Oshkora qotillik qissasi (qissa) (9-bet)
uch kunga choʻzilgan sud jarayonida oqlovchilar mahkamasi raisi bu aybning asossiz ekanini, isbotlanmaganini koʻp bor ta’kidlagan. Tergovchi Sant'yago Nasarning gunohini dalillovchi jinoyat belgilari nixoyatda kamligidan shunchalik oʻzini yoʻqotib, umidsizlikka tushganki, aloha butun qilgan ishi puchday tuyulgan. Shuning ta’siridami, u 416-saxifa hoshiyasiga qizil siyohda shularni yozgan: «Meni ishontiring — aqidaparast eting, dunyoni oʻzgartirib yuboraman». Bu tashbehli, purma’no ibora ostiga u umidsizligi va nochorligi ifodasi oʻlaroq, oʻsha qonrang siyohda yurakka sanchilgan kamon oʻqini tasvirlagan. Sant'yago Nasarning barcha doʻstlari kabi u ham qurbonning oʻlimi oldidagi holatlari begunohligining birdan-bir ishonchli asosi, deya hisoblagan.
Darhaqiqat, Sant'yago Nasar umrining oʻsha qazo tongida, garchand unga yopishtirilayotgan ayb yengil emasligini, bir korihol yuz berishini anglasa ham, ayni biror xavfni sezmagan. U, oʻzi yashayotgan muhitning naqadar riyokorligiyu zamondoshlarining nechogʻli ikkiyuzlamachiligini yaxshi tushungai odam, soddadil sallohlar oʻz oilasi boshiga tushgan bu musibat, bu dogʻ tufayli har qanaqa bema’nilikka beixtiyor qoʻl ura olishiga aqli yetishi lozim edi. Bayyardo San Romanning qanday yigitigini hech kim bilmasdi, lekin uning ham barcha oqsuyaklar kabi kiborona xatti-harakati, fe’l-atvori zaminidagi poydevor — xurofiy aqidalardan iborat ekanini Sant'yago Nasar bilgan, albatta. Shunday kilib, uning ongli loqaydligi oʻz joniga zomin boʻlgan. Bunday tashqari, eng soʻnggi daqiqalarda, aka-uka Vikariolar uni oʻldiramiz deb kutib turishganini aytishganida, koʻpchilik ta’kidlaganiday, oʻzini yoʻqotib qoʻymagan, balki begunoh odam bunday damda nechogʻli dovdirab qolsa, oʻshanday bir sarosimaga tushgan, xolos.
Menimcha, Sant'yago Nasar oʻzining nega oʻlayotganini anglamagan holda jon uzgan. U singlim Margotga biznikiga nonushta qilgani kirajagini aytgan, soʻngra Kristo Bedoyya bilan qoʻltiqlashganicha qirgʻoq boʻylab yurib ketishgan, ikkovlon shu kadar xotirjam, beparvo koʻrinishganki, atrofdagilar vahimali shov-shuvni unutib, hammasi bekor gap ekan-da, degan xayolga borishgan. «Ularni mamnun, begʻam qiyofada koʻrib, tangriga shukrona aytdim va xayriyat-e, falokatlari aripti, deya koʻnglimdan kechirdim», dedi menga Meme Loaisa. Tabiiyki, Sant'yago Nasarni hammayam birday yaxshi koʻravermas edi. Elektrostansiya xoʻjayini Polo Kardil'onning aytishicha, Sant'yago Nasarning beparvoligi uning begunohligidan emas, balki surbetligidan dalolat berarmish. U men bilan suhbatlashganida esa: «Yigitni pul qutirtirvorgandi, pul bilan ajalni sotib olaman, deb oʻylardi», dedi yozgʻirib. Uning xotini Fausta Lopes: «Oʻzi xamma turklar ham shunaqa», deya erining soʻzini ma’qulladi. Indalesio Pardo Klotil'de Armentaning doʻkoniga kirganda, sallohlar unga, yepiskop hazrat joʻnab ketgan zahoti Sant'yago Nasarniyam narigi dunyoga joʻnatamiz, deyishgan. U ham boshqa odamlarday birodarlarning soʻziga e’tibor bermagan, uyqudan qolgan yigitchalar aljirashyapti-da, deb oʻylagan, ammo Klotil'de Armenta ularning gapi rost ekanligini ta’kidlab, undan Sant'yago Nasarni ogohlantirishini oʻtingan.
