Ko`zlarimning nuri O`ZING...
Ko`zlarimning nuri O`ZING...
Tor ko`chaga ketma-ket kirib kelgan, mashinalardan, chug`urlashib tushgan, 7, 8 ta qizlar, to`g`iridagi xonadon darvoza tomon yurdilar. Har birlarining qo`llarida o`ralgan sovg`alar. Huddi shu qizlarni kutub turganday davrvoza ochilib bir chiroyli qiz ochiq chehra bilan kutib oldi.
- Namuncha kech qoldilaring? -dedi qiz yolg`ondakam araz qilib.
``Chaqaloq yig`layabdi, vooy shirintoyim, asalcham...`` qizlar ham bo`sh kelishmay dugonasiga hazil qilishdi. Biroz kulishib olishdi.
``Umida dugonajon tabriklaymiz``, deyishib sovg`alarini berib uni hursand qilishdi...
Bugun Umidaning tug`ulgan kuni, u bugun ziyofat bermoqda. Tug`ulgan kuniga inistitudagi kursdosh dugonalarini taklif qilgan.
- Qani ichkariga marhamat, - u qizlarni ichkariga taklif qilar ekan yana bir bor ko`chaga qaradi. - Qizlar Zulfizar kelmadimi?
- Yo`lda kelayotgandur, qo`ng`iroqlashgan edik! - dedi dugonalaridan biri.
Umida qizlarni ziyofat uchun mo`ljallanga, o`rtada kattagina dasturxon tuzalgan xonaga boshlab kirdi. Mehmonlar endi stullarga o`tirishgan edilar, darvoza qo`ng`irog`i chalindi.
- Marhamat tortinmay oldingizdagi nozu-nematlardan olib o`tiringlar! -dedi Umida va xonadan chiqdi. Tez-tez yurib borib darvoza eshigini ochdi. Avval ko`zi, yo`l chetidagi inomarka mashinaga tushdi, so`ng qarshisida kulib turgan dugonasi paydo bo`ldi. U etagi tovoniga tushgan uzun, yengsiz yelkasi ochiq chiroyli ko`ylak kiygan. Yelkasiga tashlab olgan harir sharif rumoli, oddiygina soch turgagi o`ziga juda yarashgan.
- Zulfizar dugonajon, -dedi. Quchoqlab o`pishib ko`rishdi va qo`lidan ushlab ichkariga boshladi. - Nega buncha kech qolding?
- Senga sovg`a tanlashga juda qiynaldim! - sumkasidan sovg`ani olib tabrikladi.
- Tug`ulgan kuning bilan duganajon!
Umida sovg`ani olar ekan bir muddat tikilib qoldi.
- So`rg`ichmi?
- Ha, chaqaloq uchun eng yaxshi sovg`a!
Bir necha sonya bir-birlariga termulib turdilarda so`ng ikkovlari ham kulib yubordilar.
- Bu eng ajoyib sovg`a bo`ldi. Asrab qo`yaman. Turmushga chiqib bolalik bo`lsam, bolamga beraman. Zalfuzar xolasini sovg`asi deb. -dedi Umida dugonasini bu sovg`asidan yanada xursand bo`lib. Ikkovlari ham biroz kulishib kayfiyatlarini ko`tarib olishdi.
- Yur Zulfuzar ichkariga kiraylik!
- Shoshma... -dedi Zulfizar dugonasini qo`lidan ushlab to`xtatib. So`ng o`zining nozik barmoqlariga zeb berib turgan, eng chiroyli tilla uzugni sug`urib, dugonasini barmog`iga taqdi.
- Zulfizar bu?!
- Sovg;a dugonajon.
- Ololmayman! -dedi Umida uzugni yechishga taraddutlanib.
- Qaytarsang xafa bo`laman.
- Ahir bu juda qimmatboxo-ku!
- Seni do`stliging oldida bu arzimagan narsa! -dedi.
Dugonasini bu qimmat sovg`a bilan biroz hijolat qilib qo`yganini tushinib, uni chalg`itishga urundi.
- Qizlar kelishdimi?
