TELEFON... Ikkinchi qism (Tanlovga)
TELEFON
Ikkinchi qism...
Hayotimda birinchi uchragan men sevgan inson, meni aldagan bo`lsa. Meni o`ziga halollab olganini qo`lida ho`rladim. Shular sabab uzoq yillar hamma erkak ``Bir go`r!`` degan fikrda ulardan nafratlanib yashadim. Biroq ayol qancha ko`p nafratlansin faqat, o`zigagina jabir qilar ekan! Men shu yellar davomida, nechog`lik xato yo`ldan yurganimni yaxshigina anglab yetdim. Erkaksiz yashash, balki jisming, hatto ruhingga ham azob berar ekan!!!
Mana umrim o`tib bormoqda, uch oydan so`ng 29 yoshni qarshi olaman. Besh yil aytishgagina onson! Shu yillar davomida yolg`izlikda tunlarni qanday o`tqazganim, ollohim va o`zimga ayon.
Himoyasiz yolg`iz ayolga uchragan balo yopishaverar ekan. Erkaklardan o`zimni qanchayin olib qochsam, ular menga shunchayin ko`p intilaverishar edi. Oqibatda esa ayibsiz aybdor bo`lib ko`pgina malomatlarga qolib ketardim...
Eslasam bazan qo`rqib ketaman! Ee-ha, qarshimdan ko`pgina erkaklarga chiqdi. Bazilar ermakka gap otib, kezi kelganda ortingdan g`iybat qiladi. Boshqasi ochiqcha puliga jismimni sotib olmoqchi bo`ladi. Mayli ularki boshqa, lekin hali uylanman, ko`nglida xar-hil niyati bor qancha-qancha yigitlarning ortimdan yurishichi?! Yashirmayman hali hamon izimni poylaganlar bisyor. Bir toyifasi husnimga uchub kayfu-safo ilinjida ko`ngil ovlashga urinishsalar! Boshqa birovi, ensamni qotirib oyla qurish, birga yashashni taklif qilib, og`iz solishadi!
Biroq erkakning ozorlaridan bu ko`nglim shunchalar bezgan ekanmi, qalbim hech birga ro`yhushlik bermadi...
Ammo: ``Telegaram``
Hayotimda Telegiram alalmish bir g`urbat paydo bo`lgach, men bu vertual olamda o`zim istagan qiyofoda yashay olishim mumkunligini tushundim. Shunday qilib Telegiramda 18 yoshli, hayotidan baxtli, har narsaga qiziquvchan, sho`x-shaddod qizaloq ``Guli`` qiyofasini o`zim uchun kashf etib oldim. Virtual bo`lsada faqatgina shu olamda, shu yo`l bilangina yigitlar bilan yaqindan munosabat o`rnata olar ekanman... Shunday ham bo`ldi, men qisqa fursat ichida bu olamga shu qadar sho`ng`ib ketdimki, endi tezroq tun kirib kelishini, tezroq Telegiramga kirib, ko`pgina shahvatparas oshiqlarim bilan uzoqdan-uzoq ehtirosli yozishmalar, hirsiga qul kimsalar orasida, qo`pol qilib aytganda ovunchoq bo`lishimni o`zim istab kutadigan bo`lib qoldim...
Holijonimga qo`ymayotgan oshiqlarim bilan mudom aloqada bo`lmasdim. Imkon qadar ularni yangilab turishga harakat qilardim. Biroq yozayotganlar orasida Umid Jamilov isimdagi yigit juda o`zgacha ekan. Fikrlashidan yosh ekanligini bilsamda, e`tiborimni tortish uchun holi jonimga qo`ymasdi. Bora-bora qalbi ehtirosdan olov bo`lib yonayotgan yosh oshig`imga e`tibor qaratdim. Ikki, uch oqshom faqat u bilangina bo`layotgan ishqiy, tabir joyiz bo`lsa vertuvalni shahvoniy suhbatlarimizdan so`ng, telfon raqamimni so`ray boshladi.
So`rayvergach faqatgina bir shart bilan - menga oqoshomdan so`ngina qo`ng`iroq qilish sharti bilan raqamimni berdim. Shunday qilib Telegiramdagi yozishmalar, telefondagi suhbatlarga almashdi.
Tundagi uzoqdan-uzoq, bazan tong otgunga qadar davom etayotgan suhbatlar! Oshig`imning menga bo`layotgan e`tibori, shirindan-shakar so`zlariyu ``Gulim, jonim!`` deya erlakashlari. Mening ongimni, o`y-hayollarimni toboro o`ziga bandi qolib borar edi. Telefondan uning ovozi eshitildi deguncha yuragim allanechuk tipirchilab, beihtiyor o`zim tasavurimda yaratgan 18 yoshli qizaloqqa aylanib qolganimni sezmay qolardim...
