tungi.ru

Moxim... 4-qism.

Mohichexra birin-ketin mevalar turgan rastalardan o`tib u tomon kelayotgandi. Mana u Sardordan to`rt-besh qadam narida, meva sotuvchi bilan nimalarnidir tortishmoqda. Sardor unga nisbatan bunchalik yaqinda turmagan edi. O`rta bo`yli, qad-qomati o`ziga yarashgan, xumor yuzli-shaxlo ko`zli, sochlari tun rangiday tim qora rangda bo`lib beligacha tushgan va chiroyligina qilib o`rilgan. Aprel oyi havo birmuncha salqin bo`lgani uchun ustiga yengilgina jempercha tashlab olgan Mohichexraga Sardor zimdan tikilib qarardi. Sardorning bunday o`tirishi uzoqqa bormadi, ortidan zarb bilan kelib solgan aravakashning aravasi hammasiga yakun yasadi. Bo`lgan voqeadan so`ng qiz u tomon qaradi. Qaradiyu jilmaygancha yengilgina kula boshladi. Uning kulishini ko`rish uchun Sardor shu arava tagida qolishga ham tayyor edi shu tobda. U kulganda yuzidagi ko`rinib turgan kulgichlari unga judaham yarashib turardi. Qilar ishni qilib qo`ygan aravakash uzr so`rashni oxiratga qoldirib juftakni rostladi. Qiz sotuvchi bilan tortishishni bas qilib Sardor tomon qadam tashladi.

-Ko`zingiz qayoqlarda olma terayapti Sardor aka ( u hamon kulganicha). Ogoh bo`lish kerak, ogohlik davr talabi.

-Qiziq, juda qiziq...(ichida). Kechirasiz yaxshi qiz biz tanishmizmi, sizni taniyolmadim. Siz meni qayerdan taniysiz?

-Sizni tanimagan talaba bormikan oliygohda. Darvoqe menham o`sha siz o`qiydigan joyda o`qiyman. Ismim Mohichexra.

-Xursandman, meniki Sardor (biroz o`ng`aysizlanib javob qildi).

-Bilaman. Bu deyman butun bozorni ko`chirib ketmoqchimisiz a (Sardorning qo`lidagi paketlarga ishora qilib)?

-Xa yo`ga uyga mayda-chuyda deganday...

-Mayda-chuydangiz shu bo`lsa... Biz buni bir oylar yesak keragov. Yordam kerakmi? Shuncha yuk bilan qiynalib qolibsizku.

Sardorning yo`q-yo`q deyishiga qaramasdan qiz uning qo`lini bir-ikki paketlardan ozod qildi. Ikki talaba birga bozor qilishdi. Baxonada bir-birlari bilan tanishib ham olishdi. Hamma narsani olib bo`lgan Sardor bozordan chiqar chog`ida Mohichexrani gapga tutdi.

-Sizni ham ovora qildim. Nima siz o`zingizga hech narsa olmaysizmi?

-Yo`q, men shunchaki bozorda narx-navo qandayligini bilgani kirgandim. O`zim shahar kutubxonasiga borgandim. Bir kitob kerak edi. O`zimizda yo`q ekan, afsus u yerdan ham topa olmadim, talabalar o`zi bilan olib ketishgan ekan.O`zingda yo`q olamda yo`q degani shu bo`lsa kerak.

Mohichexrani tushkun kayfiyatda ko`rgisi kelmagan Sardor uni yana savolga tutdi.

-Qanaqa kitob ekan?

-Uyg`onish davri rassomlarining hayoti va ijodi.

-Mana menda borda u kitobdan. Xohlasangiz berib turishim mumkin.

Sardorning bu gapidan uning ko`ngli yorishib, sevinchi ichiga sig`may ketdi. Manzillari ham bir tomondaligidan yana bir karra sevindi. Ikki yosh Sardor qo`nim topgan uy tomon ketishdi. Borganlaricha u yoq, bu yoqdan suxbat qurishdi. Mana hech qancha vaqt o`tmay ular Sardor yashaydigan uyning podyezdi oldiga yetib kelishdi.