- Ha, biroz avval kelishgandi.
- Uylaring shu yerda ekanda. -deb atrofga alangladi.
Xashamatli saroyday qurilgan qimmat jixozlar bilan bezatilgan uyda yashab katta bo`lgan Zulfuzar uchun bu uylar bir kulbaday. Yo`q-yo`q u xozir bu xaqida o`ylamayabdi. U bu xonadondan ufirib turgan fayzni, qilbi his qilmoqda. Ich ichidan dugonasiga havasi kelmoqda.
Oylasida ota-onasi, akasi bilan yashaydi. Uylari xuddi saroyday juda xashamatli, u esa malika. Anig'rog'i asirasi.
Bu bolaligidan boshlangan. Ota-onasi erka qiz deb aytganini muxoyyo qilishgan, erkam deb boshlariga ko`tarishdi. Bir o`zini 3 tadan xonasi bor. Tagida mashina eng chiroyli liboslar, yegani oldida. Tug`ulganidan, unda hamma narsa bo`lgan, faqat biroz etibordan boshqa. Bolaligi boshqacha o`tdi. Ota onasi, uni haddan ortiq ehtiyot qilishganidan. Uyda enaga bilan yolg`iz qoldirishardi, darvoza xatlab chiqishga ruxsat yo`q. Miriqib o`ynayotgan qo`shni qizchalarga deraza orqali qarab o`tirish bor-u, qo`shilib o`ynashiga ruhsat yo`q edi. Ota - onasi katta amaldor bo`lgani uchun, kim bilan do'st bo'lish ketagu, kim bilan yo'q bularni ham ular xal qilishardi. Chunki u oddiy odamni qizi emas. Nazarida bu xayotda shundog` sohtalikdan iboratdek.
Keyinchalik fel atvori o'zgardi, oddiy qiz bo`lishiga yo`l qo`ymagan ota onasiga jahil qilibmi! Atayin o`zini qo`rs, tarbiyasiz qilib ko`rsata boshladi. Har kimni haqoratlagan, jizzaki bo`lib bordi. Maktab, kollej davri birorta dugona ottirmadi. Huddi o`g`il bolalarday beyzori bo`ldi qoldi. Maktab kolejni eng taniqli qizi edi. Ota onasi-ku umuman tushuna olishmasdi. ``Menga qizil rangli ko`ylak olib bering`` desa, olib berishardi, ammo ko`ylakni olgach ``Men oq degandim`` deya janjal qilardi. Shu tariqa ota onasidan o`zicha alamini olardi. Zulfizarni bu fel atvori to inistitut xovlisiga qadam bosguniga qadar davom etdi.
Zulfuzar eshik oldida turgan edi. Oldiga soddagina qiz keldi va savolga tutdi.
- Siz ham yangimi?
- Bu nima deganing! -deb qoshlarini chimirdi Zulfuzar.
- Kechirasiz. Juda hayajondaman, - qiz Zulfuzarga qo`lini uzatdi. - Ismim Umida dugona bo`lib ketamiz degan umiddaman! -u jilmaydi.
- Men ismim Zulfuzar...
Umidani do`stlik taklifi chin dildan bo`lgani uchunmi, tezda qalin dugonaga aylandilar. Zulfuzar hech qachon bundayin soddadil, samimiy qizni uchratmagan edi. Ustiga ustak go`zalligichi. Inistitutga qatnashi uchun, otasi tagiga qimmatbaxo mashina olib bergan bo`lsada. Birinchi chin do`sti dugonasi bilan inistitut yotoqxonasida qolishni xush ko`rardi.
Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi. Ammo men boshqacha tarif berardim. Tilla kukuniga teginsang, usting zar bo`ladi. Dugonasini barcha chiroyli fel atvorlari unda namayon bo`layotganday, Zulfuzarni yuish-turishi, insonlarga momilasi butunlay o`zgardi. Lekin aslida u qalbining qarida o`zi berkitib qo`ygan asil Zulfuzar namoyon bo`layotgan edi. Mana o`shandan beri do`stligi qalinlashib bormoqda...
