tungi.ru

Moxim... 5-qism

Dars davomida Sardor ming xil xayollar iskanjasida o`z-o`zini yeb adoyi tamom qildi.

-Xa Romeo... Balki turarsiz, dars tugaganiga besh daqiqacha bo`ldi.

Jasurning gaplaridan xushi o`ziga kelgan Sardor oyoqlari uvushib qolganidan ularni silkita-silkita zo`rg`a o`rnidan turdi.

-Ketdikmi uyga...

-Sen boraver, meni bir-ikkita qiladigan ishlarim bor.

-Qanaqa ish, uchrashuvim bor deb qo`yaqol.

-Xa shunaqa, endi ko`ngling joyiga tushdimi?

Jasur unga yaqin keldida cho`ntagiga bir dasta pulni solib:

-Cho`ntagida xemiri yo`qku, yana bu kishim uchrashuvga chiqarmishlar.

Ikkalasi tortisha-tortisha o`quv binosidan chiqishdi. Katta darvoza yonida Mohichexra Sardorni kutib turardi.

-Qiz bolani kuttirish yaxshi emas degan senmiding kecha. Bor endi strapila seni ancha kutib qolibdiku.

Shu gaplarni aytib Jasur do`stini yelkasidan bir turtganicha yugurib uy tomon qadam soldi. Darvozadan chiqar ekan Moxichehra unga salom berdi. Jasur unga bir jilmayish va salomiga alik oldida yo`lida davom etdi. Sardor uzoq kuttirmagan holda Moxichehraning oldida paydo bo`ldi. Ko`zlar ko`zlarga, nigohlar nigohlarga tushdi. Ikki yosh bir-birini o`rgandi. Ikkisi ham o`zicha o`ylardi. Moxichehraning qarashlariga Sardorning ortiq kuchi qolmadi.

-Ketdikmi... degancha o`rtadagi sukunatni buzdi.

-Vay bor ekansizu, men sizni soqov bo`lib qolibdimi deb o`ylayotgandim. Agar yana biroz shunday turganimizda o`zim sizni oldimga solib olib ketmoqchiydim.

Bunday gaplarni eshitishini kutmagan Sardor qizning bunday muomilasidan hayratda qoldi. Uning o`zini tutishi boshqa qizlarga umuman o`xshamas edi. Bir qarasang sipo, kamsuqumgina, bir qarasang yosh bolalarday samimiy va beg`ubor, xushchaqchaqligini aytmaysizmi. Moxichehra tinmay allaqanday mavzularda gapirar, Sardor uni maroq bilan eshitib ketardi, garchi gap nima haqidaligiga unchalik e`tibor bermasada. Uzun yo`lak tugab qay tomon yurishga ikkilanib qolgan qiz Sardorga qarab:

-Xo`sh Sardor akasi bu yog`iga yo`l boshlang.

Qo`qqisdan aytilgan bu gapdan Sardor biroz o`zini yo`qotdi. Tezlikda o`ziga kelib bir vaqtlar o`zi ishlagan kafeni mo`ljal qilib katta yo`ldan taksi to`xtatdi. Uzoq kuttirmay uning oldiga bir mashina kelib to`xtadi. Sardor unga borar manzilni aytib yo`l haqi hisob-kitobini rostlagach Moxichehraga imo qildi. Ikki yoshni taksi mashinasi aytilgan joyga uncha ko`p bo`lmagan vaqt ichida olib kelib tashladi.

-Kichkina bo`lsada ancha yaxshi joyda joylashgan ekan. Xo`rrandalari ham shunga yarasha.

-Xa nimasini aytasiz Moxichehraxon.

-Vay vo sal qolsa ismimni bir dostonga aylantirvoray dedingizu. Shunchaki Moxi deb qo`yaqoling.

-Men bu joyda ilgari ishlaganman. Yaxshi joy bo`lgani uchun bu yerga sizni taklif qildim.

-Xa shunaqami, buni ko`ramiz...

