Oshkora qotillik qissasi (qissa) (10-bet)
degan u rohiba singlimga. Sant'yago Nasarni oʻldirishlarini bechora qiz hecham tasavvuriga sigʻdirolmagan, ustiga ustak, endi ular oila sha’niga tushgan dogʻdan foriq boʻlish uchun yigitni majburan Anxela Vikarioga uylantirishadi, degan vahmakor fikrdan miyasi gʻovlab ketgan. Xoʻrligi kelib, ezilib, oʻzini yoʻqotib qoʻygan. Yotoqxonaga kirvolib, nima qilarini bilmasdan, Sant'yago Nasar maktabda oʻqib yurgan chogʻlarida unga yozgan xatlarini olib, boshqatdan taxlayotganida, shaharliklarning deyarli yarmisi yepiskopga peshvoz chiqib, bandargohga toʻplangan edi.
Sant'yago Nasar Flora Migelning eshigi yonidan oʻtarkan, har doim, hatto hech kim boʻlmasayam, derazaning tunuka rahiga kalit bilan urib-urib tiqillatar edi. Doʻndiqcha xuddi oʻsha kuniyam maktubli qutichani tizzasiga qoʻyib, qayligʻini intizor kutib oʻtirgan edi. Sant'yago Nasar koʻcha tarafdan uni koʻrolmasdi, ammo Flora Migel'ning uylari tomonga kelayotganini sim toʻr orqali koʻrgan, derazaning tunuka rahiga kaliti bilan urib ovoz qilganini ham eshitgan.
— Kiraver, — degan qiz unga.
Ertalabki soat 6-yu 45 da bu uyga xech kim, hatto davolovchi hakim ham qadam bosmagan edi. Sant'yago Nasar Jamil Shayyumning doʻkoni roʻparasida Kristo Bedoyya bilan xayrlashgach, maydon toʻla olomon kutib-kuzatib turgan bir paytda, yigitning qayligʻi uyiga kirib ketganini hech kimning koʻrmay qolishi juda gʻalati, aql bovar etmas bir hol edi. Tergovchi uni oʻsha hovliga kirayotganini koʻrgan shohidni oʻlib-tirilib izlagan, surishtirgan, biroq topolmagan, nechogʻli urinmayin, menga ham oʻshanday odam bilan suhbatlashish asib qilmadi. Tergov xujjatlarining 382-varagʻi hoshiyasiga u kizil rangli siyohda yana bir fozilona fikrni yozib qoldiribdi: «Taqdir bizni koʻzga koʻrinmas qilib qoʻya oladi». Axir, Sant'yago Nasar hammaning koʻz oldida eshikdan oʻpta uyga kirgan va oʻzini bilintirmaslik uchun hech bir harakat qilmagan boʻlsayu, unga biror kishining nazari tushmaganini, umumning gʻaflatda qolganini ne soʻz bilan tasviru ne aql bilan tasavvur etasiz?! Flora Migel' tantanali ayyomlarida kiyadigan guldor koʻylagini egiga ilib, alamu fisqdan koʻkarib, pishillab, uni kutib mehmonxonada oʻtirgan edi, u kirgan zahoti zardasi qaynab, qutichani yigitga tutqazgan-da:
— Ol, matohingni! — degan. — Endi seni oʻldirsalar ham parvoyimga kelmaydi!
Sant'yago Nasar dovdirab qolgan, azbaroyi garangsiganidan qoʻlidagi qutichani ham tushirib yuborgan, muhabbatu mehru e’tibordan xoli xatlar yerga sochilgan. Flora Migel' yotogʻiga dargʻazab holda yoʻnalgan, yigit xay-haylab uning orqasidan chopgan, lekin pandavaqi qiz eshikni qarsillatib yopib, ilgagini solib, berkitib olgan. u bir necha marta eshikni taqillatgan, keyin qattiq ovozda qayta-qayta chaqirgan, shunda, qizimizni bemahalda kim yoʻqlayapti, deya bezovtalanib, uydagilarning hammasi baravariga yugurib chiqishgan. Bu uyda turadigan yoshu qari, qarindoshu jigargoʻshalarning barchasi oʻn toʻrt kishi edi. Oxiri qizning otasi Noir Migel' chiqqan, uning soqoli sargʻish, boʻyalgan edi; egniga odatda doim uyda kiyadigan, olis yurtidan olib kelgai tabarruk gʻalabiyasi uni nihoyatda basavlat koʻrsatar, oʻziyam ulugʻsifat moʻysafid edi. Uni har koʻrganimda, salobati bosib, oʻzimni yoʻqotib qoʻyardim.