— Bekorga ogʻzingni charchatma, — degan shunda Pedro Vikario, — bari bir uni soʻyamiz, oʻlganlar qatoriga koʻshib qoʻyaver.
Bu ochiqdan-ochiq, surbetlarcha dagʻdagʻa edi. Birodarlar Indalesio Pardoning Sant'yago Nasarga doʻstligini, bu soʻzlar shak-shubhasiz uning jigʻiga tegishini bi-lishardi, aftidan, ana endi u bor gapni doʻstiga borib aytadi, keyin bizni yarashtiradi, sharmandalikdan ham qutulamiz, qoʻlimizni ham qonga boʻyamaymiz, deb oʻylashgan. Indalesio Pardo oldiniga Sant'yago Nasarni suiqasddan boxabar etmoqchi boʻlgan, biroq uning Kristo Bedoyya bilan qoʻltiqlashgancha bandargohdan kelayotgan xaloyiq ichida beparvo borayotganini koʻrib, fikridan qaytgan. «Oʻshanda negadir hovrimdan tushib, bari oʻtrik gap ekan-ku, deb oʻylab, indamadim», dedi u menga. U ikkala oʻrtoqning yelkasiga qoqib, mamnunona jilmayib qoʻygan. Ular esa, azbaroyi toʻyning sarfu xarajatlarini hisoblash bilan band boʻlganlaridan unga e’tibor ham bermay, yoʻlda davom etishgan.
Olomon safida ikkovlon ham maydon tomon yoʻl olishgan. Odamlar toʻdasi juda zich boʻlgan, lekin Eskolastika Sisnerosga ikkala doʻst bemalol, hech qiynalmasdan odim tashlayotganday — hamma Sant'yago Nasarning oʻlimga ketayotganini bilganidan unga teginmasdan, ular atrofida boʻshliq paydo etayotganday tuyulgan. Kristo Bedoyya ham oʻsha soniyalarni xotirlarkan, xaloyiq ikkovlonga gʻalati nazar bilan qaraganini esladi. «Xuddi falokat peshonamizga yozib qoʻyilganday rosa baqrayishgandi», dedi u menga. Oʻshanda Sora Noriyega poyabzal doʻkonini ochayotgan ekan, Sant'yago Nasarning boʻzday oqarib ketganini koʻrib, xavotirga tushgan va buning sababini soʻragan.
— E, Soraginam, koʻp narsaga aqling yetavermaydi-da, — degan unga Sant'yago Nasar yoʻlida toʻxtamasdan. — Shuncha ichkilikdan keyin nafaqat odam, hatto tosh ham oqarib ketadi!
