TELEFON... 3-qism (Tanlovga!)
TELEFON...
3-Qism...
U tomondan tushinarsiz ingrashga o`xshash ovoz kelardi. Menga shunday tuyulardi, balki shunchaki qo`lidan tushurib yuborgandur telefonini! Lekin negadur darov javob beravermadi...
- Aloooo... Maftunaaa!
Uni chaqira boshladim.
- ....
U javob bermasdi.
- Alooo, Maftunaxon...
Yanada qattiqroq, gapirdim telefon maikrafoniga.
- Alo-o-o-o! -dedi, dirdiragan ovozda.
- Nima bo`ldi?
- Hechnima-a-a!
Ovozida yeg`i alomati bor.
- Birnima g`ichirlab ketdiyu? -dedim.
- ....
Yeg`i ovozi kuchliroq kela boshladi.
- Alooo Maftunaxon...
- Hmm!
- Nima yig`layabsizmi?
- Yeqilib... - endi ho`ngrab yubordi, - Yeqilib tushdim...
``O`hhh, jin ursin-a!``
- Qayerdan yeqildiz? - yuragimni vohima boshdi, - Hech qayeriz lat yemadimi?
- ...
- Maftunaaaa!
- Hmmm!
Yeg`lashidan yomonroq yeqilgani ayon edi. Undan havotirlana boshladim. Endi noiloj yoniga borishga majbur edim.
- Aloo Maftuna eshityabsizmi?
- Ha, nima!
- Yonizda sizga yordam beradigan odam bormi?
- Yolg`izman! -dedi, yig`lashda davom etib.
- Boraman, manzilizni ayting! - u yig`lagancha yashash manzilini tushuntira boshladi, - Hozir boraman, faqat yig`lamang ho`p?
- Tezroq keling...
Tezda kiyindimu telefonni olib uni yoniga shoshildim...
* * * * *
MAFTUNA:
- Chaqrivumni birinchisi va ikkinchis besamar ketti. Uchunchi galda esa, notanish yigit ko`tardi! O`zimni bosib olib, hushmomilalik va ozgincha ayollik nazokati bilan suhbatga kirishdim. Bu ish berdi, u telefonni topib olganini tan oldi. Keyin tanishib olidim. Qarasam g`irt begona emas ekan! Shog`irdim Nargizaxonning tanishi bo`lib chiqdi.
Bugun to`rt hamkasib, kelayotgan Yangi Yil bayramini nishonlab restaranda o`tirgan edik. Chiqimlar meyordan oshib ketgani sabab taksiga to`lashga pulimiz qolmabdi. Nargizaxon; tanishi borligini aytib aynan shu yigitni chaqirgandi. Qizlarni qistovi bilan yoshgina hamkasbimiz Nargizaxon ham ikki qultum sharob ichgandi. To`satdan bizlarga ham gap teqqazib uni tergab berdi. Men ersiz ayol edim, shuni uchunmi uning so`zlari zalvorini unchayam his etmadim. Ammo qolgan hamkasblarim qamchi yeb holdan toygandek bo`shashib qolishdi. O`shanda bu yigitni tushungan, mulohazali inson ekanligini tushungandim. Hursand bo`lib ketdim. Meni tushunadi, telefonimni olib kelib beradi deb o`ylagan edim. Ammo birdan feli aynib so`kina boshladi. Keyingi so`zlaridan esa, shokka tushib qoldim. Hatto oyoqlarimdan mador ketib, o`zimni devon ustiga tashlab yubordim.
``U hammasini, ko`rgan telefonimni ochib ko`rgan!``
Qattiq qo`rqib ketdim. Inson borki uning jismini ustihoni tik tutib tursa, ruhini yuragidagi hechkimga aytolmaydigan sirlari tik tutib turadi...
Ayollik hirsimni nazoratda ushlash, sal bo`lsada taskin berish maqsadida yigitlar bilan ayollik shanimga nojoyiz suhbatlar qura boshlagandim. Bu yo`l bilan sal bo`lsada o`zimga taskin berib hirsimni jilovlay olaman deb o`ylagandim. Ammo hirsimni jilovlash o`rniga, nazoratni qo`ldan chiqarib qo`ydim. Hayosiz filmlar ko`rish kundalik odatga aylanib qoldi. Hatto ularga taqlid qilib, o`z jismimdan o`zim huzur ola boshladim. Bazan yolg`iz bo`lgan vaqtlarimda o`zimni beyhayo holatda suratlarga tushurib, o`zimni tomosha qila boshlagan edim.
Bu ishlarimdan hechkimni habari yo`q, bu meni sirim edi.
