tungi.ru

Ko`zlarimning nuri O`ZING... (2-bet)

qay vaqtga boraman? -dedi.

- Uch kundan keyin, kechga yaqin uylarizdan o`zim olib ketaman. Siz bilan dugonamni!

- Ho`p roziman. - dedi Zafar va ketishga taraddutlandi.

- Zafar aka, mashinada uyizga oborib qo`yaman, agar istasez!

- Rostdana! Sizga ishonsan bo`ladimi? Yaxshi boshqara olasizmi?

- Albatta yaxshi boshqaraman. Hozir o`ziz baxo berasiz!

- Bo`pti bo`lmasa! -dedi Zafar mashina tomon yo`l izlar ekan.

Buni sezgan Zulfuzar tezda uni bilagidan ushlab mashina tomonga yo`naltirdi. Biroq Zafarni salgina jiddiylashganini sezib, dugonasini aytgan gaplari yodiga tushdi va tezda qo`llarini tortib oldi. Zafar eshikni topib, old o`rindiqqa joylashib oldi...

Zulfuzar mashinani atayin juda sekin haydadi, yo`l-yo`lakay Zafarga har xil savollar berib, u bila suxbaltashishga, ko`proq u bilan bo`lishga harakat qildi. Lekin masofa uzoq emas tezda yetib keldilar...

Ikkovlari ham bir vaqtda mashinadan tushdilar.

- Zulfuzar uyga kiring? -deb taklif qildi Zafar.

- Boshqa safar! -dedi istar istamas.

Zafar yana boshini sal yuqoriga ko`tardi va ko`ksini to`ldirib nafas oldi.

- Dugonayz manti pishiribdi, shunday taomni tashlab ketsayz keyin sizdan hafa bo`ladi!

Biroz hijolat bo`lsada taklifga zori bo`ldi. Har qalay uni yonida yana biroz birga hamsuxbat bo`lish imkonyatini bor.

Zafar xovliga kirgani hamoni singlisini chaqirdi.

- Labbay aka! -odatiy bo`lmagan chaqiruv! Singlisi uydan yugurib chiqdi.

- Qara mehmonga kimni olib keldim!

Dugonasini ko`rib biroz hayron bo`lgan bo`lsada, uni qarshilab kutib oldi.

- Singlim qanday taom pishirding?

- Manti!

- Manti? -dedi Zulfuzar hayratini yashirmay. - Ko`chada turib bilib oldizmi?

Zafar xoxolab kulib yubordi.

- Erta tong o`zim singlimdan shu tamomni pishirib berishini so`ragan edim! -dedi.

Zulfuzarga Zafar qilayotgan hazillari juda xush yoqdi. Bu ko`ngli ochiq xushchaqchaq ekanidan darak.

- Keling qizim! -dedi ostonada paydo bo`lgan Nazira xola, Zafar va Umidani onasi.

Zulfuzar bu yuzidan nur yog`ilib turgan ayolni ko`rgach, negadur huddi kelinchaklarday uyalib, qizarib ketdi.

Yaxshi niyat balki taqdir...

Birgalashib ovqatlanishdi, Zulfuzar hech qachon bunchayib hush kayfiyatda ovqatlanmagan edi. Ularni uyida nonushta juda erta yeyilgani uchun bir o`z nonushta qilardi. Abetda esa faqatgina xizmatkor ayol bo`lgan. Kechki ovqat paytida esa ish haqida gaplashiladi, yoki muamolar hal qilinadi. Bu yerdachi, bag`ri keng mehribon ona, ko`z nuridan mahrum bo`lganiga qaraman hammaga quvonch ulashib kuldirayotgan aka va qo`llari judayam shirin singil. Zulfuzar bu insonlar bilan bir umir qolgisi kelib ketdi. Ammo o`z minorasiga qaytishi, yana asiraga aylanishi kerak. Faqatgina unga birgina narsa taskin beradi. U ertaga yana yoqtirgan insonini ko`rishi mumkun...

Zulfuzar qolgan kunlari ham maktab oldiga kelishni kanda qilmadi.