Zulfuzar shunday dugonasi borligidan be nihoya baxtiyor. Uning yonida xovliga kirib borar ekan, derazadan tashqariga qarab turgan. Qora ko`z oynak taqib, qo`llarini ko`ksiga qovushtirib turgan, juda kelishgan yigitga ko`zi tushdi. Yigit unga qarab turganini, sezib mayin jilmaydi va boshini salgina egib unsiz salomlashdi. Biroq yigitni beyparvo qarab turishini ko`rib o`zini kamsitilganday his qildi. Bey ehtiyor olifta deb pichirladi. Agar boshqa yerda bo`lganda, bunday hurmatsizlik uchun ortiga qaytib ketardi. Lekin dugonasi hurmati uchunham bu fikrdan yiroqlashdi...
Ikkovlashib xonaga kirib keldilar.
Qizlar yana birma-bir chaqaloqni tabriklab uning shaniga iliq tilaklar bildirdilar. Uyog'i shodon, o'yin-kulguga ulanib ketdi. Dasturxonga tortilgan nozu nematlardan cho`qilashdi. Bir tomonda musiqa qo`yilgan, ko`ngli ko`targanlar raqsga tushmoqda. Kimdur institut yotoqxonasida bo`lgan qiziq voqealarni aytib kuldurgan, yana kimdur yonidagi dugonalariga sevgan yigiti haqida miriqib so`zlamoqda...
Birrovga tashqariga chiqqan mezbon qiz Umida xonga kirgan xamoni ikki, uch bor qarsak chalib hammani etiborini o`ziga tortdi. Shunda eshikdan qo`lda dutor cholg`u asbobini ko`targan, boya Zulfuzar ko`rga olifta yigit kirib keldi.
- Salom qizlar xush ko`rdik! -dedi.
Bunday kelishgan yigit xamma qizni etiborini tortgani aniq. Qizlar bir necha sonya jim bo`lib qoldilar va birin birin salom berdilar.
Bu olifta yigitni xushlamagan Zulfuzar qoshlarini chimirdi. Ammo bu yigitni avval ovoz kelayotgan tomonga quloq tutib keyin qarayotganidan, bu yigitni ko`zlari ojiz ekanini tushundi. Boya bekorga hafa bo'lganini, aslida shuni darrov sezmagan, o`zi so`qirday ekanligidan yuzi qizardi. Salgini beshonasiga kaftini urib qo`ydi. Yonidagi dugonalari-ku allaqachon, o`sha bir necha sonyalik sukut payti bu yigitni ko`zlari ojiz ekanini bilib bo`lishgan edi.
- Qizlar! Akajonimni tanishtiray, isimlari Zafar. Akamjonim tug`ulgan kunim bilan tabriklamoqchilar! -dedi Umida.
Umida bu gapini tugatib ulgurmasidan ``Umini akasi ko`rmas ekanda`` degan pichir-pichirlar boshlangandi.
Zafar ohista torlarni chertar ekan, singlisiga uzoq umir, baxt tilab tilaklar bildirardi. Bazi qizlar hali ham bir-birlarini qulog`lariga shivirlashar edi.
Zafar tilak bildirib bo`lgani hamoni qo`l harati tezlashdi. Qizlar birdan jim bo`lib qoldilar. Zafar tik turgan xolda shunada mahorat bilan chalardi, xuddi ohang bilan qizlarni sexirlab olayotganday.
Zulfuzar bu yigitni xirakatlaridan ko`z uzolmasdi. Xuddi ko`z nurlarining ilohiy sexri qo`llariga jo bo`lganday. Bu sexrli ohang, uning qulog`laridan kirib yuragida aks sado berayotganday.
Yuragida sanchiq turganday jiz ettiyu, paravoz pechkasiga o`tin qalayotganday qalbi yona boshladi. Zafar tobora tezlashib borar, asta avjiga ko`tarilardi. Zulfuzar esa hech qachon tuymagan hislari qiynoqqa solayotganday, beh ehtiyor o`rnidan qo`zg`oldi.