— Flora! — degan u oʻz ona tilida. — Och eshikni!
Chol qizining yoniga kirib ketgach, qolganlarning hammasi Sant'yago Nasarga baqrayishganicha, endi nima boʻlarkin, deya tashqarida kutib turishgan. Yigit yerga tizzalagancha shoshib-pishib xatlarni tergai, qutiga solgan. Oʻtianda uni koʻrgan kishilar: «Tavbasiga tayaiganday boʻlib koʻrindi bizga», deyishdi menga. Bir ozdan keyin Noir Migel' qizining yonidan qaytib chiqqan va avlodlariga, bizni xoli qoʻying, deganday ishora qilgan, hamma nari ketgan.
Soʻttgra u Sant'yago Nasarga arabchalab nimalardir degan. «Avvalo u mening ayni paytda nima deyotganimni mutlaqo fahmlamayotganini angladim», dedi Noir Mi-gel'. U yigitdan, birodar Vikariolar seni oʻldiramiz deb poylab yotishganmish, shundan xabaring bormi, deb soʻragan. «U birdan oqarib ketdi, shunchalik sarosimalandiki, rangi-roʻyi va turqiga qarab, oʻzini goʻllikka solyaptiyov, deb oʻylash mumkin edi», dedi menga yana Noir Migel'. Moʻysafidning fikricha ham, Sant'yago Nasarning holatida qoʻrquvdan koʻra sarosima ustun boʻlgan.
— Qassoblar haqmi-nohaqmi, buni oʻzing hammadan koʻra yaxshi bilasan, — degan chol yigitga. — Endi ssning oldingda ikki yoʻl qoldi xolos, oʻgʻlim; mana shu xonadon sening ham uying, yo shu yerga yashirin, yo miltigʻimni olib, keyin koʻchaga chiq.
— E, hech narsaga tushunmay qoldim oʻzi, — deya gʻudrangan Sant'yago Nasar.
Tili faqat shu gapgagina kelgan, buniyam ispanchalab aytgan Noir Migel' menga: «U boyaqish suvga tushgan joʻjaday nochor edi», dedi. Sant'yago Nasar qoʻlidagi qutichani qayerga qoʻyishini bilmay hayron turganda, chol qutini olgan, u esa eshikni ochgan.
— Bitta oʻziga ikki kishi-ya, iomardlar! — degan Noir Migel'.
Sant'yago Nasar tashqariga chiqqan. Xaloyik xuddi namoyishta kelganday maydonii saf-saf boʻlib egallagan edi. Sant'yago Nasarning chiqqanini hamma koʻrgan, oʻzini ikki salloh chavaklaymiz deb poylayotganidan xabardorligini va shuning uchun rangida rang qolmay, oʻz uyigayam yoʻl topolmayotganini ham xaloyiq tushungan. Aytishlaricha, kimdir peshayvondan turib: «Hey turk, uyoqqa borma, eski bandar tomondan yur!» dsb qichqirgan. U ovoz egasini axtarib alanglagan. Jamil Shayyum esa unga, doʻkonimga berkinib tur, deganu oʻzi ov miltigʻini olib kelgani joʻnagan, ammo oʻqni qayerga yashirganini eslay olmay, rosa qidirgan, orada vaqt oʻtib ketgan. Olomon chor tarafdan unga qarata qichqiravergan, yigit, ularning baqirigʻidan qulogʻi bitib, goh oʻngga, goh chapga yurgai. Nixoyat, oʻz uyib tomonga yoʻnalgan, oshxona eshigi orqali kirarman, deb oʻylab borayotib birdan koʻcha eshikning ochiq turganiga koʻzi tushgan.
