tungi.ru

Asira 2 (kamolov) (2-bet)

Lattachaynar.-Qani, do‘ndiqcha, bizga ham ishlatib ko‘r-chi hunaringni, -dedi Rashid ortiga qaytib. Men Baxtiyorga qaradim. U bosh chayqadi. Indamay turaverdim. Pichoqni qo‘limdan oldi:

-Shunday qilamanki, akajon deb o‘zing oyog‘imga yiqilasan. Baxtiyor, buni payogini uz. Menga gala tekinxo‘r kerak emas. Ochlik azobini totib ko‘rsin. Rashid chiqib ketdi. Bir balodan qutulganimga shukur qildim. Uning shovqini tashqariga ko‘chdi. "SHefga ataganmish. Sen banditlarda vijdon, lafz degan narsa bormi? Bir-biringni g‘ajishga tayyorsanlar. Pichog‘imni olib ketmasang, baringni bitta-bitta tinchitardim. Jahl ustida yana mashq qila boshladim. Oyoqlarim bilan devorlarni tepdim. Shunda pastki yoki yuqorigi qavatdan norozi ovoz eshitildi. Demak, qo‘shnilar bor. Bor kuchim bilan derazaga qo‘yilgan fanerni tepgandim, uning orqasidan oyna, yana panjara qo‘yilgan ekan, faner yorilib ketdi. Derazaning ikki ko‘zi sindi. Panjaraga borib urilgan oyog‘imni yerga bosolmay qoldim. Og‘riqda ingrab yubordim.

Davomi bor...

O‘xshash hikoyalar