Moxim 3 qism.
-Kim...u. Kim u qiz... Qiz emas u, xa qiz emas. Farishta u, xa xa farishta, mening farishtam, faqat meniki... Hozir keladiyu ortiga yashirib olgan qanotlarini keng yozgancha meni bag`riga bosib o`z diyoriga, xa o`z diyoriga olib ketadi.
Sardor kutubxonadan pastga, binoning birinchi qavatiga tushar ekan to`rtta qiz bir-biri bilan suhbatlashib o`tirganini ko`rdi va butun bor e`tiborini o`sha qizlarga, aniqrog`i qolgan uchtasi qolib bittasiga qaratgan edi. U qizni Sardor bir qaraganidayoq o`zi bilmagan holatda sevib qoldi. Chamasi besh daqiqalar Sardor qizga termulib turdi, bu orada qizlarning bir-biriga aytar gaplari tugadi shekilli hammasi har tomon tarqalib keta boshladi.
-Qayoqqa... Men bu yerdaman. To`xta...(Sardor ichida o`ziga-o`zi).
Sardorning fikru-xayoli aqliga emas, yurak amriga bo`ysunmoqda edi. Ortidan tushgan Jasurning tarsakisidan so`ng xayolot dunyosidan hayotga qaytdi.
-Xa faylasuf... Xuddi pin kodga tushgan sim kartaday bo`lib qolibsan? Hey Abdullajon gapirsangchi...
-Jasur u qiz kim...?
-Ammamning buzog`i... qaysi qizni aytayabsan? Mundoq tushuntirib gapirsangchi...
Jasur Sardorni savollar yomg`iri ostida qoldirganida, birinchi qavatda yigirmalar atrofida talaba o`g`il-qizlar bor edi. Shu payt birinchi qavat xaykaltaroshlik sinfxonasi ichidan Sardorning aqli hushini olgan o`sha pari chiqib keldi va binodan tashqariga chiqishga chog`landi. Moxichehra... qiz ism yangragan tomonga qarab o`girildi va allanimalar deganicha tashqariga yo`l oldi.
-Chiqib ketgan qiz... Kim u...
-Eshitdingku xumpar... Moxichehra. Ovora bo`lma u qiz erga tekkan bir bolaning onasi. O`ziham lekin zo`r narsada uzimni suviday bir xo`plashda tomoqdan qirilmay o`tadi-da.
Jasurning bu gapidan Sardor unga yeb qo`yguday bo`lib nazar soldi. Jasur ataylabdan do`stining g`ashiga tegardi. Uning jiddiy nigohiga qarab:
-Hazillashdim do`stim, hazillashdim. U qiz Moxichehra.
-Men ham eshitdim Jasur. Kim u qiz, qayerdan, nega mening shu paytgacha umuman ko`zim tushmagan.
-Qayoqdan ham bilarding, axir kitobdan bosh ko`tarmay yursang. Hozir darsga yur qolganini sinfxonada gaplashamiz.
Ikki do`st partada yonma-yon bir-biriga qaragan holatda o`tirishdi.
-Bu deyman mening do`stimni shuncha yildan buyon qanchadan-qancha qizlar e`tiborini olmay, bir oddiygina qizaloq ko`ngliga g`ulg`ula solibdiku.
-Piching gapingni qo`y (bu paytda Sardorning yuzi uyatdan birmuncha qizardi). Undan ko`ra menga o`sha qiz haqida gapir.
-Hozir dars boshlanadi. Sabr qil o`rtoq kechgacha men senga u haqda kerakli ma`lumotlarni yetkazaman. Hozir esa bor e`tiboring o`qishda bo`lsin.
Sardorning qulog`iga Nargiza Axmedovnaning darsi kirmasdi. Uning ichida bitta savol tinchlik bermasdi.
-Kim bo`ldi bu qiz? Inson qiyofasidagi farishtami yo bo`lmasa farishta qiyofasidagi shaytonmi... Nega mening fikru xayolim faqat unda... Shuncha vaqtdan buyon qiz zoti bunchalik meni o`ziga tortmagan edi. Nega aynan u? Sevib qoldimmi? Yo`ge... Balkim...