— Ana, u kelyapti, — degan Psdro Vikario. Ikkovlon Sant'yago Nasarni baravariga koʻrishgan. Pablo Vikario kamzulini yechib, kursiga tashlagan-da, yatagʻansifat pichogʻini qoʻliga olgan. Birodarlar doʻkondan chiqishdan avval indamasdan choʻqinib olishgan. Shunda Klotil'de Armenta Pedro Vikarioning yoqasidan boʻgʻib ushlagan-da, Sant'yago Nasarga qarata, tezroq qochib qol, boʻlmasa seni oʻldirishadi manavilar, deya qichqirgan. Uning chinqirigʻi shunchalik purtahlika ediki, olomon birdan jimib, atrofga bir lahzagina sukunat choʻkkan. «U avvaliga qoʻrqib ketdi, — dedi menga Klotil'de Armenta. — Chunki kim, qaysi joydan qichqirayotganini bilmagan edi». Sant'yago Nasar bir vaqtning oʻzida ayolni ham, uni bir turtib nariga uloqtirgan Pedro Vikarioni ham, uning akasini ham koʻrgan. Yigit uyidan ellik qadam chamasi berida turardi. U shoshib koʻcha eshik tomon chopgan.
Shundan besh daqiqa avval Viktoriya Gusman oshxonaga kirgan Plasida Lineroga hammaga ma’lum shumxabarni yetkazgan. Plasida Linero bosiq, farosatli xotin edi, koʻnglidagi gʻuluvni sezdirmagan. U Viktoriya Gusmandan bu gapni oʻgʻliga aytgan-aytmaganini soʻragan, oqsoch esa, oʻgʻling qahva ichgani kirganida bundan bexabar edim, deya onani aldagan. Mehmonxonani supurib-sidirayotgan Divina Flor Sant'yago Nasarning maydon tarafdan qaytib kelganini, aylanma zinadan yurib, yotogʻiga chiqib ketganini aytgan. «Tushdagiday koʻz oldimdan bir lahzada oʻtdiyu ketdi, — dedi menga Divina Flor. — U oppoq kiyimda edi, qulida bir narsa bor edi, nimaligini koʻrolmagandim, menimcha, bir dasta atirgul edi». Shu boisdanmi, bilmadim, Plasida Linero Divina Flordan oʻgʻlini soʻraganida, qiz uni tinchlantirgan:
— Bir daqiqa oldin yotogʻiga chiqib ketgandi, -degan u.
Xuddi shu asnoda Plasida Linero yerda yetgap xatni koʻrgan, lekin uni qoʻliga olib oʻqimagan, faqat keyinroq, umumiy olagʻovurda kimdir unga qogʻozni ochib koʻrsatganida, unda nimalar yozilganidan xabar topgan. U ochiq eshikdan tashqariga boqib, oʻz hovlisi tomon iichoqlarini yaltillatib chopib kelayotgan aka-uka Vikariolarga koʻzi tushgan. U turgan joydan faqat qosidlar koʻringan xolos, mutitipar ona maydonning narigi sgʻidan ochik eshik sari jon halpida intilayotgan oʻgʻlini koʻrolmagan. «Men bu rasvolar uyimizga bostirib kirib, uni shu yerda oʻldirishmoqchi, deb oʻylapman», dedi u menga. Shundan soʻng Plasido Linero chopib eshik yoniga borgan-da, bir zarb bilan uni qarsillatib yopgan. Tambani qoʻyarkan, avvalo Sant'yago Nasarning faryodli ovozini, keyin eshikni kimdir jon talvasasida ketma-ket qoqqanini eshitgan, biroq u oʻgʻlining tepada — yotogʻida ekaniga, uning oʻsha joydan turib sallohlarni soʻkayotganiga ishongan. Oʻziyam qassoblarning adabini bermoq niyatida oʻgʻlining yotogʻiga yoʻnalgan. Uyiga qochib kirib, qazodan qutulmoq uchun Sant'yago Nasarga atigi ikki soniyagina kerak edi, xuddi shu fursatda eshik yopib qoʻyilgandi. U bir necha bor eshikni mushtlab, itarib koʻrdi, najot yoʻqligini anglab, dushmanlarni yuzma-yuz qarshilash maqsadida darhol orqasiga oʻgirildi. «Uning roʻparamda turganiga koʻzim tushgan zahoti qoʻrqib ketdim, — dedi menga Pablo Vikario. — U nazarimda asliga nisbatan ikki baravar kattarib ketganday tuyuldi». Pedro Vikario birinchi boʻlib uning oʻng tarafidan tikkasiga pichoq solgan, u zarbani qaytarmoqqa taraddudlanib, qoʻli bilan himoyalanmoqqa intilgan.