* * * * *

Kechki vaqt Zulfuzarni ota onasi kunduzgi tug`ulgan kunning ziyofatidan so`ng charchog`ini chiqarib o`tirishgandi. Birdan og`zi qulog`ida bo`lgan Zulfuzar xonaga kirib keldi.

- Oyijon tug`ulgan kuniz bilan, - u eshik tomonga ovoz qildi. - Kelaviring...

Birin birin salom berib xonaga Zafar va Umida kirib keldilar. Zulfizarni otasiham onasiham, avvaliga hayrnsib qizlariga qaradilar so`ngra mensimaygina alik oldilar. Zulfuzar tezda ularni ota onasiga tanishtirdi.

- Qizim tilidan qo`ymaydigan dugonasi siz ekanda? -dedi onasi kesatkan bo`ldi. Soddagina Umida kosa tagida nim kosa borligini sezmadi ham, shunchaki go`zal tabassumi bilan jilmayib qo`ydi.

- Nega qizim so`ngi kunlarda dutor olib ber deb qoldi desam... -dedi dadasi ham no o`rin iljayib.

Onasi esa Zulfuzarga qarab qoshlarini uchurib imo qildi, ``Ayt boshlayversin.`` deganday.

- Zafar aka boshlayvering! -dedi Zulfuzar.

Lekin Zafar huddi eshitmaganday qimir etmadi. Uni bu xolati Zufizarni otasiga xush yoqmadi, o`rnidan biroz qo`zg`olib Zafar tomon o`qirayib qaradi. Zafar naqt bir daqiqa oshiq shu o`tirishda o`tirdi. So`ngra chuqur nafas olgach, dutorini avaylabgina qo`liga oldi. Astagina torlarni barmoqlari bilan siypaladi. Torlarni mayingina chertdi, avvaliga shunarsiz, xissiz boshlangan kuy, birdaniga hayolini olib qo`ydi. U shundayin mahorat bilan ishlardi, barmoqlari huddi kalibri qushuning qanotlari misol tebranar, dutor dastasi sidirgancha undan anvoyi saslarni siqib olayotganday. Xona uzra bohorning tongi yellari misol yoqimli kuy devorlarga urulib aks sado berardi. Huddi yuraklar tubida jaranglaganday, qalblarga, qoya toshlarni yemirib tashlagan dovul misol kirib kelardi. So`ng qalbni egallab olgan g`uborlarni g`azon barglarideb allaqayerlargadur uchirib yuborardi. Zulfuzarni otasini yelkalari bu ajoyib ohangga hamohang tebrana boshlagan edi. Ko`zlari yumulgan, hayollari esa allaqayerlargadur olib ketgan. Bolaligi o`tgan qishlog`loq ko`chalari. Pahsadevor uylar, o`sha osmon ostida joylashgan eski taxta so`ri, birgina ko`rpaga o`ranib tunda miltiragan yulduzlarga temulib orzularga berilgan ikki juft ko`zlar. Tepasida o`tirgacha ikki yetimni boshini silagan mehribon kanpir va ustumga ilinga eski radio. Radioda yangragan sexirli tanish kuy. Ohangga hamohang tebrangan, yilar zalvorini ko`targan yelkalar. U har chand urunmasin kampirni chehrasini eslay olmadi, eski qabirni esladi. Ohirgi marta qachon ziyorat qilganini eslashga urundi. Naqadar azob mehir bergan yaqinlarni eslay olmaslik. Bu kuy... Bu kuy atayin vijdonni urib, tepkilab qiynayotganday.

Ko`zlarini asta ochdi, borliqni unitib berilib kuy chalayotgan yigit, uning yonida akasini harakatlarini diqqat bilan kuzatib o`tirgan singil. Ko`z oldidan, turmushga chiqqanidan keyin qishloqda qolib ketgan o`z singlisini qiyofasi o`tdi. Ota onasidan qolgan yodgor. Boylik, mansab ketidan quvib singlisini esdan chiqargani yodiga tushdi. Ota onasidan keyin tarbiyalab shu darajaga yetishiga sababchi buvisini esladi...