Nahot bu sevgi bo`lsa, ey hudo sevib qoldimmi? Uning hayoliga shu savol keldi. Javob izlaganday, Zafarni yuziga termuldi. Negadur u xuddi qarab turganday bo`ldiyu, Zulfuzar ko`zlarini olib qochdi.
Sevgi shunday bo`lar ekanda?
Bu ilohiy nemat, hissidan labida tabassum paydo bo`ldi. Bey ihtiyor atrofdagi dugonalariga qarab qo`ydi. Ular ham kuydan sarmast bir nuqtaga termulgancha o`tirishardi. Nihoyat, bir necha daqiqa davomida Zulfuzarni qalbini tinch qo`ymagan kuy nihoyasiga yetdi. Qizlar bu kuy bandiligidan ozod bo`lganday, hayrat bilan bir-birlariga qarab qo`yishardi...
Umida akasini qo`lidan ushlab yelkasiga ohista bosh qo`yar ekan. Yuzidagi hayrat hissi ketmagan qizlar qarab ( bu mening aka ) deganday g`ururlanib qosh uchirib qo`ydi.
Zafar boshini salgina egib, barmoqlari uchuni o`pib, yuragi ustiga qo`ydi va qizlar tomon ohista qo`llarini cho`zib ( Yurakdan tinglaganiz uchun rahmat ) degan manodagi, o`ziga hos harakat bilan qizlarga minnadorlik bildirdi. So`ng singlisini yuzlarini, qo`llari bilan paypaslab uning yeshonasidam o`pdi. Huddi qadamini sanab yo`l topib olayotganday, hech kimning ko`magisiz xonani tark etdi.
Umida kulib turardi, yuzini esa ikki shashqator ko`zyoshlari yuvardi.
- Rahmat akajon! -deya oldi hiqqillab yig`lab yubormaslik uchun lablarini berkitib...
Shu bugun barcha qizlar juda katta, unutilmas tasurot bilan uyga qaytdilar.
Ayniqsa Zulfuzar, bir necha kunki uyqusida halovat yo`q. O`zini ko`p ishlarga qodir ekanligini sezadi, ammo hech nima qilaolmayotganday. Qalbidagi Zafar yoqqan o`t ham hech o`chmas, bir zum bo`lsada Zafarni yuz qiyofasini hayolidan ketqaza olmasdi. Tosh supa ustida uxlolmayotgan inson kabi, devon ustida uyoqdan buyoqqa o`girilardi. Nihoyat o`rnidan turib telifonini oldi va dugonasiga qo`ng`iroq qildi.
Bir necha chaqiruvdan so`ng telifon ko`tarildi.
- A`lo Umida...
- Zulfuzar senmisan?!
- Ha.
- Tinchlikmi dugonajon? -dedi Umida xovotirli ohangda.
- Haligi!
- Aytaver tinchlikmi? -yanada havotirga tushub.
- Haligi... O`zing qalaysan?
- Yaxshi... Soat... Soat ikkida xol ahvol so`rash uchun qo`ng`iroq qilyabsanmi?
- Ha, nima qilibdi, sani sog`inib ketdimda!
- Voy dugonajon biram mehribonsan, seni juda yahshi ko`raman. Kel endi uxlaylik... -dedi Umida hazil-chin arlash.
- Umida senda bir gapim bor.
- Qanday?
- Keyingi hafta oyimlarni tug`ulgan kunlari! Antiqa sovg'a qilmoqchiman. Akanglarni taklif qilsam degandim!
- Bilmadim, akam tanlovga tayorgarlik ko`rayotgan edilar...
- Ko`nmaydimi?
- Ha, akam bunday narsalarga odatlanmagan. Ko`nmaydi.
- Unda meni tanishtirib qo`y o`zim so`rab ko`raman!
- Ho`p! -dedi Umida.
- Rostdanmi?
- Rostdan!