— Qanjiqlar! — deya qichqirgan soʻng Sant'yago Nasar.
Pichoq oʻng qoʻlining kaftini tilib, biqiniga bor boʻyi sanchilgan. Hamma uning:
— Vo-oy, onajo-o-o-on! — degan faryodini eshitgan. Pedro Vikario, berahm salloh, pichogʻini sugʻurib olib, yana oʻsha joyga qaytadan tiqqan. «Ikkinchi bor tigʻ urgach ham pichoqning top-tozaligicha qaytib chiqqanini koʻrib, hayron qoldim, — degan tergovchiga. — Men unga yana uch marta tigʻ urdim, pichoqqa bir tomchiyam qon yuqmadi». Ikkinchi zarbadan soʻng Sant'yago Nasar qornini ushlab, yarador buzoqday boʻkirib, ingranib egilgan-da, sallohlarga orqasini oʻgirib, oʻzini olib qochmoqchi boʻlgan. Yatagʻan pichoq tutgan Pablo Vikario uning chap yonida turgandi, shu damda u yigitning qoq beliga pichoq sanchdi, uning badanidan otilib, toshib oqqan qon oppoq koʻylagini qizilga boʻyadi. «Koʻylagidan ham, qonidan uning hidi kelardi», dedi menga Pablo Vikario. Uch bor qattiq tigʻ yeb, fano ostonasiga borib qolgan Sant'yago Nasar tagʻin xunrezlar sari yuz burdi-da, onajonisi bilmasdan beixtiyor yopib qoʻygan eshikka tislanib borib, goʻyo qassoblar uni soʻyib-soʻyib, osonlikcha jonini olib qoʻya qolishlarini istaganday majolsiz turib qoldi. «Soʻng u ortiqcha oʻkirmay qoʻydi, — degan Pedro Vikario tergovchiga. — Aksincha, nazdimda u endi kulayotganga oʻxshardi». Odamkushlar Sant'yago Nasarni eshikka qisib olib, ikki tomonidan basma-basiga pichoq uraverishgan, dahshatu vahshiyat ichra nestlanib, ne qilayotganlarini-da unutishgan, bu qattollikdan qattiq ta’sirlangan olomonning vahimali nidosini ham eshitishmagan. «Men oʻshanda oʻzimni xuddi otda uchib borayotganday his etdim», dedi Pablo Vikario. Nihoyat, ular toliqishib, birdan hushyor tortishgan, ikkovigayam Sant'yago Nasar hech qachon oʻlmaydiganday, yiqilmasdan shunday turaveradiganday tuyulgan. «E, har kimniyam shunaqa rasvo ishdan asrasin, ogʻayni, — dedi menga Pablo Vikario. — Odam oʻldirish — eng ogʻir ish ekanini tasavvur kilolsayding?!» Oxiri Pedro Vikario Sant'yago Nasarning yuragiga pichoq urib yiqitib, qutulib qoʻya qolay, degan oʻyda, choʻchqa soʻyayotganida hayvonning qoʻltigʻi ostidagi yuragiga tigʻ sanchib oʻrganganidanmi, yigitning qoʻltigʻiga pichoq solgan. Birodarlar biri qoʻyib, biri urib eshikka suyab turishgani uchun Sant'yago Nasar yiqilmagan. Toqati toq boʻlgan Pablo Vikario boyaqishning qorniga pichogʻini suqib, burab-burab yuborgan, shunda uning yorilgan qornidan ichak-chavagʻi tashqariga otilib chiqqan. Pedro Vikario ham akasiga taqlid qilib qurbonning qornini moʻljallab zarb bergan, ammo qoʻllari qoʻrquvdan titrab, oʻziga boʻysunmay qoʻygani uchunmi, pichoq yigitning sonini tilib oʻtgan. Sant'yago Nasar yana bir muddat eshikka osilganicha tek turgan, soʻngra, quyosh shu’lalari tushayotgan, yorilgan qornidan ajralib chiqqan koʻkimtir, top-toza ichak-chavagʻini koʻrib, tizzalab yiqilgan.