Xaqiqatdan ham kafe yaxshi joyda joylashgan edi. Shaharning qoq markazida Katta san`at saroyining yonginasida, qarshisida so`lim hiyobon. Havo birmuncha issiq bo`lgani uchun ikkisi ham ichkarida o`tirishni maqul ko`rishdi. Ichkarida tashqaridan ko`ra ancha salqin, odamga xush yoqadigan harorat hukmron edi. Deraza qarshisidagi ikki kishilik joy bo`shligini ko`rib Sardor sevgan yori Moxichehraga o`sha joyga o`tiramizmi ishorasida ko`z imladi. Qiz Sardorning ishorasini tushunganday imo qilgan joy tomon qadam bosdi. Ofitsant qiz ularni o`tirishini kutib turganday zum o`tmay ularning oldida paydo bo`ldi. Ofitsant avvaliga bu ikki yosh xo`rrandaga xushkayfiyat bilan tavoze ko`rsatib ikkita taomlar yozilgan menyuni ularning qarshisiga qo`ydi. O`ziga yeyishi uchun kerakli bo`lgan taomlarni buyurib bo`lgan Sardor qarshisida taomga buyurtma berishga qiynalayotgan Moxichehraga yordamlashib yubordi. Buyurtma qabul qilib bo`lgach qiz ikki yoshni yolg`iz qoldirib buyurtmani olib kelishga ketdi. Sardorning bu vaqtga kelib butun tanasi ko`zga aylangan bo`lib Moxichehraga diqqat bilan razm solardi. Qaragani sayin yana qaragisi kelaverardi.

-Bu yerga ko`p qizlarni olib kelgandirsiz, har holda men birinchisi bo`lmasam kerak?

Bu gaplarni aytayotgan Moxichehraning yuzida hech qanday o`zgarishni ko`rmagan Sardor qisqagina javob qaytardi.

-Sen birinchisisan...

-Yog`e aldamang Sardor aka, singilni aldash yaxshi ish emas.

-Singil...?

Sardor hayratomus nazar tashladi qarshisidagi parivashga.

-Xa nima, menimcha aka-singil bo`ldik, yo singlingiz bo`lishimni istamaysizmi?

Moxichehradan bunday munosabatni kutmagan Sardorning dili g`ashlandi, yuragi nola qilar edi. Sevgan yori unga aka-singillik rishtasini taklif qilayotgani unga yoqmayotgandi. Undan butunlay ayrilib qolishni istamagan Sardor noilojgina taklifni qabul qildi.

-Yo`q, nega endi istayman. Shunday qiz singlim bo`laman desayu men yo`q deymanmi.

Sardor yuziga o`zi istamagan holda soxta tabassum yugurtirdi. Yuzi kulsada qalbi yig`lardi. Ichida o`ylay boshladi... sevgan yori bordir yo bo`lmasam kimnidur yoqtirar, balki unashtirilgandir. Ichida yangrayotgan bu javobi yo`q savollar xech bir alangasiz ichini yondirmoqda edi. Sardorning bunday o`tirish holatini qo`lida patnos ko`tarib kelgan ofitsant qizning gapirgan gapi buzib yubordi.

-Mana buyurtmangiz. Ofitsant qiz taomlarni stol ustiga chiroyli tarzda qo`ygan holda gapida davom etdi.

-Yana biror narsa kerakmi, kamchiliklar yo`qmi?

Sardorning hammasi joyida minnatdorlik ohangidagi gapidan so`ng qiz ularni tark etib boshqa mijozlari tomon ketar chog`ida

-Sizlarga yoqimli ishtaha,kerak bo`lsam chaqirarsiz.

Ikki yosh xo`p deganicha stol ustidagi taomlarga qarashdi. Sardor ichi yonayotganini sezdirmay Moxichehraga so`z qotdi.

-Qani Moxichehra olingchi, o`ziham qorin juda ochiqqandi. Xozir butun boshli buqani yeb yuborishga tayyorman.

-Osh bo`lsin. Yeng, yeng, katta-katta yeng. Har holda siz erkak kishisiz.

Moxichehra shu gaplarni aytgancha oldidagi taomdan bir-ikki yedi va gapida davom etdi.

-Sardor aka aytingchi menga, nahotki sizday kelishgan, aqli joyida yigitning sevgani bo`lmasa, ishonish qiyin...

Sardor kulib turgan ko`zlari, aslida ichida g`am-g`ussa yashirin nigohini Moxichehraga qaratib

-Sevganim bor lekin unga qanday sevishimni aytishni bilmayapman. U sevgimni rad etishidan qo`rqaman.

-Voy... Yog`e, shunday yigitning sevgisini rad qiladigan qiz bormikan. O`sha qizni menga ko`rsatingchi, o`zim bir gaplashib qo`yaman deganicha Sardorning yelkasiga bir urdi.

-Mayli, aytgancha o`zingizdachi...

-Nima o`zimda?

-Ko`ngil qo`yganing bormi?

-Ey jinnimisiz. Yoshmanu buning ustiga o`qishim bor. Yurakni jiz etadiganini uchratmadim hali (qiz bir kulib qo`ydi).

