tungi.ru

Ko`zlarimning nuri O`ZING... (3-bet)

200 metrlar narida ketayotgan Zafarga tushdi. Qadamini tezlatib uni ortidan kuzatdi. No tanish yo`llar bir necha bor qoqilib, turtinib yo`l topishga urunardi. Yaxshi odamlar ko`p, bir yo`lovchi ayol uni bekatga olib borib aftobusga chiqarib yubordi. Ammo... Ammo bu aftobus umuman boshqa yo`nalishda-ku. Yugurgani bilan yeta olmasligini tushunib, ortiga uyga yugurdi. Mashinasini haydab aftobusni ortidan tushishga urungandi. Biroq aftobusni ko`zdan qochordi. Bir necha soat aftobus yo`nalishi bo`yicha yurib Zafarni izlardi. Ammo u hech bir bekatda tushmagan. Bu esa Zulfuzarni ko`ngliga har xil g`ulg`ulalarni solar, u biror korholga uchirashidan juda qo`rqardi. O`ylab o`ylab, Zafarni uyiga borishga qaror qildi. Ko`chasi boshida mashinada o`tirgancha, tinmay xudodan yig`lab so`rardi: Tangrim Zafar akamni oman saqla! deb nola qilardi.

Niohay bir necha soatdan so`ng yonida o`tib ketayotgan taksi ichidaga Zafarga ko`zi tushdi. Zafar mashinadan tushib eson omon uyiga kirib ketganini ko`rgach ho`ngrab yig`lab yubordi. Ko`zidan oqqan yoshlar, surmasini yuvib yuzini qoraga bo`yagandi.

Bu Zafar akamni oldida yuzing qora bo`lganidan darakmi? deb o`yladi. Chalkash o`y hayollarda o`sha yerda o`tirib kunni kech qilib ortiga qaytdi. Uyga kelganida onasi va akasini ishdan qaytganini ko`rdi.

- Uyga mehmon kelibdi? -dedi onasi ko`rgani hamoni.

- Salom, oyi! -der ekan hizmatkor ayolga g`azab bilan termulib shivirladi. - Sotqin!

- Uyga qanday mehmon keldi? - onasi savolini takrorladi.

- Oyi meni kimga uzatasiz?

Onasi bir labini bujmaytirdida:

- O`zimizga munosib joyga!

- Meni ko`nglim bilan hisoblashmaysizmi?

- Albatta hisoblashamiz!

- Ko`zi ojiz yigitni yoqtirib qoldim desamchi?

- Gapirma ikki dunyo bir bo`lsa ham!

- Majbur bo`lsangizchi? Shundan boshqa ilojingiz qolmagan bo`lsachi?

- Ahmoq nima qilding! -dedi tutaqib ketgan onasi ikki, uch bor tarsaki urib. - O`sha ko`r bilan bizni sharmanda qildingmi?

Narigi xonada xamma gapni eshitgan akasi xonga kirib keldi.

- Zulfi agar sanga qo`lini tekkazgan bo`lsa, o`ldiraman! Avval u ko`rni, keyin seni...

- Oyi yomon hayolga bormang! Zafar akam siz o`ylagan insonlardan emas!

- O`chir o`sha ko`rni ismini ham tilinga olma! - onasi jirkib berdi.

- Uning ko`r bo`lib qolishida men aybdorman!

- Nimalar deb valdirayabsam esingni yedingmi?

- 2008 yili tug`ulgan kunimni kafeda nishonladim. Kech qolib ketganim uchun akam olib kelgani borgan edilar. Akamga iltimos qilib, rulga men o`tirdim. Keyin bilmay chorrahadan o`tayotgan yigitni urub yubordik. O`sha Zafar aka ekan!

- Yo`q aldayabsan?

- Ishonmasangiz akamdan so`rang oyi! -dedi.

Onasi og`liga qaradi, u ham qizini gapini maqullab bosh egib turardi.

- Voy sho`rim... -onasi ham boshini ushladi. - O`sha ko`r biladimi buni?

- Yo`q!

- Ha, ana hammasi joyida, yopiqli qozon yopiqligicha qolgani yaxshi. O`zlaringni qiynamalaring. Hudo unga shuni ravo ko`rgan u ko`rga!

Bu gapdan keyin Zulfuzar qichqirdi, onasi har gapida ``U ko`r, o`sha ko`r!`` deyayotganiga chiday olmay qichqirdi.

- Uning ismi Zafar, ko`r demang, - bu ham kamlik qilganday, stol ustidagi guldonni devorga urib parchalab tashladi. - Uni ko`r demang! -deb baqirib uydan yugurib chiqib mashinasini haydab ketdi...

Umida erta tongda supirgisini ko`tarib, ko`chani supirgani chiqgandi. Eshig oldidagi mashinani ko`rib xayron bo`ldi. Mashina ichida Zulfuzar uxlab yotardi.

Umida sekin oynani taqqillatib uni uyg`otdi.

- Zulfuzar qachon kelding?

- Boya... Zafar aka uydalarmi, men gaplashib olishim kerak?