Ishxonada, ko`chada meni bilgan hamkasiblarim, yaqinlarim meni - sabirli, hayoli pokdomon ayol sifatida bilishar hurmat qilishardi. Yaqin-yaqindan buyon jirkanch qiyofga ega bo`lganimdan beyhabar edilar. Agar bu qiyofamdan yiqinlarim, hamkasiblarim habar topsa!!! O`ylashgayam cho`chiyman!
``Ey hudoyim nima qilib qo`ydim! Negayam telefon sotib oldim?! Nima uchun telegram deb atalmish shayton bozorga oraladim! Nega nega! Hoooo qishloqdagi yaqinlarib bilsa nima bo`ladi? Otamchi? Hudo ko`rsatmasin bo`g`zimga pichoq torttishi aniq!!!``
Qo`rqib ketganimdan ho`ngrab yeg`lab yubordim. Yerda yotgan telefonimdan ismim eshitila boshladi. Olib qulog`imga tutdim, negadur yigit meni yupatmoqchi bo`lardi. Yeg`layotganim sababini so`raganda ``Yeqilib tushdim!`` deb yubordim. Rahmi keldimi yoki rosdan yeqilib tushdi deb o`yladimi, manizilimni so`rab yonimga kelishini aytdi! O`zimni sal bosvolgan bo`lsamda, lekin yuragimdagi qurquv va hovotirni bosolmasdim.
Suratlarim tarqalib ketmasin, sharmanda bo`lmay deb iltijmo qilardim. Tinmay soatga qarardim, yurak hovuchlab yigitni kelishini kutardim. Nihoyat eshik jiringladi! Oradan o`ttiz daqiqa o`tibdi, ammo men uchun o`ttiz soat vaqt o`tib ketgandik uzoq cho`zildi uning kelishi...
* * * * *
ASQAR:
- Lanati uydan shoshib chiqibmanu, pul olishni unutibman! Katta yo`lga chiqqanimda pulim yo`qligini bilganimdan keyin, ortga qaytishga erindim. Chamamda manzilgacha 3.km masofa chiqadi. Shuni uchun yugurib ketaqolishga qaror qildim. Lekin 5, 6 daqiqa yuzura oldim holos, qalin kiymlar buni ustiga sovuq havo o`pkamni tez charchatib qo`ydi. Uyog`iga yayov ketdim. Taksida borib kelishni o`ylaganim uchun, futbolka ustidan kurka kiyib qo`yaqolgandim. Buni ustiga boya yugurganimda biroz terlabmanmi ayolni uyiga yetib borgunimcha sovuqqotib ketdim.
``Ishqilib yaxshi bo`lsinda!`` degan havotirda, zinadan to`rtinchi qavatga shoshib chiqdimu, qo`ng`iroq tugmachasini bosdim. Sal o`tib eshik ochildi. Qarshimda ko`zyoshlardan yuzlari namlangan, ammo oyog`i soppa-sog` bo`lgan ayol turardi. Bu o`sha selfiylardagi ayolning o`zi edi!
- Telefonimni olib kelib beradi deb aldabsizda? -dedim, uni oyog`lariga ishora qilib.
- Hmm!
Ko`zlarini olib qochgancha, bosh irg`ab tastiqladi.
- Makkora! - qaddi-qomadiga bir qarab oldim, - Sen ishonib, sendan havotirlanib uydan shoshib chiqibman. Oqibatda taksiga pul olishni unitibman. Lekin sen yordamga muhtojdursan, rostdan yeqilib oyog`ingni shikasladingmi deb hovotirlanib sovuq tun bo`lishiga qaramay piyoda kelibman ahmoqqa o`xshab! -dedim, sovqatganim alami yuragimni yondirib.
- Telefonimni... - ko`zimga qarolmay bir yutunib oldi, - Telefonimni opkeldizmi? -dedi.
Shoshmaygina telefonini u tomonga uzatdim. U telefonini olmoq uchun narigi tomonidan ushladi. Men bu tomonini qo`yib yubormadim.
- Sen o`zingni joni telefon ichida joylashgan o`lmas kashshayman deb o`ylaysanmi? -dedim, ko`zlariga qarab.
Ensasi qotib menga termuldi va birozgina shartaki ohangda:
- Yo`q! -dediyu telefonini tortib oldi.
- Menam shunday bo`lsa kerak deb o`ylagandim! - alamimdan kuldim, - Ichidagi jonlaringni o`chirib tashlagandim. Haqiqatda kashshay emasakansan, mana o`lmabsan! -dedim.
Ayol jimgina bosh egib turardi. Men esa yana shu sovuqda, uyga piyoda qaytishimni o`ylab asabiylashardim. Alamimdan chiqish uchun, uray desam ayol kishi. Shuni uchun gap bilan ezg`ilab alamimdan chiqib olgim keldi.
