasen ko`rsatishin shartmas.

Iroda: Unda ko`rsatmi qo`yaqoli.

Kutubxona mudiri: Qxm Qxm. Sani oldin bu maktabda ko`rmagan ekanman?

Kamol: Assalomaleykum. Man yengi keludim.

Kutubxona Mudiri: Chunarli. Mani ismim Azamat. Shu kutubxonani mudiriman. Hohlagan payting kirishing mumkin. O`zi anchadan beri hich kim kirmi qo`ygandi.

Kamol hayolda: Hech kim?? Axiiirr….

Kamol: Mani ismim esa Kamol. b66 sinfda o`qiman.

Azamat: Chunarli. Darsinga boroqol. Keynroq kirarsan.

Kamol boshini chayqab chiqib ketti…

Bugungi dars kuniyam tugadi. Kamol ketish uchun maktab darvozasidan chiqqanida Charos va Ahror uni kutib turganini ko`rdi.

Ahror: Uygami?

Kamol: Ha, nimadir bo`ldimi?

Ahror: Yo`q yo`q hech narsa

Charos: Kamol oldinam shu yerga kelgammisan?

Kamol: Yo`q birinchi martta.

Charos: Hmm. Oldinam uchrashmaganmizmi ?

Kamol: Agar uchrashkanimizda esimda qolgan bo`lardi.

Charos. Chunarli. Mayli shuni so`ri dudim. Yaxshi yetvol, ertagacha.

Kamol: Hop yaxshi damolila.

Ahror: Duvay

Kamol uyi tomon yurarkan Yo`lni nargi betide ketayotgan Irodaga ko`zi tushib qoldi. Qiziqish ustunlik qib orqasidan kuzatishshi boshladi. Iroda ozgina yurgandan keyn qanaqadir tor ko`chaga burildi. Kamol ham. Ko`cha borgan sari torlashib borardi. Qanaqadir tashladiq uylar. Iroda yurayotganida stolbadagi qarg`alar qag`illab uchib ketardi. Bu Kamolni yanayam cho`chitardi lekin qiziqish ustinlik qilardi. Bu tor ko`chaning oxiri Katta mashina yo`lga olib chiqardi. Iroda katta yo`lga chiqtiyu Kamol chiqqunicha g`oyib bo`ldi.

Kamol chunmastan yo`l chetidagi magazinlarga qarab ketardi. Hayolini bir magazine o`ziga tordi unda qanaqadir noodatiy haykal turardi. Eshigida esa “iltimos kirib ko`ringlar” digan yozuv osilgandi. Yana qiziqish Kamol ichkariga kirdi. Ichkarida (kassada) bir kampir o`tirardi. Ko`zaynak taqgan. Sochlari oqargan. Ko`rinishidan ancha qari ko`rinardi.

Kampir: Yosh bolalarni bu yerda ko`rish noodatiy hol. Marhamat ichkariga kiring. Hohlaganingizni tanlang. Narxlarini arzonlashtirib beramiz.

Kamol: Raxmat…

Magazinning zaliga kirdi. Ichkarida Odam ko`rinishidagi haykallar juda ko`p edi. Lekin hammasi noodatiy bo`lib ko`zlari qanaqadir g`amgin. Bazi birlarini ko`zlaridan yosh oqayotgandek. Sal yurgandan so`ng yana bir yozuv taxtachasiga ko`zi tushti. Taxtachada “Pasda bundan ham yaxshilari bor” deb yer ostidagi ikkinchi zalga ishora qilingan edi. Kamol zina bo`ylab pasga tushti. Pastda ham Huddi shunga o`xshash haykallar bo`lib svetning noodatiy qizg`ish rangi bu yerni yanayam qo`rqinchili va shubxali ko`rsatardi. Kamol zal bo`ylab yurarkan chetroqda turgan tobut ichidagi haykalga ko`zi tushti va oldiga bordi. Ichini ko`rdiyu hayrattan qotib qoldi. Ichidi huddi Irodaga o`xshash haykal bor edi.

Unga qarab gapirdi: Axir san?

Iroda: Sani bu yerda ko`raman deb o`ylamagandim…

Kamol yanayam hayratlanib va qo`rqib: Shunchaki…

Iroda Kamolning orqasidan turtib qo`ydi.

Kamol orqasiga qarasa Iroda turibti. (Ha sila o`ylagan narsamas. Bu haykan Irodaga o`xshidi halos )

Iroda: Nima manga o`xshar ekanmi?

Kamol: Ha judayam.

Iroda haykalni oldiga borib yuziga qo`lini tekkizdi: Balki o`xshar. Suxbatni tepada davom ettirarmiz?

Kamol: Qarshi emasman.

Ular tepaga chiqib Magazin zalidagi haridorlar uchun tayyorlab qo`yilgan mebellarga o`tirishdi.

