tungi.ru

Aldangan QiZ

Man unga Fotimaning telefon raqamini berdim.

-Uzr,Gulya. Yana bir dugonangiz bor edi-ku. Doim sila bilan birga yuradigan.

-Sittini aytayapsizmi yoki Moxxinimi?

-Ikkalasiniyam raqami bo‘lsa, iltimos ayting. Tug‘ilgan kunimga taklif qilmoqchiydim.

-Man ularning ham raqamlarini berdim. Qiziq, u kim ekan? Kursdoshlardanmi, sinfdoshlardan? Yoki

begona? Begona bo‘lsa, mani raqamimni qaydan topdi, dugonalarimni qanday taniydi? Ertaga kollejga borsam,

hammasi aniq bo‘ladi-qo‘yadi, deb uyquga ketdim. Tong-saharda yana qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Xavotirlanib kelgan

ayamga "Budilnik qo‘ygandim, dars qilmoqchiman”, deya taskin berdim. Ayam yoqasiga tuf-tuflagancha chiqib

ketdi. Ayam ketganlaridan keyin.

-Allo kimsiz, dedim raqamiga ham qaramay. Bu man, Gulyaxon! Tuni bilan sizni o‘ylab uxlolmadim. Tongni

sizning yoqimli ovozingiz bilan boshlay, deb niyat qildim.

-Sizni tanimayapman.

-Nahotki, kechqurun suhbatlashgandik, darhol esizdan chiqib ketdimmi? Aytgandim-ku, qizlar mani

unutishsa juda xafa bo‘laman.

-Iya, sizmi?

-Ha, men o‘shaman, o‘sha. Siz manga Kumushdek dildor, man sizga Otabekdek yor bo‘lsam, ne ajab.

-Unda Zaynablar ham ko‘pmi? Balkim, siz shunday unutaversangiz Zaynabga ham yo‘l ochiladi-da! -dedi.

Tonggi uyquni yaxshi ko‘rsam-da, toza havoga yuz tutgim keldi. Qo‘limga test kitobchasini olib, supaga

chiqib o‘qiy boshladim. Ammo xayollarim poyintar-soyintar bo‘lganidan ko‘zim o‘qirdi-shuurim qabul qilmasdi.

O‘sha noma’lum yigitni "Zaynab”dan qizg‘ana boshlagandim. Ehtimol, ulardan biri dugonalarim bo‘lib chiqar.

Qo‘ng‘iroq qilishga yuzim chidamadi. Sabr qilay-chi. U kim ekan? Potti ikkalamiz bizning darvozamiz oldida

uchrashdik.

-Ketdikmi? -dedi u jilmayib. Negadir ko‘zlari yonib turar, xursandligidan dasti uzun sumkachasini aylantirib,

goh osmonga otib olardi.

-Tinchlikmi, og‘zing qulog‘ingda?

-So‘rama, yigitim telpon qildi.

-Qanaqa yigiting, yo‘q edi-ku, deya yuragimga xavotir qo‘ndi.

-Yo‘q edi, endi bor. O‘ziyam kechasi bilan gurunglashdik. Hozir simkartamda bir sent ham yo‘q. Tong otsin

o‘zim pul tashlayman, dedi.

-Ismi nima?

-Bilmayman, adashib tushgandi. Bir-birimizni ovozimizdan sevib qoldik. U mandan qaysi rangdagi atirgulni

yoqtirishimni so‘radi? Naq "Qish sonatasi” deysan. Oq atirgulni dedim. Qaysi faslni yoqtirishimni so‘raganda kuzni

dedim. Xazonlarni bir-bir bosib shitirlatib yurishni yaxshi ko‘raman,dedim. Unda kuzda ko‘rishamiz, -dedi.Boya

yozni desam bo‘larkan. O‘rtada yoz turibdi. Uni bo‘lsa,hoziroq ko‘rgim kelyapti.

- U sanga Otabek, Kumush haqida gapirmadimi?

-Yo‘q. Ovozingiz Yudjinnikiga o‘xsharkan, deb «Qish sonatasi»dagi qo‘shiqlarni manga jo‘natdi.

Shu kuni Moxxi, Sitti ham kim bilandir telefonda tanishgan. Man indamay qo‘ya qoldim. Chunki, ularning

raqamini berganim uchun o‘sha noma’lum yigit qo‘ng‘iroq qilgandir, degan tusmolim bor edi. Kechqurun naq o‘n

bir. Endigina ko‘zim ilashganda qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Yuragim patirlab urib ketdi. Xuddi ikki xona narida yotgan dadam

bilan ayam yurak urishimni eshitadigandek qo‘rqib, ko‘rpaga burkandim. Sekin zangori tugmani bosdim.

-Gulya, nega ovoz bermaysiz.Kimdir bormi? Man o‘shaman.

-Siz Otabekmisiz, Junsangmisiz yoki Don Juanmisiz? Kecha dugonalarimni ham qulog‘iga lag‘mon osgan

"astonopka”si yo‘q bekorchimisiz?

-Nimalar deyapsiz? Tuhmat qilib, yosh jonimga zomin bo‘lmoqchimisiz?

-Unda ularga kim qo‘ng‘iroq qildi?

-Qaydan bilay. Kecha siz bilan gaplashishga bahona topolmay, dugonalaringizning raqamini so‘ragandim.

Aslida, ularni tanimayman. Man sizzi qarindoshingizning to‘yida ko‘rgandim. O‘shanda raqamingizni so‘rab

bilgandim. Oradan ancha vaqt o‘tsa-da, bog‘lanishga cho‘chidim.

-Unda siz qarindoshimmisiz?

-Yo‘q, to‘yga mehmon bo‘lib borgandim.

-Qaysi to‘yga?

-Buyog‘ini o‘zingiz toping. Balki tushlaringizga kirarman. Xayrli tun.

Yana jumboq bo‘ldi. Yaqin o‘rtada qarindoshlarimning to‘yiga bormaganman. Ayniqsa, "sotka”tutganimdan

buyon to‘y bo‘lgani yo‘q-ku. O‘qishga ketayotganimda u yana qo‘ng‘iroq qildi.

-Go‘zal qiz, Gulya. Sizning bugungi ishlaringizga omad tilamasdan o‘qishga ketolmadim.

-Qayerga o‘qiysiz?

-Diplomatiyaga.

-Mani laqqillataman, deb ovora bo‘lmang. Telefon tutganimga endigina bir oy bo‘lyapti. To‘yga

bormaganimga bir yil.Yana qancha yolg‘on gapirasiz? Sizni tanimayman. Endi mani bezovta qilmang. Tamom-vassalom. Ofarin, juda xushyor qiz ekanligingizni sezgandim. Sizga tavakkal qilib, raqam terib

tushdim, desam, nima deysiz? Ayrim qizlar so‘rab-surishtirmasdan tanishib ketaveradi. Siz juda

zukko ekansiz. Sizni aldab bo‘lmaydi. Boodob oilaning aqlli qizi ekanligingiz ko‘rinib turibdi.

Uzr. Ming bor uzr. Agarmandan xafa bo‘lsangiz, keyingi qo‘ng‘irog‘imga javob bermang. Siz

bilan suhbatlashib, zerikarli hayotimga nur kirgandek bo‘ldi. Ota-onam yaqinda avariya tufayli

vafot etishdi. Bir o‘zimman, yakka-yu yagona ovunchog‘im shu telefon.

Boshqa hikoyalar