- Yuraqo uyga! -Umida dugonasini akasini xonasiga boshlab kirdi. - Aka Zulfuzar keldi!

- Ayt ketsin!

- Zafar aka meni kechiring. Sizga aytadigan gapim bor iltimos! - Zulfuzarni ko`zlariga yosh quyuldi. - Men aybdordom!

- Tinchlikmi qizim nega yig`layabsan? - xonga Zafarning onasi kirib keldi.

Zulfuzar boshini egib olgancha bor gapni ayta boshladi:

- Men ayiborman! O`g`lingizni ko`zlari ojiz bo`lib qolishiga men sababchiman. O`sha kuni akam ikkimiz edik. Birinchi marta rulga o`tirgandim. Tezlikni oshirvorib chorrahadan o`tayotgan Zafar akani ko`rmay qoldim, - Zulfuzar bir ikki hiqqillab nafasini rostlab oldi. - O`sha qora mashinani rulida men edim. Turtub yuborganimdan keyin bir nech o`n metr narida to`xtadik. Zafar aka biroz muddat cho`kkalab o`tirdilar, so`ng o`rnilaridan turib ketdilar. Shundan keyin bir qo`rqib qochib ketdik! -dedi. Zafar hayolan o`sha kunga qaytganday bo`ldi. Hammasi Zulfuzar aytganday bo`lgan.

Zulfuzar xozir achchiq-achchiq haqoratlar, qarg`ish, zo`r kelsa kaltak yeyishga ham tayyor edi.

Ammo... Zoyirning onasi asta Zulfuzarni boshini siladi. Boshini ko`targanda esa ko`z yoshlarini artib qo`ydi.

- Qizim bunda o`zingni ayblama. Bu taqdiru azal. Qalbi pok qiz ekan, hamma ham buni tan olishga jurat eta olmaydi!

Zoyir kuldi.

- Zulfuzar onam to`g`ri aytyabdilar. Bu taqdir, har kimni taqdiri o`z peshonasiga bitilgan, -u yana kuldi. - Buni uchun hech qanday SURPRIZNI keragi yo`q. Sandan hafa emasman, insonni qalbiday fikri ham toza bo`lishi kerak tushundingmi xatoyingni?

- Ha...

- Endi uyinga boraqo! -dedi Zafar.

Zulfuzar mashinasini oldiga chiqqar ekan, o`zini kuzatib chiqqan dugonasiga hijolat bo`lib qaradi.

- Umida mendan nafratlanayotgandursan?

- Yo`q sendan hafa emasman. O`zing eshitdingku, bu taqdir. Aydor izlamoqchi bo`lsak bunda hammamiz aybormiz! Agar men betob bo`lmagan, onam kech bo`lganda ruhsat berishmaganda, akam chorrahadan shoshib o`tmaganlarida bu ish bo`lmasdi! -dedi dugonasini bilaklaridan ohista ushlab. - Zulfuzar xozir hayjondasan, yuzingdan ko`rib turibman. Mashinangni ehtiyot bo`lib hayda. Uyga yetib borganingda qo`l telifonimga qo`ngiroq qilgin. Bo`lmasa hovotir olib o`tiraman ho`pmi dugonajon?

Zulfuzar. Shuncha gaplardan keyinham nafratlanmay, aksincha qayg`urayotgan dugonanasini qattiq quchoqlab oldi. Hayolida birgina savol: bular insonmi yo farishta?

Uyiga yetib kelganida ko`zlari g`azabga to`lgan onasi qarshi oldi.

- Tuni bilan qayoqda eding? -baqirib so`roqqa tutdi.

- Baqirma, hammaga jar solib, - dadasi onasini tinchlantirdi. - Beri kel qizm!

Zulfuzar piqqilab yig`lay boshladi.

- Oyingni aytganlari to`g`rimi? Rostdanham uni sen urib yuborganmisan?

- Ha dada... Kechiring! -dedi o`zini yig`idan tiyolmay.

- Ha ona qizima-aaa. Ona qizim nimalar qilding! - dadasi Zulfizarni yupatish uchun bag`riga boshib boshini silardi. Zulfuzar esa dadasi ko`ksiga boshini qo`yib ho`ngrab yig`lardi...

ORADAN IKKI YIL O`TDI.

Zulfuzar dadasi qarshisida ko`zyosh to`kib turardi.

Biroq bugun Zulfuzar oppoq libosda, yuzlab mehmonlar qarshisida. Ddadasi ham ko`zyoshlarini yashirmay Zulfuzarga oq-fotixa berar ekan shu so`zlarni qo`shib qo`ydi.

ONA QIZIM, SEN KATTA HAYOTGA QADAM QO`YYABSAN. SENI MASULYATING IKKI KARRA KO`PROQ. SABRU TOQATLI BO`L, TURMUSH O`RTOG`INGNI KO`ZLARIGA NUR BO`L...

Tamom.