Birdan o`pkasi to`lib, bo`g`ziga achchiq bir narsa tiqilganini sezdi. Ko`zyoshlarini arang tiyib turardi. Kuy tugab bo`lgan bo`lsada, bo`g`ziga tiqilgan achchiq tufaytli, bir necha sonya gapira olmadi.

- Qo`liz dard ko`rmasin o`g`lim! -dedi arang o`zini tutib.

Zafar ko`ksiga qo`lini qo`yib, ovoz kelgan tomonga qarab salgina bosh egib tazim qildi.

- Tug`ulgan kuniz bilan, qizingiz nomida shu kuyni arzimas sovg`a deb beling! -dedi taxminan tug`ulgan kun egasini o`tirgan joyiga qarab.

- Rahmat o`g`lim qo`llariz gul ekan, o`z ishingizni ustasi ekansiz. Bu bugun men olgan eng ajoyib sovg`a bo`ldi! -dedi Zulfuzarni onasi ham ajoyib mahtov bilan.

Bu maqtovlardan esa hammadan ham Zulfuzarni ko`nglini ko`tarib yubordi. Huddiki ota onasiga qallig`ini tanishtirgani olib kelganu, qallig`i ota onasiga juda yoqqan, qiz qiyofasida edi. Baxtiyorligidan o`ziga sig`may ketayotganday...

- Bu kuyni nomi... -dedi yigitni sanatiga qiziqish bildirgan ota.

- Bu kuy Farg`ona Tanovori...

- Ko`rinib turibdi, juda katta mehnat qilibsiz..!

- Ha...

- Iya dasturxonga qaraylik, qani o`g`lim, sizham qizim dasturxonga yaqinroq o`tiriylar! -dedi mezbon ekanligi yodiga tushib.

- Zafar aka, Umida dasturxonga yaqinroq o`tirilar. Men hozir choy damlab kelaman... - Zulfuzar choynakni ko`tarib oshxona ketdi.

Zulfuzarni bu harakatidan keyin ota onasi hayrat bilan qarab qoldi. Chunki hech qachon oshxonaga kirmaydigan qiz choy damlash uchun shoshib ketdi. Ota onasi yuzida tabassum bilan bu aka singillarga qarab qo`ydi. Qizlarini bunchalik o`zgarib ketishiga sababchi insonlarni asta savolga tutib suxbatlasha boshladilar.

Balki azbaroyi yordam berish hissi ko`ngilga kelgandur. Shu maqsaddami Zulfuzarni otasi Zafarni ko`zlari haqida so`radi.

- O`g`lim ko`zlarizga nima bo`lgan?

Bu savoldan keyin Zafar mahzun jilmaydida jim bo`lib qoldi. Akasini bu skunati singlisini tilga kirishiga majbur qildi.

- Besh yil avval, kuz oyi 20 nayabr edi. Qattiq beytob bo`lib qolgan edim. Kech tushgan, akam dorixonaga chiqqan edilar, o`sha kuni qalin tuman tushgan ekan. Chorrahada akamni mashina urib ketgan. Shundan keyin akami ko`zlari hiralashib, bir oy ichida umuman ko`rmay.... -dedi. Shu payt eshik oldida turgan Zulfuzarni qo`lidagi choynak yerga tushib ketdi. Hammali bey ehtiyor o`rnilaridan turib ketdilar. Zulfuzarni rangi o`chib ketgan, qo`llari qaltirardi. Hammalari uni qo`rqib ketdi deb o`ylashdi. Onasi Zulfuzari boshqa xonaga olib chiqib ketdi.

- Amaki endi biz qaytayli! -dedi Zafar qo`l soatini strelkalarini paypaslar ekan.

- Hozir o`g`limni chaqiraman, mashinada tashlab keladi.

- Yo`q bezovta qilmang taksida yetib olamiz!

Ular xayrlashib chiqib ketishdi.

Chamasi o`n daqiqalardan keyin xonaga Zulfuzar kirdi.

- Dada ular ketishdimi?

- Ha biroz bo`ldi!

- Dada...

- Ha qizim!