Telifon o`chgach, Zulfuzar soatga qaradi. Haqiqatdan soat millari ikkidan oshgan. Asta deraza tomon yaqinlashdi. Tun qo`ynida mayin esib, o`ynoqlab yurgan shaboda derazadan kirib Zulfuzarni yuziga uruldi. Ko`zlarini berkitishga urunga sochlarini quloqlari ortiga qistirib qo`yar ekan, ikkinchi qavat derazasidan uzoq - uzoqlarga termuldi. Tun juda osuda. Bulutlar oy yuzini to`sgan bo`lishiga qaramay, istalba chiroqlari yo`llarni yoritgan. Qorong`ulikdan o`larcha qo`rqishiga qaramay, shu topda sayrga chiqqisi, ko`ksini to`ldirin nafas olib so`ngra derazada tashqariga qarab hayqirgisi kelar edi.
``Nahot bu sevgining qudirati bo`lsa?``
O`ziga shu savolni berar ekan, o`rniga yotdi.
``Men sevib qoldimmi?``
Bey ihtiyor par yostig`ini qattiq quchoqlab bag`riga bosdi.
Yostiq bilan yuzuni berkitib, ``Men sizni yaxshi ko`raman.`` deb shivirlab qo`ydi...
Deraza orqali xonaga kirib kelgan, quyoshning zarrin nurlari Zulfuzarni uyg`onishga majburladi. Shoshgancha o`rnidan turdi va quyosh yuqoriga ko`tarib ketgani ko`rdi. Tezda yuz qo`lini yuvdi, kiymalarini alishtirdida xizmatkor ayolni xay-xaylashiga ham qaramay mashinasini haydab chiqib ketdi.
U xozir salkam o`n .km masofani bosib, dugonasini akasi bilan tanishgani kelmoqda. Qanday telbalik qizbola yigit bilan tanishish uchun... Bu xaqida Umidani uyiga yetib kelganidan keyin o`ylab qoldi. Bir necha daqiqa eshik tagida turgach, shundoq qaytib ketishni istamay eshikni taqqilatdi. Eshikni ochgan Umida xayratini yashirmadi.
- Vooy salom...
- Salom, seni ko`rgani keldim!
- Kel kir ichkariga.
Zulfuzar ichkariga kirar ekan gapni qanday boshni bilmasdi.
- Tinchlikmi Dugonajon yarim tunda xolimi so`raysan, kutulmaganda ko`rgani kelding?
- Bu yomonmi?
- Yo`q juda yaxshi, qani uyga yur!
Zulfuzar yana atrofga qaradi, dugonasini oldida iymanib o`tirmadida maqsadini bayon qildi.
- Zafar aka ko`rinmaydilar?
- Akam! Maktabga ketdilar...
- Maktab! Qanasiga ahir tatil bo`lsa. Aaa keyin akanglar maktab davridan o`tgan bo`lsalar yoki mahsus maktabga boradilarmi?
- Yo`q maktabda to`garak ochganlar, har kuni shogirtlari bilan tayorgarli ko`rmoqdalar...
- Endi nima qilamiz! Maktabga boramizmi? Meni olib borasanmi? -dedi Zulfuzar.
- Agar istasang boramiz! Lekin nega akami so`rab qolding?
- O`zim shundoq, kecha aytgan ishim yuzasidan...
- Bu dugonam qishloqi hech nimani tushunmaydi deb o`ylama! -dedi Umida ayyorona jilmayib. Lekin dugonasini yaxshi bilgani uchunham, uni uyaltirib o`tirmadi...
Birgalashib Zafar ishlaydigan, yaqin mavzeyda joylashgan maktab tomo otlandilar. Mashinani tashqarida qoldirib asta maktab xovlisiga qadam qo`ydilar. Tatil vaqti bo`lgani uchun birorta bola yo`q. Bazi xonalarda oqlash, bo`yash, remont ketmoqda. Bir chekkadagi kichikroq xonadan soz tovushlari eshitilib turibdi. O`sha xona tomon yurdilar. Umida eshikni taqqillatgach, eshikni ochib ichkariga qaradi. Albatta bu holat Zafarga yoqmadi.
- Kim u? -dedi norozi ohangda.
- Akajon men Umida!
- Kel kelaver, ichkariga kir! -dedi singlisini mamnun qarshilar ekan.