* * *
Ishxonada oddiy bir xodim bo`lib ishlayman. Kaliktivimiz inoq, chunki barchalari ayollar. Bir necha yildirki Yangi Yilga 6, 7 kun qolganda, kichikroq dasturxon yozib avvalroq nishonlashni odat qilib olgan edik. Bu safar esa qizlarning taklifi bilan Restaranga ko`chirdik...
Erkalik qilb siprtli ichimliklardan tatib ko`rgandik. Shuni uchun uyga biroz sarhush qaytdim. Issiq dushga tuchib chiqgach, boshim aylanib o`zimni nohush his eta boshladim. Bir dona ``ASPIRIN`` ichib to`shagimga yotdim, shu bilan ko`zim ilinibdi...
* * * * *
ASQAR:
- Galeriyaga kirdimu, og`zim ochib qoldi. Yuzlab selfilarni varoqlay boshladim. Ochig`ini aytganda o`zbek ayoliga yarashmaydigan selfiylar! Oralarida o`nlab shunday selfilar ham bor edi. To`g`ri bazi saytlarda uchrab turadigan o`ta behayo suratlardek ochiq emasdur. Lekin bu suratlarni ko`rgan har qanday yigitni shahvoniy hislarini qitig`laydigan darajadagi suratlar edi. Ayol nafis tungi ko`ylaklar, bejirim ichkiyimlarda oyna oldida turib selfiylar qilgan!
Men ham avliyo emasman, o`z nigohlarimni tiyolmay, go`zal ayolga mahli bo`lib barcha suratlarni ko`zdan ko`rib chiqdim. Fotolar chiqib vedeolarni ham ko`ra boshladim. Chamasi 2, 3 daqiqalik o`nga yaqin videolar, bularda ham ayol o`zini-o`z tasvirga tushirgan. Bir-bir hammasini ko`rib tugatdim. Videolarda ayolning bor tarovati, husni malohati namoyon bo`lgan edi. Rostini aytsam mana shu videolardagi uyatsiz ayolni go`zalligi hushimni o`g`irladi. Shuning uchun suratlar, tasvirlarga o`zgalarng nigohi tushmasligi uchun barchasini o`chirib tashladim.
Shundan so`ng yana bormikin degan fikrda, flesh kartani ichini ham bir sidirg`a nazoratdan o`tqazishga jazm ettim. Eng so`ngidagi Telegiram deb yozilgan papkaga yetmagunimcha qolgan hamma papkalar deyarli bo`sh edi.
Uyerda ``Telegiram Audio`` degan papkaga kirdim. Yuzlab audioo yozuvlar. Bir nechtasini eshitib ko`rdimu asabim buzib u yerdan chiqib, pastrog`dagi ``Telegram Images`` deb nomlangan papkaga bo`sh suqdim. Son-sonoqsib beparda suratlar!!!
``Telegiram Video`` deb yozilgan papkaga yetdim.
Aqling ishonmaydi. Bu telefon o`g`ilbolaga tegishli ekanligini bilganimda. ``O`g`ilbola qiziqadida!`` deb o`ylagan bo`lardim. Lekin ayol kishi, telefonida 20, 30 donadan ziyod parno materyallarni saqlashi!!!
``Bu ayol, qanday farzand tarbiya qiladi?!`` degan fikr o`ylantirib qo`yadi. Boya suratlarini, videlarini ko`rganimda chiroyiga oshiq bo`lib, ``Zamonaviy, Yevropaga taqlid qiladigan ayol ekanda!`` deb uni oqlashga kirishgandim. Ammo parno materyallarni ko`rgach ayoldan ihlosim qoldi. Tezgina barcha faylarni yo`qotib, bu bechora telefonni bokira holatiga olib keldimu, birozgina jahil bilan devonimni oyoq sarisiga uloqtirdim. Chiroqni o`chirib o`rnimga yotdim...
* * * * *
MAFTUNA:
- Chamamda yarim soatga yaqin uhlabman. Birdan uyqum buzuldi. Rosayam telefon humori tutar edi. Lekin boshim og`rib turgani uchun, o`rnidan turib sumkachamdan telefonimni olishga hafsalam bo`lmasdi. Zerika boshladim, yolg`izlik yana ruhimni eza boshladi. Oshig`im Umidni erkalashlari, ovozini eshitgim, u bilan har qanday mavzuda miriqib suhbat qurgim kelardi. Nega qo`ng`iroq qilmayotgani haqida o`ylay boshladim. Telegiram humori tuta boshladi. Noiloj o`rnimdan turdim, sumkachamni olib telefonimni qidirdim.
``Qayerga qo`ydim ekan!``
Poltoyimni cho`ntagini qardim, yo`q. Yuragimni vahima bosdi, zir yugurib uyimni hamma yerini, hatto devon tagiyu, xojatxonagacha qarab chiqdim.