Seleste Dangond koʻcha eshigi ogʻzida uyda kiyadigan xalatiga burkanib, yepiskopni kutgani chiqqan nodonlarni mazax qilib kuzatib oʻtirarkan, Sant'yago Nasarga koʻzi tushib, kel, men bilan qahva ich, deya taklif etgan. «Men atayin vaqt oʻtsin, falokat roʻy bermasidan avval biror fikrga kelaylik, degan niyatida uni toʻxtatmoqchi edim», dedi u menga. Sant'yago Nasar uyiga shoshayotganini, kiyimini almashtirishi lozimligini, singlim Margot uni biznikiga nonushtaga chaqirganini aytgan. «U shunchalik xotirjam, qilmoqchi boʻlgan ishlari shunchalik tayin ediki, men sarosimada qoldim, — deya izoh berdi yana Seleste Dangond. — Nazarimda, sallohlar uni oʻldirolmaydiganday tuyuldi». Ana shu olatasiru shovqin-suronlar ichra ikkilanmay, koʻnglida neki tugʻilgai boʻlsa, hech shubxalanmay amalga oshirgan inson Jamil Shayyum edi. Uzunquloq gaplar daragini eshitgan zaxoti u oʻzining gazmol doʻkoni eshigiga chiqib, suiqasddan ogoxlantirish maqsadida Sant'yago Nasarni kuta boshlagan. U bu makonga Ibrohim Nasar bilan birga kelgan va endilikda uch-toʻrttagina qolgan arablardan biri edi; u Ibrohim Nasarning qimordagi doimiy sherigi, u oʻlgach, yetimchalarining madadkori, maslahatgoʻyi boʻlib qolgan edi. Sant'yago Nasar bagʻoyat izzat qiladigan va nasihatiga quloq tutadigan hurmatli odam xam shu Jamil Shayyum edi. Biroq pgu inson ham ayni kerakli paytda taraddudlanib, mabodo eshitganlarim yolgʻon chiqsa, Sant'yago Nasarni bexudaga tashvishga qoʻyaman, yaxshisi, Kristo Bedoyyadan soʻrayin, balki u anigʻini bilar, degan andishaga borgan. Ikkovlon oʻtib ketishayotganda, u Kristo Bedoyyani yoniga chorlagan. U Sant'yago Nasarpipg yelkasiga doʻstona qokib — bu paytda ular burchakka yetib borishgandi — keyin Jamil Shayyum tomonga yoʻnalishdi.
— Shanbada koʻrisharmiz, — deya u xayrlashgan.
Sant'yago Nasar unga javob bermagan, Jamil Shayyumga qarata arabchalab nimadir degan, gazmolfurush kulgidan ichagi uzilib, unga ham arabchalab bir nimalar deb qichqirgan. Jamil Shayyum buni izohlab: «Ikkovimizning oʻrtamizda shunaqa payrov boʻlib turardi, bir qiziq gap bor edi — faqat ikkovimiz tushunardik», dedi mepga. Sant'yago Nasar ularga xayrlashganday koʻl silkigan-da, maydon muyulishidan burilib, koʻzdan gʻoyib boʻlgan. Ikkovi uni oxirgi marta ana shu xolatda koʻrishgan.
Kristo Bedoyya Jamil Shayyumning soʻzlarinn eshitiboq, Sant'yago Nasarni kuvnb yetish niyatida peshtaxtadan sakrab, eshikka otilgan. U doʻstini muyulishdan shundoqqina burilayotganini koʻrgandi, ammo maydonga yoyilib borayotgan kishilar ichidan uni topolmagan. Bir necha odamdan Sant'yago Nasarni soʻraganda, ular:
— Hozirgina sen bilan birga koʻrgandik, — deya bi xil javob qaytarishgan.
Kristo Bedoyyaga bu qisqa muddatda Sant'yago Nasar uyiga yetib kelishi nomumkinday tuyuldi, biroq, shunga qaramay, u uyga kirib, uni surishtirmoqqa qaror qildi; koʻcha eshik u oʻylaganday qulflogʻlik emas, balki qiya ochilib turar edi. Tong qorongʻisida u ostonada yotgan xatni ilgʻamadi, bemahalligi uchun oyoq uchida yurib mehmonxonadan oʻtdi; uy ichkarisidan itlarning bezovtalanib gʻingshigani eshitildi, soʻng maxluqlar unga sari chopib kelishdi. U xuddi uy egasiday kalitlarii shiqirlatdi-da, itlarni tinchitdi, keyin galani ergashtirib oshxonaga yoʻnaldi. Yoʻlakda mehmonxona polini yuvgani paqir, latta koʻtarib kelayotgan Divina Florga urilib ketayozdi. U Sant'yago Nasar qaytmaganini aytdi. Kristo Bedoyya oshxonaga kirganida Viktoriya Gusman quyon goʻshtini qozonga solib, tagiga oʻt yoqqan edi. U yigitning koʻzlaridan ahvol nihoyatda qaltisligini anglagan. Yuragi hapriqib, ogʻziga kelib qolayozgandi», dedi u menga. Kristo Bedoyya undan, Sant'yago Nasar uydami, deb soʻraganida, yolgʻondakam takalluf bilan, u hali uxlagani qaytmadi, deya javob bergan.