-Men xozir... Balki kirarsiz.

Yo`q javobini olgach Sardor uning qo`lidagi paketlarni ham olib podyezd ichiga yugurib kirib ketdi. Uyga kirar ekan ichkarida uni Jasur kutib turardi.

-Qani gapirchi...

-Nimani?

-Meni axmoq qilamen dema, derazadan hammasini ko`rib turgandim. Sen lattani shuncha paytdan beri bilmagan ekanman, g`irt tullak chiqdinku a...

-Hozir do`stim. Qiz bolani kuttirib qo`yish odobdanmas, ikki daqiqa sabr qilib tur deganicha Sardor qo`lidagi paketlarni oshxonadagi stol ustidaga qo`yib shosha-pisha xonasiga kirdi. Mohichexraga aytgan kitobini qo`liga olib yana ko`cha tomon otilib chiqib ketdi. Xech nimaga tushunmagan Jasur sekin oshxonaga o`tib ularni poylay boshladi.

Sardor yugurib chiqa sola Moxichehraga qo`lidagi kitobni tutqazdi. Kitobni ko`rgan qiz beniho hursand edi. Mamnuniyat ila kitobni Sardorning qo`lidan olar ekan unga aytayotgan minnatdorchiliklarning keti uzilmasdi.

-Kitobni ertaga oliygohda qaytarib beraman, agar yo`q demasangiz...

-Mayli, qaytarmasangizham roziman. Menda yana bitta bor. Sizday chiroyli qizga oz bo`lsada yordamim tekkanidan hursandman.

Sardorning bu gaplaridan Moxichehraning yuzlariga birozgina qizillik oraladi. Oppoq va tiniq yuzda bunday o`zgarish payqash unchalik qiyin emasdi.

-Xop bo`lmasa men boraqolay, tag`in yana xolam mendan xavotir olib o`tirmasinlar yana.

Qiz yuzi qizarganini yashirish maqsadida yarim yerga qaragan holatda gapirar edi. Raxmatlar aytganicha Sardordan uzoqlashar ekan.

-Yaxshi yetvoling, o`qishda ko`rishguncha...

Sardorning bu gaplariga Moxichehra bir tabbasum hadya qildida ortiga burilib uyi tomon yugura ketdi. U baland uylarning ichiga kirib ko`rinmay qolganida Sardor ham xushchaqchaq kayfiyatda uyiga kirdi. Eshikdan kirar ekan ro`parasida Jasurni ko`rgan Sardor xozir o`zini sud qilinishini bildi.

-Qani gapirchi, faqat yashirmasdan. Bir boshidan nuqta,vergulini ham tashlab ketmasdan.

-Shu... bozorda ko`rib qoldim. Kitob kerak ekan, o`shani bervordim.

-Kitob kerak ekan shuni bervordim (piching qilib). Nima siz meni birinchi sinf o`quvchisiday ko`rebsizmi o`rtoq Sardor shilpildoq! O`zim ko`rdimu ikkalang xiring-xiring qilib turganlaringni...

-Xech gap bo`lmadi dedimu, xech gap. Namuncha qatiqchi xotinlarga o`xshab yopishib olmasang. Undan ko`ra bor sabzini tozala, palovxon to`rani boshlameymizmi.

-Mayli,mayli aytmasang aytma. Qolaversin ichingda ajib-bijib.

Orada bo`lgan bu qisqagina savol-javobdan so`ng ikki azamat oshni harakatini boshlab yuborishdi. Mana osh tayyor, endi faqat uni yeyish qoldi.

-Oshmisan osh bo`libdida o`zixam.

Do`stining yelkasiga bir turtib qo`yar ekan Jasur uni maqtaganday bo`ldi. Oshnixam yeb bo`lishdi. Oshxonani top-tozaligidan ko`ngli to`lgan Sardor, o`z xonasiga kirishga chog`langan xam ediki, Jasur bashang kiyingan holda xonasidan chiqdi.