``Ey hudo, qayerda tushib qo`ydim ekan???`` Shunchalik qo`rqib ketdimki, uzoq vaqt vahima ichida nima qilishimni bilamay o`tirdim. Telefonimni ohirgi bor qayerda ishlatganimni eslashga urunardim. Ammo qo`rqayotganim sababli, hecham hushimni yeg`ib ololmasdim. Biroz vaqt o`tib sal yuragim hovuri bosilgach telefonimni izlash taraddudiga tushdim. Tortmadan avval ishlatib yurgan oddiy telefonimni oldim. Tufli qutisaga solib qo`yadigan mayda-chudalar ichiga tashlab yuborgan avvalgi SIM kartamni qidirib topdim. Telefonga yoqib ishonchli to`lovdan qarz oldim va yangi raqamimga qo`ng`iroq qila boshladim...
* * * * *
ASQAR:
- Mazza qilib uhlab yotgan ekanman, oyog` tomonimda qaltirab, jiringlagan telefon ovozidan uyg`onib ketdim. Ayolni telefoniga allaqanday ramadan chaqruv bo`lardi. Shirin uyqumni buzulganidan asablarim tortishib telefonni ko`tardim:
- Aloooo! -dedim.
- Alo-o-o-o! As-s-salom a-a-alaykum...
Uyoqdan notanish ayol kuchli hayajon bilan salomlashdi.
- Vaalaykum assalom!
- Kechirasiz qo`lingizdagi telefon meniki... Bugun uni yo`qotib qo`ygandim!
- Men uni topib oldim! -dedim.
- Iltimos telefonimni qaytarib bering?
- Ho`p qaytib beraman. Telefoniz menga kerakmas!
- Rahmat akajon, rahmat... - ayolni hursan bo`lib ketganini, hatto telefondan ham sezilib turardim, - Akajon ismiz nima?
- Ismim Asqar!
- Meni ismim Maftuna...
- Tanishganimdan hursandman! -dedim.
- Akajon telefonimni qayerdan topib oldingiz?
- Mashimda tushib qolgan ekan!
- Haaa! Siz soat 16:00, 16:30 larda, bizlarni manzilga elitib qo`ygan haydovchimisiz?
- Ha!
- Nargizaxonni tanishlariaaa?
- Huddi o`sha Nargizani tanishiman!
- Hmmm!
- Ho`sh, o`ziz qay birisiz? - ularni yoniga borganimda hammasi chiroyli pardozdagi go`zal ayollar edi, biroq Nargizni yonida ularni yuzlariga qarab eslab qolmagan ekanman. Telefondagi suratlarda ko`rganim, uchala ayoldan qay biri ekanligini aniq bilmasdim, - Siz qizil polto kiyganmi yoki!
- Ha... Ha... Men o`sha qizil poltodagi mashinadan birinchi bo`lib tushub qolganiman, esladizmi?
- Esladim...
- Sizdan iltimos qilsam maylimi?
- Mayli!
- Telefonimni olib kelib berolmaysizmi?
- Ertaga Nargizdan bervoraman yoki o`zim ishga ketayotganimda ishxonangizga tashlab o`taman bo`ladimi?
- Yo`q-yo`q men hozir demoqchi edim!
- Esiz joyidami soat 23:00 bo`lyabdiku?!
- Iltimooos!
- Uhlayotgandim!
- Iltimos akajon yo`q demang! - yalina boshladi, - Iltimoooos, mashinadasizku bir zumda tashlab qo`yasiz!
- Shunchalik zarur bo`lmay o`lsin! - rosa uyqum kelib turagi uchun, ayolni iltimosidan asabim buzula boshladi, - Ertaga olarsiz?
- Yo`q demang yo`l haqqini berardim!
- Men taksis emasman. Nargiz iltimos qilgani uchun hojatilarni chiqargan edim... Keyin mashinam ustada!
- Akajon ayol kishini bunchalik yalintirish yaxshi emas! - nazarimada mashinam ustada degan so`zimga uncha ishonmadi, - Yo`q demang... Shahar joydamizku! Hali yo`lda mashinalar to`xtagani yo`q, taksi ushlab kelsangiz, pulini o`zim to`layman. Istasangiz ovora qilganim uchun sizga ham pul beraman, qancha desayz! -dedi.
Pul taklif qilishi, yomonam g`ururga tegib ketdi.
- Pulingni pushti rangli lifchiginga qistirtib qo`y, telefonni ertaga olasan, - eshitgizib so`kdim, - Onangni emgur!
- ...
So`kinganimdan so`ng esankirab qoldi.
- Telefon shuncha zarurmi? - jahil ustida senlashga o`tib ketdim, - Yoki telefon ichidagi beyhayo suratlaring tarqalib ketishidan havotirlanyabsanmi?
- Aaaa!
U jim bo`lib qoldi va allanima g`ichirlab ketdi.
Davomi bor...