Muallif: -MAJNUN-

Kollejda o`qib yurgan paytlarim edi. Birinchi qor yoqgan. Mashinadan tushib kellej tomon yurdim, mandan oldinda bir qiz ketardi. Kollej eshigi oldi uchta paralelimizdagi bolalar. Qo`llarida bir to`pdan qor, mandan biroz narida ketayotgan qizga otmoqchi. Qiz ham shuni sezib qadamini sekinlatdi. Uzi ko`nglim sez bollarni niyatini. Ular qizni yuziga qor ishqalashmoqchi. Aslida qor ishqash boxonada qizni u yer bu yerlarini ushlab oladi.

- Otmalarin! -dedim qadamimni tezlatib qizdan oldinga o`tib, ular bilan salomlashib so`rashdim. Bu paytda qiz o`tib ketvoldi.

Bir necha kundan keyin yo`lakda to`qnash kelib qoldi. Salom berib o`tib ketdi. Shundan keyin ko`rishib qolganda salom-alik qilib yurdik. Keyinchali biroz biroz suxbatlashadigan bo`ldik. Shundoq bilinib turardi judayam odobli, hushfel qizligi. Subatlarni birida qayerdan ekanini so`raganim, akasi tanish bo`lib chiqdi. Qishloqlar aro futbol chenpionatlari paytida tanishgan edim. Akasi otti qashqasiday tanilgan alkash, sovuqroq bola. Keyinchalik bir voqea bo`ldi. O`sha alkash ichvolib mahallasiga qiz olib ketgani kelgan kuyov navrarlar ustiga shebyonka (maydalangan tosh) otgan. Qirrali toshlardan bir kiyovni jo`ralaridan birini chap ko`ziga sanchilib qolgan. Oqibatda ko`z oqib tushgan. U bola ham begona emas, holamni qaynisini o`g`li. Ancha to`palon, sudra-sudra bo`ldi. Bir ko`ziga pratez qo`ydirdi. O`sha paytda uni ham to`yi yaqin edi. Bir ko`zli bo`lib qolganidan keyin kelin tomon aynib to`yni qaytardi. Alamidan ular yana bular tomonga hujumga o`tti. Ohir oqibat akasini kasriga u qiz qoldi...

Holamlarnikiga ko`p borganim uchun, u bolani yaxshigina tanir edim. Takasaltang, qo`rs, to`pori bola edi. Qizga judayam ichim achigan edi, ularni turmushi uzoqqa cho`zilmaydi deb o`ylagan edim...

Ro`za oyini o`rtalarida pochcham iftorlikka aytib ketdilar. Dadam ikkimiz bordik.

Holam kelinlarini bizni mahalladan olganlar, eng yaqin o`rtog`imni opasi. Bolaligimdan ularnikida o`ynab katta bo`lganman. Opa ukaday bo`lib qolganmiz. Hovlidan kirganimizdan keyin oxshxonada turib kelnoyim chaqirdi. Opa deb murojat qilaman. Borib salomlasdim.

- Mandan nima yordam kerek opa?

- Bakni tagiga o`t yoqib choy damlab turing! -dedilar. Opam bilan gaplashib osh damlayotgan edik. Oshxonaga tog`arachada somsa ko`tarib kirgan ayol, man bilan quyuq salom berib, hol ahvol so`ray boshladi. Avvaliga uni hecham tanimabman, u juda o`zgarib ketibdi...

Bilmadim ayol bunchali o`zgarishi uchun eri qanchalik ulkam baxt bera olishi kerak. Baxtdan ko`zlari porlab turardi...

U ketganidan keyin qiziqib opamdan so`radim.

- Opa bularni turmush qurishi juda mojoro bilan boshlangan edi, esizda bo`lsa? -dedim.

Opami so`zlarini eshitib juda quvondim. Er-xotin bir-birini nihoyatta ehtiyot qilar ekan. Dehqonchilik ortidan ishlari yurishib, xozirda eng baxtli oylalardan bir ekan. Yana juda ko`p maqtovlarni aytib o`tishdi. Juda xursand bo`ldim...

Shundan keyin ularni hayotiga o`xshash birorta hikoya yozishni ko`nglimga tugub qo`ygandim. Yoza boshlaganimda yuqoridagi hikoyadaqa, faq unda qizni ko`zlari ojiz yigit boy oyla farzandi edi. Ammo saytni talabiga javob berishi uchun ular o`rtasida aloqa bo`lishi lozim edi. Hatto 4000 ming belgidan oshiqroq qoralama ham qilgandim. Biroq ojiz qizni nomusinga tegish varyantini hazim qila olmadim. Shundan keyin ularni o`rnini alishtirdim. Bog`liklik bo`lishi uchun, Umida obrizini kiritdim...

Ammo lekin ohiriga yetganda rejalarimni o`zgartirdim. Rejalarimga ko`ra ular ehtirosga berilib xota yo`l qo`yishlari kerak edi. Bu holda hikoyam boshi ber ko`chaga kirib qoldi...

Keyin yakuni o`zgartirdim o`zimgaham shu yakun maqulroq ko`rindi. Har ne bo`lganda ham har bir qiz o`z nonusi, iffatini bilan turmushga chiqqani. Har bir o`zbek yigitiga hayoli, iffatli qiz nasib etgani yaxshi emasmi?

Hurmat bilan MAJNUN...

Boshqa hikoyalar