- ...! Zulfuzar bir nima deyishga har chand urunmasi tili aylanmasdi.

- Qizim qo`linda issiq choynak bo`lganida, ehtiyot bo`lib yurgin. Biror yering kuyib qolsa nima bo`ladi? -dedi, boyagi choynak voqeasini eslatib.

- Hop dada... -dedi xonadan chiqib ketayotib choynak tushgan joyga biroz termulib.

Hayolida esa birgina so`z, ``Ayibdorman!``.

Xonasida yotgancha o`sha kunni, 20 noyabrni, akasini mashinasi, tug`ulgan kunini taxlil qilardi. Hammasi o`sha chorrahadagi kishiga to`g`ri kelmoqda edi. Buni o`ylagani sayin ayibdorlik, sevgan insonini bir umurga ko`z nuridan ayirgan inson aslida o`zi ekanligi. Bu yuragiga azob berib, ko`zlarida yoshlar bo`lib oqardi. Bir necha kun vijdon azobida qiynalib yurdi. Nihoyat bu insonni dardiga sherik bo`lishga qaror qildi. Buning uchun Zafarga turmushga chiqishi kerak. Bu sevgidan ko`ra, ko`proq ayibdorlik hissi edi...

* * * * *

Har safargi vaqtda maktab oldiga keldi. Bu safar so`z ochishga jurati yetdi.

- Assalom a`laykum Zafar aka!

- Va`alaykum assalom. Yana kelibsizda?

- Keldim!

- Ochig`ini aytsam, sizni maqsadizni tushuna olmayabman! Men bir ko`zi ojiz bo`lsam. Menga yaqin yo`lagan qizlar, o`ziga jabir qiladi... -dedi. Zafar bu gapi bilan: yaxshi ko`rib qolgan bo`lsang, bu shashtingdan qayt, demoqchi edi.

Bu gapni mazmunini Zulfuzar aniq va rvshan tushundi. Ammo... Ammo yurakka buyrug` berib bo`larmidi. Unga termulib turib, negadur quchoqlab olgisi kelib ketdi. Hatto bir qadam oldinga tashlagan edi ham.

- Zulfuzar nega jim bo`lib qoldiz?

Bu savol Zulfuzarni bir siltab qo`yganday bo`ldi.

- Mashinaga o`tiring yo`lda tushuntirib beraman!

Mashinaga o`tirib biroz yurishdi.

- Zulfuzar.

- Labbay Zafar aka!

- Ko`zlarim ojizdir. Ammo qalbim unday emas. Ich - ichimdan sezib turibman!

- Meni kechiring! -dedi. Bu kchirim aslida mashinada turtib yuborgani uchun edi. Biroq buni izohlashga ojiz ekantligi uchun gapni o`zgartirdi. - Gapingizni bo`lganim uchun. Men sizdan dutor chalishni o`rganmoqchiman... -dedi.

- Boshqa ustoz topsayz...

- Siz bilan do`stlashmoqchiman. Kechring yana so`zizni oldim!

Zafar oynadan kirayotgan shabada yuzini tutib bundan huzurlandi. Shu tariqa ancha joyga kelguncha, indamay o`ylanib o`tirdi. Zulfuzar toqat bilan javobni kutardi. Ammo uyga yaqin kelib qolishgan edi, shunga Zafarni shoshitirdi.

- Zafar aka...

- Dudor chalishni mayli o`rgataman. Biroq do`stlik taklifi!

- Do`st bo`lishgaham arzimaymanmi?

- Arziysiz, arziysiz do`stim! -dedi Zafar bu qizni ko`nglini sindirishni istamay.

Zulfuzar esa maqsadi tomon birinchi qadamni tashlaganidan xursand.

Zulfuzar shu kundan boshlab, endi Zafarning oldiga ko`proq bo`lish imkonyatiga ega bo`lgandi. Bir og`iz gapi bilan dadasi dutor olib berdi. Avvaliga bu ishlarni shunchaki Zafarni oldida bo`lish uchun qilayotgan edi.