- Yoldiz o`zing turasanmi?
- Yo`q! - uy ichiga bir nigoh tashlab qo`ydi, - Uyda erim bor!
``Uyalmay aldashinichi!``
- Ering kar-soqov, oyoq-qo`li sholmi?
- Yo`q u soppa-sog`, mushaklari katta-katta rosa kuchli erkak!
``Tavba qildim!``
Go`yo birinchi sinfda o`qidigan qizcha; meni dadam hammadan zo`r degandek, erini maqtaydiya. Kulib yuborishdan o`zimni tiydim.
- O`sha hezalkani bir ko`rsam bo`lardi? Hotinini nozorat qilolmaydigan hezalak eringni chaqir buyoqqa...
Bir nima demoqchidek kalovlanib og`iz juftlardiyu lekin aytolmadi.
- Meni erim! -homushgina ko`zi namlanib, shivirladi, - Meni erim...
- Ering uyda yo`g`aaa? - u bosh irgab tastiqladi, - Safardami? -dedim.
- Rossiyada...
- Haaa chiroyim bor, uncha buncha qusrlarimni bilinmaydi deb o`ylar ekansanda?
- ...
U boshini quyi soldi.
- Eringa rahmim keladi! - unga termulaman, haqiqatdan juda go`zal ayol. Ich-ichimdan uni go`zalligini yoqtirib qolganimni sezaman. Ammo bir vaqtning sharmanda ayolligidan nafratlanadim, - Agar hozir meni hotinim bo`lganingda. Ishonaver, shu qavatdan uloqtirib yuborardim!
- Meni hiyonotkorlikda ayblashga sizni nima hiqqiz bor? - yuzlarini kaftlari bilan berkitdi, - Men yolg`iz o`zim yashayman, meni erim yo`q... -dedi yeg`lab.
Ayol kishi yonimda yeg`lab turishiga ko`nikmaganman. Shunga o`zimni biroz noqulay seza boshladim. ``Battar-bo`l`` deya barchasiga qo`lsiltab endi ortga qaytmoqchi edim. Birdan sovuqdan muzlagan qo`llarimni yumsoq va iliq qo`llar tutib qoldi.
- Kechiring sovuq kunda halovatizni buzganim uchun! Siz to`g`ri aytdiz ayolligimni unutmasligim kerak edi. Meni bu bemaza odatlarimni, hechkim ko`rmaydi deb xato fikrga bo`lgan ekanman. Yaxshigina aqlimni kirib, sabog` berdingiz buni hech qachon unutmayman! -dedi.
So`zrali qalbidan chiqayotganini his qildim. Ko`zlaridan shundoqqina afsus chekayotgani ko`rinib turardi. Yurak-yuagimdan ungan achindim. Shu bilan birga xatosini tushungani, afsusdaligini ko`rib birozgina hurmatim oshdi.
- Maftuna! - qo`llarini ohista siqib qo`ydim, - So`zlarim tasir qilib, chindanam yomon odatlarizdan qutib o`ziz o`zgarishga qaror qilgan bo`lsayz. Shirin uyqumdan voz kechib, sizga sarf etgan vaqtimga sira achinmayman!
Asta undan uzoqlashib, zinadan ikki pog`ona pastga tushgandim.
- Shoshmang! - u to`xtatdi, - Qo`llariz sovuqdan mizlab ketibdi, o`ziz ham sovuqqotganga o`xshaysiz! Agar maqul ko`rsangiz, ichkariga kiring 5, 10 daqiqa isinib olasiz issiq kofe tayorlab beraman! -deya uyiga taklif etdi.
Bu taklifidan birozgina o`ylanib qoldim. Rosdan juda sovuqqotdim, ayniqsa oyoqlarim panjalari. Lekin yarim tunda yolg`iz ayolni uyiga kirishim to`g`ri bo`larmikin?! Endi u birozgina yon tomonga qayrilib, ichkariga ishora qildi.
- Mayli biroz isinib olaman!
Asta ichkariga kirib, eshik yonida oyoq kiyimimni yechdim...
* * * * *
MAFTUNA:
- Tezda borib eshikni ochdim. Qarshimda baland bo`yli, qaddi-basti kelishgan, sovuqdan yuzlari qizarib ketgan. Ammo nigohlari jiddiy yigit turardi.
Salom yo`q, alik yo`q kesatib jahil qilib gapira boshladi. Ochig`i undan juda qo`rqdim. Chunki u sirlarimdan habardor inson ablahlik qilib ojiz tomonimdan foydalanib qolmasmikin?
Davomi bor...