Plasida Linero jigargoʻshasini chaqirganicha yotokda aylanib yurib, kimningdir — oʻgʻlining emas — qichqirganini eshitganu derazadan maydonga qaragan: cherkov tomonga qochib ketayotgan aka-uka Vikariolarni, ularni quvib borayotgai miltiqli Jamil Shayyum hamda bir gurux qurolsiz arablarga koʻzi tushgan. U xavf-xatardan qutulibmiz, deya oʻylagan, keyin yotoqxonaning peshayvoniga oʻtganu uyga kiraverishda yuztuban stgan oʻgʻlini koʻrgan. Sant'yago Nasar chang-toʻzonga, qora qoniga belangan yuzini yerdan uzib, zoʻrriyatla oʻrnidan turmoqqa urinar edi. Nihoyat, u oʻrnidan turib, qaddkni rostlab, osilinqiragan ichak-chavagʻini hovuchlaganicha yura ooshlagan. Hovlini aylanib oʻtib, oshxona eshigidan uyga kirish uchun rosa yuz qadamcha yoʻl bosgan. Oʻsha holatdayam fikri ravshan boʻlgan, koʻchadagi yoʻl uzoqligiga, qoʻshnikidan aylanib oʻtish qulayroq ekaniga aqli yetgan. Ularning hamsoyasi Poncho Lanao, xotini, besh bolasi uylaridan yigirma odim narida boʻlayotgan ishlarni bilishmagan. «Biz gʻala-gʻovurni eshitdik, — dedi xotin menga, — ammo odamlar yepiskopni kutib olishyapti shekilli, deb oʻyladik». Qonqushiga boʻyalgan Sant'yago Nasar ularnikiga kirib borganida endigina nonushtaga oʻtirishgan ekan. «Men oʻshanda dimogʻimga urilgan badboʻyni hecham unutolmayman», dedi menga Poncho Lanao. Uning toʻngʻich qizi Arxenida Lanaoning ta’kidlashicha, Sant'yago Nasar odatdagiday tekis, zalvorli odim tashlab kirib borgan, uning qadimiy saratsin qavmiga xos yuzi, jingalak sochlari bagʻoyat xush, goʻzal boʻlgan. Yigit ular oʻtirishgan stol yonidan oʻtayotib jilmayib qoʻygan, soʻng orqa eshikdan chiqib kstgan. «Qoʻrqqanimizdan toshday qotib qoldik», dedi menga Arxenida Lanao. Xolam Venefrida Markes oʻshanda oʻzining daryo boʻyidagi hovlisining yalangida baliq tozalayotgan ekan. U Sant'yago Nasarning langargohdagi zinalardan pastga tushayotganini, uyi tomonga yoʻl olganini koʻrgan.
— Sant'yago, bolajonim! — deya kechirgan u. — Senga nima qildi-a?
Sant'yago Nasar uni tanigan.
— Meni soʻyishdi, oʻldirishdi, Vene xola, — deya javob bergan u.
U eng soʻnggi zinaga qoqilib ketgan, biroq darhol oʻzini oʻnglab olgan. «Hatto ichagiga yopishgan tuproqni erinmay artib tashladi», dedi menga Vene xola. Keyin u ertalabki soat oltidan beri ochiq turgan orqa eshikdan uyiga ostona xatlab oʻtganu jonsiz holda yuztuban yiqilga