tungi.ru

Alkimyoga (4-bet)

shahar ham oʻzgarishlarga yuz burdi. Tanjerning shundoq biqinidagi Seut tez qad rostladi va savdoning avj nuqtasi oʻsha tarafga koʻchdi. Yon-atrofidagi savdogar-qoʻshnilar har qaysi har yoqqa ravona boʻlishdi, bu tor koʻchada sanoqligina doʻkonchalar qoldi va deyarli hech kim ularga bosh suqaydi, bu joyga qadam bosmaydi.

Biroq har nima boʻlganda ham, billur idish sotuvchi bu savdogarning endi boʻlari boʻlib, boʻyogʻi singgan edi. Oʻttiz yil u billur olib sotish bilan mash-gʻul boʻldi, endi yoshi bir joyga borganda hayotini oʻzgartirishga kech.

Choshgohgacha savdogar unda-bunda oʻtganlarni kuzatib oʻtirdi. Koʻp yillar shu zaylda oʻtirganidan bu tang koʻchadan kimning qay mahalda oʻtishi unga yod boʻlib ketgan. Biroq tushlikka bir necha daqiqa qolganda doʻkonining peshtaxtasi ortida bir navqiron muhojir paydo boʻldi. U binoyiday kiyingan edi, biroq savdogar sinchkov nigohi bilan uning puli yoʻqligini payqadi. Shunday boʻlsa-da, u chiqib ketgunicha tushlikka shoshilmay turishni ma’qul bildi.

Eshikdagi e’lon bu doʻkonda xorijiy tillarda ham gapirilishini daraklardi. Santyagoning koʻzi peshtaxta ortida koʻringan xoʻjayinga tushdi.

— Xohlasangiz, men mana bu idishlaringizni yuvib beraman, — dedi boʻzbola. — Bu ahvolda ularni hech kim sotib olmaydi.

Xoʻjayin javob qilmadi.

— Evaziga menga biror yegulik berasiz.

Xoʻjayin miq etmay unga qarab turardi. Santyago bir qarorga kelishi zarurligini tushundi. Toʻrvasida kamzuli bor edi — sahroda keragi boʻlmaydi. U kamzulni toʻrvadan olib, idishlarni artishga kirishdi. Yarim soat ichida peshtaxtadagi idishlar yaraqladi va shu payt ikki kishi kirib, billur idishlardan xarid qildi.

Ishni tugatib, Santyago xoʻjayindan ovqat soʻradi.

— Yurchi men bilan, — dedi unga javoban xoʻjayin.

Eshikka «Tushlik payti» deb yozilgan lavhachani ilib, u Santyagoni tor koʻchaning baland joyidagi yemakxonaga olib bordi. Ular bu yerdagi yagona stol-ga kelib oʻtirishdi.

Billur sotuvchi kuldi:

— Idishlarni tozalashingga hojat yoʻq edi. Qur'onda och odamning qornini toʻydirish buyurilgan.

— Nega siz meni toʻxtatmadingiz?

— Chunki idishlar kir edi. Qolaversa, ikkalamiz ham miyamizni keraksiz lash-lushlardan tozalashimiz zarur-ku.

Ovqatlanib boʻlishgach, savdogar dedi:

— Sen mening doʻkonimda ishlasang deyman. Bugun, sen idishlarni artib tozalayotganingda ikkita xaridor keldi —bu xayrli alomat.

«Odamlardan belgi-alomatlar haqida tez-tez eshitasan, — Oʻyladi choʻpon bola, — biroq ular oʻzlari aytishayotgan gaplarining fahmiga borishmaydi. Oʻzim-chi, oʻzim ham, ma’nisiga bormay necha yil qoʻylarim bilan soʻzsiz tilda gaplashib yurdim-ku».

— Xoʻsh, nima deysan — tiqilinch qildi savdogar. — Mening doʻkonimda ishlaysanmi?

— Tong otguncha hamma idishlarni yuvib tozalayman, — javob qildi boʻzbola. — Haqiga menga Misrga yetib olishimga yetarli pul berasiz.

