tungi.ru

Aldangan QiZ

Balki, undan baxtimni,

zulmat bosgan dunyomni yoritadigan mohtobimni toparman, deya orzulagan bir bechora yigitni

kechirolsangiz, keyingi safar tugmani bosing. Man sizdan olisda - poytaxtdaman. Xayr, Gulim.

Bir bor ko‘rmagan. Xushbo‘y iforlarini hidlamagan, faqat olisdan-tikanli so‘zlarini yuragimga

qadagan, qo‘ng‘iroq ovozli, bemehr Gulim, xayr.

U javob ham kutmasdan aloqani uzdi.

Toshkentdanmikan? Qatorasiga shuncha yolg‘on gapirdi. Unga ishonib bo‘ladimi?

Bechora, rostdan ota-onasidan ajralib yetim qolganmikan? Bu yomon gap-ku. Bu sovuq

gaplarni uncha-muncha odam yolg‘on aytolmaydi-ku. Negadir ko‘nglim bezovta bo‘la boshladi.

Endi qo‘ng‘irog‘ qilmasa-ya! Bunday chiroyli gaplarni qaydan toparkan? Yana "Gulim” degan

ovozini eshitarmikanman?

Notanish yigit meni unutdi shekilli, kuni bo‘yi telefon qilmadi. Har qo‘ng‘iroq kelganda,

SMS gudogi eshitilsa, yuragim hapriqib ketardi. Ammo u emas... Kayfiyatim tushib, hayotdan

ko‘nglim qolgandek bo‘shashib ketdim. Dadam kechqurun choy ichib o‘tirganimizda bolish olib

kelishni buyurdilar. Ayam dadamni yonboshlashlari uchun maxsus bolish yasaganlar. Og‘ir, ichi

to‘la uvada paxta. Uni arang ikki buklab qo‘ydim.

-Ha, ona qizim, shashting past, -deb yonboshladilar dadam va tirsaklarini bolishga suyab,

boshlarini biroz ko‘tarib davom etdilar. -Odam bolasining ko‘nglini topish qanchalar mushkul.

Ona qizimni aytgani aytgan, degani degan bo‘lsin, -deb erta-yu kech ishlasam, bisotimda bir

sen-u, bir ukang. Shukur qilib yurmaysanmi? Sotka tutibam ko‘ngling yorishmadimi?

Qovog‘ingdan qor yog‘yapti?” -dedilar sal jilmayib.

Juda uyalib ketdim. Agar begona bir yigitning qo‘ng‘iroq qilmaganidan o‘kinayotganimni

dadajonim bilsalar, qanday ahvolga tushadilar, bilmadim. Ikki yuzim lov yonib ketganini his

qildim. Go‘yoki gunoh ish qilib qo‘ygandek his qilardim o‘zimni. Dadam to‘g‘ri aytgan ekanlar.

Sotka qizlarga yaxshilik keltirmasov. Shunchalik ahmoq bo‘lamanmi? Basharasiniyam

ko‘rganim yo‘q-ku. Nega uni o‘ylayapman? Demak, men o‘zimni aql-hushli deb hisoblamasam

ham bo‘lar ekan.

Bir hafta shunday o‘tdi. Endi esimdan chiqardim, deb turganimda u yana telefon qildi:

«Gulyaxon, yana sizni bezovta qildim. Ming bor uzr. Xafa qilib qo‘ydim, deb necha kundan

beri o‘z yog‘imda qovrildim. Axiyri, kechirim so‘rashga qaror qildim. Bir-birimizni tanimasak,

ko‘rishmagan bo‘lsak, tushunmovchilik bo‘ladi-da. Shu sabab siz uchun suratimni

yuborayapman. Albatta, siz ham salomga yarasha alik olib, gul chehrangizni ko‘rishdan bebahra

qilmassiz. Salomatlikda ko‘rishaylik».

Uning gapi shunchalik tez tugadiki, go‘yo yodlab olgandek tez va tinmay gapirdi. Nafasim

og‘zimga tiqilib, bir og‘iz ham gapira olmadim. U ham javob kutmay o‘chirib qo‘ydi. Lekin

ko‘nglimdagi qora nuqtalar har tarafga tarqalib, xushnudlik boshlandi. Biroz fursat o‘tib, uning

surati yetib keldi. Xonandalardan biriga-to‘g‘rirog‘i Alisher Fayzga o‘xshab ketadigan chiroyli

yigit yarimta suratdan kulib turardi. Egnida kastum. Bo‘ynida galstuk. Demak, jiddiy bola ekan.

Kastum-shimda sipo bo‘lib yurganlar alabo‘ji kiyingan zamonaviy yigitlardan ko‘ra menga

ko‘proq yoqardi. Odatda ular ichmaydi, chekmaydi. Bachkana qiliqlar qilmaydi. Suratga tikildim,

u sal qorin qo‘yganga o‘xshaydi. Bu menga ma’qul emas. O‘g‘il bolalarning qorindor, to‘ladan

kelganlarini jinim suymaydi. Men-chi? Rasmimni yuborsam, ma’qul kelarmikan? Ammacham

har kelganda "Ha lo‘li Maryam, katta qiz bo‘lyapsanmi?” -deb qoraroq ekanligimni pisanda

qiladilar. Potti bo‘lsa, "Sen hindlarga, ayniqsa, Kajolga o‘xshaysan”, -deydi. Har qalay husnim

bilan maqtanaolmayman. Maktab davrida sinfimizdagi eng xunuk qiz men edim. Ko‘zlarim

katta-kattaligidan jahlim chiqardi. Endi qandaydir o‘zgardim. Yuzim to‘lishgani uchunmi,

ko‘zlarim meyoriga tushdi

Xolamning aytishlaricha , qizlar o‘sish yoshida sal beso‘naqay, xunukroq bo‘lib, balog‘at

yoshida gul-gul ochilib ketarkan. Mening yoshimda xunuk qizning o‘zi bo‘lmasmish. Xolam

uchun men parilarning parisi. «Xuddi ayangni» o‘zi bo‘lyapsan. Ayangni orqasidan ilashmagan

yigit yo‘q edi qishlog‘imizda, -deb erkalaydi. Ko‘zguga qarab, o‘zimdan nuqson qidirdim.

Peshonamdan yana toshma chiqibdi. Shu ugrivoylar ikki yilcha bo‘ldiki, tinchlik bermaydi.

O‘ylab-o‘ylab, axiyri Pottining rasmini yigitga jo‘natib yubordim. Ha, notanish oshiqni bopladim,

degan xayolda edim. Sotkani vebga qo‘yib, ayamga yordam bera boshladim. Dadam kadi

mantini yaxshi ko‘radilar. Hali bodringdek ko‘kish bo‘lib turgan xom qovoqni qishloqdan olib

kelibdilar. Mantilarni qasqonga terayotgan paytim telefonim gudok bera boshladi.

-Ol, anovi savilingni. G‘o‘ngillab miyani yedi, -dedilar ayam surpani yig‘ayotib.

Ichkariga kirib cho‘ntagimdan olib qarasam, o‘shandan xabar kelgan ekan.

"Qiynama meni, sevaman seni, kelmasa malol, sevaman halol”. Hali hech kim menga

she’r bag‘ishlamagandi, sevaman demagandi. Ertaga dugonalarimga ko‘rsatib maqtanaman,

deb o‘chirmay, saqlab qo‘ydim.

Bitiruv kechasi bizning uyda bo‘ladigan bo‘ldi.

Boshqa hikoyalar