-Exxe, eshshakka kim qo`yibdi yasan-tusan qilishni... Yo`l bo`lsin kech bo`lganda, qayerga otlandilar.

Jasurning bu gaplardan biroz avzoyi buzildi.

-Bugun bayrammi? Oxirigacha bayram qilish kerak, tez bo`l kiyinib chiq tungi klubga boramiz.

-Men bormayman, rosti juda charchadim. Unaqa joylarga xushim yo`q. O`zing boraver.

-Xa bu deyman aslzodalar tanho yashaydi deysizda. Mayli o`zing bilasan, uyda ko`milib o`tiraver men ketdim, bir mazza qilib kelay.

-Jasur, keyingi payt bunday sayoq yurishlaring ko`payib ketmayaptimi?

-Yana boshlama. Xozi uynab-kulib qolish kerak. Erta tap etib uylantirib qo`ysalar dadam, tamom, bo`yningga ola xurjun tushadiyu keyin bunaqa yurishlar qayoqda deysan.

Shu gaplarni aytgancha oyoq kiyimini kiyib Jasur ko`chaga otlandi.

-Eshikni qulflab yotaver, kalitimni olvoldim.

Darhaqiqat Jasurning keyingi paytlarda kayfu safo berilishi ko`payib borayotgandi. Kun ora tungi klublarga borishi, vaqt allamahal bo`lganda kelishi Sardorga yoqmasdi. Lekin nima qilsin, dadasiga aytay desa Rahmon akaning sog`ligi xam uncha yaxshi emas. O`zi u bilan bir-ikki marta bordi. Qizlar, ichkilikbozliklar unga to`g`ri kelmadi. Sardor do`stining yaxshi borib kelishini xudodan so`rab kayfiyati tushgan, xorg`in holatda o`z xonasiga kirdi. Stol ustidagi o`ziga qadrli bo`lgan Mohichexraning suratini qo`liga oldi. Dilidagi g`uborlar birmuncha tarqaldi. Yotog`iga yotdiyu yana uni o`ylay boshladi. Butun fikru xayollari uni qidirib qayerlagadir ketar, xuddi miyasiga o`rnashib olgan o`simta misoli uni bir zum ko`z oldidan ketmas edi. Qancha vaqt shunday yotdi bilmaydi. Shu payt uyning chiqish eshigi ochildi. Sardor Jasur kelganini faxmladi. Xonada osig`liq turgan soatga qaradi. Tungi uch bo`lishiga o`n daqiqa kamlik qilmoqda. Sardor o`rnidan turib xonasidan chiqdi. Chiqiboq kirish eshigi oldida eshikni qulflayman deb oyog`ida bazo`r turgan Jasurga ko`zi tushdi. Bu hol Jasurda birinchi marta kuzatilmayotgandi. O`qishga xam ancha qiziqishi so`nib qolgandi. Sardor eshikni berkitdida do`stini xonasiga yotqizdi. O`zixam xonasiga kirib uyquga ketdi.

Erta tong. Bugun yakshanba. Jasur xonasida xurrak otganicha dong qotib uxlayapti. Sardor kech uxlaganiga qaramay sahar turib oldi. Nonushta tayyorladi. Jasur har qancha turg`izishga harakat qilmasin, barchasi befoyda ketdi. Nonushtani qilib shahar aylangani ko`chaga chiqdi. Tushlikga yaqin uyga qaytgan Sardor do`stining yotgan joyidan qo`zg`almaganini ko`rib uni bir amallab o`rnidan turg`izdi. Kechagidan qolgan oshni isitib tushlik tayyorladi. Ishtaxasi yo`q Jasur ovqat yemayman deyishiga qaramasdan Sardorning qistovi bilan ovqatlandi. Sardor xar doimgidek Jasurga qilayotgan nomaqbul ishlari to`g`risida nasihat o`qidi. Do`stining gaplari to`g`ri bo`lsada bu gaplar unga yoqmadi. Bugungi kun xam o`tib dushanba, haftaning birin o`qish kunixam boshlandi. Ertalab Jasur o`qishga birga ketayotgan Sardorga:

-Sardor sening kechagi aytgan gaplaring barchasi to`g`ri. Endi o`zgaraman, dadamning yolg`iz og`illariman. Menga shuncha sharoit qilib berdilar. Ko`nglimga qarab yuribdilar. Mening bunday ishlar qilib yurishim ko`rnamaklikdan boshqa hech narsa emas.