Savdogar chol yana kulib yubordi.

— Mening doʻkonimda yil boʻyi billur idishlarni yuvib, buning ustiga har bir sotilgan idish pulidan yaxshigina foiz olib tursang ham Misrgacha yetadigan pul topolmaysan, baribir qarz koʻtarishingga toʻgʻri keladi.

Tanjer bilan Misr orasi — minglab kilometr sahro.

Bir daqiqa ogʻir jimlik choʻkdi, goʻyo butun shahar uyquga choʻmganday boʻldi. Bozorlar, oʻz molini maqtab yotgan savdogarlar, minoraga chiqib azon aytayotgan kishilaru, dastasi hashamli qilichlar — bari gʻoyib boʻldi. Umid va sarguzashtlar ishtiyoqi, keksa podshoh va Taqdir Yoʻli, xazina va ehromlar oʻz-oʻzidan yoʻqoldi-yitdi. Dunyoni oʻlik sukunat oʻz zabtiga oldi. Chunki Santyagoning ruhi tamom choʻkib ketgan edi. U na ogʻriqni, na azobni va na afsus-nadomatni his etar, nigohi yemakxonaning ochiq eshigiga qarab qotib qolgan va faqat juda-juda oʻlgisi kelar, hammasi hozirning oʻzidayoq butkul yoʻq boʻlishini istardi.

Savdogar unga qarab qoshini kerdi — ertalab, haligina bu bola quvnoq koʻringan edi. Endi qovogʻidan qor yogʻayapti: quvnoqligidan asar ham qolmadi.

— Men senga, oʻgʻlim, vataning-ga borib olishing uchun yetadigan pul bera olaman, — dedi savdogar.

Boʻzbola indamadi. Keyin oʻrnidan turdi, kiyimlarini tortib toʻgʻriladi va toʻrvasini qoʻliga oldi.

— Men doʻkoningizda qolib ishlayman, —dedi u.

Va biroz sukut saqlab, qoʻshib qoʻydi:

— Menga pul kerak, toʻrt-beshta qoʻy sotib olishim uchun.

Ikkinchi qism

Santyago qariyb bir oy doʻkonda ishladi, biroq yangi ish ayni uning koʻnglidagiday edi, deb boʻlmasdi. Billur buyumlar sotuvchi savdogar kun boʻyi doʻkon peshtaxtasi ortida oʻtirar va boʻzbolaga idishlarga ehtiyot boʻlishini tayinlab tinimsiz toʻngʻillardi.

Shunga qaramay ishdan boʻshab ketishga majbur boʻlgani yoʻq, chunki Savdogar, vaysaqiligiga qaramay, halol va va’dasida turadigan kishi edi: Santyago har bir sotilgan idishdan shirinkoma olar va hatto ozgina pul ham jamgʻargandi. Bir kuni ertalab u topgan-tutganini sanab chamaladi, agar hozirgiday ishlab tursa, bir yildan keyingina toʻrt-beshta qoʻy sotib olishga qurbi yetar ekan.

— Peshtaxtani tashqariga chiqarib, idishlarni shunga terib qoʻysak yaxshi boʻladi, — dedi u xoʻjayinga. — Uni doʻkonning eshigi oldiga qoʻyardik, oʻtgan-ketganning koʻzi tushadi.

—Shu paytgacha idishlarni koʻchaga olib chiqqanimiz yoʻq, — javob qildi Savdogar. — Birortasi turtib yuborib billurni sindirishi mumkin.

— Qoʻy boqib yurganimda ulardan birortasini ilon chaqib nobud qilishi mumkin edi. Biroq, nachora, qoʻylarning, choʻponlarning ham hayoti shunaqa.

Bu payt Savdogar uchta qadah sotib olayotgan xaridorga xizmat koʻrsatayotgan edi. Xullas, savdo jonlangan, goʻyo bir paytlari boʻlgani kabi, doʻkon joylashgan bu tor koʻcha tagʻin butun shahardan odamlarni oʻziga ohanraboday torta boshlagandi.