Iroda: Ho`sh nega bu yerdasan?

Kamol: Axir bu yerlarni bilmayman. Adashib qoldim desam ham bo`luradi.

Iroda: Chunarli. Hohlisanmi bog`ich orqasida nima borligini ko`rsataman.?

Kamol yutinib: Qarshilik qimasdim.

Iroda bog`ichni sekin yechib ikkinchi ko`zini ko`rsatdi.

Kamol: Suniy ko`zmi? (uning ikkinchi ko`zi yashil edi. birinchi ko`zi esa odatiy jigarrang)

Iroda: Ha. Haykaldan olingan. Lekin bu ko`zim ko`radigan narsalarni ko`rishni hohlamayman. Shunga bog`lab yuraman. Nima deysan qo`rqinchilimi?

Kamol: Yo`q senga yarasharkan.

Iroda: Balki.

Kamol: Savol bersam maylimi?

Iroda: Mayli.

Kamol: O`sha kuni Shifoxonaga ega borganding? Qo`linda qo`g`irchoq?

Iroda: Shunchaki o`zim.

Kamol: Kimnidir ko`rganimi?

Iroda: Ha.

Kamol: Qadirli insonmidi?

Iroda: Shunga o`xshash.

Kamol: Judayam shubxali voqealar bo`lyabtida.

Iroda: Nima bulardan xabaring yo`qmi?

Kamol: Aynan nimadan?

Iroda: Qarg`ish tekkan b66 sinfiga nima bo`lganindan?

Kamol: Yo`q.

Iroda: Unda Eshit. Ancha yil muqaddam b66 sinfida bir qiz bo`lgan. U judayam aqilli va a`lochi edi. Hammaning unga havasi kelar o`qituvchilarham uni yoqtirardi. Lekin bir kuni u olamdan o`tti. Bir o`zi emas oila azolari bilan bu dunyoni tark etdi. Butun maktab bunga ishonmasidi. Hamma shok holatiga tushgandi.

Kamol: Qanday qilib o`lgan?

Iroda: Hamma xar xil gapiradi. Bazilar avtaxalokat desa, basilar yong`in tugayli deyishadi.

Oradan oz vaqt o`tgandan keyn sinfdagi bir qiz o`lgan qizning partasini ko`rsatib: “U o`lmagan mana o`tiribtiku. U tirik” deya boshladi. Bu gap huddi virusdek butun sinfdagi o`quvchilarga yuqdi. Hamma qizning tirikligini va xar kuni darsa kelayotganini gapirishardi. Ularning sinf rahbari esa o`quvchilarini qo`llab quvatlardi. Xattoki bitiruv oqshomida qizga bo`sh stul ham qoldirishti. Bitiruv tugab hamma birga rasmga tushishdi. Albatta bo`sh stul ham. Ertasi kuni rasm chiqqanidan keyn hamma shokka tushib qolgandi. O`sha bo`sh stulda olamdan o`tkan qiz jilmayib o`tirardi. Sinfdoshlariku buni odatiy qabul qilishdi lekin boshqalar.

Kamol: Bu haqiqatmi?

Iroda: Ha hohlasang Kutubxonaga kirib xar yili saqlab qo`yiluvchi bitiruvchilarning rasmlarini ko`rishing mumkin.

Kamol: Hop. Lekin bularni hozirgi kunga nima aloqasi bor?,

Iroda: O`sh voqeadan beri o`qituvchilar xar yili b66 sinfi uchun 30 ta parta tayyorlab qo`yishadi. O`quvchilar ro`yhatida ham 30 ta o`quvchi. Lekin o`quv yili boshlanganida partalar soni 31 taga ko`payib qoladi. O`quvchilar ro`yhatidagilar ham. Lekin kim ortiqchaligini hech kim topolmaydi.

Kamol yutunib qo`yib: K.k.keyinchi.

Iroda: O`sha ortiqcha o`quvchi aniqlanmagunicha sinfdagilar soni kamayib boraveradi. Xattoki ular maktabni bitirib ketkan bo`lsa ham…

Kamol yerga (polga) qarab o`ylanib qoldi.

Iroda: Mayli endi ketaqol.

Kamol Iroda tarafga qaradi. U yo`q edi.

O`rnidan turib magazin eshigi tomon yura boshladi. Eshikka yaqinlashkanida

Kampir: Yosh bolalarni bu yerda ko`rish noodatiy hol. Marhamat ichkariga kiring. Hohlaganingizni tanlang. Narxlarini arzonlashtirib beramiz.

Kamol qo`rqib cho`chib, sekin tashqariga chiqib uyga ketti.

Uchinchi qisim ham tugadi. Ana endi sal bo`sayam tushunchaga ega bo`ldila digan umiddama

O‘xshash hikoyalar