Sardorning xayolidagi javobi yo`q savollar unga so`nggi dars mobaynida tinchlik bermasdi, huddi chirmoviqday uni har tomondan o`rab olib siqmoqda edi. So`nggi dars tugaganligi haqidagi chiqish qo`ng`irog`i chalindi. Darslar tugab hamma uyi tomon oshiqardi. Sardorning hayoli xaliham o`sha qiz, Moxichehrada edi. U o`qishdan chiqib yolg`iz o`zi uyga qaytdi. Uyga qaytar chog`ida Saqdor ikki marotaba xayoli joyidamasligidan mashina tagida qolishiga sal qoldi. Uyga bir ahvolda yetib kelgan Sardor tushlik qilishni ham unutib, yotog`iga o`zini otganicha har xil hayollar ta`sirida uyquga ketdi... Oradan qancha vaqt o`tdi bilmaydi. Sardor yotog`ida osig`liq turgan soatga qaradi. Kechgi yetti bo`lishiga besh daqiqa yetmay turibdi. U sekin boshini qashlagancha xonasidan chiqdi. Uning turganini sezgan Jasur, mehmonxonada televizor ko`rib o`tirgan joyidan turib u tomon keldida:
-Oxxo, turdilarmi bizning alpomish... Basharani qara huddi haydalgan yerga o`xshab qolibdiku.
-Maynavozchilikni qo`y, undan ko`ra ayt, boyagi qiz... nima bo`ldi?
-Nima, nima bo`ldi... ey o`g`il bo`ldi. Qaranglara bizning shahzodamizning ko`ngli qurbaqaga tushibdimi...
Bu gapidan Sardorning qoshlari chimirilganini ko`rgan Jasur
-Bo`ldi o`rtoq, hazillashdim. Sen bor yuvinib chiq. Ovqatlanamiz, ovqatning ustida hammasi aytib beraman. Bo`l tez, men ungacha ovqatni suzaman.
Sardor bir esnaganicha tezlikda yuvinish xonasiga kirib ketdi. U chiqishi bilan Jasur kechgi ovqatni stolga tortib Sardorni kutmasdan yeyishni boshlagan edi. Oshxonaga kirib kelgan Sardorni ko`rgan Jasur og`zini to`ldirib ovqat yeyotganiga qaramay gapira boshladi.
-Namuncha, vannani to`ldirvolib baliq bo`lib suzdingmi deyman, nega turibsan kelsangchi...
Ovqatni birmuncha pala-partish yegan Jasur tezda to`yib qolib piyolaga choy quyib xo`plar ekan, do`sti orziqib kutgan o`sha qiz haqida gapira boshladi.
-Mamatqulova Moxichehra Ne`matovna, oddiy oiladan chiqqan oddiygina bir qiz. U ham senga o`xshab qo`shni shahardan kelgan. Bu yerda xolasinikida turib o`qishga qatnaydi. Birinchi bosqich talabasi. Xa aytgancha eng asosiysi u orqa tomonimizda turar ekan. Bo`yi 171 santimetrmidiyey...deganicha o`tirgan joyidan turib muzlatgich ustiga qo`l cho`zdi va allaqanday bir fotosuratni olgancha Sardorga uzatdi.
-Ma...
Sardor qo`liga fotosuratni olar ekan o`sha qizning kulib turgan siymosini ko`rib yuragi xapqirib ura boshladi. Sardor allaqanday yoqimli tuyg`ular iskanjasida qolib ketdi. Surat ichiga kirib ketguday bo`lib turgan Sardorni ko`rgan Jasur qilgan ishidan g`ururlanib ketdi.
-Ko`rdingmi sen uchun nimalarga qo`l urmadim. Sherlok Holms ham meni oldimda ip esholmay qoladi. Loaqal raxmat deb qo`y noinsof.
-Raxmat (Sardorning ko`zi hamon suratda edi).
-Voy arziydi. Bugun ko`rgan qizni deb do`stlarni unutvorishmi endi...
-Qo`ysangchi ming`ir-ming`iringni, undan ko`ra manavilarni yig`ishtir, oshxonaga sening ham nafing tegsin.
Sardor shu gaplarni aytganicha o`tirgan o`rnidan turib o`z xonasiga ravona bo`ldi. Xonasi eshigidan kirar ekan:
-Mayli erta kechga bitta osh mendan...
-Shunisiga ham raxmat (zardali ohangda). O`zi sendan bundan ortig`ini ham kutmovdim.
Jasurning diydiyosini eshitar- eshitmas xonasiga kirgan Sardor qo`lidagi fotosuratga mahliyo bo`lganicha yotog`iga orqasi bilan o`zini tashladi. Qo`lidagi suratni goh tepaga ko`tarib, goh esa ko`zlari oldiga yaqin olib kelib o`zgacha bir hissiyot og`ushida yotar edi.
-Men sevib qoldimmi yoki bo`lmasam o`tkinchi hissiyotmi bu... bilolmadim. Axir men uchun sevgi ortiqcha bir hissiyot, tuyg`u ediku. Nega u qizning siymosi hayolimdan ketmayotur. Qiziq...