— Ishlar yomonmas, — dedi u xaridor chiqib ketgach. — Hozir men yaxshi daromad qilayapman, nasib etsa senga yaqin-orada bir otar qoʻy sotib olishingga yetadigan pul beraman. Xoʻsh, senga nima yetmaydi oʻzi? Boriga qanoat qilmay, besh qoʻlni ogʻizga tiqishga hojat bormi?

— Bor, belgilarga qarab qadam tashlash kerak, — beixtiyor ogʻzidan chiqib ketdi boʻzbolaning va shu lahzadayoq u aytgan gapiga afsuslandi: axir, bu savdogar sehrli qariyani uchratmagan-ku.

«Buni Xayrli Ibtido deydilar, — qariyaning gapi uning yodiga tushdi. — Yangi ish boshlaganlarga omad yor boʻladi. Zero, hayot insonning oʻz Taqdiri yoʻlidan borishiga xayrixohdir».

Shu orada xoʻjayin Santyago aytgan gapni fahmlab oldi. Ayonki, uning bu doʻkonga qoʻygan qadami xayru barakadan belgi berdi — pul oqib kela boshladi va Savdogar bu ispan bolani yollaganiga hech ham pushaymon boʻlmadi. Garchi qilayotgan mehnatiga kutganidan koʻra koʻp daromad olayotgan esa-da, Savdogar ishlari bu qadar yurishib ketishini oʻylamay turib boʻzbolaga binoyiday haq toʻlashni taklif qilgandi. Bola yaqin-orada qoʻylariga ketib qoladiganday tuyuldi unga.

— Ehromlar senga nima uchun zarur boʻlib qoldi? — soʻradi u mavzuni oʻzgartirish maqsadida.

— Menga ular haqida juda koʻp gapirib berishgan, — javob qildi Santyago.

Xazina endi alamli xotiraga aylangani bois, boʻzbola bu haqda oʻylamaslikka harakat qildi, shu bois xoʻjayinga koʻrgan tushini aytib oʻtirmadi.

— Umrimda birinchi marta ehromlarni oʻz koʻzi bilan koʻrish uchun sahroni kezib oʻtishga chogʻlangan odamni uchratishim. Ehrom degani — bu shunchaki bir sangzor-ku. Oʻzing ham hovlingda buni qursang boʻladi.

— Bundan chiqdi, sizning tushingizga biror marta uzoq begona yurtlar kirmagan ekan, — dedi unga javoban Santyago va navbatdagi xaridor tomon yurdi.

Oradan ikki kun oʻtib, xoʻjayin Santyagoning peshtaxtani doʻkon tashqarisiga chiqarish haqidagi taklifini esladi.

— Men har xil yangiliklarga ishqiboz emasman, — dedi u. — Qolaversa, Hasanday boy ham emasman, u xato qilib qoʻyishdan qoʻrqmaydi, chunki bu unga qimmatga tushmaydi. Sen bilan men esa oʻz xatolarimiz uchun umr boʻyi jabr chekamiz.

«Toʻgʻri aytadi», — Oʻyladi boʻzbola.

— Qani, menga ayt-chi, peshtaxtani koʻchaga chiqarib, idishlarni terib qoʻyishning senga nima nafi bor? — davom etdi xoʻjayin.

— Men qoʻylarimning oldiga tezroq qaytishni xohlayman. Ishimiz oʻngidan kelib turganda fursatni boy bermaylik, omadimizdan foydalanib qolaylik. Buni Xayrli Ibtido, deyishadi. Yangi ish boshlaganlarga omad yor boʻladi.

Qariya biroz sukut saqlab, javob qildi:

— Paygʻambarimiz bizlarga Qur'onni berdi va zimmamizga besh farzni qoʻydi, ularni biz umrimiz mobaynida ado etmogʻimiz lozim. Eng muhimi — Ollohning borligi va birligi — shuni yodda tutib yashamoq. Qolgan toʻrtta shart — bir kunda besh vaqt namoz oʻqish, Ramazon oyida roʻza tutmoq, beva-bechoralarga xayr-ehson qilmoq...