Negadur singlisini kutilmagan tashrifi xayajonga soldimi. Avval partaga, biqinini so`ng stulga tizzasini urib yiqilib tushushiga oz qoldi. Zulfuzar bey ehtiyor yordam berish maqsadida Zafar tomon intilganda Umini uni to`xtatib qoldi. Zulfuzar Umidani nega bunday qilganini tushunmadi. Bu orada Zafar singlisi tomon yaqin kelgandi.
- Tinchlikmi? -dedi Zafar.
- Oyog`iz yomon tegmadimi aka?
- Nega kelding? - Zafar bir lahza qulog`ini Zulfizar tomonga tutdi. - Yoningdagi ayol kim?
- Tunov kuni tug`ulgan kunimga kelgan dugonam. Tanishing Zulfuzar...
Zafar Zulfuzar tomon qo`lini uzatdi.
- Ismim Zafar...
- Meniki Zulfuzar. -dedida shoshib ko`nglidan joy olgan insonini qo`lini ushladi.
- Zulfuzar menda biror yumushiz bormi?
- Zafar aka sizni onamni tug`ulgan kunlariga taklif qilaman!
- Yo`q...
- Nimaga tiklif qilayotganimni eshitmadiz-ku?
- Kuy chalib berishimni istayabsiz!
- Ha. Iltimos.
- Uzur lekin bunday narsalarga odatlanmaganman!
- Haqqizi beraman.
- Kechirasiz, vaqtim yo`q... -dedi Zafar oziroq zardali ohangda.
Umida dugonasi o`zi bilmagan xolda akasining nafsonyatiga tegib qo`yganini fihimladi va vaziyatni yengillatish uchun so`z boshladi.
- Aka uyga qachon qaytasiz, abetga siz yaxshi ko`rgan ovqatni pishirmoqchi edim!
Zulfuzar ovqatni nima aloqi bor deganday, hayron bo`ldi.
Ammo Zafar aqilli singlisini fikrini darov uqub oldi. So`ng qo`lini cho`zib uning yelkasini silab qo`ydi.
- Har kungi vaqtda boraman!
- Ho`p aka kutib o`tiramiz...
Qaytib chiqib mashinaga o`tirishdi.
- Zulfuzar akamga pul taklif qilib bekor qilding?
- Uzur!
- Hechqisi yo`q hijolat bo`lma.
Zulfuzar mashinani yurguzar ekan, yoqtirgan insoni haqida ko`proq narsani bilish uchun dugonasini savolga tutdi.
- Zafar aka juda sezgir ekanlar-a?
- Nega!
- Jim turgan bo`lsam ham meni darov sezdilar. Yana ayol ekanimni ham...
- Ha akam o`ta kuchli sezgi egasi. Buni ustiga juda irodali. Uydan maktabgacha yo`lni yodlab olganlar o`zlar kelib ketadilar.
- Rostdan-a? Hechkimni ko`magisiz-a?
- Ha, birov teginishi, yetaklab yurishini yomon ko`radilar. Boshida tinmay qoqilar, yeqilib, turtunib yursalar ham na onam na men yordam berishimizga yo`l qo`ymasdilar. Mana endi akam sog`lom odamlardan ham yaxshiroq yo`l topib yuradilar. Bazida atayin o`zlarini ojiz ko`rsatayotganday tuyuladilar...
Zulfuzar dugonasini bu so`zlaridan keyin, hayot zarbalariga bo`yin egamagan bu insonga yanada ko`proq hurmati va muhabbati oshdi...
Zulfuzar Umidani uyiga tashlagach yana maktab oldiga qaytib keldi. Usha yerda toqat bilan bir necha soat kutib o`tirdi. Nihoyat soat birga yaqinlashganda, Zafar maktabdan chiqdi. Yeg`ma cho`pini tez-tez yerga urib, yo`lini topib kelardi. Zulfuzar yonidan o`tayotgan yigitga salom berib o`zini bildirmoqchi edi. Biroq bunga jazm etmadi. Zafar bir necha metrlar uzoqlashganidan so`ngina uni ortidan kuzatib bordi. Haqiqatdan dugonasi aytgan gaplar chin ekan, Zafar huddi sog`lom inson kabi ravon yurardi...