— Hazilning vaqti emas, — degan unga Kristo Bedoyya. — Uni oʻldiramiz deb qidirib yurishibdi.
— U badbaxt bolalar hech kimni oʻldirolmaydi, — degan u.
— Axir, shanbadan beri uchib, tishlarini qayrab, payt poylab yotishibdi-ku, — degan dargʻazab boʻlgan Kristo Bedoyya.
— Bari bir bunga qoʻli bormaydi, — dsgan u, — ulariing hushi joyida, hanuzgacha birorta mastning oʻz najasini oʻzi yeganini eshitmaganman.
Kristo Bedoyya mehmonxonaga oʻtganida Divina Flor endigina derazalarni ochib, uyni shamollatayotgan edi. «Oʻsha kuni yomgʻir yogʻmagandi, — dedi menga Kristo Be-doyya, — aniq esimda. Vaqt yettiga yaqinlashib qolgan, deraza koʻzida quyosh nurlari jilvalanardi». U Divina Flordan, Sant'yago Nasarning mehmonxonadan yotoqxonaga oʻtib ketmaganiga imoning komilmi, deb yaia soʻragan. Bu gal qiz tayinli bir gap aytolmay, dovdirab kolgan. Soʻng yigit undan Plasida Lineroni soʻragan, qiz bir daqiqa avval uning xonasiga qahva olib kirganini, ammo uni uygʻotgani botinolmaganini aytgan. Odatda Plasida Linero rosa yettida oʻrnidan turar, xonasida qahva ichgach, pastga tushib, tushlikka qanday ovqat pishirish lozimligi xususida buyruq berar edi. Kristo Bedoyya soatiga qarasa, 6-yu 56 ekan. Shunda u Sant'yago Nasarning uyga qaytmaganiga yana bir bor ishonch hosil qilmoq niyatida ikkinchi qavatga koʻtarilgan.
Yotoqxona eshigi ichidan berk edi, chunki Sant'yago Pasar tashqariga onasining xobxonasi orqali oʻtib ketgandi. Kristo Bedoyya bu xonadonniig eng yaqin kishilaridan boʻlib, uni oʻz uyiday yaxshi bilardi. U doʻstinipg xonasiga Plasida Lineroning yotogʻi orqali oʻtmoq niyatida eshikni ohista itardi. Derazaning tepa koʻzidan tongotar oftobining oʻtkir, qiyrixon yogʻdulari xonaga bir zaylda yogʻilar, toʻrbelanchakda xuddi kelinchakday yuzini yostiq qilingan qoʻllariga bosgancha bir ayol shiringina uxlab yotar edi — bu manzara yigitga roʻyodsk tuyuldi. Oʻsha holatni eslarkan, Kristo Bedoyya menga: «Tushdagiday edi», dedi. U bir daqiqacha ayolga mahliyo termilib qolgan, soʻng sekingina yurib xopadan chiqqan, gʻuslxonadan oʻtib, Sant'yago Nasarning yotogʻiga kirgai. Karavotdagi oʻringa hech kim teginmagandi, oromkursi suyanchigʻiga dazmollangan suvoriy qora kostyum osigʻliq edi, teparoqda suvoriy qalpoq ilingandi, yerda bir juft uzun etik, yonida otning uzangisi turardi. Sapt'yago Nasarning javondagi soati 6-yu 56 raqamini koʻrsatardi. «Men birdan, u uyga kelib, qurolini olib chiqib kstsa, yaxshi boʻlardi, deya oʻyladim», dedi menga Kristo Bedoyya. Javoning tortmasini ochib, u «magnum» toʻpponchasini koʻrgan. «Hech qachon toʻpponcha otmagandim, — dedi menga Kristo Bedoyya. — Sant'yago Nasarga eltib beraman, degan fikrda qurolni oldim». U toʻpponchani koʻylagi ostidan beliga qistirib qoʻygan, shu boʻyicha tegmagan, jinoyat sodir etilgach, birdan toʻpponchani eslagan, uni qoʻliga olib, oʻqlanmaganini bilib qolgan. Oʻshanda javon tortmasini yopayotganda, eshikdan qoʻlida qahva tutgan Plasida Linero kirib kelgan.