Zafar esa shogirtlari qatori, gohida tanbeh berib, gohida shirin gapirib sabir toqat bilan o`rgatar edi. Bu o`z mevasini bera boshladi. Bir necha kunda, Zulfuzar oz bo`lsada kuy chalishni o`rgandi. Kunlar shu zaylda o`tib borardi. Endi bir-birlariga bog`lanib qolishgan edi...

Har doyimgiday mashinada uyga qaytayotgan edilar.

- Zafar aka, sizdan bir gap so`rasam maylimi?

- Ha gapiring!

- Sevgan qizingiz bo`lganmi?

Zafar kuldi, javob berishga shoshmay.

- Savolim yoqmadimi?

- Yo`q nega, shunchaki uni o`ylayabman!

Zulfuzarni yuragi uvishib, nafasi siqilganday bo`ldi. Bu rashk hissi bo`lsa kerak!

- Kim o`zi u? Chiroyi qiz edimi? Unga nima bo`lgan?

- U oddiy qiz. Juda go`zal!

Bu tarif Zulfuzarga uncha yoqmadi, shuni uchun mashinani bir silkitib tezligini oshirdi.

- Unga nima bo`lgan? -so`rab qoshlarini chimirib.

- Ota - onasi ko`rga berishni istashmagan!

Bu javob Zulfuzarni hursand qildi, labida tabassum paydo bo`ldi. Bermagani yaxshi bo`libdida deb hayolidan o`tqazdi. Asta ko`z qirini Zafar tomonga tashladi. Endi uni boyagi kulub turgan yuz qiyofasidan asar qolmagan, o`rnini esa tushkunlik egallab olgandi.

Nega hursand bo`lyabsan? Ahir bu insonni ko`p narsasidan mahrum qilgan o`zing-ku!

Bu vijdonning savoli edi.

Tor ko`chga yaqinlashar chog`i tezlikni biroz pastlatdi.

- Agar biror qiz sizga tegaman desa uylangan bo`larmidiz?

- Uyga yaqin qoldikmi? -dedi Zafar javob berishdan qochib.

- Ha mana ko`chayzni boshiga yetdik!

- Unda to`xtating!

- O`zim olib borib qo`yman.

- Mashinada yuraversam yo`lni unutib qo`yaman!

Zulfuzar mashina chetga olib to`xtatdi.

Zafar bir qo`liga g`ilfdagi dutorini, ikkinchisiga yeg`ma cho`pini olib mashinadan tushdi.

- Hayr Zulfuzar!

- Hayr Zafar aka ertagacha! -dedi.

Iyagini rulga tiragancha Zafarni ortidan kuzatib o`tirar, ich ichidan ezilardi.

O`zini uni o`rniga qo`yib ko`rdi. Savollari qalbini tirnab, qanchalik azoblagani haqida o`yladi.

Ko`zyoshlari labiga tomganida, yig`layotganini sezdi.

``Eey hudo, agar iloji bo`lganda ko`zlarimni berardim...`` deb shivirladi.

Uyga qaytgach ko`p o`yladi.

Sevishimni qanday bildiray?

To`g`ri tushunarmikin?

Meni sevmasachi?

Adog`i yo`q savollar!

Sevganini ota onasi bermagan bo`lsa, meni ota onam berarmidi?

Ularni qanday ko`ndiraman?

Hech qachon buni to`g`i tushunishmaydi!

Faqat birgina yo`l birgina...

* * * * *

Bugun boshqacha kun! Zulfuzar bu kun uchun uzoq tayorlandi. Xammasini hissobga olgan vaqt, muhit, o`z ruhiyati. Shunday bo`lsada halittan xayajonda. Oyna qarshisida turgancha o`ziga oro berardi.

Ko`zlariga surma surdi, qosh kipriklariga ishlov berdi, lablarini alvon ranga bo`yadi. Sochlarini turmaklab, egniga chiroyli ko`ylagini kiydi. So`ng suyuklisiga tanish bo`lgan atirini sepib oldi...

Bir necha soatli mashg`ulotni tugatib chiqishdi. Har galgiday mashinaga o`tirishdi. Ammo bu safar mashina boshqa tomonga yurdi. Zafar buni yarim yo`lga borganida tushundi.