U yana jimib qoldi. Paygʻambarni tilga olayotib uning koʻzlari namlandi, garchi u foniy dunyoda yashayotgan, betoqat va qiziqqon banda esa-da, baribir musulmonchilikning qonun-qoidalariga, paygʻambar Muhammad buyurganlariga amal etib yashayotgan edi.

— Xoʻsh, beshinchi shart-chi? — soʻradi Santyago.

— Oʻtgan kuni sen menga, tushingizga biror marta uzoq begona yurtlar kirmagan ekan, deding. Bilib qoʻy, har bir musulmonning zimmasidagi beshinchi farz — haj safarini amalga oshirmoqdir. Bizlarning har birimiz umrimizda bir bor boʻlsa-da muqaddas Makka shahrini ziyorat qilishimiz shart. Bu shahar ehromlardan ham uzoqda. Yoshligimda ozroq pul topib, mana shu doʻkonni olgan edim. Oʻylardim: boyib ketsam, albatta, Makkaga boraman, deb. Keyin qoʻlim pul koʻrdi, mol-dunyo orttirdim, biroq savdoni hech kimga ishonolmadim, chunki men sotadigan buyumlar juda nozik. Va har kuni haj safariga otlanganlarga koʻzim tushadi, ularning orasida badavlatlari bor — Oʻnlab xizmatkorlariyu butun bi tuya karvoni ularni kuzatib boradi, biroq yoʻl olganlarning koʻpchiligi mendan koʻra kambagʻal bandalar. Men ularning nechogʻli xushbaxt boʻlib qaytib kelishganini va uylarining eshigiga Makkaga hajga borishganidan darak beradigan belgi qoʻyishganini ham koʻrganman. Ularning biri, eski poyafzallarni yamaydigan etikdoʻz menga sahroda bir yil yoʻl yurdik, biroq Tanjerda qoʻshni mahallaga koʻn olgani borganimda charchab qolardim, haj safarida hecham toliqmadim, deb aytdi.

— Nega hoziroq toʻgʻri Makkaga yoʻl olmaysiz? — soʻradi Santyago.

— Chunki men haj safari umidi bilan tirikman. Boʻlmasa, men ikki tomchi suvday mana shu yakrang, zerikarli kunlarga, buyumlarim terib qoʻyilgan bu oʻlik jovonlarga, har kuni qatnaydigan oʻsha kir-chir yemakxonaga — shu turush-turmushga chiday olarmidim. Qoʻrqaman, nasib etib umid-orzuim roʻyobga chiqquday boʻlsa, undan keyin hayotda tayanib yashaydigan boshqa ilinjim qolmaydi. Sen esa bosh-qachasan, menga oʻxshamaysan, oʻz orzu-niyatingga yetishishga ishtiyoqing zoʻr. Mening faqat Makka xayoli bilan yashagim bor. Sahroni kezib oʻtishim, muqaddas tosh turgan maydonga borishim, uning tevaragini yetti bor aylangach, tavof olishimni minglab marta koʻz oldimga keltirganman. Biroq qoʻrqaman umidsiz boʻlib qolishdan, shuning uchun orzu-niyatimdan ayrilib qolmay deyman.

Shu kuni u Santyagoga doʻkon tashqarisida yangi peshtaxta taxlashga ruxsat berdi. Hamma bir xilda orzu qilib, bir xil tush koʻrmaydi.

Oradan tagʻin ikki oy oʻtdi — tashqariga qoʻyilgan peshtaxta juda qoʻl keldi: doʻkondan odam arimay qoldi. Santyago chamalab koʻrdi: ishlar shu zaylda ketsa yarim yildan soʻng u Ispaniyaga qaytadi, boz ustiga, oltmish emas, yuz yigirma bosh qoʻy sotib oladi. Bir yil ichida suruviga suruv qoʻshiladi va u arablar bilan savdoni boshlab yuboradi, chunki endi ularning tilida gapirishga baharnov oʻrgandi. Bozordagi oʻsha voqeadan beri u toʻrvasidan Urim va Tumim toshchalarini qaytib olmagandi, boisiki, Misr uning uchun, xuddi xoʻjayiniga Makka safari ushalmas orzuga aylanganiday, qoʻl yetmas yulduz boʻlib qoldi. Yumushi uni qoniqtirar va doim xayolida kemadan Tarifga gʻolib sifatida tushib kelishini tasavvur qilardi.