— Voy tavba! — deya u xitob etgan. — Senmiding, oʻtakamni yorib yubording-a!
Kristo Bedoyya ham choʻchib tushgan. U qarshisida sochlari yoyiq, toʻrgʻaygulli zarxalat kiygan ayolni koʻrib, yorqin tong yogʻdusidan koʻzlari qamashib, hafsalasi pir boʻlgan. Yigit sarosimalanib, bu yerga Sant'yago Nasarni izlab kirganini aytgan.
— U yepiskopni kutgani ketgandi, — degan Plasida Linero.
— Yepiskop bizning bandargohda toʻxtamadi, — degan yigit.
— Shunday boʻlishini bilardim, — degan u. — Otasining tayini yoʻq odamda subut nima qilsin!
Ayol birdan soʻzini toʻxtatib, Kristo Bedoyyaning oʻzini qoʻyarga joy topolmay, alang-jalang boʻlayotganini sezib qolgan. «Ishqilib oʻzi kechirsin meni, — dedi ayol menga, — bola bechora shunday dovdirardiki, oʻshanda miyamdan, bu oʻgʻrilikka kiribdi-yov, degan fikr oʻtgandi». U Kristo Bedoyyadan, ha, tinchlikmi, deya soʻragan. Yigit oʻzining qay ahvolda ekanini anglaganu, ammo gap nimadaligini ochiq aytishga jur’at etmagan.
— Bir daqiqayam koʻz yummadim, uyqusizlikda, garangsib qopman, — degan u.
Kristo Bedoyya boshqa hech narsa demay chiqib ketgan. «Bu xotinning nazarida har doim oʻgʻrilar uning uyini tunashayotganday tuyulaverardi», dedi menga Kristo Bedoyya. Yigit maydonda yepiskopsiz ibodat oʻtkazolmasdan rohiblarni ergashtirib qaytayotgan padar Amadorni uchratgan, unga bir nima demoqqa taraddudlanganu ammo indamagan: kashishning qoʻlidan duo qilishdan oʻzga ish kelmaydi, deb oʻylagan. U yana bandargox sari oshiqqan va birdan orqadan, Klotil'de Armentaning doʻkonidan oʻzini chaqirishayotganini eshitgan. Devor yonida yuzlari oqargan, yoqavayron yenglari shimarilgan qoʻllarida dastarradan yasalgan qoʻpol dudama iichoq tutgan Pedro Vikario turardi. U oʻzicha qattiq xezlanib, niyatini oshkor etishga, xunrezlikka tayyorlanayotganini hammaga bildirishga intilardi; albatta, buni u atayin qilar, biror insof egasi kelib, uni yomon yoʻldan qaytarishiga umid bogʻlar edi.
— Kristobal'! — deya qichqirgan yaltoqi ovozda Pedro Vikario. — Sant'yago Nasarga aytib qoʻy, biz uni oʻldirish uchun poylab turibmiz.
Kristo Bedoyya ularga yoʻliga boʻlsayam xalaqit berganidami, ikkovlon uning bu yaxshiligini bir umr eslab yurishardi. «Toʻpponchani otishni bilganimdaydi, Sant'yago Nasar ham behudaga oʻlib ketmasdi», deya oʻkindi u menga. U toʻpponcha oʻqining afsonaviy qudrati xususidagi gaplarni eshitgandayoq badanida titroq turgan.
— Bilib qoʻy, uning «magnum»i bor, oʻqi avtomobilniyam ilma-teshik qilib yuboradi, — deya qichqirgan Pedro Vikarioga qarab.