- Zulfuzar odatdagidan tez va uzoq yurdik. Meni qayoqqa olib ketyabsiz?

- Uyimga!

- To`xtating mashinani qaytaring! -dedi Zafar qatiy ohangda.

- Sizga surpirizim bor edi! - dedi rejalari puchga chiqqanini fahimlagan Zulfuzar. - Avval mendan so`rashiz kerak edi!

- Kechiring... Surpiriz qilmoqchi edim, xafa qilmoqchi emasdim!

- Hafa bo`lmadim. Shunchaki qizbolani uyiga borish noqulay!

- Uyda hechkim yuq, hammalari ishda!

- Mayli unda tezda qaytamiz!

Zafar rozi bo`lgani Zulfuzarni ko`nglini biroz tinchlantirdi. Lekin oldinda bo`ladigan ishni o`ylasa, halittan oyoqlari qaltirab, xayajon bosardi.

Uyga yetib kelishdi, mashinani to`g`iri xovliga olib kirdi.

- Zafar aka qo`lizdan ushlab olsam maylimi?

- Nega?

- Hozir zinadan ikkinchi qavatga ko`tarilamiz!

Yetaklab yurishlarini uncha hush ko`rmasada, qo`lini uzatdi. Huddi qochib ketadiganday, Zulfuzar uni qo`lidan mahkam ushlab oldi.

- Uyimiz ikki qavatli. Meni xonalarim ikkinchi qavatda. Xonamda hamma narsa bor, katta telvizirdan tortib, kanpuytergach. Devorlarda sanatkorlarni rasmlari bor. Yumshoq o`yinchoqlar juda ko`p! Uchala xonam ham juda chiroyli!

- Yaxshi ekanda... - Zafar: voy maqtanchog`ey! deganday labini bir chetini uchirib qo`ydi.

- Marhamat mana-bu yerga o`tiring!

Zafar o`tirgani hamoni, bu yotoq devoni ekanligini fahmladi. Asta jilmayib, boshini qimirlatib pichirladi: ahmoq qiz o`g`ilbolani ham yotoqxonaga olib kiradimi?

- Bir nima dedizmi? -dedi salgina eshitganini anglay olmay.

- Xonangiz shinam bo`lsa kerak dedim?

- Ha juda shinam... Birornima yeysizmi?

- Yo`q hechnima yemayman!

- Biror ichimlik icharsiz, sharbat?

- Mayli yo`q demasdim...

Zulfuzar chiqib ikkita stakanda muzdak sharbat quyib keldi.

Shundan so`ng oraga skunat cho`mdi. Zafar sharbatni xo`plar ekan, aytgan surprizi nima? Nega bu xonaga olib kirganini izohlashini kutardi.

Zulfuzar esa hozir bo`ladigan ish uchun o`zini ruhan tayorlardi...

Skunat ancha cho`zilib ketdi. Zulfuzar shuni anglab asta o`rnidan qo`zg`oldi.

- Zafar aka sizga shu ohirgi ikki oy ichida eng ko`p eshitgan qo`shig`imni qo`yib beraymi?

- Mayli qo`yaqoling!

- Bu qo`shiqni eshitsam, doyim ko`zimga yosh qalqadi, -dedi avvaldan tayorlab qo`ygan markazni pultini olar ekan. - Diqqat bilan eshiting!

Asta musiqa yangray boshladi.

Hayolan har kechda sizga boradi,

Sochingiz taraydi qo`llari yolg`iz.

Asli yolg`izlikning yolg`izdir yori,

Sevgisini sizga aytolmagan qiz.

Dardlarini tinglab tebranar rahyon,

Iforini mast qilgan shamoli hayron.

O`jar ko`ngil bir yon, vujudi bir yon,

Sevgisini sizga aytolmagan qiz...

Sizga baxtlar tutgay uning dil ko`shki,

Saratonda zavqin ilingan ashki,

Jilovlab yashaydi dil uqmas rashkin,

Sevgisini sizga aytolmagan qiz...

Atamaslar uni badavlat malak,

Davlati yo`q axir ko`nglidan bo`lak.