«Yodingda tut: hamma vaqt aynan nimani istashingni aniq bilgin», degan edi Malkisidq.

Boʻzbola bilardi va koʻzlagan maqsadiga yetishish uchun ter toʻkardi. Ehtimol, begona yurtga kelib qolish, bu joyda aldoqchiga yoʻliqish, keyin esa bir pul sarflamay suruvini ikki baravar koʻpaytirib olish — bularning bari uning peshonasiga bitilgandir?

U oʻzidan mamnun edi. Koʻp narsani oʻrgandi: endi billur sotishni eplaydi, soʻz ishlatilmaydigan tilni egalladi, belgilarni baloday uqadi. Bir safar u kimdir birovning yozgʻirayotganini eshitib qoldi: bu yerga chiqib kelguningcha sillang quriydi, na oʻtiradigan joy, na bir hoʻplam choy bor. Buning bir belgi ekanini Santyago darhol payqadi va xoʻjayinga dedi:

— Qirga chiqib kelayotganlarga choy sotsak nima qiladi?

— Yaxshi taklif, oʻylab koʻrsa arziydi, — dedi u.

— Choyni billur idishlarga quyib uzatamiz. Odamlar bundan zavqlanadi, bizdan billur sotib olgilari keladi. Odamlar goʻzallikka oʻch boʻlishadi.

Xoʻjayin bir soʻz demay unga ancha qarab turdi. Biroq shomga yaqin, nomozni oʻqib, doʻkonni bekitgach, qarshidagi tosh yoʻlakka oʻtib oʻtirib oldi va Santyagoga arablar qoʻlma-qoʻl qilib chekadigan gʻaroyib chilimni taklif qildi.

— Qani menga ayt-chi, sen nimaga erishmoqchisan oʻzi? — soʻradi u boʻzboladan.

— Oʻzingiz bilasiz-ku, men uyimga qaytishni xohlayman, qoʻy sotib olmoqchiman. Buning uchun menga pul kerak.

Qariya chilimga choʻgʻ tashladi va qurullatib tortdi.

— Oʻttiz yildan beri shu doʻkonda savdo qilaman. Billurning tozasini yomonidan farqlay olaman, savdoning sir-asrorini bilaman. Ishim yurishib turganidan dumogʻim chogʻ, yana kengaytirishga esa hafsalam yoʻq. Xaridorlarga billurda choy uzatib tursang va qarasangki, chindan daromad oshgandan oshsa; unda butun doʻkonu dastgohni yangilashga toʻgʻri keladi.

— Xoʻsh, buning nimasi yomon?

— E, men shunday yashashga oʻrganib qolganman-da. Sen bu yerda yoʻgʻingda koʻp xayol surardim: ne zamonlardan beri shu joyda muqim oʻtiribman, bu orada oshnalarim bir yoqlarga ketishdi, yana qaytib kelishdi, birlarining bozori kasod boʻldi, boshqalari boyib ketishdi. Alam bilan shularni oʻylardim. Endi amin boʻlayapman, doʻkonim oʻzimning imkonimga mos, oʻzim xohlagan oʻlchamdan ekan. Uni kengaytirishga hecham ragʻbatim yoʻq, oʻzi bunday oʻzgarishlar qanday qilinadi — bilmayman ham. Oʻzi bilan oʻzi andarmon odamman.

Bir nima deyishga boʻzbolaning tili aylanmadi. Qariya davom etdi:

— Seni mening qoshimga goʻyo Ollohning oʻzi yubordi. Bilasanmi, bugun men nimani angladim: Ollohning inoyatiga shukr qilmaslik la’nat boʻlib qaytadi. Men hayotdan bundan ortiq yana nimalarnidir ta’ma qilmayman, sen esa meni qaylargadir boshlamoqchi boʻlasan. Oʻsha yoqlarga qarab turib oʻzimning qurbimni anglab yetaman va oʻzimni burungidan-da battar his etaman. Qoʻlim uzayib, imkoniyatim oshgan bir paytda endi menga koʻp narsaning keragi yoʻq.