Pedro Vikario uning aldayotganini sezgan. «Agarda u ot minib chiqmasa, qurolini olib yurmasdi», dedi menga Pedro Vikario. Shunga qaramay, singlisining sha’nini oqlamoqqa va qon toʻkmoqqa qat’iy ahd etgach, u mabodo Sait'yago Nasarning qoʻlida qurol boʻlsa ne chora koʻrmoqni ham oldindan oʻylab qoʻygan.
— Jonsiz jasad toʻpponcha otolmaydi, — deya javoban baqirdi u.
Shu payt eshik yonida Pablo Vikario koʻringan. U ham ukasiga oʻxshab rang-quti oʻchgan, egnida toʻyda kiygan qora movut kostyumi, qoʻlida roʻznomaga oʻrogʻliq pichoq bor edi. «Agarda shu voqeaning shohidi boʻlmaganimda, oʻlsamam ularning qay biri kimligini ajratolmay, dunyodan oʻtib ketardi», — dedi menga Kristo Bedoyya. Pablo Vikarioning orqasidan Klotil'da Armena chiqib kelgan va Kristo Bedoyyaga, tezroq borib doʻstingni falokatdan qutqar, xotinchalishlarga toʻla bu shahar oʻlgurda fojianing oldini olishga qodir birdan-bir erkak kishi oʻzingsan, deya chinqirgan.
Keyin nimaiki roʻy bergan boʻlsa, hammasini shahar ahli oʻz koʻzi bilan koʻrib turgan. Bandargohdai qaytayotgan odamlar bir-biriga baqirib-chaqirishib, boʻlajak tomoshani — xunrezlikni koʻrish uchun maydondan joy tanlab, oʻrnatib olish taraddudiga tushgan. Kristo Bedoyya qaysiki tanishi uchramasin, undan Sant'yago Nasarni soʻragan, barcha birday, koʻrmadik, degan. U Kiborlar uyi eshigi oldida polkovnik Lasaro Apantega duch kelgan, unga Klotil'de Armentaning doʻkoni roʻparasida boʻlib oʻtgan gap-soʻzlarni aytgan.
— Behudaga vahima qilma, — degan unga polkovnik Aponte, — hozirgina ikkoviniyam, joʻna endi, uyingga borib uxlagin, deb haydavorgandim-ku!
— Yoʻq, ular ketishmapti, qoʻllarida choʻchqa boʻgʻizlaydigan pichoqlariyam bor, — deya e’tiroz bildirgan unga Kristo Bedoyya.
— Dovdirab qolipsan-ku, a, bola, axir men ularning pichogʻini uyiga ketishidan avval olib qoʻygandim, — deya shahar hokimi soʻzida qat’iy turgan. — Balki ikkovini sen mendan oldin koʻrgandirsan?
— Ularni bundan rosa ikki daqiqa burun uchratdim, har birida bittadan pichoq bor edi, — javob bergan Kristo Bedoyya.
— Obbo, nahs bosganlar-ey! — xitob etgan polkovnik. — Demak, u bachchagʻarlar boshqatdan pichoq opkelishibdi-da!
U bu ish bilan darhol shugʻullanajagini ta’kidlab, kechqurun domino oʻynamoqchiligini aytib qoʻygani Kiborlar uyiga kirib ketgan, qaytib chiqqanida esa, xunrezlar yigitni soʻyib boʻlishgan edi. Kristo Bedoyya birgina, ammo juda katta xatoga yoʻl qoʻygandi: u oʻsha soʻnggi daqiqalarda Sant'yago Nasar kiyimni almashtirib, biznikiga nonushtaga kirib ketgan, deb oʻylagan. U daryo chetidagi yoʻldan shitob odimlab borarkan, har bir yoʻliqqan kimsadan, Sant'yago Nasarni koʻrmadingmi, deya soʻroklagan, biroq oʻtkinchilardan birorta ma’nili javob eshitmagan. Bari bir u bundan unchalik hadiksiramagan, binobarin, biznikiga boriladigan bir necha yoʻl bor edi. Xuddi shu payt unga Prospero Arango degan gadoy duch kelib, yepiskopning oniy duolariga qaramasdan, otasining tobora oʻlim changaliga tushib borayotganini aytib, madad istab yolvorgan. «Oʻpga yerdan oʻtayotib cholni koʻruvdim, — dedi menga singlim Margot, — yuzida jon asorati yoʻq edi».