Hatto tushingizga kirmasa kerak,

Sevgisini sizga aytolmagan qiz...

Dil rozini o`zi so`zmi bir og`iz,

Shuni ayttirmaydi g`urur yalmog`iz.

Sizning hotir bilan yashaydi yolg`iz,

Sevgisini sizga aytolmagan qiz...

Hayolan har kechda sizga boradi,

Sochingiz taraydi qo`llari yolg`iz.

Asli yolg`izlikning yolg`izdir yori,

Sevgisini sizga aytolmagan qiz.

Qo`shiq tugaganidan keyinham biroz skunat davom etdi.

- Zulfuzar bu qo`shiq? -nihoyat Zafar so`z ochdi.

- Ha o`ylaganizday!

- O`ziz do`stlikni taklif qilgandiz...

- Yigit qiz bir-biri bilan do`st bo`la olmaydi. Ularni birini qalbida albatta muhabbat bo`ladi! - asta Zafarni yoniga o`tirdi. - Meni hunik qiz deb o`ylayabsizmi? -Zafarni bilaklaridan ushlab barmoqllarini yuziga qo`ydi.

- Yo`q sizni hunuk deb o`ylamadim. Menga chiroy muhum emas! -deb qo`llarini tortib oldi.

- Hech bo`lmasa qiyofami bilib oling! -Zulfuzar yana barmoqlarni yuziga qo`ydi.

Zafar asta barmog`larini yuzlari uzra yurg`aza boshladi. Qoshlari, ko`zlari, yanoqlari barmoqlari lablari ustida asta sidirlar ekan, Zulfuzar asta entikib ko`zlarini yumdi. Badaning turli yerlarida titroq paydo bo`ldi.

- Siz ajoyib qizsiz Zulfuzar!

- Unda meni?

- Allaqachon yoqtirib qolganman... - Zafar bu so`zni aytdiyu, lablarida bir lahzalik o`pichni his qildi. Bu o`pich uni qalbidagi bir kemtikni to`lgandek edi.

Zulfuzar ehtiros og`ushida, butun hayajonini jilovlashga urunar ekan, qo`llarini Zafarning mayin qora sochlari tomon uzatdi, sochlar oralab o`tgan qo`llarini uning bo`yniga tushib asta quchoqladi. Zafar ham bu ajib hissiyot og`ishida, Zulfuzarni nozik bellaridan quchdi. Avvaliga sezgak tortdi, asta qo`llarini pastroqqa tushurar ekan, Zulfuzarni bir siltab o`zidan nariga itardi.

- Egningda kiyiming yo`qmi?

Zulfuzar asta yutunib olgach:

- Yo`q! -deb shivirladi.

- Qachondan beri shunday o`tiribsan?

Zafar o`rnidan turib ketdi. G`azab bilan kuldi:

- Ko`zlarim ko`rligini bila turib ustimdan kulyabsanmi?

- Zafar aka meni tushunmadiz!

- Yo`qol yaqinlashma, alvasti! - Zafar devan ustini paypaslab, qo`ygan cho`pini oldiyu xonadan chiqib ketdi.

Zulfuzar esa tizzalarini quchoqlagancha o`tirar edi. Hammasi yaxshi ketayotgan edi. Boya musiqa yangrayotganda uyatni chetga surib kiyimlarini yechgandi. Ota onasini chorasiz qoldirib, Zafarga turmushga chiqishi uchun o`rtaga nomusini tikkandi. Zafarni bu yo`lni tutishini hissobga olmagan, bu bilan qattiq adashganini endi tushangandi. Yana javobsiz savollar girdobida qolgandi:

Men haqimda nima deb o`ylaydi endi?

Barchasi tomom bo`ldimi?

Endi u siz qanday yashayman!

Birdan o`rnidan sakrab turdi:

U qayoqqa ketdi, ahir yo`lni bilmaydiku!

Uydan o`qday otilib ko`chaga chiqdi. Atrofga alanglab uni izlardi. Nihoyat ko`zlari 200 metrlar narida

Boshqa hikoyalar