«Makkabodroq sotuvchiga bir nima deb gapirmaganim ham yaxshi boʻlgan ekan», — Oʻyladi Santyago.

Ular biroz chilim chekib oʻtirishdi. Quyosh botdi. Xoʻjayin bilan boʻzbola arabchada gaplashardi — Santyago bu tilni egallab olganidan mamnun edi. Bir paytlar, boshqacha yashab yurgan vaqtlarida, unga goʻyo qoʻylar hamma narsani fahmlaydiganday tuyulardi. Biroq arab tilini ular hech qachon oʻrganolmaydi.

«Demak, ular oʻrganolmaydigan boshqa narsalar ham bor, — Oʻyladi u, xoʻjayinga jim qarab qoʻyarkan. — Chindan, ular oʻt bilan suvni qidirishni biladi, xolos. Bunga ham oʻzlari oʻrgangani yoʻq — men oʻrgatdim ularni».

— Maktub, — dedi nihoyat billur sotuvchi.

— Bu nima degani?

— Uni bilish uchun arab boʻlib tugʻilish kerak, — javob qildi u. Ma’nosi, taxminan, «shunday bitilgan» degani.

U chilimning choʻgʻlarini oʻchira turib, Santyagoga ertadan boshlab billur idishlarda choy sotishing mumkin, dedi. Hayot daryosini toʻxtatishning iloji yoʻq.

Odamlar mashaqqat chekib qiyalikdan yuqoriga oʻrlar va tuyqusdan tepada roʻparadagi doʻkonga koʻzlari tushib qolar, bu joyda ularga bejirim billur idishlarda yaxna xushta’m chanqovbosdi choy taklif etishardi. Shunday damda doʻkonga bosh suqmay, choydan ichmay boʻladimi?!

«Bu mening xotinimning yetti uxlab tushiga ham kirmaydi!» — dedi bir nechta billur idish xarid qilgan kishi: shu kuni kechqurun unikiga mehmon keladigan va u ana shu chiroyli billurlar bilan ularning koʻnglini ovlamoqchi edi.

Boshqa bir xaridor billurda ichilgan choyning ta’mi zoʻr boʻladi, choy billurda xushboʻyligini saqlaydi, dedi. Yana biri esa Sharqda azaldan billurda choy ichish an'anasi borligini yodga oldi, chunki billur sehrli xususiyatga ega, dedi u.

Tez orada bu hojatbarorlik ixtirosi hammaning qulogʻiga yetdi va xaloyiq koʻhna hunarga qanday qilib yangidan jon kiritish mumkinligini oʻz koʻzlari bilan koʻrish ishtiyoqida qirga oʻrlab kelaverdi. Bu orada billur idishlarga choy quyib beradigan boshqa qoʻnalgʻalar ham paydo boʻldi, biroq u joylarga terlab-pishib, mashaqqat chekib oʻrlab borilmasdi, shu bois ular boʻm-boʻsh edi.

Koʻp oʻtmay doʻkonga yana ikki nafar dastyor yollashga toʻgʻri keldi. Endi bu yerda billur sotishdan tashqari, yangilikka ishqiboz boʻlib kelgan son-sanoqsiz kishilarga tinimsiz choy ulashilardi.

Shu taxlit yarim yil oʻtdi.

Quyosh chiqmay turib Santyago uygʻondi. Afrikaga ilk bor qadam bosganidan beri oʻn bir oy-yu toʻqqiz kun oʻtibdi.

U oq matodan tikilgan, atay bugungi kunga deb xarid qilingan arabcha burnusni kiydi, boshini roʻmol bilan yopdi va ustidan tuya terisidan qilingan halqani solib tortdi-da shippakni oyogʻiga ilib, ovoz chiqarmay pastga tushdi.