Do`stidan eshitgan bu gaplardan so`ng Sardorni ko`ngli yorishdi. Oliygohga birmuncha ertaroq borishdi. Mana ular hademay o`qishni bitirish arafasida. Bugun bitirish bosqichidagi talabalarga diplom ishiga mavzular taqdim etiladigan kun. Oliygoh hovlisiga kirishar ekan, aksariyat kursdoshlari allaqachon kelib bo`lishgan. Sardor va Jasur ular tomon borishdi. Samandar, Axror, Ivan va yana boshqalar u yoq buyoqdan gaplashib o`tirishibdi. Samandar xasadgo`y bo`lib Sardorni ich-ichidan yomon ko`rardi. Qizlarni uni deb aql xushidan ayrilishi uning ko`nglida Sardorga nisbatan nafrat uyg`otgandi. Axror birmuncha soddaroq bo`lib bolaligi qishloqda o`tganidanmi yo bo`lmasa qonida borligidanmi juda bahaybat edi. Qizlar uning yoniga kelishga hayiqishardi. Kursdoshlari uni Valuyev deb chaqirishardi. Axrorning yonida Ivan turardi. Bu ismni eshitgan odam uning egasi oqdan kelgan ko`zlari ko`k bir rus bo`lsa kerak deb o`ylashi tabiiy hol. Kursdoshi bo`lmish Ivan o`zi qoradan kelgan, bir dehqonning bolasi bo`lib, dadasi afg`on urushida birga qatnashgan do`stining ismini qo`ygan edi. Unga kursdoshlari hazil qilishib seni chaqaloqligingda olib kelayotgan laylak biroz kayfda bo`lib adashib o`zbeklarni uyiga tashlab ketgan bo`lmasa oppoqina "o`ris" bo`larding qoravoy deb hazil qilishardi.

Kursdoshlar bir-birlari bilan quyuq ko`rishar ekan oralaridagi suhbat Jasurning kelgani sabab yanada qizib ketdi. Ulardan to`rt-besh qadam naridan eshitilgan tanish ovoz o`zining ismi yangragan tomonga Sardorning nigohini qaratdi. Qolganlar xam qaradi. Bu ovoz Moxichehraniki edi. Sardor qiz tomon yaqin borar ekan, kursdoshlari huddi bo`rilar kabi uvlashdi. Ularning bu qilig`idan qizning ko`zlari uyatdan yer chiza boshladi. Sardor ortiga qaragancha jim deganday yomon qarash qilib qo`ydi. Oliygoh hovlisidagi barchaning nigohi ikki yoshga qaratildi. Kimlardur xavas bilan qarasa, yana kimlardur xasad bilan. Sardor uning yoniga yaqinlashar ekan sevgilisining husniga boshdan oyoq razm soldi. Oddiygina o`zbekona kiyingan, kiyimlari o`ziga juda yarashib turgan Moxichehra odob yuzasidan unga salom berdi. Alik olgan Sardor undan hol-ahvol so`raganday bo`ldi. Qiz ham unga javoban hammasi joyidaligini aytib qo`lida ushlab turgan kitobni asl egasiga uzatdi.

-Kitob uchun raxmat, ancha foydasi tegdi.

-Aytdimu o`zingizda qolaversin menda yana bor deb.

-Yo`q,yo`q ololmayman. Axir meni tanimaysiz. Shunday kitobni tanimagan insonga berib yuborish...