U oxirgi gaaapini aytar-aytmas kulib yubordi. Uning aytgan gapilari Sardorning ko`nglidagi g`am bulutini bir muncha aritdi, ko`ngli yorishib taomni ishtaha bilan yeya boshladi. Gap-gap bilan tushlikni tugatishdi. Mo`jazgina kafedan chiqishdan oldin tushlik xaqqini xisob-kitob qilar ekan, do`stini qilgan ishidan xursand bo`ldi, bo`lmasa o`zining puli to`lashga yetmay izza bo`lib qolishi hech gap emasdi. Kafe yonidagi uncha katta bo`lmagan yo`lakdan yurishar ekan Moxichehra uyga ketamanga tushib qoldi. Sardorning undan ajralgisi kelmay hiyobonda biroz bo`lsada sayr qilishga uni ko`ndirdi.

-Ko`ndirdingiz, akaginamga yo`q deyolmayman. Faqat birozgina.

Ular katta yo`ldan hiyobonga o`tishdi. Hiyobon ancha so`lim bo`lib ichini anchagina yoshlar, yosh juftliklar to`ldirgan edi. Birorta o`rindiq bo`sh emas. Talabalarning aksariyati o`qishdan keyin o`z juftlarini shu yerga chaqirardi. Hiyobon ichidagi uzun yo`lakga tushib olib sekin-asta ketayotgan bizning yoshlar bir-birlarini yanada yaqinroq bilish maqsadida savolni ayamay berishayotgandi. Savollarning javoblari ham uzoq kutdirmayotgandi.

-Sardor aka o`sha sevganizni surati bormi sizda? Kimligiga qiziqib ketayapman. Oliygohda sizni hamma qizlar odamovi, sevgilisi tashlab ketgan o`shanga qizlarga yopig`li qozonga o`xshab yuradi deyishgandi. Shu gaplar rostmi?

Bu gaplarni eshitgan Sardor ichidan qaynab kelayotgan kulgusini to`xtatib turolmay xoxolab kula boshladi.

-Sen o`zing nima deb o`ylayapsan men haqimda...

-Menimcha bu bekorchilarning o`ylab topgan gapi deb o`ylayapman.

- To`g`ri o`ylov, sevganim bu dunyoda bo`lmasa mening nima keragim bor, u qayerda bo`lsa menham o`sha yerda bo`laman.

-Demak u tirik, oramizda yashayapti... Sardor aka uni rasmi yoningizda bo`lsa bir martaga ko`rsating, kelinoyimni kimligini ko`rgim kelyapti.

-Ey nima qilasan uni ko`rib, lablari do`rdaygan, qaddi-qomati huddi majnuntolday egilgan, kalligini aytmaysanmi... kalligini quyosh ko`rsa "otdixat" qilib qoladi uning oldida, meni aqlimni olgani bu chiroylari emas, uning orqa yelkasidan bo`rtib chiqqan bukrisi oldida tamoman ojiz qolganman...

-Eee o`lingge...(Sardorning yelkasidan bir turtib qoyib). Kelinoyimni na muncha yerga urmasangiz. Suratlari bo`lsa ko`rsating. Hozir ko`rsatmasangiz qiziqqanimdan yuragim tars etib yorilib ketadi, keyin siz ota-onamdan baloga qolib ketasiz yolg`iz farzandi uchun.

-Xo`p,xo`p faqat ko`zini yumib tur.

Sardor kulimsiragancha cho`ntagida, yuragining yonginasida olib yuruvchi suratni oldi va Moxichehraga tutqazdi.

-Endi ochaver...

Moxichehra qo`lidagi suratga qarar ekan u yerda o`ziga qarab kulib turgan o`zining siymosini ko`rib turgan joyida qotib qoldi. Sardor unga tikilib turardi, sevgilisining aft-angorida biror o`zgarishni sezmadi. Unga nima deb gapirishni bilmay qoldi. Shu payt Moxichehraning ko`zidan yoshlar qalqib chiqib qo`lida ushlab o`tirgan o`z suratiga, undan o`tib yerga toma boshladi.

-Moxi, senga nima bo`ldi.

Sardor uning qo`llaridan ushlamoqchi bo`lgan ediki, qiz unga tutqich bermay yugurgancha ular kelgan tomonga keta boshladi. Uning bu qilig`idan Sardor hayron... Nima qilarini bilmay turgan joyida tosh qotgan edi. Moxichehra ketayotgan tomonga qaraganicha go`yo yashin urgan odam misoli qotib qolgan edi.

-Qayerda xato qildim. Biroz shoshdimmikan, balki unga sevikli yor sifatida yoqmasdurman, balki o`ziga faqat aka sifatida ko`rar... Exxx...

Sardor qilgan ishidan ming afsusda, yomg`ir ostida shalabbo bo`lgan kimsaday shumshayib qoldi. Buyog`iga nima qilishni bilmay qolgandi u.

O‘xshash hikoyalar