Shahar hali uyquda. Santyago murabbo bilan bir toʻgʻram non yedi, billur stakanda qaynoq choy ichdi. Keyin doʻkonning boʻsagʻasiga oʻtirib chilim chekdi.

U shu taxlit yolgʻiz oʻzi xayoliga hech nimani keltirmay, sahro hidini ufirib bir tekis, tinimsiz esayotgan shamol sasiga quloq tutib chekib oʻtirdi. Chekib boʻlib, qoʻlini choʻntagiga tiqdi — bir necha daqiqa choʻntagidan olgan narsaga qarab turdi.

Uning barmoqlari bir siqim pulni siqib ushlab turardi — bu pullarga qaytish uchun patta olsa ham boʻladi, yana yuz yigirma bosh qoʻy va tagʻin hozir oʻzi turgan mamlakat bilan Ispaniya oʻrtasida savdo qilish uchun ruxsatnoma xarid qilsa ham boʻladi.

Santyago xoʻjayinning uygʻonib, doʻkonni ochishini toqat bilan kutdi. Keyin ular birgalikda yana choy ichishdi.

— Bugun men joʻnayman, — dedi boʻzbola. — Endi menda qoʻy sotib olishga, sizda esa Makkaga borishga yetarli mablagʻ bor.

Xoʻjayin sukut saqladi.

— Meni duo qiling, — jiddiy ohangda dedi Santyago. — Siz meni qoʻlladingiz.

Qariya hanuz churq etmay choy qaynatish bilan mashgʻul edi. Nihoyat u boʻzbola tomon burildi.

— Men sen bilan faxrlanaman. Sen doʻkonimni jonlantirib yubording. Biroq bilgin: men Makkaga bormayman. Yana shuni ham bilib qoʻygin: sen qoʻy sotib olmaysan.

— Kim aytdi sizga buni? — hayron boʻlib soʻradi Santyago.

— Maktub, — qisqa javob qildi billur sotuvchi Savdogar.

Va u boʻzbolani duo qildi.

Shundan soʻng Santyago oʻzi yotadigan xonaga kirdi va ul-bul narsalarini yigʻishtirdi — lash-lushlari uch qop boʻldi. Eshikdan chiqayotib uy burchagida yotgan eski choʻponlik toʻrvasini koʻrib qoldi, koʻpdan beri koʻzi tushmagani uchun toʻrvani yodidan chiqarib yuborgan edi. Uning ichida kamzuli va kitobi bor. U kamzulini, koʻchada birorta bolaga sovgʻa qilarman, degan moʻljal bilan toʻrvadan chiqardi va shu payt bir juft tosh — Urim va Tumim yerga tushib dumalab ketdi.

Shu damda boʻzbola keksa podshohni esladi va qancha vaqtdan beri u haqda oʻylamaganiga ajablandi. Axir, butun bir yil uzluksiz ter toʻkib mehnat qilishga toʻgʻri keldi, chunki pul topish kerak, Ispaniyaga quruq qoʻl bilan soʻppayib borib boʻlmasdi-da.

«Orzu-umidlaringdan hech qachon voz kechmagil, — degan edi unga Malkisidq. — Belgilarga ergash».

Boʻzbola toshlarni terib oldi va shu payt uni yana gʻaroyib tuygʻu chulgʻadi, goʻyo qariya yonginasida edi. Mashaqqatli mehnat bilan oʻtdi shu bir yil, endi esa belgilar bu yerdan joʻnab ketishga ishora qilayotir.

«Men yana avval qanday boʻlsam, aynan oʻsha zaylimga qaytaman, — Oʻyladi u, — biroq qoʻylar meni arabcha gapirishga, baribir, oʻrgata olmasdi».

Biroq qoʻylar unga muhim bir saboq bergan edi: dunyoda barchaga birday tushunarli soʻzsiz til borligini oʻrgatgandi. Oʻtgan bir yil mobaynida savdo-sotiqni jonlantiray, deb Santyago ana shu — hammaga tushunarli tilda gapirdi. Bu gʻayratbaxsh, zavq-shavqli til edi, ishni

Boshqa hikoyalar