Zulfuzar ertasi kuni yana keldi. Indiniga ham, undan keyingi kuni ham. Har gal uydan chiqayotganida Zafar bilan gaplashib olishga aht qilardi, biroq ohir oqibat o`zidan hafsalasi pir bo`lib, uyiga qaytardi.
Bo'ldi bas eni qaytib kelmayman! der edi. Ammo ertasi kuni Zafar tomonga intilayotgan qaysar qalbiga rat javobini bera olmas edi.
Bugun ham qatiy qaror bilan maktab oldida turardi. Tez tez telifonning soatiga qarab qo`yardi. Soat birga yaqinlasha boshlaganda, ochiq deraza orqali eshitilib turgan sozlar ovozi to`xtadi. Ovozlar to`xtadiyu ammo Zulfuzarni yurak dupurlashi kuchayganday. Har kunguday Zafar ko`rsatkichini yerga urib asta yurib kelardi. U yaqinlashgan sayin Zulfuzarda juratsizlik oshib borardi. U uchun bu yigit xuddi zab etib bo`lmas qoyaday tuyuldi, hatto salom deyish ham qolidan kelmay afsuslanib hursunib qo`ydi.
Kutilmaganda Zafar to`xtadi. Chuqur nafas olgach, Zulfuzar tomonga o`girildi.
- Yana qancha muddat kuzatib yurmoqchisiz Zulfuzar... Ismiz Zulfuzar edi shekili?
- Haa! -dedi, hayratdan qotib qolgan Zulfuzar.
- Nima meni ko`rmaydi deb o`yladizmi?
- Yo`qq, yo`q! -dedi qora ko`z oynak ortiga berkitilgan ko`zlarga termular ekan.
- Namuncha termulasiz ko`zlariz teshvoray deyabdi-ku?
- Aaa! -Zulfuzar chindanam ko`rarmikan deb o`ylab qolgandi.
Zafar bir qadam oldinga tashladi va jilmayib dedi:
- Hozir yuzingizni ko`rishni istardim?
- Nega?
- Judayam kulguli bo`lsa kerak!
- Ha! -Zulfuzar ham bu hazil ekanini tushunib, yaqinlashdi.
- Assalom alaykum!
- Va`alaykum assalom!
- Zafar aka men haligi...
- Bo`pti boraman, judayam onasini yaxshi ko`radigan qizga o`xshaysiz!
- Rahmat judayam hursand bo`lardik... Lekin men ekanligimni qayoqdan bildiz?
Zafar yana chuqur nafas oldi.
- Bu ifor faqat sizdan kelyabdi. O`sha kuni singlim bilan kelganizda dimog`imda qolgandi!
- Demak atirimning hidi meni oshkor qilibdida?
- Ha, shunday. Besh kun shu yerda turdiz, har gal shu yerda bu ifor dimog`imga uruldi! Keyin esa ortimdan uyimgacha kuzatib bordiz!
- Uzoqdan ham hidlarni farqlay olasizmi?
Zafar yana kuldi.
- Meni ikkita shogirdim bor. Ular har kuni bir qiz mashinada kelib meni kuzatib yurganini aytib qoldi. Atiringiz iforidan esa sizni kim ekanligingizni bilib oldim. Lekin bir narsa shunarsiz?
- Nima?
- Boyvoocha odamning qizga mendan nima kerak?
- Boy ekanimizni qayoqdan bildiz?
- Dehqon qiziga qimmat atir, minib yurishi uchun qimmatbaxo mashina olib bermasa kerak?
- Ha to`g`ri!
- Unda nima sabab? Mobodo... -dediyu to`xtadi ``Meni yoqtirib qolmadizmi?`` demoqchi edi. Ammo no o`rin gapirib qo`yishdan o`zini tiydi. - Onangizni tug`ulgan kunlar qachon? Qayerga, qay vaqtga boraman?