Sardor qancha harakat qilmasin, hammasi befoyda. Moxichexrani o`ylagancha tun yarmidan o`tgancha uxlolmagan Sardor ertalab Jasurning:
- Tursangchi "budilnik", nima balo batareykang o`tirib qoldimi? Ey tur dedim...
Jasurning turtkilashlaridan zo`rga ko`zini ochar ekan Sardor do`stidan soatni so`radi. Jasurning ertalabki yettidan o`ttizta o`tdi degan gapini eshitgan so`ng joyidan sakrab turgan Sardor tezda yuz qo`lini yuvdi. Apil-tapil kiyimlarini kiygan Sardorni kutaverib sabri tugayotgan, o`zi esa allaqachon oyoq kiyimini kiyib tayyor bo`lib turgan Jasur uyning ostonasidan turib baqirardi.
-Bo`lsangchi ey strapila, seni deb "nb" olsam o`zingdan ko`r.
Ikki do`st shoshganicha uydan chiqishdi. Katta yo`ldan o`qishga kechikmaslik uchun mashina to`xtatishib oliygohga ketishdi. Oliygoh kirish darvozasi oldiga birinchi bo`lib yugurib kelgan Sardor bir yutinib olgancha, ortidan kelgan Jasurga qarab gap boshladi.
-Ulguribmiz (xansiragancha).
Sardorning bu gapidan so`ng xech qancha vaqt o`tmay kirish qo`ng`irog`i chalindi. Dars boshlanib hamma ichkari tomon oshiqdi. Sardor olomon ichidan o`ziga kerakli bo`lgan insonni, Moxichehrani qidirdi lekin topa olmadi. Sardorning darsda oldingiday tirishqoqligi, xozirjavobligi yo`q edi. Xuddiki, bugun Sardorning o`rnida o`zi emas, go`yoki nusxadoshi o`tirganday edi. Xar bir dars tugaganida hammadan oxirgi bo`lib chiqadigan bu talabaning xatti-harakati bugun tamomila boshqacha edi. Darslar tugaganidan so`ng yugurib oliygoh binosidan tashqariga chiqib uyiga qaytayotgan talabalar orasidan uni qidirdi. Olomon orasidan uni topolmagach ichiga g`ulg`ula tushgan Sardorning ko`ngli har xil xayollar tomon keta boshladi.
-Qani u, qayerda u. Xuddi mening kutib turganimni bilganday nega ko`rinish bermayapti. Nega... Yoki unga biror korxol bo`ldimikan.
Sardor o`ziga-o`zi savol berib yotar ekan do`sti Jasur kelib uni tinchlantirishga urindi. Uning ichidagi havotirini aritish uchun garchi yolg`on bo`lsada birmuncha yaxshi gaplar aytib ko`nglini ko`tardi.
-Kursdoshlaridan so`rab bildim. U bugun darsga kelmabdi, zarur ishi chiqib qolibdi deyishdi.
Do`stining gaplariga ishongan Sardor birmuncha tinchlandi. Negaligini o`ziham bilmasdi, ko`nglida Mohichexraga nisbatan talpinish, uni bir marotaba ko`rish ilinjida uy tomon ketayotgandi. Yonida do`stining bunday yurishini ko`rib ichi siqilgan Jasur chidab turolmadi.
-Ey san o`zi gapingda turasanmi yoki yo`qmi? Yo bo`lmasam yigit ham aytadi, ham qaytadimi sening shioring? Xa kecha osh qilib beraman degandingku chuchvara, xa bu nimasi...
Xaqiqatdan ham kechagina ko`rgan bir qizni deb qadrdon do`stini unutib yuborish insofdan emasligini yaxshi tushungan Sardorning kechagi aytgan gapi esiga tushib:
-Iye do`stim sal qolsa unuta yozibman. Bo`ldi gap bitta. Bugun o`zim senga bir osh qilib beray. Bo`lmasa sen uyga boraver, men bozor-o`charni rostlab uyga boraman.
-Birga bozor qilamiz...
-Uyga bor dedim. Bugun sen mening mexmonimsan. Erkak aytadi, qaytmaydi.
Ular uyga ketaverishdagi vokzal yonida joylashgan uncha kichik bo`lmagan bozor kirish eshigi oldida ajralishdi. Bozorga kirar ekan cho`ntagiga qo`l yugurtirgan Sardorning puli kamligidan ta`bi xira tortdi. Sumkasida har extimol uchun olib yuruvchi mablag`i esiga tushib ko`ngli yorishdi. Ishtiyoq bilan bozor qilishni boshladi. Avval barra go`sht keyin esa sabzavotlar, meva-chevalar joylashgan rastalarga o`tar ekan uning ko`zi nogahon farishtasi bo`lmish Mohichexraga tushdi. Uni ko`rib ichida qandaydir bir sevinish hissi uyg`ondi.