-Xo`p mayli. Agar mening yordamim zarracha tekkan bo`lsa, unda bugun bitta tushlik sizdan.

Sardor oxirgi gapi og`zidan qanday chiqib ketganini bilmay qoldi. Qiz Sardorning aytgan talabiga uyalibgina roziligini bildirduyu ortiga burulib oliygoh binosi tomon zinadan tepaga ko`tarilib uning ichiga kirib ko`zdan g`oyib bo`ldi. Qiz ketganidan so`ng bo`riday uvillagan kursdoshlari Sardorning oldiga kelib har tomondan turtkilay boshlashdi.

Biri uning ismini so`rasa, yana biri qachondan beri, yana biri esa to`y qachon deb qo`yardi.

-Qanaqa to`y, nimalar deb aljirayapsanlar... Kitob olib turgandi bizning professorimizdan o`shani berib ketdi. Ana ko`rmayapsanlarmi.

Jasurning bu gapidan kursdoshlari Sardorga yopishishni bas qilishdi. Sardor o`zini bu chigallikdan qutqargan do`stiga ovozini chiqarmay raxmat aytib qo`ydi. Jasur buni tushunganday ko`z qisib qo`ydi. Bu vaqtga kelib dars ham boshlandi. Diplom ishiga mavzular ham olindi. Ikkinchi soat tugab katta tanaffus boshlandi. Sardor va Jasur ham darsdan chiqishdi.

-Ufff. Diplom ishimni mavzusini qara Sardor, zirak taqqan qiz!

-Iye nimasi yomon. Mening eng sevimli asarimku bu. Qo`rqma o`zim yordam bervoraman.

-Yordam berasizamda, bermay qayoqqa borasiz. Biz sizni deb jon olib, jon beramizu. Menga kelganida siz qoqilgan qoziqday qarab turaverasizmi?

Ular bir-biri bilan aytisha-aytisha katta tanaffusga chiqishar ekan, ko`zlari e`lonlar taxtasini o`rab olgan talabalarga tushdi. Shuncha vaqtdan buyon hali biror marotaba shuncha talaba yig`ilmagan bu joyda biror arzigulik e`lon osilgandur deya yaqin borishdi.

E`lon: "Yosh rassomlar" xalqaro ko`rik tanloviga oliygohimiz ichida ko`rik tanlov. G`olib bo`lgan uch talaba xalqaro ko`rik tanlovda qatnashish yo`llanmasiga ega bo`lishadi. Qatnashish istagidagi talabalar oliygoh ma`muriyati ro`yxatidan o`tishlarini so`raymiz.

-Sardor do`stim qara omading keldimi deyman o`rtoq oliygohda sendan o`tib rasm chizadiganini bilmayman. Mana senga imkoniyat, bugunoq ro`yxatdan o`tasan.

-Qaydam, balki kerakmasdur. Bu yoqda diplom ishimiz turibdi.

Sardordan bu tarzdagi javobni kutmagan Jasur uning bu gapidan jaxli chiqdi.

-Vey sani jin chalib ketdimi yo ataylab asabimga o`ynayapsanmi? Qanaqa diplom ishi, agar tanlovda g`olib bo`lmay faxrli o`rinlardan birini olib kelsang ham diplomingni o`zi cho`ntagingga lop etib tushadi. Agar meni sendek rasm chizish mahoratim bo`lganida...

Jasur qo`yarda qo`ymay Sardorni tanlovda qatnashish uchun ro`yxatdan o`tkazdi. Katta tanaffus poyoniga yetib so`nggi dars soati boshlandi. Zebo Samadovnaning darsida o`tirgan Sardorning qulog`iga dars kirmas, uning xayolida sevgilisi bilan yuz berishi kutilayotgan uchrashuv edi.

-Nimadan gapni boshlasam ekan, qanday qilib unga sevishimni aytsam. Balki... balki uning yoqtirgani, sevgan yori bordir bu yog`i menga qorong`u. Xex nega meni bu sevgi azoblamasa...

O‘xshash hikoyalar