Kristo Bedoyya Prospero Arango bilan cholni karavotga olib borib yetqizguncha toʻrt daqiqa oʻtib ketgan. U koʻchaga chiqib, uzoqdan odamlarning shovqinini eshitgan, nazarida maydon tarafda mushaklar otilganday tuyulgan. U yugurmoqchi boʻlgan, ammo beliga notavonlarcha qistirilgan toʻpponcha botib, chopishga xalaqit bergan. Muyulishdan burilgach, kichik ukamni qoʻlidan ushlab, dikonglatib shoshib borayotgan onamga orqadan koʻzi tushgan.
— Luisa Sant'yago! — deya qichqirgan u onamga. — Qarindoshingni koʻrmadingmi?
Onam toʻxtab, koʻzyosh yuvgan yuzini unga oʻgirib:
— Voy, bolam! — degan. — Uni oʻldirishganmish. Darhaqiqat shunday edi. Kristo Bedoyya uni axtarib yurganda, Sant'yago Nasar qayligʻi Flora Migelning muyulishdagi uyiga kirib ketgandi, yotganida oxirgi marta koʻrgandi. «Oʻsha yerdaligi xayolimgayam kelmagandi, dedi meiga Kristo Bedoyya. — Axir, u uydagilar choshgoxgacha koʻpib uxlab yotishadi-da». Shahardagilarping aytishicha, arablar jamoasining fozili Noir Migelning buyrugʻiga binoan, bu oilaning barcha a’zolari ham kunduzi soat oʻn ikkigacha uxlashardi. «Ana shuning uchun Flora Migel' gulday yashnab, semirib, yaltillab ketgandi», dedi menga Mersedes. Aslida esa, aksincha edi. Bu goʻshadagilar ham barcha arab qavmiga mansub kishilar kabi juda erta turar, pokta’b, mehnatkash iisonlar edi, faqat choshgohgacha eshiklarini ochishmasdi. Flora Migel' bilan Sant'yago Nasarning otalari ularning yoshligidayoq quda boʻlishga ahd bogʻlashgandi. Sapt'yago Nasar bu ahd xususida oʻsmirligidayoq eshitgandi, kattalar neniki lozim koʻrsa, barchasini sidqidildai bajarardi, zotan, oila va nikoh borasida otasi manfaat nuqtai nazaridan fikr yuritganidek, oʻgʻlining aqidasi ham aynan shunday edi. Flora Migel' doʻmbillagai jonona boʻlsa-da, faxmu farosatdan, nazokatu latofatdan bebahra edi, shuning uchunmi, oʻz tengdoshlariniig orasida, toʻylarda, qizlarniig onasi boʻlib oʻtirardi, shu jihatdan olib qaraganda, unipg Sant'yago Nasarga unashilgani osmondan yokqan ehsopday bir gan edp. Boʻlajak kelin-kuyovlar rasmiy bordi-keldilarsiz, xilvatda uchrashishlarning tashvishu ozorisiz oʻzlaricha farogʻatda umr kechirishardi; toʻy oqshomi bir necha bor tayin etilib, buzilib, nihoyat, kelayotgan rojdestvo hayitida oʻtkazishga kelishilgan edi.
Oʻsha dushanba Flora Migel' yepiskop tushgan kema ilk bor ovoz bergandayoq oʻrnidan turgandi, bir necha fursat oʻtib, aka-uka Vikariolar Sant'yago Nasarni oʻldirish qasdida uni poylashayotganipi eshitgan edi. Falokat roʻy bergach, u bilan faqat mening rohiba singlim soʻzlashgan, Flora Migel' unga shumxabarni aynan kimning ogʻzidan engatganini eslay olmayotganini aytgan. «Ertalabki soat oltigacha bu gapdan xamma xabardor boʻlgandi, mana shunisi yodimda qolgan, xolos», degan u rohiba singlimga.